1.3. Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyutsiyasi
Konsepsiya-lotincha “conception”-so‘zidan olingan bo‘lib, tizim
yoki biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, dalil (fakt) va
hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy
nuqtayi nazar ma’nosini anglatadi
5
. Keng ma’noda konsepsiya so‘zi u
yoki bu faoliyatning samarali amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan
qarashlar tizimi, deb tushuniladi. Firma konsepsiyasi - firmaning asosiy
faoliyat yo‘nalishi, g‘oyalari, tadbirkorlik falsafasi, iste’molchi talabi
asosida mahsulot ishlab chiqarish istiqboli yo‘nalishidir. Konsepsiya
komponentlari g‘oya, strategiya, instrumentariy va maqsaddan iborat. Shu
nuqtayi nazardan marketing konsepsiyasi tashkilotning ilmiy asoslangan
g‘oyasi, loyihasi hisoblanib tadbirkorlikni amalga oshirishda korxonaning
samarali strategiyasini ham anglatadi.
Marketing konsepsiyasini o‘zlashtirish oson bo‘lmadi. Marketing
konsepsiyasini birinchilardan bo‘lib Procter & Gamble qabul qildi.
Procter & Gamble kompaniyasi 1837 - yilda ikki tadbirkorning birgalikda
ish olib borish to‘g‘risidagi kelishuv asosida tashkil etilgan edi.
Kompaniya asoschilari Uilyam Procter kompaniyaga asos solinganga
qadar shamlar ishlab chiqargan bo‘lsa, Djeyms Gambl esa sovun ishlab
chiqargan. Kompaniya o‘zining 1- million dollarlarini 1859-yilda ishlab
topdi. AQShdagi fuqarolar urushi davrida kompaniya shimolliklar
armiyasiga sovun va sham yetkazib berish uchun katta davlat
buyurtmasini qo‘lga kiritdi. Procter & Gamble kompaniyasi taniqli savdo
markalari va brendlarini sotib olish evaziga muttasil kengayib bordi.
2003-yilda Germaniyaninig soch bo‘yoqlari ishlab chiqaruvchi mashhur
WELLA kompaniyasi sotib olindi. 2005-yilda Gilette kompaniyasini
5
“O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent 2003-y.23-bet.
20
sotib oldi. Raqobatda Unileverni yutib, o‘zining sohasi bo‘yicha yirik
kompaniyaga aylandi. Raqobat juda katta edi, yutib chiqishning yagona
bir yo‘li mijozni qanoatlantirish edi. Marketing konsepsiyasini tatbiq
qilgan menejer uchun mijozni qanoatlantirish - bu foyda olish yo‘lidir,
yani shior «Mijoz nuqtayi nazari bilan ishla».
Keyinchalik, turli sanoat sohalari – metall, ko‘mir, qog‘oz, shisha –
kompaniyalari ham marketing konsepsiyasini qabul qila boshladi.
Xizmat ko‘rsatish sohalari juda sekinlik bilan marketing konsepsiyasini
qabul qildi.
Marketing konsepsiyasini o‘zlashtirish oson bo‘lmadi. «Banklar bank
xodimlari uchun qulay bo‘lgan bir necha soat ochiq, mijozlar uchun qulay
paytda yopiq bo‘ladi. Tushlik paytida va soat 16 dan keyin yopiq bo‘ladi.
Mijozni qanoatlantirishga ketadigan xarajatlar va xarajat talab
qilmaydigan harakatlar talab qilinadi.
Marketing
konsepsiyasi
korxonaning
amaldagi
yoki
rejalashtirilayotgan faoliyatining strategik tahlili asosida ishlab chiqilishi
kerak. Uni ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat:
•
Ichki va tashqi muhitning strategik tahlili.
•
Korxona va marketing faoliyatining maqsadlarini aniqlash.
•
Marketing strategiyasiniasoslash.
•
Kutilgan natijaga erishish uchun tegishli marketing usullarini
tanlash.
Marketing va tadbirkorlik borasida jahon amaliyoti marketing
evolyutsiyasida quyidagi konsepsiyalarni asoslab ko‘rsatdi:
1.
Ishlab chiqarish.
2.
Tovar.
3.
Sotuv.
4.
An’anaviy.
5.
Ijtimoiy – etik.
6.
O‘zaro ta’sir marketingi.
Bugun boshqaruvda marketing faoliyati bilan shug‘ullana borib, bir
qancha konseptual yondashuvlarni qo‘llash mumkin: ishlab chiqarishni va
tovarni
mukammallashtirish,
tijorat
kuchlarini
jadallashtirish,
iste’molchilarga yo‘naltirilgan marketing yondashuvi, ijtimoiy-etik
marketing.
21
Marketing konsepsiyalarining rivojlanishi bozorning rivojlanish
bosqichlariga mos keladi.
Tavsiya qilingan konsepsiyalar barcha davlatlar uchun etalon yoki
norma bo‘lib xizmat qiladi, degan fikr noto‘g‘ri. Marketing evolyutsiyasi
har bir mamlakatdagi bozor munosabatlarining rivojlanish bosqichiga,
tadbirkorlik faoliyatining tashkil etilganligiga qarab turlicha bo‘lishi va
konsepsiyalar ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Marketingning korxona ishlab chiqarish, savdoga oid faoliyatini
boshqarish tizimi sifatida rivojlanish tarixi bozorning rivojlanishi bilan
mustahkam bog‘liq.
1.3- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |