175
qiladi. Inson g‘or devoriga kishanband qilib ko‘yilgan tutkunga o‘xshaydi, u faqat haqiqiy borliq ning
noaniq soyalarini kuzatadi, xaqiqiy borliq esa soyalar orqasida, ko‘rinmaydi. Uni inson ko‘rmaydi, biroq
o‘sha asl borliqni ko‘ra oladigan mangu- o‘lmas rux mavjud. U g‘oyalar dunyosiga daxldor, lekin uning
faqat aqliy qismigina ana shu dunyoga qaratilgan, ehtiros va xirsli qismi esa doimo rynohkop erga tomon
tortadi. Aflotun ruhning bu ikki xillik jihatini aravakash (aql) bilan ko‘pirgan otlar (ehtiros va hirs) orasidagi
kurash sifatida talqin etadi. Otlar baland kelgand ruh (qalb, jon) g‘oyalar dunyosidan vujudga yiqiladi va
inson tyg‘iladi. Insonning tyg‘ilishi , shunday qilib, ruhning gynoxga botishi barobarida voqe bo‘ladi.
Barcha bilimlar xotira natijasidir; ruh g‘oyalar dunyosidan bilganlariiing bazilarini eslaydi va vujuddagi
xayotida biror-bir diqqatga sazovor yangilikni o‘ziga kasb etmaydi. Shunday qilib, Aflotunning fikricha,
axloq, ilohiy asosga ega va axloqiy fazilat insonga azaldan berilgan.
Aflotun donishmandlikni oliy fazilat, ruxdagi aqliy qismning namoyon bo‘lishi deb biladi va davlatni
boshqarishra loyiq yagona toifa sifatida donishmand-faylasuflarni tan oladi. YOvqurlik - qo‘riqchilarga
davlatni ximoya qiluvchi askarlarga xos. Ruhning - xirsli qismi bilan bog‘liq bo‘lgan mo‘‘tadillik
xunarmand-kosiblar, dexqonlarga, yani, xalqqa xos. Ular avvalgi tabaqaga bo‘ysunishi shart. Ulardan so‘ng
qullar turadi. Kullar axloqdan tashqarida, har qanday fazilatdan yiroq, zotan ularning ruhga egaligi gumon.
Bundan tashqari, Aflotunnning fikriga ko‘ra, adolat - shaxsiy fazilat emas, davlatga xos fazilat. SHu
sababdan u: “Biz tabiatiga ko‘ra uchga bo‘lingan tabaqalarning xar biri faqat o‘z yumushi bilan
shyg‘ullangan davlatnigina tan olamiz”, deydi. SHuningdek, tijorat fuqarolarni yo‘ldan ozdiradigan soxa
bo‘lgani uchun, u bilan adolatli davlatda xorijliklar shyg‘ullanishi kerak.
Aflotun axloqshunosligining muhim xususiyati shundaki, unda axloqning asosi, axloqiy namuna sifatida
iloxiylik olinadi. Faylasufning fikricha, kimda-kim Xudoning marhamatiga erishmoqchi ekan, unta iqtido
qilmog‘i, undan namuna olmog‘i kerak, Xudo barcha narsalar uchun mezon; faqat Xudoga ishonuvchi va
taqlid qiluvchi kishirina donishmand bulishi mumkin. Xullas, Aflotunning axloqshunosligi qatiy diniy
tabiatga ega. Ayni paytda u kun jihatdan vedachilik axloqshunosligidagi g‘oyalarni o‘z ichiga oladi va ularni
rivojlantiradi.
Aflotundan so‘ng ikki qadimgi yunon allomasi – Arastu (miloddan avvalgi 384-322 yillar) va Epikurning
(milodan avvalgi 341-270yillar) axloq nazariyalari diqqatga sazovor. Aflotunning shogirdi Arastu birinchi
bo‘lib axloqshunoslikni ruhshunoslik bilan siyosatshunoslik oralig‘idagi alohida falsafiy fan sifatida taqdim
etdi va unga (keyinchalik Ovro‘poda qabul qilingan) “Etika” degan nomni berdi. Arastuning axloqiy
qarashlari, asosan o‘g‘liga bag‘ishlangan “Nikomaxning axloq kitobi” va “Evdemning axloq kitobi” hamda
“Katta axloq kitobi” risolalarida o‘z aksini topgan
Arastu
qadimgi Yunon mutafakkirlari ichida birinchi bulib ixtiyor erkinligini axloqning asosi sifatida olib
qaraydi va axloqiy fazilatni Aflotunga qarama-qarshi o‘laroq, ruhning tug‘ma xususiyati emas, balki kasb
etiladigan (xosil qilinadigan) sifat ekanini aytadi. U barcha fazilatlarni ikkiga bo‘ladi: birinchisi, ruhning
donishmandlik, tajri6akorlik, topqirlik, singari ma’naviy soxa bilan bog‘liq aqliy qismiga oid fazilatlar va,
ikkinchisi, ruhning intilyvchan(ixtiyoriy) qismi - sof axloq bilan bog‘liq, fazilatlar. Uning fikricha, asosiy
fazilat adolatdir. “Fazilat, - deydi Arastu - ma’lum ma’noda o‘rtalikdir, zero, doimo o‘rtalikka intiladi”.
Masalan, mardlik telbavor jasorat bilan qo‘rqoqlik orasidari o‘rtalik va xokazo. SHuningdek, mutafakkir
niyatga katta ahamiyat beradi va uni xarakatning tamoyili, boshlanishi deb ataydi. Lekin u pirovard ma:qsad
emas, niyatning tamoyili esa intilish va aql, shu sababli niyat aqldan, es-hushdan va odobdan tashqarida
bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |