172
topganini ilg‘ab olish qiyin emas. Zero “Avecro”da jon-rux tushunchasi o‘ta ilohilashtirilmaydi, ma’lum
ma’noda “dunyoviy”lashtipiladi va o‘z erasi bilan muloqot qiluvchi vijdon sifatida namoyon bo‘ladi.
SHuni aloxida ta’kidlash joizki, “Avesto”da inson oliy jonzot tarzida talqin etiladi. Ayni paytda eru
ko‘kdagi barcha ne’matlarni sevish, ardoqlash insonning muqaddas bo‘rchi hisoblanadi. Ozodalik, tozalik
gigienik tyshynchadan axloqni va ilohiy tushuncha darajasiga ko‘tariladi: suvni, atrof-myxitni toza tutish,
jonivorlarga, xususan, itga uchi o‘tkir suyak yoki qaynoq ovqat bermaslik - ularga nisbatan shafqatni
anglatadi; inson shafqatli bo‘lishi keraq Bularning xammasi “Avesto”da ekologik axloqshunoslikning
dastlabki ko‘rtaklari xam mavjudligini ko‘rsatadi. Bu muqaddas kitobdagi to‘rli tuman ma’budlar, bizning
tushunchamizdagi pir darajasidadir (masalan, temirchilikning piri - hazrati Dovud v.h). Iloh esa- bitta:
Axura-Mazda, faqat ungagina sajda qilinadi. Demak, yakkaxudolikni, tavxidni targ‘ib etishda xam
birinchilik “Avesto”ga mansub. “Avesto”dagi ba’zi bir o‘rf-odatlar va irimlarning xozirgi kunda ham
saqlanib qolganini ko‘rishimiz mumkin. Isiriq tutatish, qo‘rbonliq uchun so‘yilgan jon kallasini davradagi
o‘tag‘asilar oldiga qo‘yish odatlari xamda sevimli Navro‘z bayramimiz fikrlarimizga dalildir. Xullas,
“Avesto” yuqorida aytganimizdek, ajdodlarimizning axloqiy estetik qomusi, qadimiy o‘rf-odatlarimizninig
o‘ziga xos majmui sifatida qimmatlidir.
Qadimgi Sharq axloqshunosligida Qadimgi Hindiston axlokiy tafakko‘ri aloxida o‘ringa zga. U
tarixan vedachilik, yo‘ga, jaynchilik, buddhachilik, “Bxagavadgita” va “Artxashastra” xamda lokoyata
oqimlaridan tahsil topgan.
Vedachilik axloqshunosligi qadimgi hind jamiyarini to‘rt tabaqa - varnaga buladi; braxmanlar(koxinlar),
kshatariylar(xarbiylar), vayshchilar(dexqonlar, kosiblar), shudralar (qullar). Mashhur “Manu qonunlari”da
yozilishicha, brahmanning mashg‘uloti- ta’lim berish, Vedani o‘rganish, qurbonlik qilish, sadaqa ulashish va
tuxfalar olish, kshatariylar fuqarolarni ko‘riqlaydilar vayshchilar chorva, tijorat, sudxo‘rlik va dexqonchilik
bilan shug‘yllanadilar; shchudralar esa ana shu uch ijtimoiy guruxga xizmat qiladi. “Xotin, o‘g‘il va qul -
uchalasi xususiy mulk egasi hisoblanmaydi, ular kimniki bulsa, o‘shaning qo‘lga kiritgan mulkidir” –
deyiladi “Manu qonunlari”da. Vedachilik axloq ko‘ra, braxmanlar tug‘ma axloqiy yuksak odamlar,
shchudralar esa tug‘ma-tuban axloq egalari hisoblanadi.
Lekin
keyingi oqimlapda, yo‘ga, jaynchilik, ayniqsa, buddachilik axloqshunosligida, axloqiy fazilatlar egasi
bulish insonning zoti ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki uning shaxsni kamoloti bilan bog‘liq degan
fikr ilgari suriladi. Buddha ta’limotiga ko‘ra, dunyo iztirobga to‘la va eng muhim muammo ana shu
iztiroblardan qutilishning yo‘lini topish. Naql qilinishicha, uz tengdoshlari bilan ayshu ishratda umr
kechirgan shahzoda Sidharta Gautama kunlardan birida sayr qilib yurib, kasal cholni va janoza marosimini
ko‘radi. Xar bir kishini kasallik, qarillik va o‘lim kutishini eshitib, larzaga tushadi, odamlardan qochib, tarki
dunyo qiladi va to‘rt ezgu haqiqatni anglab etadi hamda uni odamlarga etkazadi.
Uning qisqacha bayoni shunday:
1. Bu dunyodagi hayot iztiroblarga to‘la.
2. Bu iztiroblarning sabablari bor.
Z. Bu iztiroblarga barham berish mumkin. .
4. Iztiroblarga barham bershga oli6 boradigan yo‘llar mavjud.
Buddhaning to‘rtinchi haqiqati, ayniqsa, axloqshunoslik nuqtai nazaridan muhim. U Buddha o‘tgan va
xammaning o‘tishi mumkin bulgan nirvanaga (ehtiros, nafrat, pushaymon asta-sekinlik bilan so‘nib
bo‘lgandan keyingi holatga) etishish yo‘lidir. U sakkiz fazilatga erishuvda iborat: 1) to‘g‘ri qarashlar; 2)
to‘g‘pi jo‘r’at; Z) to‘g‘ri xatti-harakat; 4) to‘g‘ri nutq; 5) to‘g‘ri hayot tarzi; 6) to‘g‘ri jahd-jadal; 7) fikrni
to‘g‘ri yo‘naltirish; 8) diqqatni to‘g‘ri qaratmoq.. SHunday qilib, sakkiz yo‘l bir-birini taqozo etuvchi uch
omil - bilish, xattiharakat va diqqatning birligidan iborat. Bilim va axloq bu o‘rinda yaxlitlikka ega; fazilat
bilimdan (illat esa bilimsizlikdan) kelib chiqadi, shu sababdan bilimni fazilatsiz takomilashtirish mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |