237
keyingi “turar joyga” maqbaralarga tadbiq etilgan. Undan so‘ng hukumdorlar saroyilari, devonxonalar turli
rasmiy va norasmiy xizmat binolari, ibodatxonalar ham ana shu go‘zallik qonuniga binoan qurilgan.
Ispaniyadagi Al-Humro masjidi, Olmoniyadagi Kyoln jomesi, Xivadagi Nurillavoy saroyi va boshqalar
shular jumlasidan.
Me’morlik – mavjudligi makon bilan shartlangan san’at turi. Unda hajm, makonni egallash xususiyati
birinchi o‘rinda turadi, deyishadi, aslida “xajm” emas, mahobat atamasini qo‘llash maqsadga muvofiq, zero
mahobat ulug‘vorlik ifoda topgan hajmdir. Me’morlikning san’at sifatidagi estetik mohiyati uning kulgililik
xususiyatini inkor qilishi va ulug‘vorlik xususiyatini barqaror etishi bilan bog‘liq, hech bir san’at turida
ulug‘vorlik bu qadar o‘zini yaqqol namoyon qilmaydi.
Ko‘rgazmali-amaliy
san’at.
Ko‘rgazmali-amaliy
san’at
qadimdan,
mehnat
qurollari,
hunarmandchilikning rivojlanib borishi bilan kundalik turmush ehtiyoji uchun qo‘llaniladigan ash’yolarni
bezash, me’morlik inshootlarini turli naqshlar va koshinlar vositasida go‘zallashtirish orqali estetik
telablarga javob berib keladi. Aynan ana shu san’at turida hunarmandchilikning san’atga aylanishi ro‘y
beradi. M., aytib o‘tganimizdek, XVIII-XIX asrlardagi Buxoro-Qo‘qon uslubida naqshlangan go‘zal mis
qumg‘onlar dastlab faqat o‘zining muayyan maqsadga xizmat qilishi bilan diqqatga sazovor edi. Lekin
hozirgi paytda ular har biri betakror san’at namunasi, misgar ustaning san’atkorlik mahorati tajassum topgan
ma’naviy qadriyat tarzida idrok etiladi. YOki yog‘och o‘ymakorligini olaylik, uni biz hozirgi paytda hunar
emas, san’at mahsuli tarzida qabul qilamiz.
Haykaltaroshlik-monumental san’at.
Eng qadimgi, ibtidoiy davrlardan boshlab hozirgacha
haykaltaroshlik o‘z maqeini yo‘qotmay kelayotgan san’at turlaridan biri. Bu san’atning asosida faqat oniy,
bir lahzalik san’at tasviri yotadi. Haykaltarosh tomonidan ana shu eng muhim harakatini topish hamda unga
mos nur va soyani tanlash yuksak isde’dodni talab qiladi.
Haykaltaroshlik monumental san’at deyiladi. CHunki ko‘pincha u katta hajmli haykallar yoki
majmularni o‘z ichiga oladi. Ayni paytda uning kichik hajmdagi va har biri o‘ziga xos bo‘lgan holda
muayyan yuzalikda shakllar uyg‘unligini tashkil etadigan ko‘rinishlari ham mavjud. Haykaltaroshlikning
birinchi hiliga alohida makonni egallagan va har hil rakkursda tomosha qilish mumkin bulgan asarlar kiradi.
Istiqloldan so‘ng mamlakatimizda monumental san’atning milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini
shakllantirishdagi ahamiyati, uning ma’naviyatimizning yuksalishidagi o‘rni masalasiga alohida e’tibor
qaratildi. Bu borada Prezidentimiz Islom Karimovning “YUksak ma’naviyat - engilmas kuch” asarining
“Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori” deb nomlangan bobida Sohibqiron Amir Temur
bobomizning siymosini har tomonlama to‘liq va haqqoniy aks ettirish uchun bergan tavsiyalarini alohida
qayd etish mumkin. Jumladan, “1993 yili Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboniga o‘rnatiladigan
haykalni ilk bor muhokama qilganimiz esimda, - deb hotirlaydi Prezidentimiz, - Haykaltaroshlar taqdim
etgan variantda Sohibqiron qo‘liga nayza tutgan holda tasvirlangan edi. Men bunga e’tiroz bildirib,
«Sohibqiron bobomiz qo‘lida nayza emas, otning jilovini tutib turgani ma’qul, - degan fikrni bildirdim.
Buning ramziy ma’nosi bor. CHunki, saltanatda nayza ko‘targan odamlar ko‘p bo‘lgan, ammo jilov Amir
Temurning qo‘lida bo‘lgan. Bu mustahkam davlat tizimini qo‘lda mahkam tutib turishni anglatadi. SHu
bilan birga, buyuk ajdodimizning ikkinchi ko‘lini baland ko‘tarib, dunyodagi barcha insonlarga tinchlik-
omonlik, baxtu saodat tilayotgan asnoda aks ettirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Qolaversa, xalqimizda
har bir ish bismil-loh aytib, o‘ng qo‘l, o‘ng oyoqdan boshlanadi. Bu haykadda esa ot nima uchundir chap
oyoqdan odim tashlayapti».Muhokama ishtirokchilari bu fikrga qo‘shilishdi va haykaltaroshlar bildirilgan
fikrlar asosida yangi variantni yaratishdi.”
Ana shunday izlanish va tajribalar asosida keyinchalik Farg‘ona shahrida - Ahmad Farg‘oniy,
Urganchda - Muhammad Muso Xorazmiy va Jaloliddin Manguberdi, Navoiy shahrida - Alisher Navoiy,
poytaxtimizda - G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor va Zulfiya singari allomalarimiz, yozuvchi va shoirlarimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |