Muhammad payg‘ambar hayoti. Muhammad ibn Abdulloh ibn Abd al-Muttalib Makka va
uning atrofi tarixida «Fil voqeasi» nomi bilan mashhur bo‘lgan jangdan 50 kun keyin
tavallud
topdi. Bu sananing milodiy hisob bo‘yicha qaysi kunga to‘g‘ri kelishi keyinchalik hisoblab
chiqarilgan. Bu hisoblardan misrlik munajjim Mahmud poshoning aniqlashicha, Payg‘ambarning
tavallud topishlari milodiy sananing 571 yil 21 aprel kuniga to‘g‘ri keladi. Otasi Abdulloh
Qurayshning Banu Hoshim, onasi Omina bint Vahb – Banu Zuhra urug‘idan edilar.
Ota-onadan etim qolgan Muhammad payg‘ambar to sakkiz yoshgacha bobosi Abdulmuttalib
qo‘lida tarbiyalandi. So‘ngra uni amakisi Abu Tolib o‘z himoyasiga oldi. Payg‘ambar yoshlik
chog‘larida ikki marta SHomga, bir marta YAmanga karvon bilan safarga chiqdi.
Arablar orasida o‘zaro qon da’vosi sababi bilan bo‘lgan urushlarning eng og‘ir
kechgani
«Fijor jangi» hisoblanadi. Islomdan avval ham arablarda
muharram, rajab, zulqa’da
va
zulhijja
oylari muqaddas sanalib, ularda urush taqiqlangan edi. Mazkur urush mana shu oylarda
bo‘lganligi uchun unga
«Fijor jangi»
(«Gunohkorlar urushi») deb nom berilgan.
Bu urushda
Quraysh tarafida Muhammad payg‘ambar ham ishtirok etdi. To‘rt yil davom etgan bu urush sulh
bilan nihoyalandi.
Muhammad payg‘ambar 25 yoshga to‘lganida Banu Asad urug‘idan bo‘lgan boy ayol
Xadicha bint Xuvaylidga uylandi. Muhammad payg‘ambarning etti farzandidan (Moriyadan
tug‘ilgan Ibrohimdan boshqa) oltitasi (Zaynab, Umm Kulsum, Ruqayya, Fotima, Qosim,
Abdulloh)ning onasi Xadicha bint Xuvaylid edi.
Makkadagi Ka’ba binosi ustida tomi bo‘lmaganidan, yomg‘ir suvlari uni emirib yuborgan
edi. Keyinchalik binoni sel oqimidan saqlash uchun bir to‘siq qurilgan bo‘lsa-da,
u ham yillar
o‘tib emirilgan edi. Payg‘ambar davrida Makka ahli Ka’bani yangidan qurishga qaror qildilar.
Bu qurilishda Payg‘ambar ham qatnashdi.
Vahiy nozil bo‘lishining boshlanishi. Muhammad payg‘ambar 40 yoshga etganida ko‘proq
yolg‘izlikni qo‘msaydigan bo‘lib qoldi. SHunday paytlarda Makkadan 3 mil uzoqdagi Hiro
tog‘ida joylashgan g‘orga chiqib ketar, erlik aholi odaticha ramazon oyini u erda ibodat bilan
o‘tkazardi. G‘amlagan
oziqalari tugagach, Xadicha oldiga qaytib, bir oz vaqtdan so‘ng yana
o‘sha g‘orga ketar edi. U erda o‘zini sukunatga berib, chuqur o‘yga tolar, g‘oyibdan quloqlariga
«Sen Allohning elchisisan» degan tovushlar eshitilar edi. Ko‘p tush ko‘rar, tushida ko‘rgan
narsalari o‘ngida to‘g‘ri chiqar edi.
Islom tarixida ilk vahy «Alaq» surasining boshidagi besh oyatdir. Xadicha vahy nozil bo‘lishi
haqidagi xabarni yaxshilikka yo‘yib, Varaqa ibn Navfal nomli samoviy kitoblardan boxabar
bo‘lgan qarindoshidan bo‘lib o‘tgan voqeaning tafsilotini so‘radi. Varaqa ibn Navfal buni
payg‘ambarlikning nishonasi deb ta’bir qildi. Nozil bo‘layotgan vahiylarda Payg‘ambarga o‘z
qavmini
qiyomat haqida ogohlantirish, yagona, barchani yaratgan Parvardigordan qo‘rqishga
chaqirish uchun ko‘rsatmalar bo‘ldi. SHundan so‘ng Muhammad payg‘ambar yashirin da’vatga
o‘tdi. Birinchi bo‘lib Xadicha bint Xuvaylid va amakivachchalari Ali ibn Abi Tolib islomni
qabul qilishdi. Vaqt o‘tishi bilan musulmonlar soni 30 kishiga etdi. Ular o‘z dinlarini yashirin
saqladilar. Bu holat uch yil davom etdi.
Da’vatning o‘ninchi yili haj mavsumida Payg‘ambar Makkaning shimolida «Aqaba» deb
ataladigan bir tepalikda YAsrib (Madina) shahridan kelgan olti kishini uchratib, ularni islomga
da’vat etdilar. Ular islomni qabul qildilar. Ushbu uchrashuv islom tarixida «Birinchi
Aqaba
bay’ati» deb nom oldi. Unda As’ad ibn Zarora, Rafi’ ibn Molik, Avf ibn Horis, Qutba ibn Omir,
Uqba ibn Omir, Jobir ibn Abdullohlar Payg‘ambarga din shartlarini bajarishga «bay’at»
(qasamyod) qildilar. Keyingi ikki haj mavsumida ham Aqaba bay’ati bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi
uchrashuvda madinaliklardan 12 kishi, uchinchisida esa 75 kishi ishtirok etdilar. Bu voqealardan
so‘ng Payg‘ambar Madinaga hijrat qilishga qaror qildi.
Madina davri. Madinalik «
Do'stlaringiz bilan baham: