Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


  An’anaviy  marketing  konsepsiyasi



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   329
Bog'liq
marketing

3.  An’anaviy  marketing  konsepsiyasi.

  Bozor  rivojlanishining 

navbatdagi bosqichida (60-70-yillar) tovarga bo‘lgan taklif talabdan ortib 

ketishi  vaziyati  yuz  beradi  (xaridorlar  bozori):  xaridorlar  taklif 

qilinayotgan juda ko‘p turdagi va rang-barang (har xil) tovarlarga duch 

kelishadi,  ular  tovarlarni  bemalol  tanlab,  erkin  xarid  qila  oladilar.  Shu 

tariqa ishlab chiqaruvchi nisbatan tobelik holatiga tushib qoladi, chunki u 

ko‘plab boshqa korxonalar bilan raqobatlasha borib, xaridorlarning didini 

anglab  olishi,  kelgusi  talablarini  shakllantirish  maqsadida  ularga  ta’sir 

o‘tkaza olishi zarur bo‘ladi. Savdo “tor joy”ga aylanib qolgan vaziyatda 

ko‘plab korxonalar faoliyatini boshqarish iste’molchiga, bozor shartlariga 

moslashishga  va  ularga  faol  ta’sir  etishga  yo‘naltirilgan  bo‘ladi. 

Marketingning iste’mol konsepsiyasi mohiyati ana shundan iborat.  

Marketingning 

iste’molchilarga  oid  konsepsiyasi  tashkilot 

maqsadlariga  yetishning  garovi  iste’molchilar  talabini  o‘rganish  va 

ularning  qondirilishini  raqobatchilarga  nisbatan  samaraliroq  usulini 

ta’minlashdir,  deb  ta’kidlaydi.  Marketingning  iste’molchilarga  oid 

konsepsiyasi  -  savdo  konsepsyasiga  o‘xshash,  biroq  u  iste’molchilar 

muammolarining  anchagina  qismini  hal  qilishiga  to‘g‘ri  keladi.  Savdo 

konsepsiyasi  mahsulot  savdosini  (sotishni)  rag‘batlantirish  bo‘yicha 

tadbirlar vositasida sotish hajmini ko‘paytirish hisobiga foyda (daromad) 

olishni  ko‘zda  tutadi.  Marketingning  iste’molchiga  oid  konsepsiyasi 

xaridorlar talablarini qondirish yo‘li bilan foyda (daromad) olishdan kelib 

chiqadi.  Savdoning  asosiy  maqsadi  –  ishlab  chiqarilgan  tovarni 

realizatsiya qilish, marketingning maqsadi esa talabni o‘rganish, yaratish 

va ularga mos holda tovar chiqarishdir.   



 

27 


 

 

 



An’anaviy  marketing  konsepsiyasi  tub  ma’noda  sotuvni 

intensivlashtirish  konsepsiyasi  mohiyatini  o‘zgartirishga  qaratilgan. 

Marketing  konsepsiyasi  avvalambor,  iste’molchi  talab  va  ehtiyojlariga 

yo‘naltirilganlikdan,  konsepsiyaning  maqsadi  –  real  va  potensial 

iste’molchilarni  aniqlash,  talabini  o‘rganishdan  iborat.    Marketing 

konsepsiyasi firmalarni quyidagilarga rioya qilishga undaydi:  

• 

Sotiladigan narsani ishlab chiqarishga.  



• 

O‘z tovarini emas, balki xaridorni sevishga.  

• 

Tovar sotish bilan emas, balki ehtiyoj va talabni qondirishga.  



• 

Bozor talablarini o‘rganib, so‘ngra ishlab chiqarish hajmlarini 

oshirishga.  

• 

Iste’molchilarning tez o‘sib borayotgan talablariga moslashish 



va egiluvchan ishlab chiqarishni tashkil etishga.  

• 

Firmaga raqobatning ta’sirini o‘rganishga, tashqi omillarning 



ta’sirini baholashga.  

Potensial iste’molchilarga ko‘ra uzoq muddatga mo‘ljallangan sotuv 

jarayoni,  bu  -  iste’molchi  bilan  muloqot,  uning  fikrini  bilish,  tovardan 

qoniqqanlik darajasini aniqlashdan iborat. Chunki firma xaridor talabini 

qoniqtirib foyda oladi, uning rentabelligi, raqobatbardoshligi tovar orqali 

xaridorni o‘z iste’molchisiga aylantiradi.  

 An’anaviy 

marketing 

konsepsiyasi 

muntazam 

ravishda 

iste’molchilarni  yangi  talab  va  ehtiyojlarining  o‘sishiga  sabab  bo‘lsa, 

firma  katta  foyda  ketidan  quvishga  intilib,  boshqa  narsalarga  e’tiborni 

susaytirishi,  o‘z  manfaatlarini  jamiyat  manfaatlaridan  ustun  qo‘yishi 

mumkin.  

Amerika  marketologi  T.Levitt  savdo  va  marketing  konsepsiyasini 

quyidagicha  ajratadi:  “


Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish