238
haykallarini, Mustaqillik va Xotira maydonlarida zamonaviy monumental san’atimizning noyob namunasi
sifatida tan olingan Mustaqillik va ezgulik monumentini, Motamsaro ona haykalini, Termiz shahrida
Alpomish, Qarshi shahrida esa «El-yurt tayanchi» va boshqa o‘nlab monumental san’at asarlari barpo etildi.
Baxshilik san’ati.
Odatda baxshilikni estetikada san’at turiga kiritish qabul qilinmagan va xalq og‘zaki
adabiy ijodi sifatida badiiy adabiyotning xili deb hisoblab kelinadi. Aslida “bunday kamsitish”ning sababi
o‘zbek estetikasida shu paytgacha ovro‘paga, to‘g‘rirog‘i, ruslarga taqlidning nihoyatda kuchli bo‘lganida.
SHunday qilib, biz uni to‘laqonli san’at turi deb bilamiz va buni isbotlashga harakat qilamiz.
Baxshilik san’ati asosan SHarq xalqlarida mavjud, kelib chiqishi qadimgi Hindiston bilan bog‘liq,
sanskritchadagi “bhikshu” (qalandar, darvesh) so‘ziga borib taqaladi. Keyinchalik,”baxshi”, “baxsha”,
“baxshi”, va boshqa shakllarda SHarq xalqlarining ko‘pchiligida ustoz, ma’rifatchi degan ma’nolarda
qo‘llanilgan. G‘arbda uni faqat qadimgi yunonlar madaniyatida ko‘rishimiz mumkin.
Xalq dostonlaridagi tasvirlar, majoziylik ko‘p hollarda mubolag‘aga va alliteratsiyaga asoslanadi,
natijada badiiy qiyofa afsonaviylashtirilgan, mo‘‘jizaviylashtirilgan tarzda gavdalan-tiriladi. Masalan,
“Go‘ro‘g‘li” turkumi dostonlaridagi bahodirlardan biri – Hasan Ko‘lbar bir to‘yning oshini eb to‘ymaydi,
murtining ichiga kalamushlar in qurib tashlagan v.h.
Rassomlik san’ati.
Bu san’at turi ham qadimdan mavjud, uning dastlabki namunalarini qadimgi tosh
asridagi g‘orlar devoriga ishlangan rasmlarda ko‘rish mumkin. Ularda asosan ov hayvonlari va inson tasviri
berilgan.
Rangtasvir voqelikning san’atkor tanlagan nuqtai nazardan mo‘yqalam va bo‘yoqlar vositasida
muayyan tekis materialga rasm tarzida tushirishdan iborat. Unda rassomning uslubi, bo‘yoq tanlashdagi
mahorati, nur va soyalar o‘yini yangicha kompozitsion yondashuv kabi san’atkor iste’dodini belgilaydigan
jihatlar muhim ahamiyatga ega.
Musiqa san’ati.
Agar rassomlik san’atida, deylik uning manzara janridagi Levitanning mashhur
“Qarag‘ayzor” asari ko‘z oldimizda muayyan ma’noda tugallangan rangtasvir sifatida namoyon bo‘lsa,
musiqa asari, masalan, Betxovenning “Oydin sonata”si yoki Hoji Abdulazizning “Guluzorim” kuyi ohanglar
vositasida tinglash jarayonida chizilayotgan rangtasvirdir. YA’ni rangtasvir badiiy mazmundagi markazni
in’ikos ettirgan holda ibtido bilan intihonni tasavvurimizga havola qilsa, musiqada ibtido, markaz va intiho
asarning o‘zida mujassam bo‘ladi. SHu bois rassomlik san’atini ranglar musiqasi, musiqani esa tovushlar
tasviri deyish mumkin. Ayni paytda musiqa rassomlikdagi yoki badiiy adabiyotdagi aniq yo muayyan
tasvirlash imkoniga ega emas, lekin u ohangdor tovush orqali inson qalbiga kuchli ta’sir ko‘rsatish, uning
ruhini qisqa vaqt ichida o‘zgartirish qudratiga ega. Bu jihatdan unga teng keladigan san’at turi yo‘q. SHu
sababli musiqadagi “musiqiylik” tushunchasi barcha san’at turlari uchun yuksak mahorat ma’nosini
anglatadi. M., she’riyatdagi musiqiylik, nasrdagi musiqiylik, me’morlik – qotib qolgan musiqa, ranglar
musiqasi v.h.
Raqs san’ati.
Bu san’at turi Ovro‘pada xoreografiya deb ataladi va raqsning barcha turlarini o‘z ichiga
oladi. Raqs qo‘l va oyoq harakatlariga asoslanadi, lekin bu harakatlar ritm, muqom va badanning plastik
egiluvchanligi vositasida shiorona xayolot parvozini ifodalaydi. Bu vositalarning hammasi musiqa
yordamida (juda bo‘lmaganda bir musiqiy asbob ishtirokida) umumiy bir uyg‘unlikni tashkil etadi, ana shu
uyg‘unlik raqsning san’at sifatidagi mohiyatini anglatadi. Raqsning ham o‘z ichki turlari ko‘p, diniy-falsafiy
raqslar, mehnat raqslari yoki kasbiy raqslar, sof o‘yindan iborat raqslar, insoniy kayfiyatni anglatadigan
raqslar, maxsus ssenariy (libretto) asosida sahnalashtiriladigan va uzoq vaqt davom etadigan raqslar v.h.
Raqs san’ati, yuqorida aytganimizdek, folklorning uzviy qismi tarzidagi va sahnaviy – teatrlashtirilgan
ko‘rinishlarga egaligi bilan birga, mintaqaviy-mahalliylik xususiyatiga ham ega. Masalan, o‘zbek raqsida
uch yo‘nalish mavjud: Toshkent-Farg‘ona, Xorazm va Buxoro yo‘llari (ba’zan usullari ham deyiladi). Ular
Do'stlaringiz bilan baham: |