63
3.1-rasm. Bozor va ishlab chiqarishning o‘zaro munosabati
Marketing sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida axborot almashinuviga,
to‘g‘ri va teskari aloqalardan foydalanishga asoslanadi.
AXBOROT (ingl. news) —
taqdim etilishi shaklidan qat’iy nazar
shaxs ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega bo‘lgan voqea, hodisa,
jarayonlar, dalil, bilim, tushunchalar va taqdimot kabi obyektlar haqidagi
ma’lumotlardir. Shunday ekan, axborotdan foydalanish ko‘lamlari
jamiyat rivojlanishi darajasini belgilaydi. Marketing faoliyatiga xos
bo‘lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol
sifatida shakllanadi. Ularni tashkil etish, muayyan tartibga solish va
uzluksizligini ta’minlash zarur bo‘ladi. Marketing axboroti yaxlit tizim
sifatida namoyon bo‘ladi va rivojlanib boradi.
Marketingni boshqarish bozorni barcha tashkil etuvchilarni
(qismlarini) (xaridorlar, ularning talabi, tovarlar, narxlar, raqobatchilar)
tahlil qilishdan va baholashdan boshlanadi. Maqsad – olingan axborot
asosida firmaning bozorda o‘zini qanday tutishi kerakligini ishlab chiqish.
Axborotning bozordan ishlab chiqaruvchilar tomon harakatlanishi
marketing
tadqiqotlari
jarayonining
mazmunini
tashkil
qiladi.
Keyinchalik ishlab chiqaruvchilar va bozorlar o‘rtasidagi axborot
almashinuvi marketing kommunikatsiyalarining turlicha – reklama,
shaxsiy sotuv, «Public Relationss» kabi shakllarida davom etadi.
Tijorat dunyosi – murakkab hodisa. Tadbirkor qanchalik boy
tajribaga qanchalik beqiyos intuitsiyaga ega bo‘lmasin har qanday holatda
ham unga dinamik tarzda rivojlanib borayotgan tovar va xizmatlar bozori
to‘g‘risida to‘liq va obyektiv axborot zarur bo‘ladi. Kim marketing
axborotiga egalik qilsa, o‘sha bozorda muvaffaqiyatga erishadi.
Uzoq vaqt va katta mablag‘ talab qiladigan menejerlar tomonidan
yangi
tovar
ishlab
chiqarish,
uni
bozorga
olib
chiqish,
raqobatbardoshligini kuzatish va nihoyat, ishlab chiqarishni to‘xtatish
to‘g‘risida qaror qabul qilish jarayoni odatda, ishonchli va o‘z vaqtida
taqdim etilgan marketing axborotiga asoslanadi. Zamonaviy marketing
axborotga tayanadi.
Marketing faoliyati ikki oqim bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, birinchi
oqim-firma faoliyati natijalari to‘g‘risida axborot, ikkinchisi bozor va
atrof-muhit to‘g‘risidagi axborot oqimidir. Marketing faoliyati ana shu
64
ikki oqimga ta’sir ko‘rsatib, iste’molchilar talabini maksimal darajada
qondirish va firmalar foydasini ta’minlashga qaratilgan.
Bozor holati va dinamikasi to‘g‘risidagi tezkor axborotga bozor
subyektlarining 85 foizi, bozorda yuzaga kelayotgan holatlar (raqobatchi
kompaniyalar xatti-harakati, iste’molchilar talablarining o‘zgarishi,
bo‘lajak xaridorlarning yangi tovarlarga bo‘lgan munosabati) to‘g‘risida
esa 70 foizi ehtiyoj sezadilar. Tijoratchilarning 85 foizi fikriga ko‘ra
marketing axborotlarini har hafta va o‘n kunda olish davriyligi eng
maqbul hisoblanadi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida marketing axboroti
faoliyati bilan hududiy axborot-marketing markazlari, ekspertlar
guruhlari, marketing bo‘limlari mutaxassislari shug‘ullanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: