1.
Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi diniy e’tiqodlari: shomonlik.
2.
Tangrichilik.
3.
Zardushtiylik
4.
Moniylik
Tayanch tushunchalar:
Shomonlik, Tangri, Erlik, Umay, Jumay, Olqish, Axuramazda, Axriman, Zardusht,
Avesto, Fravashi, Yasna, Yasht, Videvdat, Visperad, Moniy, Dualizm, Kefalayya.
Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi diniy e’tiqodlari: shomonlik
. Markaziy Osiyo o‘zining
geografik va geosiyosiy joylashuvi tufayli turli madaniyatlar va sivilizatsiyalarning to‘qnashuv
nuqtasiga aylandi. Osiyo qit’asining Kaspiy dengizi va Orol-Irtish suv havzalaridan to hozirgi
Pokiston va Hindistongacha bo‘lgan katta qismini egallagan mintaqa - Markaziy Osiyo
xalqlarining tarixiy ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ushbu xalqlar haqidagi yozma
ma’lumotlar yunon manbalari va miloddan avvalgi VI-IV asrlarga
oid qadimgi eron va turk
yozuvlarida uchraydi.
Mintaqa Evroosiyo qitasi markazida joylashgan bo‘lib, SHarq bilan G‘arbni bog‘lovchi
bo‘g‘inga, turli xalq va elatlarning, shuningdek, diniy tizim va e’tiqodlarning doimiy aloqa
maydoniga aylandi. Bunday etnik va diniy turfaxillik natijasida
shunday vaziyat yuzaga
keldiki, u ko‘plab dinlarning (zardushtiylik, buddizm, yahudiylik, xristianlik va moniy-lik)
yo‘qolib ketishiga qaramay, hozirgi paytda mintaqada yashovchi xalqlarning urf-odatlarida
saqlanib qoldi. Mazkur diniy holatning o‘ziga xosligi Markaziy
Osiyo xalqlarining diniy
bag‘rikengligi asosiy vazifani o‘tadi.
Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi diniy e’tiqodlaridan biri sifatida shomonlikni qayd
etish mumkin. SHomonlik e’tiqod va an’analari inson ongida g‘ayritabiiylik to‘g‘risidagi
tasavvurlar to‘liq shakllangan vaqtda paydo bo‘lgan. Ushbu e’tiqod oddiy insonning dahshatli
va tushunarsiz, g‘ayritabiiy va go‘zal, sirli holatlarini tushunishi va aql kuchidan ustun turgan
bir narsadir. SHomonlik bu omillar orqali jamoalar hayotining tashqi va ichki ziddiyatlarini
qamrab oladi. SHomonlikning turli vazifalariga (emchilik, ruhlarni haydash, falokatlarning
oldini olish, yomg‘ir chaqirish, afsun qiyaish, kamlash va h.k.) kelsak, ular ushbu e’tiqodning
asosiy mohiyatiga qo‘shimchadir.
SHomonlikdagi asosiy, hal qiluvchi holat shomon tanasiga
ruhlarning joylashishi
to‘g‘risidagi tasavvurdir. Odamlar shomonning o‘ziga xos trans holatini ko‘rganlarida uni o‘zi
chaqirgan ruhlar egallab oldilar, deb o‘ylaydilar. Bunda shomon ko‘pincha o‘z harakatlarida
animistik obraz yoki shu obrazlarni eslatuvchi predmetlarni qo‘llaydi. Ruhlarni chaqirish
shomonlik harakatlarini ta’sirchan jamoaga yo‘naltirib, ulardan o‘z manfaatlari yo‘lida
foydalanishni taqozo etadi.
SHomonlik
yovuz
va
yaxshi
ruhlarni
tan
oladi.
Bunda
ayrim
shomon
jamoalari
oddiy
kishilar
ruhi
o‘ladi,
shomon
ruhi esa abadiy deb hisoblaydilar. Ruhlar tomonidan o‘g‘irlanib, shomonlar tomonidan topilib,
inson tanasiga qaytarilgan jon haqidagi g‘oya faqat shomonlik
doirasida tushuntirilishi
mumkin. Bu ayniqsa, shomonlik davolaщ usullarida, kasal tanasidan yovuz ruhlarni haydashda
yorqin namoyon bo‘ladi.
Markaziy Osiyo xalqlarida shomonlik reliktlari turli ko‘rinishlarda kuzatiladi. «CHilla
yosin» davolash marosimi birinchi navbatda Qur’ondagi «YOsin» surasini qirq marta o‘qib,
kasalni tol navdalari bilan «urish» orqali amalga oshiriladi. Bunda tol novdalari qirqta bo‘lishi
kerak. SHomonlik marosimining yaa bir turi - «kinna», ya’ni bemor tanasidan kasalni
haydashning alohida usulidir.
SHomonlik elementlari sifatida kuyovnavkarlik bilan bog-lik bo‘lgan odatni - kuyovning
kelinnikiga jo‘ralari bilan jo‘-raboshi boshchiligida qiyqiriqlar bilan bazmga borish maro-
simini ko‘rsatib utish mumkin. Jo‘raboshi qo‘lida tol navdala-rini
ushlagan holda navkarlar
boshi uzra elpiydi, bunga javo-ban navkarlar jo‘r bo‘lishib qiyqirishadi. Bularnyng barchasi
kuyovdan yovuz ruhlarni haydashga qaratilgan bo‘lib, shomonistik xarakterga ega. SHu bilan
birga o‘zbek, tojik va boshqa xalqlarida biror kimsa uzoq vaqt kasal bo‘lsa, u yaqinlari,
tanishlari yoki tabiblar maslahatiga ko‘ra, sog‘ayishning birdan bir yo‘li - bu ruhlar bilan aloqa
qilish missiyasini bo‘yniga olish ekanligiga ishonadi. Bunday holat xalq orasida «odamli»
deyiladi, ya’ni uning ketida qandaydir kuchlar bor deb hisoblanadi.
Bunday odamlar asta-
sekin insonlarni «davolash» bilan shug‘ullana boshlaydi.
Markaziy Osiyo xalqlari hayotidan keltirilgan mazkur misollar shomonlik an’analarining
nafaqat qoloq dunyoqarash shakllari sharoitida, balki madaniy-tarixiy rivojlangan jamiyatda
ham yashovchanligini yaqqol namoyon etadi. An’analar ko‘pincha o‘zgaradi, moslashadi,
amaldagi rasmiy din talablarining u yoki bu jihatlariga ma’lum darajada birikadi. CHunonchi,
islom sharoitida shomonlik harakatlari odatda musulmon an’analariga ko‘ra
fotiha bilan
yakunlanadi, biroq ayrim shomonlar musulmonlikka to‘g‘ri kelmaydi deb fotiha qilmaydigan
hollar ham uchrab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: