160
sarflanganini isbotlovchi hujjatlar (transport chiptalari, mexmonxona va
boshqa tashkilotlari pattalari (kvitantsiyalar), olingan moddiy boyliklarning
schyotlari, har xil ishlar naqd pul hisobidan bajarilgan shartnomalar)
rasmiylashtirilishini tekshirish
6.
Kassa hujjatlarining (kassir hisobotlari, kassa kirim
va chiqim orderlari va
ularni qayd qilish daftarlari) tekshirish
7.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha analitik va sintetik hisob
registrlarining ma’lumotlari (7 -ASK.- jurnal-order) ni tekshirish
8.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni audit qilishda buxgalteriya hisobi
holati bilan tanishishi, hujjatlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi,
xizmat safarlari va Xo‘jalik xarajatlari yuzasidan
korxona rahbarining
farmoyishi bor-yuqligi, xodimni bu safarga yuborish va Xo‘jalik
xarajatlarining asosliligini aniqlash
Auditor buxgalteriya xodimlarining ushbu sohadagi, qonunlar va
yuqori tashkilotlarning me’yoriy hujjatlaridan xabardorliklariga hamda
ularning nusxalari korxona buxgalteriyasida
mavjudligiga ishonch xosil
qilishi, shuningdek ushbu me’yoriy hujjatlarga amal qilinish darajasini
tekshirishi kerak. Buning natijasida quyidagilar aniqlanishi mumkin:
- ilgari hisobdor pullar yuzasidan qarzi bo‘lgan yoki bu pullar
yuzasidan hisoblashmagan, hisobot topshirmagan shaxslarga, korxonada
haqiqatda ishlamaydigan shaxslarga pul berilmayotganligi;
- navbatdagi mehnat ta’tiliga chiqarish va bir yo‘la xizmat safariga
yuborish xollari mavjudligi;
- xizmat safari vaqtida mehnat qobiliyatini yuqotib, kasalxonada
davolanishda bo‘lgan xodimlarga turar
joy va kundalik xarajatlari
to‘lash
tartibiga
rioya
qilinishini,
bu
muddatning
2
oydan
oshmaganligini aniqlash kerak.
Hisobdor shaxslarga bo‘naklar berilishining asosliligini aniqlash
Xo‘jalik ehtiyojlari uchun hisobdor summa berish talablariga rioya
qilishni tekshirishdan iborat. Bunda auditor hisobini berish uchun
bo‘nak olgan shaxslar, hamda berilgan bo‘naklar summasi. va
muddatining korxona rahbari buyrug‘iga muvofiqligini aniqlaydi.
Bo‘nak berish uchun xizmat safari to‘g‘risidagi
buyruq va xizmat
safari guvohnomasi asos bo‘ladi. Xizmat safari uchun hisobdor summa
berilganligini tasdiqlaydigan kassa chiqim orderlarini tekshirish
mobaynida barcha rekvizitlarining to‘liq to‘ldirilganligiga, xususan,
bo‘nak berish uchun asosning aks ettirilganligiga e’tibor beriladi.
Muayyan hisobdor shaxs tomonidan oldingi olingan bo‘nak bo‘yicha
to‘liq hisobot berilganidagina, unga bo‘nak beriladi.
161
Hisobi beriladigan bo‘nak berishning asosliligini tekshirish
amallari kassa muomalalarini tekshirish mobaynida amalga oshirilishi
mumkin. Bunda aniqlangan tafovutlar to‘g‘risidagi
axborotlar ichki
hisob-kitob muomalalarini tekshirayotgan auditorga beriladi.
Hisobdor shaxslar tomonidan bo‘nak hisobotlarining o‘z vaqtida
taqdim qilinishini tekshirish, bo‘nak hisobotlari haqiqatda taqdim
qilingan muddatlarni, xizmat safari to‘g‘risidagi
buyruqqa yoki xizmat
safari guvohnomasida ko‘rsatilgan muddatlarga solishtirish yo‘li bilan
amalga oshiriladi.
Agar auditor ushbu qoidaga amal qilinmayotganligini aniqlasa,
unda 21-son BHMS ning talablariga muvofiq belgilangan muddatlarda
qaytarilmagan hisobdor summalarning 9430-«Boshqa operatsion
xarajatlar» schyotida aks ettirilishi (Debet 9430, Kredit 4220, 4230) va
keyinchalik ushbu summalarning hisobdan chiqarishini tekshirish zarur.
Ayrim korxonalarda xodimlarga go‘yo Xo‘jalik
hamda xizmat
safarlari uchun bo‘nak ajratilgandek bo‘lib, aslida ularning shaxsiy
ehtiyojlari uchun pul berilishiga yo‘l qo‘yiladi. Shuning uchun auditor
xodimning xizmat safariga jo‘natish guvohnomasi borligini, uning
muddatini, yo‘l
xarajatlarini, amaldagi me’yorlar bo‘yicha sutkalik
to‘lov summasi qanchaligini, hisobdor shaxslar bo‘naklar bo‘yicha
hisobotlarni o‘z vaqtida topshirishlari va sarflanmay qolgan mablag‘lar
qoldiqlarini kassaga topshirishlarini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: