Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Marketingda tashqi soha elementlari



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   329
Bog'liq
marketing

 

 

4.4. Marketingda tashqi soha elementlari  

  

Har  qanday  tizim  kabi  marketing  tizimi  ham  o‘ziga  xos 



xususiyatlarga  ega,  ya’ni  o‘zining  belgilari,  qonuniyatlari,  maqsad  va 

vazifalari  mavjud.  Bu  tizim  har  bir  elementi  tashqi  muhit  omillariga 

bog‘liq.  Marketing  tizimining  tashqi  muhitining  muhim  elementlariga 

avvalambor, quyidagilarni kiritish lozim.  

1) ta’minotchilar; 2) raqobatchilar; 3) vositachilar; 4) iste’molchilar 

(bozor);  5) firma.   

Firmaning  samarali  faoliyati  bevosita  sanab  o‘tilgan  tashqi  muhit 

elementlari  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  ma’lum  sharoitda  ijtimoiy,  iqtisodiy, 

siyosiy,  madaniy,  demografik  va  ekologik  omillar  ham  unga  bevosita 

ta’sir etadi.  



Ta’minotchilar 

–  marketing  tizimining  subyekti  bo‘lib,  ularning 

funksiyasiga 

hamkor 


firmalarni 

zarur 


xomashyo 

va 


kerakli 

asbobuskunalar bilan ta’minlashdan iborat.  



Raqobat

  –  bozorda  ishlab  chiqarish  va  tovarlarni  sotish 

(o‘tkazish)ning  bozordagi  eng  yaxshi  shart-sharoitlari  uchun  iqtisodiy 

raqobatchilik shakli.  



Raqobatchilar

–  marketing  obyekti  sifatida  samarali  yo‘llarni  izlab 

raqobatda  ilgarilab  ketishni  xohlab,  ular  ta’minotchilarni  eng  qulay  va 

yaqinda 


joylashganini 

tanlashga 

urunadilar, 

vositachilardan 

foydalanishda  ham  eng  maqbulini  topadilar,  iste’molchilarni  o‘zlariga 

jalb  qilishga  harakat  qilib,  yangi  yangi  tovar  turlarini  ishlab  chiqadilar. 

Raqobatchi  firmalarning  kuchli  va  zaif  tomonlarini  o‘rganib  o‘z 

strategiyalarini ishlab chiqadilar.  

Raqobat  muhitini  o‘rganish  biznesda  muvaffaqiyatga  erishishga 

imkon beruvchi samarali raqobat strategiyasini ishlab chiqish uchun zarur. 

Bozorning 

ulushi, 


firma 

daromadining 

darajasi 

kompaniya 

raqobatchilarga qarshi qanchalik samarali kurasha olishi bilan belgilanadi.  

Raqobatchilik  tahlilini  ishlab  chiqishning  tan  olingan  yetakchisi 

Garvard biznes maktabining professori Maykl Porterdir. Uning fikricha, 



 

110 


 

 

 



korxonaning raqobat muhitini shakllantiruvchi raqobatchi kuchlar beshta 

guruhga bo‘linadi.  

1.

 

O‘xshash  mahsulotlar  ishlab  chiqaruvchilarning  (sotuvchilar 



o‘rtasidagi) raqobatchilik kuchi.   

2.

 



O‘rnini  bosuvchi  mahsulot  ishlab  chiqaruvchilar,  o‘sha 

ehtiyojning  o‘zini,  lekin  bir  qancha  boshqa  usullar  bilan  samarali 

qanoatlantiruvchi  tovarni  taklif  qilish  bilan  raqobatni  keskinlashtirishi 

mumkin. Ko‘pincha, aynan mana shu guruhning raqobatchilik kuchi firma 

uchun vayron qiluvchi bo‘ladi.  

3.

 



Mahsulotlar va yarim fabrikatlarni komplektlovchi xomashyo 

va  materiallar  yetkazib  beruvchilar.  Bu  guruh  vakillarining  firmaning 

raqobat  potensialiga  ta’sir  etish  kuchi  yetkazib  beruvchilarning  o‘z 

tovarlari narxini oshirishi va shu tarzda firma mahsuloti tannarxiga ta’sir 

o‘tkazish  yoki  yetkazib  beriladigan  mahsulot  va  xizmatlarining  sifatini 

pasaytirish va shu tarzda firmaning mahsulotlari yoki xizmatlari sifatiga 

ta’sir etishdan iborat.  

4.Tarmoq ichida yangi raqobatchilarning paydo bo‘lishi.  

  

5. Xaridorlarning o‘z shartlarini o‘tkazishga urinishi.   



Mahsulotlarni  sotib  oluvchilar  (xaridorlar)  ham,  vositachilar  ham 

raqobatni kuch sifati tovarlarda belgilangan iste’mol sifati bo‘lishini yoki 

yaxshi  xizmat  ko‘rsatishning  talab  qilishga,  shuningdek,  pasaytirish 

maqsadida narxlarga bosim o‘tkazishga qodir.  

O‘xshash  mahsulotlarning  potensial  ishlab  chiqaruvchilari 

iste’molchilarni  o‘z  mahsulotlariga  qayta  jalb  qilishi,  shuningdek, 

mahsulotning  potensial  iste’molchilarini  jalb  qilishi  mumkin. 

Raqobatchilarning  har  bir  guruhini  o‘rganish  firmaning  alohida 

strategiyasini  ishlab  chiqishni  talab  qiladi,  bu  esa  marketing  bo‘yicha 

mutaxassislarning  majburiyatlaridan  biridir.  Tovar  bozorida  to‘g‘ri 

raqobatchilar  o‘rtasida  raqobat  kurashining  jadalligi  va  aniq  shakli 

raqobatning  xarakteriga  bog‘liq  holda  o‘zgaradi.  Bu  raqobatchilar 

harakati natijasida yuzaga keladigan ularning o‘zaro bog‘liqligi darajasini 

xarakterlaydi.  Tovarning  raqobatbardoshligi  –  bu  tovarda  yakunlangan, 

xaridor  uchun  narx,  u  tovarni  sotib  olishga  undaydi  (xaridorda  tovarni 

sotib  olish  istagini  qo‘zg‘atadi).  Raqobatbardoshli  tovar,  birinchidan, 

xaridor uchun shunchalik foydali, qiziq bo‘lsinki, uning uchun o‘z pulini 

berishga  tayyor  bo‘lsin  ikkinchidan,  xaridor  uchun  boshqa  firmalarda 




 

111 


 

 

 



ishlab  chiqarilgan  o‘xshash  yoki  iste’mol  sifati  bo‘yicha  o‘xshaydigan 

tovarga nisbatan ancha qiziqarliroq bo‘lsin.  

Firmalarning raqobatbardoshligi – uning raqobat sharoitida bozorda 

egallab turgan ulushini saqlab qolish yoki kengaytirishga imkon beruvchi 

marketing potensialidir.  

Aniq bozordagi raqobatchilar tahlili quyidagi ketma-ketlikda amalga 

oshiriladi:  

1.

 



Bozorning tuzilishi va tavsiflanishini aniqlash.   

2.

 



Tayanch  raqobatchilar  xarakteristikasini  tasvirlash  va 

aniqlash.  

3.

 

Tayanch raqobatchilarni baholash.   



4.

 

Raqobatchilar xarakterini oldindan ko‘ra bilish.   



5.

 

Potensial raqobatchilarni aniqlash.  



Raqobatlarning  tahlili  firmaning  va  raqobatchilikning  tarmoq 

ichidagi,  tarmoqlararo  narxlarga  oid  va  narxlarga  oid  bo‘lmagan  kabi 

turlarini  o‘rganishni  ko‘zda  tutadi.Tahlilni  o‘tkazishda  iqtisodchilar 

tomonidan  taklif  etilgan  turli  raqobatli  tuzilishlarga  tayanish  muhimdir. 

Odatda, bunday tuzilishni 4 ga bo‘lish mumkin: sof (yoki takomillashgan) 

raqobat, oligopoliya, monopolistik raqobat va monopoliya.  




Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish