Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich


 Bank kreditlari va bankdan tashqari olingan qarzlar bo‘yicha



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

 
9.7. Bank kreditlari va bankdan tashqari olingan qarzlar bo‘yicha 
hisob-kitoblar auditi 
Kreditlarni berish va qoplash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha 
masalalar bank qoidalari va qarz oluvchi korxona hamda bank bilan 
shartnomaviy asosida tuziladigan kredit shartnomalari bilan tartibga 
solinadi. Unda kreditlash obyekti, kreditni berish va qoplash muddatlari, 
foiz stavkalari, kreditdan foydalanganligi uchun foizlarni hisoblash va 
to‘lash tartibi, majburiyatlarni ta’minlash shakllari, kreditni berish va 
qoplash yuzasidan tomonlar huquqlari va majburiyatlari, hujjatlar 
ro‘yxati va ularni bankka taqdim etish muddatlari va boshqa turli 
shartlar ko‘zda tutiladi. 


174 
Bank kreditlari va qarzlar bo‘yicha hisob-kitoblarni auditorlik 
tekshiruvidan o‘tkazish uchun ma’lumot manbalar quyidagilardan 
iborat: kredit shartnomalari, kredit va qarzlaridan foydalanganligi uchun 
foizlar to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar, to‘lov hujjatlari ilova qilingan 
bank ko‘chirmalari, 3-sonli jurnal-order va sintetik va tahliliy 
hisoblarning boshqa registrlari, Bosh kitob, balans, moliyaviy natijalar 
to‘g‘risidagi hisobot va hokazolar. Bank kreditlari va qarzlar hisobini 
auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishdan maqsad korxonaning olingan 
kreditlar va boshqa qarz mablag‘larini aks ettiruvchi hisobot 
ko‘rsatkichlarining ishonchliligi to‘g‘risida yetarli dalil-isbotlarga ega 
bo‘lishdan iborat. 
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagilar tekshirilishi kerak: 
- kredit va qarzlarning haqqoniyligi hamda hujjatlashtirilganligi; 
- kredit va qarzlar olinishining asoslanganligini aniqlash (qarz 
mablag‘larining olingan manbalari); 
- qarz mablag‘lardan maqsadli foydalanish va ularni to‘liq hamda 
o‘z vaqtida qaytarish (qarz mablag‘lari qaysi maqsadlar uchun 
ishlatilgan, 
kreditlar 
va 
qarzlar 
bo‘yicha 
qarzdorlik 
qanday 
qaytarilmoqda, muddati uzaytirilgan qarzdorlik mavjudligi); 
- qaytarilmagan kredit va qarzlarning qoldiqlari hamda ular 
bo‘yicha foizlar to‘lanishini baholash; 
- kredit va qarzlar bo‘yicha sintetik hamda analitik hisobning 
yuritilishini 
tekshirish 
(kredit 
va 
qarzlarni 
hisobga 
oladigan 
schyotlarning qo‘llanilishi, qarz mablag‘larini olish va qaytarish 
muomalalarini aks ettirish, moliyaviy natijalarni shakllantirish 
tamoyillariga rioya qilinishi). 
Auditorlik dalil (isbot) larga ega bo‘lish uchun turli usullar 
(hujjatlarni tekshirish, muomalalarni ko‘pib chiqish, o‘z mablag‘lari 
bilan qarz mablag‘larning nisbatini aniqlash maqsadida analitik 
amallarni bajarish) va axborot manbalaridan foydalaniladi. Bank 
kreditlari va qarzlarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishda quyidagi 
ma’lumot manbalaridan foydalaniladi: 
- bank kreditlari va qarz olish masalalarini, buxgalteriya hisobini 
va soliqqa tortish muomalalarini tartibga soladigan me’yoriy hujjatlar; 
- bank kreditlari va qarzlar bo‘yicha muomalalarni rasmiylashtirish 
va hisobda aks ettirishga doir shartnomalar va dastlabki hujjatlar (kredit 
va qarz shartnomalari, kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining o‘zgarishi 
to‘g‘risida kredit shartnomalariga qo‘shimcha qilinadigan bitimlar, 
kreditni qaytarish muddatlari, kredit shartnomalarining boshqa shartlari); 


175 
- kredit shartnomasiga muvofiq qaytariladigan kredit va foiz 
summalarining 
akseptsiz 
(roziliksiz) 
hisobdan 
o‘chirilishini 
tasdiqlaydigan memorial-orderlar. 
Yuqorida ko‘rsatilgan muomalalarni hisobda aks ettirishga doir 
sintetik va analitik hisob registrlari hamda buxgalteriya hisobotlari puxta 
tekshiruvdan o‘tkaziladi. Mazkur sohani tekshirish uchun zarur 
axborotlar moliyaviy hisobotning quyidagi shakllarida aks ettiriladi
(9.3-jadval). 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish