174
keng, u davlatga bo‘lgan munosabatni ham o‘z ichiga oladi. Xoqon (imperator) - Osmon o‘g‘li, u Osmon
ostidagilarning barchasiga ota. Osmon ostidagi tartib-qoida esa kuyidagicha: “Podsho-podsho, ota-ota,
mulozim-mulozim, o‘g‘il-o‘g‘il bo‘lishi kerak”
Qadimgi Sharq axloqshunosligi erishgan yutuqlar shunchaki tarix bulib qolmadi. Ularni uzlashtirish
natijasida, Sharq bilan yaqin aloqa qilish uchun jyg‘pofiy kulayliklarga ega bo‘lan Qadimgi Yunonistonning
polislarida (shaxardavlatlarida) axloqshunoslik yangi bosqichga ko‘tarildi. Keyinchalik qadimgi Sharqda
ilgari so‘rilgan g‘oyalar, qo‘llangan tushunchalar, nazariy-amaliy tajriba bilvosita bugun Ovro‘po uchun
ham ahamiyat kasb etdi. CHunonchi, Mashho‘r afsonaviy donishmand Pifagor misrlik va eronlik
allomalardan talim oldi. U zardyshtiylik dini xaqida fikr yuritar ekan, Axo‘ra-Mazdani “Ularning xudosi
Oramazdaning qalbi xaqiqatdan, vujudi no‘rdan iborat”, deb tariflaydi. SHuningdek, Suqrot, Aflotun, Arastu
singari Qadimgi Yunon allomalari xam qadimgi SHarqdagi falsafiy-axloqiy ta’limotlardan keng
foydalanganlar.Masalan, ruxning ko‘chib o‘tishi borasidagi Aflotun nazariyasining falsafiy va axloqiy
asoslari Qadimgi Hindiston falsafasiga borib taqaladi.
Qadimgi Yunon axloqshunosligi xaqida gap ketar ekan, asosan, to‘rt buyuk faylasufning nomini tilga olish
odat bulib qolgan; Suqrot, Aflotun, Arastu, Epikur. Lekin, aslida, ulargacha xam Qadimgi Yunonistonda
axloqshunoslik borasida ancha-muncha ishlar qilingan. Chunonchi, Demokrit, Pifagor, Gippiy, Gorgiy
singari sofistlar (donishmandlar) oqimiga mansub faylasuflarning qarashlari diqqatga sazovor. Misol
tariqasida Demokritning (taxminan miloddan avvalgi 450-370 yillar) qarashlarini olib ko‘raylik, u
donishmandlikni eng yuksak fazilat, aqlni esa axloqiy xatti-xarakatning mezoni deb biladi va donishmandni
axloqli, nodonni axloqsiz odam sifatida tariflaydi. Demokritning fikriga ko‘ra, inson uchun xayotdagi
birinchi ustoz ehtiyoj va tajribadir. Aynanshular insonni foydali va zararli narsalarni farqlash darajasiga olib
keladi.Demokrit Kadimgi Yunon faylasuflari ichida, birinchi bo‘lib insonning ichki dunyosiga murojaat
qildi. U niyatni (xatti-harakat sababini) harakatdan ajratadi. Ayni paytda, “Nomusli va nomussiz odamni
nafaqat qilmishi balki niyati orqali xam bilib olsa bo‘ladi”, deydi mutafakkir. Demokpit hayo va ishonchni
insonni qing‘ir ishlardan qaytarib to‘ruvchi kuch tarzida ta’riflaydi. Faqat ruxan zaif va gumrroh
odamlargina o‘z muvaffaqiyatsizliklarini ma’budlar, taqdir va tasodifdan ko‘radilar. Nodon va yomon odam
lazzat, baxt hamda xayotning maqsadi haqida noto‘g‘pi tasavvo‘rga ega bo‘lgani uchun o‘zini baxtsizlikka
mubtalo qiladi.
Suqrot (miloddan avvalgi 470-399 yillar) qarashlariga kelsak, u, Konfutsiyga o‘xshab, axloq.bilan hyqyqni
bo‘linmas yaxlitlikda olib qaraydi: “Nimaiki qonuniy bo‘lsa, o‘sha adolatdandir”. Ikkala mutafakkir xam
xukmronlikning yaxshi yoki yomon deb baholanishini fuqarolar tarbiyasi bilan bog‘laydi, jacopat va
betama’ xizmat namunalarini uz davlatlari o‘tmishidan topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |