Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   329
Bog'liq
marketing

Marketingni boshqarish 

talabni boshqaruv jarayonida muam- 

molarni hal etish, marketing faoliyatining samarali tadbirlarini o‘tkazish 

orqali ma’lum siyosatni olib borish, vaziyatli tahlil, maqsadlarni aniqlash, 

strategiyani ishlab chiqish, tartibga solish vositalarini tanlash, natijalarni 

nazorat  va  tahlil  qilishdan  iboratdir.  Marketingni  boshqarishning  asosiy 

mazmuni bu qarshi talab, talabning yo‘qligi, yashirin  talab, pasayuvchi 

talab,  doimy  bo‘lmagan  talab,  to‘liq  talab,  ortiqcha  talab,  ratsional 

bo‘lmagan kabi talablarni boshqarish demakdir.  

Marketing-menejment konsepsiyasi tadbirkorlik faoliyatining asosiy 

g‘oyalar  tizimi,  instrumentariysi  (yo‘llanmasi,  vositalari),  atrof-muhit 

tahlili  va  undan  kelib  chiqqan  holda  strategiyani  ishlab  chiqish,  amalga 

oshirish  va  nazoratdir.  Marketingni  boshqarish  konsepsiyasining  asosiy 

elementlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:  

-Tadbirkorlik,  atrof-muhit,  madaniyat,  siyosat,  bozorlar,  tarmoqlar, 

raqobatchilar.  

-Siyosatning 

shakllanishi 

(konsepsiya, 

model, 


maqsadlar, 

strategiyalar).  

-Siyosatni amalga oshirish (rejalar, budjet, marketing tadbirlari).  



 

52 


 

 

 



-Siyosat  nazorati  (natijalar  tahlili,  obyektiv  va  subyektiv 

o‘zgarishlarni tahlil qilish va baholash).  

Har  qanday  korxona  yoki  firmaning  tarkibiy  boshqaruv  strukturasi 

uning faoliyat yo‘nalishini, ixtisoslashuvini, qo‘yilgan maqsadlarga olib 

borish yo‘lini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Struktura ish joylarini 

va  lavozimlarni  belgilaydi.  Firma  o‘z  ishlab  chiqarish  rejasi,  mahsulot 

turi, qadoqlanishi, sotishni tashkil etishva sotuvdan keyingi xizmat kabi 

faoliyatiga qarab strukturasini tuzadi. Optimal tuzilgan, tizimga solingan 

struktura  ko‘p  jihatdan  samaralifaoliyat  garovidir.  Funksional  struktura 

har bir boshqaruv pog‘onasida ma’lum vazifalarni bajarishni, bo‘limlar va 

boshqaruvbosqichlarida muvofiqlikni talabetadi.  

Tadbirkorlik sohasida marketing – menejment talab va taklif o‘rtasida 

yuzaga  keladigan  vaziyatlarni  tartibga  soluvchi  mexanizm  sifatida 

namoyon  bo‘ladi.  Iste’molchilar  xulq  –  atvorini  tahlil  qilish  natijasida 

faoliyatni  tartibga  solish,  talabni  boshqarish,  yangi  talab  turlarini 

shakllantirish,  o‘zgarib  turuvchi  konyunkturaga  ta’sir  ko‘rsatish 

marketing –menejmentning vazifasidir.  

Marketing-menejment  samarasi  faoliyatning  iste’molchiga  va 

bozorga  yo‘naltirilganligi  bilan  belgilanib,  marketing  rejasida  to‘g‘ri 

strategiya va taktika qo‘llanilishiga bog‘liq.  

Istiqbolni  belgilash  bosqichida  yuqoridagi  tahlil  materiallari  asos 

bo‘ladi.  Xaridorlar  va  raqobatchilar  xatti-harakatidagi  tendensiyalar 

aniqlanib,  yangi  bozorlar,  sotuv  kanallari  tanlanadi.  Bo‘sh  bozor 

segmentlarida  faoliyat  yuritish  uchun  yangi  faoliyat  turi  bilan 

shug‘ullanish ham raqobat afzalligini qo‘lga kiritishning samarali yo‘lidir.  

Strategik marketing bosqichida uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalar 

asoslanadi.  Iste’molchilar  va  bozor  segmentlarini  to‘g‘ri  tanlash,  bo‘sh 

bozor  tokchasida  o‘z  ulishini  shakllantirish  firmaning  uzoq  vaqt 

mustahkam bozorni egallashiga yordam beradi. Firma o‘z raqobatchilari 

va  savdo  agentlari,  tashkilotlari  bilan  samarali  munosabatlarni 

shakllantirib,  biz  nimaga  erishmoqchimiz,  savoliga  javob  berishi  kerak. 

Bu  davrda  tegishli  marketing  tadbirlari  ishlab  chiqariladi  va  amalga 

oshiriladi.  Marketing  –  miksning  elementlaridan  qaysi  biriga  e’tibor 

kuchaytirilishi kerakligi aniqlanadi.  

Strategiya va marketing  – miksni amalga oshirish bosqichida uning 

natijalari samarasi tahlil qilinib, nazorat va baholash ishlari olib boriladi. 

Firma o‘z maqsadiga erishdimi, talab va taklif o‘rtasidagi farqni qanday 



 

53 


 

 

 



qilib tartibga solish, muvofiqlashtirish kerak, deb fikr  – mulohazalar va 

konkret qarorlar qabul qilinadi.  

F.Kotlerning fikricha, marketing-menejment jarayoni quyidagilardan 

iborat.  

-Bozor imkoniyatlari tahlili.  

-Maqsadli bozor segmentlarini tanlash.  

-Marketing kompleksini ishlab chiqish.  

-Marketing tadbirlarini amalga joriy etish.  

Marketing-menejmentda boshqaruv qarorlari quyidagi yo‘nalishlarda 

bo‘lishi mumkin:  



Tahlil.

  Tahlil  bosqichida  marketing  elementlarining  strategik  va 

taktik  muammolari  tahlil  qilinadi,  bularga  atrof  –  muhit,  xaridorlar, 

raqobatchilar,  savdo  jarayoni  kiradi.  Tahlil  natijasida  firmaning  mavjud 

sharoitda  raqobatchilarga  nisbatan  kuchli  va  kuchsiz  tomonlari  tadqiq 

qilinadi va keyingi faoliyat yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritilishi, yoki 

taktik  tadbirlar  o‘tkazilishi  va  mavjud  strategiyaga  aniq  o‘zgartirishlar 

kiritilishi mumkin. Bularga:  

-

 

Marketing  konsepsiyasi  va  axborot  tizimini,  benchmarking, 



marketing qarorlarini qo‘llab – quvvatlash, marketing tadqiqotlari holati 

tahlili.   

-

 

Marketing tashqi muhiti  – makro va mikro muhit omillari tahlili.  



-

 

Iste’mol bozorlari va xaridorlar xulqi — xarid qilish modeli, sotib 



olish haqida qaror qabul qilish, xaridorlar xulqiga ta’sir etuvchi omillar 

tahlili.  

-

 

Korxonalar va tashkilotlar bozori tahlili, davlat korxonalari bozori 



tahlili  (maktablar,  kasalxonalar,  bog‘chalar,  ta’lim  muassasalari  va 

boshqalar).  

-

 

Raqobatchilarni aniqlash, ularning soni, bozordagi ulushi, potensial 



imkoniyatlari,  ular  strategiyasi,  kuchli  va  kuchsiz  tomonlari,  ular  bilan 

o‘zaro  ta’sir  munosabatlari,  iste’molchilarga  va  raqobatchilarga 

yo‘naltirilgan strategiya tahlili.  


Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish