254
ma’naviy hamda moddiy qadriyatlarni yaratish vositasi. Mehnatda inson, ayni paytda,
ham aqliy ham jismoniy tomondan tarbiyalanib, ma’naviy yuksalib boradi. Biroq mehnat
og‘ir majburiyatga aylangan j oyda uning bu xususiyatlari yo‘qoladi. SHu sababli, mehnat
har jihatdan yuksak samara borishi uchun erkin bo‘lishi, mehnat jarayoni ijodiy va
qiziqarli kechishi lozim. Zotan o‘ziga yoqqan, erkin mehnat turini bajarayotgan
kishilarning «Bu ishni men o‘ynab qilib qo‘yaman» qabilidagi gaplari, erkin mehnatni
o‘yinga qiyoslashlari bejiz emas. O‘yin – san’atning asosi ekanini nazarda tutsak, bu
bilan o‘z kasbini, ishini sevgan odamlar uni ijod darajasiga ko‘tarishga harakat
qilayotganini ko‘ramiz. Zotan sevmoq – erkinlik, ijod esa, erkinlik mevasi. Mehnat
erkinli gini , unga erkin munos abatni shakllant iri sh hamm a z amonl arda ham muhi m mas al a
bo‘lib kelgan. Og‘ir mehnatni engillashtirish, erkinlashtirish maqsadida inson qadimdan
uni badii yl as hti rishga, estet ikl asht ir i shga intil gan. Bunga hal q og‘z aki ijodidagi mehnat
turlariga bag‘ishlangan qo‘shiqlar yaxshi misoldir. Ular mehnat jarayonining qiziqarli,
«ichdan» bo‘lmasa ham, «tashdan» go‘zal, musiqiy, badiiy bo‘lib ko‘rinishiga xizmat
qil gan.
Hozirgi pa yt da m ehnat j a ra yoni ning ham «i chdan », ham «t ashdan » go‘z al bo‘l ishi ni
ta’minlashni uyg‘un tarzda amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etgan. Bunda yana
dizaynning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidlash lozim.
Mehnat estetikasida dizaynga bo‘lgan talab ko‘pyoql amalik tabiatiga ega. Unda faqat
texnikaviy go‘zallik emas, botunisicha texnologik jarayon va ishlab chiqarish joyi –
makon go‘zalligi ham dizayn qonun -qoidalariga bo‘ysunishi: inson – texnika – makon
tizimining estetiklashishi ro‘y beradi.
Mehnat bil an nafos atning o‘zaro aloqasi to‘g‘risida ukrainal ik est eti k olim D.YU.
Kucheryuk diqqatga sazovar fikrlar bildiradi: «Mehnatning mazmuni aynan o‘zini
qadri yat si fatida namo yon qilishi bil an bel gil anadi, – deb yoz adi u. – Nafos at ham
mehnat ning mazm uni y jihat i ga aloqador»
. Bunga misol tariqasida u inson o‘z ruhiy-
fiziologik quvvatini ng m ehnat j ara yonini boshqarish mahorati ga egali gidan ruhl anis hini
va butun vujudi bilan estetik quvonchni his etishini ta’kidlab o‘tadi. Darhaqiqat, bunday
hol atda insonning i jod i y munos abati , ruhi y ko‘t arinki li gi mehnat bi lan est eti kaning
uyg‘unlashib ketishiga olib keladi, nafosat mehnat jarayonini jonlantiradigan hodisaga,
uni go‘zallashtiradigan qudratga aylanadi. Buning uchun inson – texnika – makon
tizimida, ya’ni, dastgohla rdan tortib, devoru imoratlargacha, gultuvakdan tortib,
darpardalargacha bo‘lgan muhitda dizaynerning ijodiy yondashuvi lozim; bunda ranglar
nafosati ham alohida rol o‘ynaydi.
Nima uchundir biz, mehnat estetikasi deganda, ko‘pincha faqat jismoniy -moddiy
mehnat jara yonlari dagi nafos at ni tushunamiz va asosan uni zo‘r beri b t adqi q etis hga
urinamiz. Vaholanki, ma’naviy-aqliy sohalardagi mehnat ham jiddiy e’tiborga, estetik
tahlilga loyiq. Masalan, teatr san’atidagi mehnatni olib ko‘raylik. Ulug‘ rejissyorimiz
Mannon U yg‘ur yangi s pekt aklni ta yyo rlashda «o‘zi ham tinmagan, boshqal arni ham
tindirmagan». Repetitsiya paytida tushlikka chiqishga vaqt topolmaganidan unga uyidan
ovqat olib kelishgan. Spektakldan so‘ng tunlari tahlil bilan shug‘ullangan, teatr
san’atining muhim masalalariga doir qoidalarini qog‘ozga tushirgan. Buyuk fransuz
yoz uvchi si Balz akni nng esa, kuni ga 14 -16 soatl ab ishl agani hamm aga ma’lum . Mehnat
tufayligina san’atkor o‘z iste’dodini namoyon qila oladi, ayni paytda ana shu «o‘zini
qiynash»dan u butun borlig‘i bilan quvonch hissini tuyadi. Badiiy ijod estetik faoliyat
sifatida san’atkor uchun doimo “shirin azob”, «go‘zal a’mol» – estetik zavq manbai.
Fanda ham mehnatning o‘rni, u olimga beradigan estetik zavq, quvonch
san’atdagidan kam emas. Ilmiy mehnat tabiatan estetik kechinmalarga boy, chunki unda
bilimga bo‘lgan ishtiyoqni, ijod hissini va insonning hayratlanish qobiliyatini namoyon
qiluvchi botiniy kuch mavjud. To‘g‘ri, bir paytlar fan hissiyotga berilmasdan, sovuqqon
Кучерюк Д.Ю.
Эстетика труда. Киев, «Виша школа», 1989. С. 276.
Do'stlaringiz bilan baham: |