Toshkent moliya instituti "dinshunoslik" fanidan


-mavzu: Markaziy Osiyo dinlari



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/191
Sana05.03.2022
Hajmi3,88 Mb.
#483527
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   191
Bog'liq
Dinshunoslik oum

3-mavzu: Markaziy Osiyo dinlari 
Reja: 


1.
Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi diniy e’tiqodlari: shomonlik.
2.
Tangrichilik. 
3.
Zardushtiylik 
4.
Moniylik 
Tayanch tushunchalar: 
Shomonlik, Tangri, Erlik, Umay, Jumay, Olqish, Axuramazda, Axriman, Zardusht, 
Avesto, Fravashi, Yasna, Yasht, Videvdat, Visperad, Moniy, Dualizm, Kefalayya.
Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi diniy e’tiqodlari: shomonlik
. Markaziy Osiyo o‘zining 
geografik va geosiyosiy joylashuvi tufayli turli madaniyatlar va sivilizatsiyalarning to‘qnashuv 
nuqtasiga aylandi. Osiyo qit’asining Kaspiy dengizi va Orol-Irtish suv havzalaridan to hozirgi 
Pokiston va Hindistongacha bo‘lgan katta qismini egallagan mintaqa - Markaziy Osiyo 
xalqlarining tarixiy ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ushbu xalqlar haqidagi yozma 
ma’lumotlar yunon manbalari va miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid qadimgi eron va turk 
yozuvlarida uchraydi.
Mintaqa Evroosiyo qitasi markazida joylashgan bo‘lib, SHarq bilan G‘arbni bog‘lovchi 
bo‘g‘inga, turli xalq va elatlarning, shuningdek, diniy tizim va e’tiqodlarning doimiy aloqa 
maydoniga aylandi. Bunday etnik va diniy turfaxillik natijasida shunday vaziyat yuzaga 
keldiki, u ko‘plab dinlarning (zardushtiylik, buddizm, yahudiylik, xristianlik va moniy-lik) 
yo‘qolib ketishiga qaramay, hozirgi paytda mintaqada yashovchi xalqlarning urf-odatlarida 
saqlanib qoldi. Mazkur diniy holatning o‘ziga xosligi Markaziy Osiyo xalqlarining diniy 
bag‘rikengligi asosiy vazifani o‘tadi.
Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi diniy e’tiqodlaridan biri sifatida shomonlikni qayd 
etish mumkin. SHomonlik e’tiqod va an’analari inson ongida g‘ayritabiiylik to‘g‘risidagi 
tasavvurlar to‘liq shakllangan vaqtda paydo bo‘lgan. Ushbu e’tiqod oddiy insonning dahshatli 
va tushunarsiz, g‘ayritabiiy va go‘zal, sirli holatlarini tushunishi va aql kuchidan ustun turgan 
bir narsadir. SHomonlik bu omillar orqali jamoalar hayotining tashqi va ichki ziddiyatlarini 
qamrab oladi. SHomonlikning turli vazifalariga (emchilik, ruhlarni haydash, falokatlarning 
oldini olish, yomg‘ir chaqirish, afsun qiyaish, kamlash va h.k.) kelsak, ular ushbu e’tiqodning 
asosiy mohiyatiga qo‘shimchadir.
SHomonlikdagi asosiy, hal qiluvchi holat shomon tanasiga ruhlarning joylashishi 
to‘g‘risidagi tasavvurdir. Odamlar shomonning o‘ziga xos trans holatini ko‘rganlarida uni o‘zi 
chaqirgan ruhlar egallab oldilar, deb o‘ylaydilar. Bunda shomon ko‘pincha o‘z harakatlarida 
animistik obraz yoki shu obrazlarni eslatuvchi predmetlarni qo‘llaydi. Ruhlarni chaqirish 
shomonlik harakatlarini ta’sirchan jamoaga yo‘naltirib, ulardan o‘z manfaatlari yo‘lida 


foydalanishni taqozo etadi.
SHomonlik 
yovuz 
va 
yaxshi 
ruhlarni 
tan 
oladi. 
Bunda 
ayrim 
shomon 
jamoalari 
oddiy 
kishilar 
ruhi 
o‘ladi, 
shomon 
ruhi esa abadiy deb hisoblaydilar. Ruhlar tomonidan o‘g‘irlanib, shomonlar tomonidan topilib, 
inson tanasiga qaytarilgan jon haqidagi g‘oya faqat shomonlik doirasida tushuntirilishi 
mumkin. Bu ayniqsa, shomonlik davolaщ usullarida, kasal tanasidan yovuz ruhlarni haydashda 
yorqin namoyon bo‘ladi. 
Markaziy Osiyo xalqlarida shomonlik reliktlari turli ko‘rinishlarda kuzatiladi. «CHilla 
yosin» davolash marosimi birinchi navbatda Qur’ondagi «YOsin» surasini qirq marta o‘qib, 
kasalni tol navdalari bilan «urish» orqali amalga oshiriladi. Bunda tol novdalari qirqta bo‘lishi 
kerak. SHomonlik marosimining yaa bir turi - «kinna», ya’ni bemor tanasidan kasalni 
haydashning alohida usulidir. 
SHomonlik elementlari sifatida kuyovnavkarlik bilan bog-lik bo‘lgan odatni - kuyovning 
kelinnikiga jo‘ralari bilan jo‘-raboshi boshchiligida qiyqiriqlar bilan bazmga borish maro-
simini ko‘rsatib utish mumkin. Jo‘raboshi qo‘lida tol navdala-rini ushlagan holda navkarlar 
boshi uzra elpiydi, bunga javo-ban navkarlar jo‘r bo‘lishib qiyqirishadi. Bularnyng barchasi 
kuyovdan yovuz ruhlarni haydashga qaratilgan bo‘lib, shomonistik xarakterga ega. SHu bilan 
birga o‘zbek, tojik va boshqa xalqlarida biror kimsa uzoq vaqt kasal bo‘lsa, u yaqinlari, 
tanishlari yoki tabiblar maslahatiga ko‘ra, sog‘ayishning birdan bir yo‘li - bu ruhlar bilan aloqa 
qilish missiyasini bo‘yniga olish ekanligiga ishonadi. Bunday holat xalq orasida «odamli» 
deyiladi, ya’ni uning ketida qandaydir kuchlar bor deb hisoblanadi. Bunday odamlar asta-
sekin insonlarni «davolash» bilan shug‘ullana boshlaydi.
Markaziy Osiyo xalqlari hayotidan keltirilgan mazkur misollar shomonlik an’analarining 
nafaqat qoloq dunyoqarash shakllari sharoitida, balki madaniy-tarixiy rivojlangan jamiyatda 
ham yashovchanligini yaqqol namoyon etadi. An’analar ko‘pincha o‘zgaradi, moslashadi, 
amaldagi rasmiy din talablarining u yoki bu jihatlariga ma’lum darajada birikadi. CHunonchi, 
islom sharoitida shomonlik harakatlari odatda musulmon an’analariga ko‘ra fotiha bilan 
yakunlanadi, biroq ayrim shomonlar musulmonlikka to‘g‘ri kelmaydi deb fotiha qilmaydigan 
hollar ham uchrab turadi. 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish