176
tarkibida hisobga olinishi, ya’ni moliyaviy natijalarga - 9610 - «Foiz
ko‘rinishidagi xarajatlar» schyotining debetiga olib borilishi,
soliqqa
tortish maqsadida esa foyda solig‘i bo‘yicha qonunchilik talablariga
muvofiq hisobga olinishi lozim.
Foizlarni hisobga olishning shunga o‘xshash tartibi ishlab
chiqarish zaxiralari sotib olish uchun olingan qarz mablag‘lari bo‘yicha
ham qo‘llaniladi. 4-son «Tovar-moddiy zaxiralari» nomli BHMS ga
muvofiq, korxonalar kredit uchun to‘lovlarga
doir xarajatlarni, agar
bular sotib olish bilan bog‘liq bo‘lsa, moddiy ishlab chiqarish
zaxiralarining haqiqiy tannarxiga qo‘shiladi. Bu tartibga sotib olingan
tovar moddiy zaxiralarni omborga kirim qilinishiga qadar rioya qilishi,
so‘ng esa foizlar odatdagi tartibda hisobga olinadi.
Kredit va qarzlarni hisobga olishning tashkil etilishini tekshirishda
auditor olingan kreditlar bo‘yicha qoldiqlar qanday baholanayotganligini
ham aniqlashi zarur. Auditor kreditlarning
maqsadga muvofiq
sarflanishini va ssuda qarzlarini qaytarish tartibini (pul mablag‘lari
ko‘rinishida, veksel berish yo‘li bilan, o‘zaro qarz surishish orqali)
aniqlashi kerak. Kreditlarni qaytarishning to‘liqligi va o‘z vaqtidaligini
auditor bank ko‘chirmalari bo‘yicha tekshiradi.
7810 - «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyoti bo‘yicha uzoq
muddatli kreditlarning qaytarilishigacha 12 oy to‘lmasdan, hisobot
tuzishda qaytarilmagan qoldiq qisqa muddatli qarz tarkibida ko‘rsatiladi.
Auditor kreditlar bo‘yicha muddati o‘tib ketgan qarzlar
mavjudligini tekshiradi, o‘z vaqtida qaytarilmaslik sabablarini va ularni
qaytarish uchun qanday choralar ko‘rilayotganligini aniqlaydi.
Bunda
bank ssudalari bo‘yicha muddati o‘tib ketgan qarzlar mavjud bo‘lganida
kreditlar uchun foiz stavkalarining qanday ko‘tarilib borganini aniqlashi
zarur. Chunki bu korxona daromadlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 6810 -
«Qisqa muddatli bank kreditlari» yoki 7810 - «Uzoq muddatli bank
kreditlari» schyotlari bo‘yicha 5110 - «Hisob-kitob schyoti» 5210 -
«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» bilan bog‘langan debet
yozuvlarini tahlil qilib, auditor olingan kreditlarning o‘z
vaqtida
qaytarilishini tekshiradi.
Amaliyotda auditor ayrim kreditlarning muddati, bir yoki bir necha
marta uzaytirilganligini uchratishi mumkin. Bunday hollarda auditor
kreditlarni o‘z vaqtida qaytarish imkoniyati haqida va ko‘rilgan
zararlarning hajmi to‘g‘risida fikr bildirishi lozim.
Auditor kreditlarning qaytarilishi ta’minlanganligi masalalariga
ham e’tibor qaratishi zarur. Kafolat xati, qimmatli qog‘ozlar, tovarlar va
177
boshqa mulklarni garovga qo‘yish kredit ta’minotining asosiy turlaridir.
Shulardan garov to‘g‘risidagi shartnomalar keng tarqalgan. Bunda
quyidagilarni tekshirish zarur: garov to‘g‘risidagi
shartnomaning
haqqoniyligi, uning yuzaki tuzilmaganligi, unda garovga qo‘yilgan
mulklarning qanchalik aniq ko‘rsatilganligi va hokazo.
Kreditlar hisob-kitob schyoti yoki valyuta schyotidan pul
o‘tkazish, hamda qimmatli qog‘ozlarni berish yuli bilan qaytarilishi
mumkin.
Auditor kreditlardan foydalanganlik
uchun foiz summalarining
qanday schyotlarda aks ettirilganligi yoki qaysi manbalar - moliyaviy
natijalar yoki boshqa manbalar hisobidan qoplanganligini tekshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: