Chakana narxlar
- bu chakana savdo tovarlarini sotadigan
narx.
–
Xarid narxi
- bu qishloq xo‘jalik mahsulotlari, qishloq xo‘jalik
korxonalari va qishloq ahlidan xarid qilinadigan narx. Bu ulgurji narxning
alohida turi.
Tartibga solinadigan narxlar
– talab va taklifning o‘zgarishi ta’siri
ostida shakllanadi, lekin davlat organlari narxning o‘sishi yoki pasayishini
chegaralaydi. Ularga:
–
chegaralangan narxlar, mahsulotni sotish uchun eng yuqori
chegarasi belgilangan narxlar
–
kafolatlangan narxlar, barcha ishlab chiqaruvchilar uchun
mahsulot sotib olishning yagona narxlari
–
tavsiya qilinadigan narxlar, u yoki bu tovarga tavsiya
etiladigan, majburiy emas.
Erkin narxlar
– bozorda shakllanuvchi, davlat bevosita ta’sir
ko‘rsatmaydigan narxlar. Erkin narxlar–bu bozor konyunkturasini
hisobga olib sotuvchilar tomonidan o‘rnatiladigan narxlar.
Ularga:
–
Talab asosida shakllanadigan
–
Taklif asosida shakllanadigan
–
Ishlab chiqarishda shakllanadigan narxlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |