Toshkent arxitektura qurulish instituti Qurulishni boshqarish fakulteti 31-20 guruh talabasi Samatov Abdulmalikning Arxitektura shaharsozlik asoslari fanidan tayyorlagan taqdimoti.
Mavzu: O’rderlar haqida. Dor ,ion, korinf o’rderlari.
Meʼmorlik orderlari (lot. ordo, frans. ordre — tartib) — ustun va toʻsinlardan iborat qurilmalarda turli qismlarning oʻzaro muvofiq boʻlishi, ularning tarkibiy va badiiy uslubi. Meʼmorlik orderlariga xos belgilar qad. Sharq meʼmorligida bor boʻlsa ham, lekin ular muayyan va oʻzgarmas tartibqonun asosida yunon meʼmorligida miloddan avvalgi 5-asrdan boshlab tatbiq va tartib etila boshladi.
Mumtoz orderlarning nomi Yunonistondati mahalliy qabila va manzillar nomidan olingan. Meʼmorlik orderlari ustun tanasi (kolonna), boshasi (kapitel) va poyustun — kursi (baza)dan tashkil topadi. Toʻsin qismi ustma-ust joylashgan arxitrav (bosh ustun), friz va karnizdan iborat boʻlib, ular birgalikda antablementni tashkil etadi.
Dor, ion va korinf orderlari
Dor orderi
Dor orderi yunonistonda tashkil topgan. U qadimgi yunon memorchiligining eng keng tarqalgan namunasidir. Orderning nomi Vitruviyning asarlarida ham uchraydi. Toskan orderiga nisbatan doriy orderi ancha hushqaddir. Uning karnizdan farqqiladigan ikkita kо‘rinishi mavjud.Karnizni ushlab turuvchi qismi birinchi tur orderida qator plitalarga ega, ular sleznik (tarnov)li plitaning tagida joylashgan. Bu konstruktiv yechimli, bо‘rttirmalarga ega bо‘lgan konsollar "modulon" deb ataladi.
Dor orderi nisbatan sodda, lekin kuch-qudrat ramzi hisoblanadi. Eng yetuk namunalarini Afina Akro-polidagi mashhur Parfenon va Propilei ehromlarida koʻrish mumkin. Qad. nusxasi esa Pestum (Kichik Osiyoning qad. shahri)dagi Poseydon ehromi harobalarida saqlangan. Doriy orderining ustun tanasi tepaga torayib boradi. Kapitel ham sodda boʻlib, u kvadrat taxtacha (abak) va ogʻirlikni bir maromda ushlab turuvchi yumaloq yostiqcha (exin)dan iborat. Abakning ustiga toʻsin yogʻochi — arxitrav qoʻyiladi.
Frizning sal boʻrtib chiqqan qismi (triglif) va uning orasidagi kvadrat taxtacha (meton)lar bilan toʻgʻri burchaklarga boʻlingan
Dor orderining sezilarli xususiyatlari bor. U sal bо‘rtib chiqgan tо‘g‘ri burchakli
tо‘rtburchaklardan tashkil topgan. Tо‘g‘ri burchakli tо‘rtburchaklar chetlaridan "faska"lar bilan bezatib chiqilgan. Tarz qismida esa tarnovda tutashuvchi ikki vertikal uchburchaklar bilan ishlov berilgan. Doriy frizining bu qismi triglif deyiladi.
Karnizning pastki tokchasi friz tekisligidan sal bо‘rtib chiqgan, triglifni aylanma
о‘rab chiqadi va triglif kapitelini tashkil qiladi. Trigliflar modulonlar bilan bir
kenglikda joylashgan va kengligi 1, balandligi esa 1 ½ modulga teng. Triglif
orasidagi modullar esa "metopa" deyiladi, ular bazida relyefli haykallar tasvirida ishlangan. Arxitrav va trigliflar tiranib turadigan, bо‘rtib chiqgan tokchalar bilan bezatilgan. Bu tokchaning nomi "teniya". Har bir triglifga "regola" deb nomlanuvchi tokchalar tо‘g‘ri keladi. Uning tagida 6ta "kaplya" (tomchi) joylashgan va bu tomchilarning о‘qlari triglif qovurg‘ali kesmalariga mosdir.