236
“Drama” (yunonchada-harakat degani) sahnada ijro etishga mo‘ljallangan, matni qatnashuvchilarning
dialog va monologlari asosiga qurilgan, voqelikdagi hayotiy qarama-qarshiliklarni zididiyat holati (konflikt)
orqali ifodalaydigan, san’atning nisbatan «sof» adabiy xili. Dramada lirikadagi sub’ektivlashish hodisasi
yo‘q, eposdagi voqeanavislikni ham uchratmaymiz: hamma narsani ishtirok etuvchilarning xatti-harakatlari
va nutqlari hal qiladi. SHuningdek, unda eposdagi «og‘ir karvonlikni», lirikadagi «oniy kayfiyatni» ham
ko‘rmaymiz: qahramonlar taqdiri dinamik tarzda rivojlanib boradigan fojeaviy azob-uqubatlar, og‘ir
ko‘rgiliklar yoki tanqidiy kulgi vositasidagi echim bilan nihoya topadi.
YUqoridagi fikrlarimiz san’atni xillash bilan bog‘liq qarashlar edi. Endigi mulohazalarimiz san’at
turlari xususida bo‘ladi.
Mazkur mulohazalarni hisobga olgan holda, biz, san’atning mavjudlik shartidan, ya’ni uning
ma’naviy borliq sifatida namoyon bo‘lish holatidan kelib chiqib, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan
makon (me’morlik, haykaltaroshlik v.h.), zamon (badiiy adabiyot, musiqa v.h.) va makon-zamon (teatr, sirk
v.h.) bo‘yicha tasniflashtirishni ma’qul deb hisoblaymiz. Biroq san’at tarixiy hodisa ekanini, u qadimdan
tadrijiy rivojlanib kelganini, taraqqiyoti mobaynida o‘zgarishlarga uchraganini va ma’lum bir tarixiy davrda
muayyan san’at turi faol, etakchi bo‘lganini nazarda tutib, ayni paytda yuqoridagi birgina turkumlashtirish
hamma tomonni qamrab olomasligini hisobga olib, masalaga tarixiylik tamoyili asosida yondashuvni ham
maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. SHundan kelib chiqqan holda, biz taklif etayotgan tasnif san’at turlarini
uch turkumga bo‘lib o‘rganishni taqozo qiladi. Bular:
1. Arxaik - endilikda tarixga aylangan, hozirga paytda real hayotda amalda bo‘lmagan.
2. An’anaviy - qadimdan hozirgi kungacha o‘z o‘rnini va ahamiyatini yo‘qotmay kelayotgan.
3. Zamonaviy – ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida vujudga kelgan «texnikaviy», yangi san’at turlari.
Ushbu tasnifga ko‘ra, arxaik san’at turlari –an’anaviy san’at turlari – badiiy adabiyot, baxshilik,
me’morlik, ko‘rgazmali amaliy san’at, haykaltaroshlik, rangtasvir, grafika, musiqa, teatr, raqs, qo‘shiqchilik,
estrada, sirk va askiyani; zamonaviy san’at turlari – fotosan’at (badiiy suratkashlik), kino, televidenieni o‘z
ichiga oladi.
Mazkur ikki yo‘nalishdagi turkumlashtirish ma’lum ma’noda san’at turlarini tasniflashtirishni estetik
boshqotirmaga aylanib ketishdan saqlashga xizmat qiladi, deb o‘ylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |