sabab
deb ataladi. Sababning
bevosita yoki bavosita ta’siri bilan yuz beradigan hodisa
oqibat
deyiladi. Masalan, qo‘llarimizni bir-biriga
ishqalaganimizda qo‘llarimiz qiziydi. Bu erda ikki hodisa: ishqalanish va issiqlikning guvohi bo‘lib
turibmiz. Lekin bunda ishqalanish issiqlikni keltirib chiqarmoqda, ya’ni ishqalanish issiqlikning paydo
bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Demak, ishqalanish sabab, issiqlik - oqibat bo‘lmoqda.
Odatda borliqdagi har bir hodisaning paydo bo‘lishi va rivojlanishida o‘z sababi bo‘ladi va ayni
vaqtda uning o‘zi ham boshqa hodisalarning kelib chiqishi va rivojlanishiga sabab bo‘lib xizmat qilishi
mumkin. Ayrim hodisalarni tushunmoq uchun biz ularni umumiy aloqadorlikdan ayirib olishimiz hamda
ularni alohida-alohida tekshirishimiz lozim. Bunday holda esa bir-biri bilan almashinib turuvchi
harakatlardan biri sabab tarzida, boshqasi oqibat tarzida ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi.
Sabab bilan oqibatning o‘zaro aloqadorligi sababiyat deb ataladi. Tabiat va jamiyatdagi sabab-oqibat
bog‘lanishlarning kishilar fikridagi ifodasi sababiyat kategoriyasining paydo bo‘lishiga olib kelgan.
Sababiyat hodisalar o‘rtasidagi shunday ichki aloqadorlikki, bunda har doim bir hodisa mavjud bo‘lar ekan,
uning ketidan muqarrar ravishda ikkinchisi sodir bo‘ladi.
Kishilarda bir hodisa boshqa hodisaga sabab bo‘ladi, degan tasavvur ularning amaliyoti asosida kelib
chiqqan. Sababiyat borliqda umumiy, har tomonlama xarakterga ega. Sababsiz oqibatlar yo‘q va bo‘lishi
ham mumkin emas, hamma narsaning o‘z sababi bor. «SHamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi» —
deydi xalqimiz. Sababiyat ob’ektivdir, u borliqqa inson aql-idroki yoki qandaydir G‘ayritabiiy kuchlar
tomonidan kirilgan emas. Sababiyat aksincha, borliqning o‘ziga xos aloqadorligi bo‘lib, u inson tomonidan
shu borliqni bilish jarayonida ochiladi. Ayrim hodisalarning sababi hozircha ma’lum bo‘lmasa ham, u
keyinchalik fan va ijtimoiy amaliyot taraqqiyoti davomida kashf etiladi. Sabab oqibatga aktiv ta’sir qiladi.
Bu ta’sirning xususiyati shundan iboratki, u sababning hal qiluvchi kuchiga asoslangan bo‘ladi.
Borliqda doimo ma’lum vaqt muayyan aniq shart-sharoit mavjud bo‘lgan taqdirdagina, sabab
oqibatni keltirib chiqaradi. Lekin bu ma’lum sabab doimo bir xil ma’lum oqibatni keltirib chiqaradi, degani
emas. Bunda oqibatning kelib chiqishi aniq shart-sharoitlar, aniq vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Sababni oqibatni keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlardan farq qilish zarur.
Sabab va oqibat vaqt jihatdan ketma-ket kelib, bunda sabab oqibatdan oldin, oqibat sababdan keyin
keladi, ya’ni sabab oqibatni keltirib chiqaradi. Lekin borliqda ketma-ket keluvchi har qanday predmetlar va
Do'stlaringiz bilan baham: |