9.6. Budjet bilan hisob-kitoblar auditi
O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq ko‘pchilik
korxonalar budjetga umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yig‘imlar
to‘laydilar.
Soliqlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblarni
auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning maqsadi - tekshiriladigan Xo‘jalik
yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotining soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni aks ettirish qismida, hamda soliqqa
tortishdagi tartibga solinmagan masalalar bilan bog‘liq sezilarli
holatlarni aks ettirishdan iborat.
«Korxonada budjet bilan hisob-kitoblar auditining asosiy maqsadi
soliq va yig‘imlarning barcha turlari bo‘yicha hisoblar to‘g‘ri tashkil
etilishi, ular to‘liq va o‘z vaqtida budjetga o‘tkazilishi, soliq
171
to‘lovlarining kechiktirish sabablari va boqimandalar qaysi schyotlarga
o‘tkazilganligi, mablag‘lar o‘z vaqtida o‘tkazilmaganligiga aybdor
shaxslarga nisbatan va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni oldini olish uchun
qanday choralar ko‘rilganligini aniqlashdan iboratdir. Budjet bilan
hisob-kitoblarni tekshirishda auditor Xo‘jalik yurituvchi subyektga soliq
va yig‘imlar noto‘g‘ri hisoblanishi hamda ular o‘z vaqtida budjetga
o‘tkazilmaganligi uchun soliq idoralari tomonidan ko‘riladigan jarima
va boshqa choralari bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlarni
oldini olishga yordam berishi lozim.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning budjet bilan hisob-kitob
muomalalari bo‘yicha tekshiruvining asosiy manbalari quyidagilar
hisoblanadi:
- to‘lovlar va yig‘imlar alohida turlari bo‘yicha ma’lumotnomalar
va hisoblar;
- tegishli summalar budjetga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dastlabki
hujjatlar ilova qilingan bank ko‘chirmalari;
- soliq idoralari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar bo‘yicha
dalolatnomalar;
- buxgalteriya hisobi schyotlari bo‘yicha yozuvlar;
- jurnal-orderlar va hisob registrlarining boshqa turlari;
- Bosh kitob, moliyaviy hisobot va boshqalar.
Budjet bilan olib boriladigan hisob - kitoblar auditor jiddiy e’tibor
berishi lozim bo‘lgan murakkab obyekt hisoblanadi. Birinchidan,
budjetga to‘lanadigan soliqlarning noto‘g‘ri hisoblanganligi va
to‘langanligi uchun korxonaga nisbatan moliyaviy jazo choralari
qo‘llaniladi. Bu esa uning moliyaviy ahvoliga sezilarli darajada ta’sir
qiladi.
Ikkinchidan,
hisob-kitoblarning
to‘g‘riligini
tasdiqlovchi
auditorlik xulosalari soliq inspektsiyasi tomonidan qabul qilinishi ayrim
hollarda shubha ostiga olinib, qabul qilinmasligi ham mumkin. So‘ngi
holatda soliq organi taqdim qilingan auditorlik xulosasini qaytadan
tekshirib chiqishga haqlidir. Agar auditor xulosasi davlat budjeti
manfaatlariga zid, amaldagi qonunchilikka va me’yoriy hujjatlarga rioya
qilinmasdan, sifatsiz tuzilganligi aniqlansa, amaldagi qonunchilikka
muvofiq sanksiyalar kuchga kiradi. Bunday hollarda auditorlik firmasi
aditorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga huquq beradigan litsenziyadan
mahrum qilinishi mumkin. Soliqlar to‘lanishini tekshirishdan oldin
soliqqa tortiladigan obyekt bo‘yicha ko‘rsatkichlarning to‘g‘riligi,
soliqqa tortiladigan baza va soliq stavkalariga rioya qilinishi tekshirilishi
172
kerak»
1
.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli xil mulkchilikka asoslangan
korxonalarning budjet bilan o‘zaro munosabatlari kengaymoqda.
Respublikamizning
barcha
hududlarida
budjetga
to‘lanadigan
to‘lovlarning to‘g‘riligini aniqlaydigan va ularning o‘z vaqtida
o‘tkazilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadigan soliq xizmatlari tashkil
etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida Davlat soliq qo‘mitasiga,
xususan, Respublika Soliq qo‘mitasi hamda viloyatlar, tumanlar va
shaharlardagi soliq organlariga quyidagi huquqlar berilgan: foyda va
boshqa soliqqa tortiladigan obyektlarni yashirganligi yoki kamaytirib
ko‘rsatganligi uchun barcha yashirgan yoki pasaytirilgan summalarni va
shu summa miqdorida jarima undirish uchun korxonalarga nisbatan
moliyaviy sanksiyalar qo‘llash. Bunday xato
ikkinchi marta
takrorlanganida esa ikki baravar jarima solish, shuningdek budjetga
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash hamda to‘lash uchun
zarur bo‘lgan soliq deklaratsiyalari, hisobotlar, hisob-kitoblar va boshqa
hujjatlarni taqdim qilmaganliklari, kechiktirilganligi, foydaning hisobga
olinmaganligi yoki bu hisobning belgilangan tartibni buzib yuritilganligi
uchun tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasidan foizi
undiriladi. Bunda mansabdor shaxslarga eng kam oylik ish haqining
besh barobaridan etti barobariga ma’muriy jarima solinadi.
Auditor budjet bilan hisob-kitoblarni tekshirishda malakali
maslahatchi va ushbu hisob-kitoblar to‘liq hamda o‘z vaqtida bo‘lishi
lozim. Budjet bilan hisob-kitoblarda korxona buxgalterlari tomonidan
yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘rsatish bilan auditor ushbu korxonaga soliq
inspektsiyasi tomonidan qo‘llaniladigan moliyaviy jazo choralari bilan
bog‘liq bo‘lgan zararlardan qutilib olishga yordam beradi. Shuning
uchun u budjet to‘lovlariga doir hisob-kitoblarning to‘g‘riligi va
ularning O‘zbekiston Respublikasidagi mavjud qonunchilikka muvofiq
o‘z vaqtida o‘tkazib berilishini sinchiklab tekshirishi lozim.
Budjetga
to‘lanadigan
to‘lovlarning
ro‘yxati
O‘zbekiston
Respublikasining soliq Kodeksi bilan, ayrim to‘lovlar bo‘yicha budjet
bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi esa Davlat soliq qo‘mitasi
va Moliya vazirligining tegishli yo‘riqnomalari bilan tartibga solinadi.
Soliqlar bo‘yicha qarzlar yuridik shaxslarning budjet oldidagi
majburiyati bo‘lib hisoblanadi va odatda, ma’lum sanada to‘lanadi. Soliq
1
Do’smuratov R. Audit asoslari. Darslik.-T.: 2003.
173
qonunchiligining tez-tez o‘zgarishi va me’yoriy hujjatlar ayrim
qoidalaridagi ziddiyatlar soliqlarga doir hisob-kitoblarda tasodifiy
xatolarni keltirib chiqarishi mumkin. Soliqlar bo‘yicha qarzlar
sinchiklab tekshiruvdan o‘tkazilganida quyidagi xatolar aniqlanishi
mumkin:
- soliqlarni hisob-kitob qilishda buxgalteriya hisobi tamoyillari,
qonun hujjatlari va yo‘riqnomalarning noto‘g‘ri qo‘llanilishi;
- soliq stavkalarining noto‘g‘ri qo‘llanilishi;
- soliqqa tortiladigan bazaning noto‘g‘ri aniqlanishi;
- penya va jarimalarning noaniq hisobga olinishi;
Kreditorlik qarzlari va butun buxgalteriya hisobotini baholashga
quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi:
- soliqqa tortish bo‘yicha imtiyoz olish uchun xato axborotlarni
taqdim etish;
- soliq organlariga taqdim qinadigan ma’lumotlarning buzib
ko‘rsatilishi yoki yashirilishi;
- budjetga qarzdorliklarni aniqlashda, soliqqa tortishdan ozod
etilganlar sifatida soliqqa tortishda hisobga olinadigan daromadlarni
noto‘g‘ri turkumlash yoki hisob-kitob qilish;
- soliqqa tortish bo‘yicha imtiyoz olish uchun bosh va shuba
korxonalar o‘rtasidagi hisob-kitoblar bo‘yicha hisobda qalbaki
muomalalarni aks ettirish.
Har bir soliqqa oid qonunchilik hujjatida soliq stavkalarini
qo‘llash, soliq solinadigan bazani aniqlash, soliqlarni to‘lash muddatlari,
hisobotlarni tayyorlash va hokazo talablar aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |