4
Kirish
Mamlakatimiz itisodiyoti va uning sub'ektlarini xalkaro xo'jalik tizimiga
tobora integratsiyalashuvi, bu borada davlatimizning bosh islohotchi bo'lib
okilona siyosat olib borayotgani pirovard natijada respublikamizni ijtimoiy-
itisodiy jihatdan uzluksiz rivojlanishiga sabab bo'lmokda. So'nggi yillarda,
jahon
iqtisodiyotida
davom
etayotgan
qiyinchiliklarga
haramasdan
mamlakatimiz hayotining barcha soha va tarmoqlarida ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish barqaror davom ettirilmoqda. Bu esa respublikamizda olib
borilayotgan islohatlarning naqadar to'g’ri va ilmiy asoslanganligidan dalolat
beradi. Yurtimiz iqtisodiy hayotidagi barqarorlik va rivojlanishni quyidagi
misol asosida ham ifodalash mumkin. Jumladan, 2014 yilda yalpi ichki
mahsulotning o'sish sur'atlari 8,1 foizni tashkil etdi.
1
Mamlakatimizda rivojlanishni ta'minlovchi yana bir omil xo'jalik
subektlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda erkinliklar ham muhim ahamiyat
kasb etmokda. Misol uchun, 2014 yilda 500 dan ziyod kichik korxona, birinchi
navbatda kichik biznes subektlari eksport faoliyatiga jalb etildi. Mazkur yilda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining eksortini qo'llab-
quvvatlash amg’armasi tomonidan 2 ming 400 ta tadbirkorlik subektiga tashqi
bozorlarga chiqish bo'yicha huquqiy, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar
ko'rsatildi.
2
Mulkchilik shaklidan qat'iy nazar barcha turdagi korxonalarda
modernizatsiya ishlari davom ettirilmoqda. Texnik-texnologik yangilanishlar
amalga oshirilmoqda. Mahalliylashtirish tadbirlari joriy etilmoqda. Kadrlar
malakalari davr talablari asosida oshirilmoqda.
Ta'kidlash kerakki, navbatdagi vazifalar davom etayotgan hamda qo'lga
kiritilayotgan ijobiy natijalarni yanada mustahkamlab yangi bosqichlarni zabt
etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdir. Shuning uchun 2015
1
Islom Karimov “2015 yilda iktisodiyotimizda tub tarkibiyi o'zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiyi tadbirkorlikka keng yo'l
ochib berish - ustuvor vazifamizdir” O'zbekiston ovozi” 2015-yil 21 -yanvar.
2
Shu manbada
5
yilda ham Respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim
maqsadlari va asosiy ustuvor vazifalaridan biri jahon bozorida teng
raqobatlasha oladigan tarmoq va korxonalarni jadal rivojlantirish hamda aniq
yo'naltirilgan holda qo'llab quvvatlash, deb belgilab olindi.
3
Ushbu ustuvor vazifalar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarii, sohalari,
xo' ali sub'e tlari va boshqa abg’alariga tegishlidir. Belgilangan vazifalar
bo'yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to'la ma'noda iqtisodiyot
sub'ektlarida o'z-o'zini moliyalashtirish, pul mablag’lari bilan ta'minlash, pul
mablag’laridan samarali foydalanish masalalari, shu bilan birgali da
xo' ali dagi pul mablag’lari hisobi va ularni audit qilish ishlariga ham
tegishlidir.
Shuning uchun ham Respublikamizda qabul qilingan ustuvor yo'nalishlar
hamda bir qator davlat dasturlari asosida va ularda belgilangan vazifalardan
elib hiqib xo' ali sube tlarining amaldagi pul mablag’lari hisobi, bu
boradagi kamchiliklar hamda o'z echimini kutayotgan masalalarni topish ularni
bartaraf etish, tegishli hisob va audit uslubiyatini yangi innovatsion g’oyalar
asosida takomillashtirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri, deb
qaraymiz.
Biroq, ta'kidlash kerakki, iqtisodiyotida qo'shimcha pul bosib chiqarish,
moliya bozorini shunday pullar bilan to'ldirish, kelgusida jilovlab bo'lmaydigan
inflyatsiyaga, milliy valyutaning qadrsizlanishiga va shular bilan bog’liq salbiy
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Demak, milliy iqtisodiyotning asosi bo'lgan
xo' ali sub'e tlarida ham bu borada doimo оqilona yondashuv va vositalarni
qaror toptirish zarur ekan. Bunda, xo'jalik sub'ektlari hisob tizimida pul
oqimlarilari to'g’risida hisobot hamda ularning auditini davr talabi asosida
tashkil qilish hamda yuritish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa, xo'jalik
sub'e tlarida pul mablag’larni maqsadga muvofiq tar ib toptirish va ularni
3
Islom Karimov “2015 yilda iktisodiyotimizda tub tarkibiyi o'zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiyi tadbirkorlikka keng yo'l
ochib berish - ustuvor vazifamizdir” O'zbekiston ovozi” 2015-yil 21 -yanvar.
6
to'gri sarflash muomalalari oldiga ham ko'plab vazifalarni belgilab beradi.
Vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishda esa pul oqimlari to'g’risida hisobot va
ularning auditini ilmiy asosda tashkil qilish markaziy jihat egallaydi. Bu borada
hisob ishlarini to'g’ri tash il etish, o't azish va uni nati alari muhim ahamiyatga
ega. Chunki, faqat hisob ishlari nati alari asosida faoliyatdagi pul mablag’larini
tashkil etish, nazorat qilish hamda ulardan samarali foydalanish kabi
tomonlariga to'g’ri baho berish mum in.
Lekin, respublikamizdagi xo'jalik sub'ektlari hisob tizimida pul
mablag’lari hisobi va hisoboti hamda ularning audit qilish masalasi har
tomonlama, to'liq o'rganilgan mavzu emas. Ushbu masalaga oid hisob
tizimidagi holatlarni tartibga solishning amaldagi usullari bir qator
kamchiliklarga ega. Bu esa, xo'jalik sub'ektlari faoliyatda pul mablag’larini
shakllantirish, nazorat qilish va ulardan yanada samarali foydalanishga ta'sir
etmoqda. Yuqoridagi muammolarning mavjudligi bitiruv malakaviy ishning
mavzusining dolzarbligi va amaliy ahamiyatga ega ekanligini belgilaydi.
Xo'jalik sub'e tlari faoliyatidagi pul mablag’lari hisobi va hisobotini
tuzish hamda auditini tashkil qilish hamda yuritishdagi kamchiliklarni topish
va ularni bartaraf qilish, mavzuni takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab
chiqish malakaviy ishning maqsadi deb belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: