7.
Bozorda muvaffaqiyat qozonishni ta’minlovchi marketing
prinsiplaridan biri -
firmaning hamma xodimlari uchun marketingga
xos fikr-mulohazalarning zarurligidir
. Firma rahbariyati shunday
tashkiliy madaniyatni shakllantirishi kerakki, unga ko‘ra firmaning
hamma ishchilari o‘zaro kelishgan holda mehnat qilishlari, kompaniyaga
nisbatan rivojlangan vatanparvarilk tuyg‘usiga ega bo‘lishlari,
jamiyatning
muhim
muammolarini
yechishdagi
uning
rolidan
faxrlanishlari,
mijozlarni
hurmat
qilishlari
zarur.
Ayrim
kompaniyalarning o‘z xodimlariga nisbatan quyidagi murojaatlari
mavjud: “Iste’molchi – qirol, shoh, biz, tovar ishlab chiqaruvchilar esa
ishonchli tobelarmiz. Unutmang, mijozlar sizga ish haqi to‘laydi. Tovar
xarid qilgan ellikta iste’molchiga bitta shikoyat qiluvchi mijoz to‘g‘ri
keladi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |