6.
Marketing korxonaning uzoq muddatli natijaviylikka
yo‘naltirilganligini
ko‘zda tutadi. Marketing tadbirlarini rejalashtirish va
realizatsiya qilish faoliyatining uzoq davrini talab qiladi. Avval savdo
bozori sinchiklab tahlil qilinadi, keyin mos keluvchi mahsulotlar ishlab
chiqariladi, bozorga joriy etiladi. Ushbu uzoq davr mobaynida korxonalar
bozorda muvaffaqiyat qozonish va kelgusida foyda (daromad) umidida
kapital qo‘yadilar va bozor yangilikni qabul qilgandan keyingina, foyda
kelib tusha boshlaydi. Yangi mahsulot haqidagi g‘oyaning paydo bo‘lishi
va uning bozordagi muvaffaqiyatiga qadar yillar o‘tishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |