81
Eskilikni ifodalovchi imkoniyat rivojlanish jarayonida voqelikka aylanib qolishi ham mumkin, lekin
bu harakatning ichki qonuniyatidan, uning tub xarakteridan kelib chiqmaydi. SHuning uchun eskilikni
ifodalovchi imkoniyatning voqe bo‘lishi vaqtinchadir.
Imkoniyat voqelikka birdan aylanmaydi. U eski voqelik ichida, avvalo, kurtak shaklida mavjud
bo‘lib, so‘ng rivojlanib borib, tobora reallasha boradi va ma’lum davrda, ma’lum shart-sharoit tufayli voqe-
likka aylanadi. Imkoniyat reallasha borgan sari, uning mavjud eski voqelik bilan kurashi ham keskinlashib
boradi. Shunga ko‘ra, imkoniyatni formal, abstrakt va real imkoniyatlarga ajratib o‘rganiladi. Quruq fikriy
izchillik jihatidangina to‘g‘ri bo‘lgan, lekin real asosga ega bo‘lmagan imkoniyat formal imkoniyatdir.
Formal imkoniyat ob’ektiv rivojlanish qonuniyatlaridan kelib chiqmaydi. Shuning uchun ham u hech
qachon voqelikka aylanmaydi.
Amalga oshishi uchun hali shart-sharoitlar to‘liq etilmagan, lekin amalga oshishi qonuniy bo‘lgan,
narsa va hodisaning o‘zgarish va rivojlanish mantig‘idan kelib chiquvchi imkoniyat abstrakt imkoniyat
deyiladi. Abstrakt imkoniyat rivojlanish jarayonida ma’lum ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlar etilganda,
real imkoniyatga aylanadi.
Real imkoniyat — bu rivojlanishning asosiy tendensiyasini ifodalovchi, hozirgi sharoitda uning ichki
mohiyatidan kelib chiquvchi imkoniyatdir. Real imkoniyat konkret, ayni vaqtda amalga oshishi mumkin
bo‘lgan imkoniyatdir.
Ijtimoiy taraqqiyotda imkoniyatning voqelikka aylanishida ob’ektiv shart-sharoit hal qiluvchi rol
o‘ynaydi. Ob’ektiv shart-sharoitlar — bular inson onggidan tashqarida mavjud bo‘lgan shart-sharoitlardir.
Biroq jamiyatdagi real imkoniyatlarni voqelikka aylantirishda ongli faoliyatning roli ham g‘oyat kattadir.
Buning ma’nosi shuki, jamiyat imkoniyatlarining voqelikka aylanishida sub’ektiv omil muhim ahamiyatga
ega. Sub’ektiv omil — bu xalq ommasi, uning ongliligi va aktiv amaliy faoliyatidan iborat. SHuning uchun
ham imkoniyat va voqelik dialektikasini o‘rganish masalasi jamiyatni boshqarishda juda katta ahamiyatga
ega. Bunda sub’ektiv omil ob’ektiv shart-sharoitlarga asoslanadi. Ularsiz sub’ektiv omilning o‘zi hech
narsani yuzaga keltira olmaydi, chunki ob’ektiv shart-sharoitlar sub’ektiv faoliyatga nisbatan birlamchi va
belgilovchidir.
Ijtimoiy taraqqiyot yo‘llarini hamisha butun ichki murakkabligi va ziddiyatligi bilan tasavvur etish
kerak. Biroq bu jarayonlarning markazida doimo inson, uning manfaatlari va qiziqishlari turmog‘i lozim.
Falsafiy dunyoqarashning o‘ziga xos eng muhim xususiyati ham mana shundan iborat. Umuman,
dialektikada yuqoridagi deterministik aloqadorliklarni ifodalaydigan kategoriyalar o‘zaro bir-birlari
bilangina emas, balki boshqa barcha kategoriyalar bilan ham chambarchas bog‘liqlikda o‘rganishni talab
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |