Mahsulotning (xizmatning) narxi va qadrliligi o‘rtasidagi aloqa
Mahsulot / xizmat
Xaridorning
didi
va
istaklari
Xaridor tomonidan qabul
qilingan
mahsulotning(xizmatning)
qadrliligi
Xaridorning
mahsulotni
xarid qilishga tayyorligi
NARX
Boshqa marketing vositalari
Xaridorning
moliyaviy ahvoli
Monitoring – kuzatish, korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati
to‘g‘risida axborot yig‘ish va umumlashtirish tizimi. Narxlar monitoringi
esa ro‘yxatdan o‘tkaziladigan shartnomalar qo‘shimcha ustama
xarajatlarsiz, vositachilik xizmatlarisiz tuzilganligi hamda narxlarning
maqsadga muvofiqligini kuzatishdir. Xaridorning mahsulot sotib olishi
jarayonidagi narx va qiymat o‘rtasidagi muvozanat 10.2. jadvalda
keltirilgan.
Tovarning qadrliligiga eng avvalo, uning xususiyatlari, ya’ni ushbu
xususiyatlar xaridorlar didiga qanchalik mosligiga bog‘liq. Yuqorida
262
ko‘rsatilgan xususiyatlarning baholanishi xaridorlarning subyektiv qabul
qilishiga bog‘liq. Mahsulotning bir xil xususiyatlari xaridorlar tomonidan
har xil baholanishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, xaridorlar bir xil
mahsulot uchun har xil narx to‘lashga tayyordirlar. Mahsulotning
qadrliligiga marketing vositalari ta’sir qiladi (korxonaning imiji, marka
imiji sotish sharoitlari, reklama va boshqalar). Shuning uchun yangi
sotuvchining yutug‘ini faqat mahsulotning past narx bilan belgilab
bo‘lmaydi. Past narxda sotuvchining yutug‘i faqatgina xaridorning hech
bo‘lmaganda sifatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi kerak.
Tovarni bozorda namoyish qilish narxlardan marketing kompleksi
elementlaridan biri sifatida tovar, savdo (o‘tkazish) va rag‘batlantirish
bilan bir qatorda faol foydalanishni ko‘zda tutadi. Narx samarali narx
siyosatini o‘tkazish sharoitida maqsadli bozorga ta’sir etishning
aniqravshan vositasiga aylanadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda uzoq vaqtlargacha narx
iste’molga oid qarorlar qabul qilinishining eng muhim mezoni bo‘lgan.
Hayot darajasi nisbatan past bo‘lgan mamlakatlar uchun va shuningdek,
ommaviy talab bo‘lgan tovarlarga nisbatan bunday yondashuv bugungi
kunda ham adolatli hisoblanadi. Hozirgi davrda narx siyosatining roli
tovar, savdo va rag‘batlantiruvchi siyosat kabi iste’molchiga ta’sir etuvchi
narxga oid bo‘lmagan choralarga nisbatan tushmoqda. Shu munosabat
bilan mutaxassislar bevosita narxga oid raqobatdan qochishni, narxga oid
bo‘lmagan raqobatdan faol foydalanishni, bozorni segmentlash, bozorda
o‘z o‘rnini qidirib topish, tovarni, uning sifatini differensiyalash, yangi
tovarlarni ishlab chiqish, reklama metodlari va vositalarini kengaytirish
va savdoni rag‘batlantirish, savdo tizimi samaradorligini oshirishni
tavsiya qilmoqdalar. Ammo shunga qaramasdan narx o‘ta muhim,
bozordagi ahvolga va tadbirkorning oladigan foydasiga katta ta’sir
o‘tkazuvchi marketing siyosatining jiddiy elementiligicha qolmoqda.
Xaridorlar bozori sharoitida narxlar darajasi sezilarli darajada
iste’molchilar tomonidan belgilanadi, sotuvchining narx sohasidagi
imkoniyatlari keyin paydo bo‘ladi. Biror bir tovarni sotib olmoqchi
bo‘lgan xaridor uchun narx “iqtisodiy qurbonlik” hisoblanadi. Xaridor bu
”qurbonlik”ni tovarni sotib olish va undan foydalanishdan keladigan
foyda bilan taqqoslaydi, tovarning foydasi uning narxiga nisbatan yuqori,
deb hisoblagandan keyingina sotib oladi. Xaridorlar hatto yuqori narx
bilan bo‘lsa ham sifatli tovar sotib olishni afzal ko‘radilar.Tovar sotib
263
olgan odam uchun qancha foydali bo‘lsa, uning yuqori narxi shunchalik
oqlangan bo‘ladi. Ommaviy xaridorlar uchun imkoniyatli narxlardagi
yaxshi sifatli tovarlar kerak. Shunday qilib, xaridorlar narxlarga talab,
daromadlar darajasi, istak va mos keluvchi tovarni sotib olish imkoniyati
bilan ta’sir o‘tkazadi. Xaridorlar tomonidan narxlarni ruhan idrok etish
omili juda muhim.
Narxlarning asosiy darajasi hisobi bozorga chiqarilgan tovarga talab
(uning hajmi va dinamikasi) va savdoning aniq bozorida talabning har bir
guruhi bo‘yicha elastikligini aniqlash bilan boshlanadi. Marketing
bo‘yicha mutaxassis nafaqat narx va buning natijasida yuzaga kelgan talab
orasidagi bog‘liqlik xarakterini talab qonuni bilan ifodalanishini,
shuningdek, ushbu mahsulotning turlicha narxiga talab qanchalik
qaratilayotganini ham bilishi kerak. Bu bog‘liqlik darajasini talabning
narxga oid elastikligi (o‘zgarishliligi), deb atash qabul qilingan va grafik
jihatdan u egri talabning egilishidagi ma’lum burchak sifatida
tasvirlanadi.
Oddiy vaziyatda narx va talab bir-birlariga teskari bog‘liqlikda
bo‘ladi, ya’ni narx qancha yuqori bo‘lsa, talab shuncha kam bo‘ladi.
Budjeti cheklangan iste’molchilar muqobil tovarlarni tanlashga duch
kelganlarida ular uchun narxi juda yuqori bo‘lganlarini juda kam sotib
oladilar.
Raqobat orqali narxni o‘zgartirish talabning oshishi yoki pasayishiga
bog‘liq. Aksincha, narx qancha past bo‘lsa, talab shuncha oshadi. Baho
talab qayishqoqligining o‘zgarishiga olib keladi. Ammo hamma
xaridorlar ham bahoning o‘zgarishiga bir xil munosabatda bo‘lmaydilar.
Elastik, deb narxlarning sezilmas o‘zgarishidan ham sezilarli
o‘zgaradigan talabga aytiladi. Talabning elastik (o‘zgaruvchan)ligi
raqobat darajasiga bozorda substit (o‘rnini bosuvchi) tovarlar mavjud
bo‘lganda, xaridorlarning daromad darajalari va muomala qila olish (xarid
qobiliyati) xususiyatlariga bog‘liq. Miqdoriy jihatdan u sotilgan tovar
hajmi foizli o‘zgarishining uning narxi foizli o‘zgarishiga bo‘lishdan
chiqqan qismi sifatida aniqlanadi. Talab qanchalik kam elastik bo‘lsa,
tovarning sotuvchisi unga shunchalik yuqori narx belgilashi mumkin. Va
aksincha, talab qanchalik elastik bo‘lsa, sotuvchi firmada o‘z mahsulotiga
emas, boshqalarnikiga narxlarni pasaytirish siyosatidan foydalanishiga
to‘g‘ri keladi, bu esa savdo hajmining va firma foydasining keskin
264
oshishiga olib keladi. Narx elastikligi asosida belgilangan talab
narxlarning yuqori chegarasini shakllantiradi.
Agar raqobat cheklangan bo‘lsa, firmaning narx ustidan nazorat
darajasi oshadi, bozorning ta’siri esa pasayadi. Raqobat yuqori darajada
bo‘lganda narxni bozor boshqaradi. Shuning uchun bozor yetakchisi
narxlarni hisob-kitob qilganda xomashyo, materiallar yetkazib
beruvchilar
narxini,
o‘xshash mahsulotlar ishlab chiqaradigan
raqobatchilar narxini, bir xildagi o‘xshash tovarlar taklif qiluvchi
raqobatchilar narxini e’tiborga olishlari kerak. Tovar narxi darajasi va
uning strukturasi raqobatchi firmalarning o‘xshash tovarlari bilan ular
sifatining texnik-iqtisodiy parametrlari va boshqa raqobatbardoshlikni
tashkil etuvchilari asosida taqqoslash bilan belgilanadi. Taqqoslash
raqobatchilar tovarini xarid qilish, xaridorlar fikrini so‘rash kabilarni
ko‘zda tutadi. Narxlar unga raqobatchilar tomonidan bo‘ladigan
reaksiyani hisobga olib, tuzatiladi. Bu holatni pisand qilmaslik firma narx
siyosatining mag‘lubiyatiga va uning tadbirkorlik faoliyati izdan
chiqishiga olib kelishi mumkin. Narx urushi bo‘shashgan (sust) firmalarni
bozordan siqib chiqaradi. Shunday qilib, narxlar darajasi birinchi
navbatda,
firma,
xaridorlar
va
raqobatchilar
manfaatlarini
tenglashtirmog‘i lozim.
Narxlar darajalari aytib o‘tilgan omillaridan tashqari davlat
boshqaruvi choralariga ham (hukumat antidemping va antitrest qonunlar
doirasida ta’sir etishi mumkin), shuningdek, mamlakat va ushbu
bozordagi soliqqa tortish tizimi va inqiroz darajasi xarakteridan, davlat
moliyaviy ahvoli, valuta kurslari nisbati, siyosiy vaziyat va boshqalardan
kelib chiqib ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |