Korxonaning asosiy maqsadlari
Maqsadlar
iyeraxiyasi
Maqsadlar ko‘rsatkichlari
Bozorni egallash
Bozor ulushi, tovar aylanmasi, uning ahamiyati va roli,
yangi bozorlarni egallash (qamrash).
Rentabellik
Foyda, aylanmaning rentabelligi, o‘z kapitalining
rentabelligi, umumiy kapital rentabelligi
Moliyaviy barqarorlik
Kredit
qobiliyati, likvidlilik, o‘z-o‘zini
moliyalash darajasi, kapital tarkibi
Ijtimoiy maqsadlar
O‘z ishidan qoniqish, daromad va ijtimoiy himoya
darajasi, ijtimoiy integratsiya, shaxsning rivojlanishi
43
Bozordagi mavqeyi
Mustaqillik, imij, siyosiy muhitga munosabat, jamoa
e’tirofi
«Kompaniyaning ishi = mijozlarning kutishlariga»
Umumlashtirishning ancha past darajasida firmaning ancha aniqroq
miqdoriy va sifatga oid maqsadlari haqida gapirish mumkin. Sifatga oid
maqsadlar orasida firma nufuzining o‘sishiga olib keladigan, uning
ijtimoiy ta’sirini (vaznini ) kuchaytiradigan quyidagi maqsadlar muhim
hisoblanadi:
-
iqtisodiy maqsadlar va o‘z mamlakatida ham, import
qilinadigan mamlakatlarda ham ularga erishuvi;
-
bandlikka, mehnat bozoriga ijobiy ta’sir etish;
-
ta’lim, madaniy, sport va boshqa aksiyalarni qo‘llab-
quvvatlash.
Firmaning miqdoriy maqsadlari:
-
foyda (daromad) hajmi;
-
pul va natural ko‘rinishda ifodalanuvchi savdo hajmi;
-
bitta ishlovchi hisobiga mehnat siyosati (MS);
-bozor ulushining o‘zgarishi, firma tovarlari bilan bozorni egallashi.
Marketingning asosiy deklaratsion maqsadi inson talablarining
qondirilishini hisobga olib, «Marketing tizimining haqiqiy maqsadi
nima?» degan savolga ehtimol tutilgan javobning to‘rt muqobil
variantlarini ko‘zda tutish mumkin:
-
maksimal darajada yuqori iste’molga erishish;
-
maksimal darajadagi iste’mol qimmatliklarini ko‘rsatish
(iste’molchi tovardan oladigan va unga sotib olishdagi xarajat
orasidagi foydani taqqoslash);
-
maksimal darajada keng tanlov imkonini yaratish;
-
hayot tarzi sifatini maksimal darajada oshirish.
Hayot tarzi sifati uchta tarkibiy qismdan tashkil topadi:
1.
Tovarning miqdori, sifati, assortimenti (turi), qulayligi va
qiymati.
2.
Inson yashaydigan tabiiy muhitning sifati, insonning madaniy
muhiti sifati unumdorligi.
3.
Bozorning firma tovarlari bilan shug‘ullanuvchi ulushi
o‘zgarishi.
44
Bozorni soddalashtirish va miqdoriy maqsadlar ahamiyatiga qarab,
tartibga solish uchun tijorat doiralarida «firma maqsadini tanlash – bu
bugungi foydaning yuqori ulushi bilan ertangi bozorning yuqori ulushi
orasidagi tanlovdir».
Marketingning funksional jihatdan ko‘p ma’noliligi uning
tadbirkorlik faoliyatidagi ahamiyati bu masalalarni hal qilishni yanada
murakkablashtiradi.
Marketingning funksiyasi ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy-texnik
ta’minlash va logistika, moliyaviy, buxgalteriya hisobi va boshqa
funksiyalar bilan bir qatorda tadbirkorlik funksiyasi sifatida ham
nomoyon bo‘ladi va o‘zida marketing faoliyati jarayonida amalga
oshiriladigan alohida yoki kompleks turdagi ixtisoslashtirilgan turlarni
aks ettiradi.
Marketing funksiyasining boshqa firmalar funksiyalaridan farqi
shundaki, uning funksiyasi firma va uning mijozlari, iste’molchilari
orasida almashuv jarayonlarini tashkil etishga mo‘ljallangan. Shu
munosabat bilan marketingning funksiyasi doimiy o‘zgarib turadigan
talabga mos holda talabni yaratish, shakllantirish va rivojlantirishga
mas’ul hisoblanadi.
Marketing funksiyasining klassik tushunchasida mahsulotni sotish
(o‘tkazish) va realizatsiya qilish jarayonlariga yordamlashish harakatlari
ham kiradi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan marketing konsepsiyalarini amalga oshirish
uchun marketingning bir qancha funksiyalari bajarilishi kerak.
Bu funksiyalar firmaning boshqa funksiyalari bilan bir qatorda bajariladi.
Marketing funksiyasi ko‘proq tadbirkorlik funksiyasi sifatida shakllanib,
ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan vazifalarni bajarish uchun tadbirlar
majmuasidan iborat. Marketingning funksiyalari marketing tizimidagi
almashuv vositasida xaridorlarning talablarini qondirish bilan bog‘liq
faoliyat (tadbirlar)larning ma’lum turlaridir.
Marketingning analitik (informatsion) funksiyasi – uchta eng muhim
yo‘nalish bo‘yicha keng ko‘lamli marketing tadqiqotlari o‘tkazish:
1)
bozor konyunkturasini kompleks tadqiq etish va uni
bashoratlash, iste’molchilarni o‘rganish va segmentatsiya o‘tkazish,
tovarning iste’mol xossalarini tahlil qilish, raqobatchilar, ish bo‘yicha
sheriklar pozitsiyalarini tahlil qilish;
45
2)
firmaning ishlab chiqarish – savdo (o‘tkazish) imkoniyatlari
tahlili – tovar assortimenti, ishlab chiqarish quvvati, moddiy-texnik
ta’minlash tizimi, kompaniyaning ilmiy-texnik va kadrlar potensiali,
uning moliyaviy imkoniyatlari, savdo va tovarning bozorda harakatlanishi
tizimlari tahlili;
3)
olingan informatsiyalar asosida SWOT – tahlil o‘tkazish –
korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini, imkoniyatlar va tahlillarini va
marketing maqsadlari shakllanishini va ularga erishish strategiyalarini
baholash.
Marketingning analitik funksiyasi informatsiyalarni yig‘ish va ularga
ishlov berishning keng va amalda harakatlanuvchi tizimi mavjud
bo‘lgandagina realizatsiya qilinishi mumkin. Odatda bozorni doimiy
kuzatish ba’zi-ba’zida o‘tkaziladigan maqsadga yo‘naltirilgan tadqiqotlar
(masalan, reklamalarning sotish hajmiga ta’sirini aniqlash) bilan qo‘shib
olib boriladi. Ko‘pchilik firmalarda ushbu informatsion ishlarning katta
qismi maxsus bo‘limlar tomonidan o‘tkaziladi yoki mustaqil tadqiqot
institutlariga topshiriladi.
Rejalashtirish funksiyasi kompaniyaning mos keluvchi bo‘limlari
tomonidan tovar, narx, savdo, kommunikatsion va kadrlar siyosati
rejalarini ishlab chiqishi va marketing dasturlarini tuzishini bildiradi.
Marketingning ishlab chiqarish – savdo funksiyasi marketing
faoliyatini amaliy jihatdan amalga oshirilishni ko‘zda tutadi:
1)
tovarlar siyosati (mahsulotning ma’lum turini ishlab chiqarish,
yangi tovarlar ishlab chiqarish, tovar sotilgandan keyingi xizmat
ko‘rsatish, uskunalarni yangilash va b.);
2)
maqsadli siyosatlar (tovar birligi uchun narx darajasini va
tovarning hayot sikli davriga ko‘ra bog‘liq ravishda narxlar dinamikasini
belgilash, firma narxini bozorning har bir segmentidagi raqobatchilar
narxiga nisbatini aniqlash va b.);
3)
savdo siyosatlari (savdo vositalarini yaratish, bozorga chiqish
vaqtini belgilash, tovarni harakatlanish tizimini belgilash va b.);
4)
kommunikatsion siyosatlar (bozorda tovarning harakatlanishi
bo‘yicha choralarni amalga oshirish: reklama kompaniyalarini o‘tkazish,
vositachilar va iste’molchilarga mos keluvchi imtiyoz va chegirmalar
berish (ko‘rsatish), mahsulot sotish bilan shug‘ullanuvchi o‘z xodimlarini
rag‘batlantirish, ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish va b.);
46
5)
kadrlar siyosati (kadrlar tanlash (yig‘ish), xodimlarni
tayyorlash va qayta tayyorlash, xodimlar motivatsiyasi bo‘yicha
tadbirlarni amalga oshirish va b.
Marketingning nazorat funksiyasi hamma marketing ishlari davomida
amalga oshiriladi: mablag‘larni asossiz sarflanishidan qochish uchun
marketing tadbirlarining ehtimoliy samaradorligini oldindan baholash
maqsadida – navbatdagi marketing dasturining boshlang‘ich bosqichida,
marketing dasturlarini realizatsiya qilish jarayonida – rejalashtirilgan
marketing chora-tadbirlari va ularning kompleksliligingi amalga oshirish
uchun joriy nazorat, bu maqsadga erishish uchun marketing strategiyasi
va taktikasiga ma’lum asoslangan tuzatishlar kiritish imkonini beradi.
Shunday qilib, marketing funksiyasining tahlili marketingni
boshqarishning hamma jarayoni izchil amalga oshiriladigan bosqich
ko‘rinishda tasavvur qilish imkonini beradi.
Marketing funksiyalarini kim bajaradi
:
Ishlab chiqaruvchilar
Iste’molchilar
Marketing mutaxassislari
Marketing funksiyalarining firma funksiyalaridan farqi shundaki, u
asosan firma mahsulotini mijozlar bilan ayirboshlash vazifasiga
yo‘naltirilgan. Keng ma’noda marketing funksiyasi firma mahsulotiga
bozorda talabni shakllantirish va xaridorlarni ko‘proq o‘ziga jalb
qilishdan iborat. Potensial talabni o‘rganish va yangi taklif bilan bozorga
chiqish firmaning kundalik faoliyatining bir qismidir. Firmalarda
marketing funksiyasi bilan marketing faoliyatining funksiyalari
chambarchas bog‘liq. MARKETING funksiyasi quyidagilarni o‘z ichiga
oladi.
•
Marketing tadqiqotlari.
•
Rejalashtirish.
•
Narxni shakllantirish.
•
Tovarni taqsimlash.
•
Tovarni harakatga keltirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |