Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Marketing konsepsiyasi evolyutsiyasi



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   329
Bog'liq
marketing

Marketing konsepsiyasi evolyutsiyasi 

 

 

 

Yillar 

 

Konsepsiya 

 

Yetakchi g‘oya 

 

Asosiy xatt- 



harakat 

 

Bosh maqsad 

 

1860-


 

1920- yil 

 

Ishlab 


chiqarish 

konsepsiyasi 

 

Nimani ishlab 



chiqara olsam, shuni 

ishlab chiqaraman 

 

Tannarx, ish 



unumdorligi 

 

Ishlab chiqarishni 



takomillashtirish, 

sotuv hajmining 

o‘sishi, foydani 

maksimallashtirish 

 

1920-


 

1930- yil 

 

Tovar 


konsepsiyasi 

 

Sifatli 



mahsulotlarning 

ishlab chiqarilishi 

 

Tovar 


sistemasi 

 

Tovarning iste’mol 



xususiyatlarini 

takomillashtirish 

 

1930-


 

1950 - yil 

 

Sotuv 


konsepsiyasi 

 

Sotuv tarmoqlarini 



rivojlantirish, sotuv 

kanallarini 

ko‘paytirish 

 

Sotuv 



sistemasi 

 

Tijorat ishlarini 



intensivlash, sotuvni 

rag‘batlantirish, 

harakatini jadallash 

 

1950-



 

1980- yil 

 

An’anaviy 



marketing 

konsepsiyasi 

 

Xaridorga kerak 



narsani ishlab 

chiqarish 

 

Marketing – 



miks 

kompleksi, 

iste’molchini 

o‘rganish 

 

Maqsadli bozorlarda 



 

iste’mol ehtiyojlarini 

qondirish 

 



 

22 


 

 

 



1980-

 

1995- yil 



 

Ijtimoiy etik 

marketing 

konsepsiyasi 

 

Jamiyat talablariga 



zid kelmagan 

iste’molchiga kerak 

va zarar 

yetkazmaydigan 

mahsulotni ishlab 

chiqarish  

 

Marketing– 



miks 

kompleksi, 

ijtimoiy va 

ekologiya 

muhitini 

himoya qilgan 

holda tovar va 

xizmatlar 

ishlab 

chiqarish 

 

Maqsadli bozor 



segmentlarini inson 

ehtiyojlarini, 

moddiy energetik va 

boshqa resurslarni

atrof- muhitni 

himoya qilgan holda 

qondirish 

 

1995 



yildan 

Toki 


hozirga 

qadar 


 

O‘zaro – 

 

ta’sir 


 

marketingi 

konsepsiyasi 

 

Iste’molchilarni va 



biznes hamkorlarni 

qoniqtiradigan 

mahsulot va xizmat 

turlarini ishlab 

chiqarish 

 

Muvofiqlash-



 

tirish 


integratsiya, 

 

tarmoqli 



 

tahlil, 


 

marketing– 

miks (4P) 

kompleksi 

 

Iste’molchilarning 



talablarini qondirish, 

hamkorlar va davlat 

manfaatlarini tijorat 

va notijorat 

jarayonlarida o‘zaro 

ta’sirini 

muvofiqlashtirish 

 

  



Bozordagi  talab  va  taklif  orasidagi  nisbatning  o‘zgarishi  bozor 

munosabatlari  uchun  xarakterli  bo‘lib,  firmalarning  tovar  ishlab 

chiqarishdan sotish, so‘ngra esa  xaridorga  va jamiyatga yetkazishgacha 

bo‘lgan faoliyatning boshqaruvida urg‘u berilishining aralashib ketganligi 

bilan  kuzatilar  edi.  XX  asr  davomida  marketingning  boshqa  boshqaruv 

konsepsiyalari paydo bo‘ldi.  

Marketing  konsepsiyasi  –  bu  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  ishlab 

chiqarish  va  sotish  faoliyatini  boshqarish  haqidagi  ilmiy  asoslangan 

tasavvurlar tizimidir.  

1



Ishlab  chiqarishni  mukammallashtirish  konsepsiyasi

.  Bozor 

rivojlanishining  boshlang‘ich  bosqichida  (AQSh  va  G‘arbiy  Yevropa 

mamlakatlari uchun o‘tgan asrning 20 – 40 –yillari) tovarga bo‘lgan talab 

taklifdan ortadi, tovar tanqisligi yuz beradi, xaridorlar tovar qidirib, o‘zaro 

raqobatlashadilar, ishlab chiqaruvchi – sotuvchilar mustahkam pozitsiyani 

egallaydilar  (sotuvchilar  bozori).  Bunday  sharoitlarda  tadbikorlarning 

kuchi  ishlab  chiqarishni  rivojlantirishga  (ratsionalizatsiyasiga),  juda 

bo‘lmaganda,  bunday  bozor  munosabatlarida  uncha  qiyin  bo‘lmagan 

savdoga yo‘naltiriladi, potensial  iste’molchilarni  jalb etish esa  hozircha 



 

23 


 

 

 



ularning e’tiboridan chetda qoladi. Shuning uchun bu davr manketingning 

passiv  davri,  deb  ataladi.  Bu  yerda  gap  ishlab  chiqarish  yoki  tovarga 

yo‘nalganlik haqida ketmoqda.  

Ishlab chiqarishni mukammallashtirish konsepsiyasi bilan mos holda 

xaridorlar keng tarqalgan va narxlari uncha qimmat bo‘lmagan tovarlarga 

intiladilar,  deb  hisoblanadi,  binobarin,  boshqaruvga  doir  o‘z  kuchlarini 

ishlab  chiqarishni  mukammallashtirishga  qaratishlari  zarur.  Bu 

konsepsiya  ikki  vaziyatga  to‘g‘ri  keladi.  Birinchisida  tovarga  bo‘lgan 

talab taklifdan ortib ketadi. Bunday hollarda rahbariyat ishlab chiqarishni 

oshirish yo‘llarini izlashi kerak bo‘ladi. Ikkinchisi – tovar tannarxi o‘ta 

yuqori  va  uni  pasaytirish  zarur,  buning  uchun  esa  mahsuldorlikni 

oshirishga to‘g‘ri keladi.  

Ishlab  chiqarishni  mukammallashtirish  konsepsiyasi  mavjud 

assortimentdagi  ishlab  chiqarish  hajmini  oshirishga  yo‘naltirilgan.  Bu 

dastlabki  konsepsiya  hozirgi  kunda  ham  qo‘llaniladi.  Firmaning  asosiy 

e’tibori  mahsulot  hajmini  ko‘paytirishga  qaratilgan  bo‘lib,  bozor  tor 

assortimentdagi  tovarlarga  to‘yinadi.  Bunday  sharoitda  iste’molchi  o‘z 

talabini  bozor  taklifiga  qarab  shakllantiradi.  Bu  konsepsiya  asosan 

quyidagi hollarda qo‘llaniladi:  

• 

Real  va  potensial  iste’molchilarning  ko‘pchiligi  cheklangan  sotib 



olish qobiliyatiga ega bo‘lsa.  

• 

Ma’lum  tovarga  talab  taklifdan  yuqori  bo‘lsa,  bunday  holda 



o‘rinbosar  tovar  bo‘lmagani  uchun  xaridor  bor  tovarni  sotib  olishga 

majbur.  

• 

Agarda  mahsulot  tannarxi  yuqori  bo‘lsa,  ko‘p  hajmda  ishlab 



chiqarish tannarxni birmuncha kamayishiga olib keladi, korxona ma’lum 

bir tovari bilan bozorda o‘z ulushini egallaydi.   

Bu konsepsiyaning asosiy maqsadi ishlab chiqarish bo‘lib, aynan shu 

tovarga talab yuqori, taklif esa kam bo‘lgan vaqtda uni sotish muammo 

emas.  

Rejali iqtisodiyot davrida ko‘proq shu konsepsiya ishlatilgan, lekin 

juda  katta  seriyalarda  tor  assortimentda  mahsulotlar  iste’molchilarning 

bunday  tovarlarga  nisbatan  talabini  pasayishiga  va  tovarlarning 

peshtaxtalarda  turib  qolishiga  sabab  bo‘ldi.  Shunday  bo‘lishiga 

qaramasdan,  bu  konsepsiya  o‘z  vaqtida  Genri  Fordning  avtomobil 

zavodida  juda  katta  daromad  keltirdi.  U  katta  hajmda  ommaviy 



 

24 


 

 

 



avtomobillar seriyasini ishlab chiqarib avtomobil  sanoatini rivojlantirdi. 

Uning  qora  rangdagi  o‘rta  hol  amerikalikning  hamyoniga  to‘g‘ri 

keladigan  avtomobillarini  1908  –  1927-yillarda  T-modeli  nomi  ostida 

chiqarib shu yillarda 15 mln.dan ortiq avtomobil sotilishiga erishdi. Katta 

partiyalarda 

shu 


modeldagi 

avtomobillarni 

chiqarib 

ommaviy 


iste’molchilarni  shakllantirdi.  Qora  rang  o‘sha  vaqtda  eng  arzon  va  tez 

quruvchi  bo‘yoq  bo‘lgani  uchun  G.Ford  shu  rangdan  foydalanib, 

mahsulot tannarxini pasayishiga erishgan va katta daromad ko‘rgan. O‘z 

mahsulotlarini  har  xil  qilish  haqidagi  takliflarga  G.Ford  hazil  qilib, 

mijozlarga  xohlagan  rangdagi  avtomobilni  berish  mumkin,  faqat  bitta 

shart  bilan:  u  qora  bo‘ladi,  degan  gapi  uchun  sal  bo‘lmasa  “tuzoqqa” 

tushay  dedi,  chunki  raqobatchilari  yangi  boshqaruv  konsepsiyasini 

o‘zlashtirib,  avtomobillarning  turli  modelini  taklif  qila  boshladilar. 

Keyinchalik ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasi qo‘llanilib, 

unda  tovarlarning  yangi  modellari,  texnologiyalari,  assortimentlari 

yaratilishiga katta e’tibor qaratildi.   


Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish