Bilvosita usulning afzalligi asosiy faoliyatning sof pul oqimi bilan sof
23
Maz ur usulda buxgalteriya balansi, moliyaviy nati alar to'g’risidagi
hisobot, pul oqimlari to'g’risidagi hisobot o'zaro bog’lanadi va muvofiqlashadi.
Bu erda markaziy jihat hisob tizimidagi hisobga olish usuli asosida aniqlangan
sof foydani kassa usuli asosida ham qayta hisoblashdir.
Aynan mana shu holat sof foydani qanchalik asosiy faoliyatdagi pul
mablag’lari hara ati bilan bog’liqligini aniqlab beradi. Albatta, aytib o'tilgan
ikki usulning qaysi biri muhimligi xo'jalik sub'ekti rahbarlari tomonidan
o'rganiladi va bu borada tegishli qaror qabul qilinadi. Shuningdek, auditorlar
ham mazkur masalada zarur bo'lgan maslahatlarni berishlari mumkin.
Ta'kidlash kerakki, pul oqimlari to'grisidagi hisobotni audit qilish ham
hisob tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, u samarali boshqaruvning
ajralmas qismidir. Bu jarayonda quyidagi tartiblar mavjudligi muhim umumiy
uslubiy jihatlar hisoblanadi.
1. Puxta o'ylanagan va detallashtirilgan audit rejasini tuzish.
2. Pul oqimlari to'g’risidagi hisobotni turli ihatlarda (son, sifat va qiymatda)
o'rganish mumkinligini aniqlash.
3. Nazoratning tashkil etilganligini aniqlash – umumiy tizimli rejaning, nizom,
yo'riqnomalarning bor yo'qligi, vakolat berish masalalari - ularning mavjudligi,
rioya etilish samaradorligi va boshqalar (muammolarning umumiy tanlovi,
muammoli masalalarni hal qilish dasturining strategiyasi va taktikasini
muhokama qilish).
4. Burchlarni taqsimlanganligini bilish - ayrim xodimlar, ularning guruhlari
manfaatlari bir biriga o'xshamasligiga asoslangan (bir shaxsning o'zi
operatsiyani boshidan oxirigacha nazorat qilganda, yo'l qo'yib bo'lmaydigan
vaziyatlar yo'qmi, chunki turli vazifalar - rahbarlik, ijro etish tovarlarni hisobga
olish va saqlash vazifalari taqsimlangan bo'lishi kerak).
5. Kadrlarni nazorat qilish masalasi - xodimlarni boshqarish, jumladan
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish va almashtirishga doir talablarni aniqlash
vakolatlarni taqsimlash, xodimlarning malakasi tajribasi va boshqa zarur
fazilatlariga qarab xizmat sohasida ish berish.
24
6. Pul mablag’laridan foydalanish huquqini aniqlash - ma'muriyatni
tekshirilayotgan moliyaviy aktivlardan foydalanishini cheklash (bevosta va
bilvosita, hujjatlar orqali) qaqiqiyligini tekshirish, javobgarlik masalalari.
7. Arifmetik va hisob nazoratini ta'minlash - barcha xo'jalik muomalalari o'ziga
mos hisob tadbirlaridan o'tgan, ular qonuniy, haqiqatda bo'lib o'tgan,
hujjatlarda va hisob registrlarida to'la va aniq aks ettirilgan bo'lishini o'rganish.
8. Xulosalar tayyorlash yoki maslahatlar ishlab chiqish.
Audit vositasida pul mablag’larini o'rganish bu boradagi o'plab ishlarni
ko'rib chiqishni ta'minlaydi. Kamchiliklar bartaraf etiladi, foydalanilmagan
imkoniyatlar ishga solinadi, yangi ijodiy yondashuvlar joriy etiladi va shu
kabilar.
Xo'jalik yurituv hi sub'e tlarda faoliyatdagi pul mablag’lari hisobi,
hisoboti hamda auditining nazariy hamda uslubiy asoslarini O'zbekist
on Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari va ma'ruzalari, iqtisodchi
olimlarning bu boradagi ilmiy asarlari, dissertatsiyalari, maqolalari, tezislari
kabilar tashkil etadi. Shuningdek, «Buxgalteriya hisobi to'g’risida»gi qonuni,
«Auditorlik faoliyati to'g’risida»gi qonuni (yangi tahriri), O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori
(keyingi o'zgarishlar bilan birga) «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab
chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni
shakllantirish tartibi to'g’risida»gi Nizom, O'zbekiston Respublikasi Moliya
Vazirligi
tomonidan
tasdiqlangan
«Buxgalteriya hisobining milliy
standartlari»,
O'zbekiston
Respublikasi
Moliya
Vazirligi
tomonidan
tasdiqlangan «Auditorlik faoliyatining milliy standartlari», O'zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug’i:
«Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to'ldirish bo'yicha qoidalarni tasdiqlash
to'g’risida», O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2005 yil 6 maydagi
45-sonli buyrug’i: «O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 27
dekabrdagi 140-sonli «Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to'ldirish bo'yicha
qoidalarni tasdiqlash to'g’risida»gi buyrug’ining 7-ilovasiga o'zgartirish va
25
qo'shimchalar kiritish to'g’risida, tegishli vazirlik va idoralarning rasmiy
ko'rsatmalari bu boradagi me'yoriy-uslubiy asoslar bo'lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: