Transfert bahosi
- bu firmaning ishlab chiqarish bo‘limidan boshqa
bo‘limlariga o‘tkazilayotgandagi tovar bahosi, masalan, tashqi savdo
xizmatiga yoki chet el savdo filialiga.
Harakatlanuvchi narx
- shartnoma tuzilayotgan paytda unda qayd
etilgan va ma’lum sharoitda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan narx (shartnoma
kelishuviga ko‘ra).
Sirpanuvchi narx
- bu qoidaga ko‘ra uzoq muddatda
tayyorlanadigan mahsulotga belgilangan narx (masalan, kema).
Shartnoma tuzilayotganda unda qayd etilgan narx ikkala tomonning
kelishuviga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.
Vaqt omilini hisobga olgan holda doimiy va vaqtinchalik (mavsumiy)
narxlar farqlanadi.
Doimiy narx
- bu amal qilish muddati kelishilmagan narx.
Do'stlaringiz bilan baham: |