Mavzu: O‘zbekiston davlatchiligining shakllanishi asoslari Reja



Download 33,06 Kb.
bet1/4
Sana25.08.2021
Hajmi33,06 Kb.
#155511
  1   2   3   4
Bog'liq
MAVZU 4


MAVZU: O‘zbekiston davlatchiligining shakllanishi asoslari

Reja:

1. O’rta Osiyodagi tarixiy viloyatlar haqidagi qadimgi manbalar.

2. Qadimgi Xorazm va Baqtriya davlatlari.

3. M.av VII-VI-asrlardagi O’rta Osiyoning iqtisodiy taraqqiyoti.



1. O’rta Osiyodagi tarixiy viloyatlar xaqidagi qadimgi manbalar.

Avesto. Avesto zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo`lib, shu dindagi xalqlarning axloq, odob, diniy qonun va qoidalar majmuasidir. Dastlab Avesto 21 kitobdan iborat bo`lgan. Bizgacha uning ayrim qismlarigina saqlanib qolgan. Masalan: Yasna, Visparat, Yasht, Videvdat. Yasna kitobi 72 bobdan iborat bo`lib, ulardan 17 tasi - “Gotalar” payg’ambar Zaratushtraning “muqaddas madhiyalari” va diniy nasixatlaridan iborat. Gotalar Avestoning eng qadimgi qismi bo`lib, undagi Zaratushtraning arxaik ibora va terminlari so`zma-so`z Yasna kitobiga kiritilgan. Shuning uchun tadqiqotchilar “Gotalar” qadimgi Eroniy tillarning qaysi lahjasida yozilganligini aniqlash va ularning ma`nolarini chaqish qiyinligidan noliydilar. “Visparat” kitobi 21 bobdan iborat. Unda zardushtiylarning bayram va diniy marosimlarda ijro etiladigan ayrim madhiyalari to`plangan. 21 bobdan iborat “Yasht”kitobida yozuvsiz zamonlarga oid Eroniy qabilalarning diniy tasavvurlari, afsonaviy qahramonlar va ulug’ xudolarga bag’ishlangan madhiyalar to`plangan. Demak, Yasht boblari qadimgi qabilalar og’zaki ijodi asosida paydo bo`lgan. Videvdat ular ichida birmuncha yosh, lekin to`liq saqlangan kitobdir. U 22 bobdan iborat bo`lib, unda “devlarga qarshi kurash” qoidalari haqida gap boradi.

Avestoga asos solingan yurt uning tarixiy geografiyasiga ko`ra, Marg’iyona Baqtriya, Sug’diyona, Xorazm yoki O`rta Osiyoga chegaradosh shimoliy-sharqiy Eron hududlari bo`lishi mumkin. Chunki, Avestoning eng qadimgi geografik nomlari aynan shu viloyatlardan biri ekanligidan dalolat beradi. Avestodagi qadimgi geografik hududiy tushunchalar-etnik qabilalar va viloyatlar nomlari, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar, Avesto jamiyatining ijtimoiy tarkibi O`rta Osiyo xalqlari etnogenezi va ilk davlatchilik tarixi uchun noyob manbadir. Unda o`zbek va tojik, fors va afg’on, ozarbayjon va boshqa xalqlarning ibtidoiy va qadimiy ilohiy tasavvurlari, qoinot va yerdagi dunyoning yaratilishi bilan bog’liq tushunchalar, afsona va rivoyatlar, falsafiy-ahloqiy qarashlar o`z aksini topgan.

Avestoda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. Avesto jamiyati to`rt ijtimoiy bosqichdan iborat: patriarxal oila jamoasi-nmana, patriarxal urug’ jamoasi-vis, qabila jamoasi-zantu va qabilalar ittifoqi-dax’yu. Dax`yu viloyat, mamlakat ma`nosini ham anglatgan. Oila, urug’, qabila boshligini anglatish uchun “pati” (ota) so`zi ishlatilgan. Demak, oila boshligi-nmanapati, urug’ oqsoqoli-vispati, qabila boshlig’i-zantupati, mamlakat sardori-dax`yupati deb yuritilgan. Mamlakatni idora qilgan shaxs “kavi”, ya`ni diniy, dunyoviy xokimiyat egasi bo`lib, uning harbiy sarkardasiga “sastar” so`zi ishlatilgan. Sastar odatda da`yu poytaxtining hokimi bo`lgan, mamlakat harbiy xolatda bo`lgan kezlarda uning zimmasiga harbiy ko`mondonlik vazifasi yuklatilgan. Avestoda yozilishicha, sastar dax`yu okruglaridan birini boshqarishi ham mumkin bo`lgan. Demak, uning vazifasiga mamlakat harbiy kuchlariga qo`mondonlik qilish va poytaxt yoki o`lkani boshqarish kirgan. Sastar va kavi atamalari iqtisodiy hayoti dehqonchilik xo`jaligi asosida qurilgan mamlakatlar boshqaruv tizimida uchraydi. Chorvadorlar jamoasida esa kavi va sastar vazifalarini qabila jabg’usi bajargan. Avesto jamiyati tarkibining eng yuqori bosqichi – dax`yu enogenez nuqtai zararidan yondashilsa – bu nafaqat yirik hududiy birlik, balki ma`lum bir etnik birlikning ma`muriy hududi hamdir. Shunday hududiy etnik birliklardan 16 tasini nomlari Avestoda tilga olinib, ularning har biri o`z navbatida muayyan xalqlar nomi bilan bog’liq etnik birliklardir.

Yozma manba`larda Ahamoniylarga qadar “Qadimgi Baqtriya podsholigi” bo`lganligi haqida ma`lumotlar uchraydi. Xatto, uning tarkibiga Marg’iyona va Sug’diyona viloyatlari ham kirganligi haqida qarashlar mavjud. Bu siyosiy davlat uyushmasiga Baqtriya yetakchilik qilgan. Ammo dax`yu sasti qo`l ostidagi podsholik xali mutloq hokimiyat egasi emas edi, uning huquqlari dax`yupatilar tomonidan cheklangan edi. U faqat dax`yupatilardan tashkil topgan kengashni raisi, dax`yu sasti uyushmasining huquqi “xanchamana” tomonidan cheklangan podshosi. Bu siyosiy uyushmaning tepasida diniy rahbari, oliy sud’yasi bor. U zaratushtroema deb ataladi. U payg’ambar Zaratushtra darajasidagi oliy diniy boshliq. Uning roziligisiz dax`yupatilar va dax`yu sastilar hokimiyat tepasiga kela olmaydilar. Ezgulik xudosi Axuramazda yaratgan mamlakatlarda oqsoqollar kengashi “varzana”, “xanchamana”, umum jamoa majlisi esa “v`yaxa” deb yuritilgan. Avestoda shahar yoki shahar jamoasi degan tushunchalar uchramaydi. Avesto qadimgi jamiyat a`zolarini to`rt toifaga bo`ladi: qohinlar, jangchi askarlar, chorvadorlar va xunarmandlar (Yasna kitobi, 19-bob). Avestoda tilga olingan “baland uylar”, “ustunlar” iboralari Avesto jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy asosida bronza davri dehqonchilik jamoalarining hayotiy manzarasi yotadi.

Yakuniy xulosa. Avesto taxliliga yakun yasab shuni aytish mumkinki, bu ilohiy, tarixiy, adabiy manba` o`zida bir necha davr tarixini qamrab olgan. Uning eng qadimgi qatlami “Gotalar” (muqaddas qo`shiqlar) Zaratushtra yashagan zamonda tarkib topgan. “Gotalar”da bayon etilgan voqealar taxlili, uni bronza davrida yaratilganligidan guvohlik beradi. “Yasht”larda arxaika va ilk antik davri ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi mujassamlashgan bo`lib, uning tarkibiga “Gotalar” davri voqealari omuxtalashtirilgan. Davr jihatidan ulardan yosh hisoblangan Videvdat esa sosoniylar davrida (Shopur 1 davrida) taxrir qilinib kitob xoliga keltiriladi. Bunda an`anaviy diniy, falsafiy va ahloqiy qarashlar davr ruxi bilan omuxtalashgan. Har qalay, Avestoni bir butunlikda taxlil etganda shunisi aniqki, Zaratushtra yashagan zamonga qadar ibtidoiy ajdodlarimiz turli qabilaviy diniy tasavvurlarga amal qilib kelishgan. Endi esa ibtidoiy munosabatlar o`rnini dastlabki sinfiy jamiyat egallayotgan davr boshlandi. Bu davrning shakllanishi uchun kuchli mafkuraviy g’oya zarurligi sezila boshlandi. Chunki, mahalliy qabilaviy dinlar jamiyat taraqqiyotining yangi bosqichga ko`tarilishiga to`sqinlik qiluvchi kuchga aylangan edi. Bu murakkab zamonda o`lkaning turli qabilalarini birlashtirish, bu orqali ularni ilk davlatchilik g’oyasi atrofiga uyushtirish zaruriyati tug’ildi. Ana shunday zaruriyatni to`g’ri tushungan o`z zamonasining ilg’or kishilardan biri sifatida Zaratushtra tarix maydoniga chiqdi. U o`z qavmi, yurti Turonzaminda o`ziga izdoshlar topa olmagan Zaratushtra shimoliy-sharqiy Eron viloyatlaridan biri Baxdida, uning kavisi Vishtasp, butun xonadoni va ayonlari tomonidan yaxshi kutib olinadi va shundan so`ng uning dini rivoj topadi.

O`rta Osiyoning qadimgi aholisi haqida Ahamoniylarning qoyatosh bitiklari. Siyosiy tarix. Miloddan avvalgi II – ming yillikning ikkinchi yarmi Eron va Turon zamin uchun tub ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar va siyosiy voqealarga boy davr bo`ldi. Avesto manba`sining real hayot va diniy rivoyatlar asosida bitilgan ma`lumotlarini taxlilida fors va Eron atamalarini O`rta Sharqda paydo bo`lishini qadimgi xalqlar migratsiyasi bilan bog’lash an`anaga aylandi. Ana shu an`anaga asoslanilsa, forslarning ajdodlari - oriylar dastlab akkadcha “Elamtu”ga (“Tog’li mamlakat”) joylashgan. elamitlar esa o`z yurtlarini “Xotamtu” deb ataganlar. Qadimgi “Xotamtu” (“Elamtu”) hozirgi Eronning janubiy-g’arbiy qismi hisoblanadi bu joyda oriylar makon topgach, “Xotamtu” Persua deb ataladigan bo`ldi. Manba`larda rivoyat qilinishicha, uzoq zamonlarda bu joylar shumerlilar tomonidan “Nim mamlakati”, yani “balanddagi mamlakat” deb yuritilgan ekan. Rivoyatlarga ko`ra, shu yurtga qachonlardir (arxeologik manba`larning taxliliga ko`ra, miloddan avvalgi II-ming yillikning ikkinchi yarmida) shimoldan oriylar bostirib kelib, xukmronlikni qo`lga kiritgan va o`z charva mollarini boqib yurishgan. Avestoda ular “ar’ya”deb yuritilgan, ya`ni ozod, erkin chorvador qabilalar. Sekin-asta ular mahalliy dehqon jamoalari ustidan o`z xukmronliklarini o`rnatib, janubiy-g’arbiy Eron hududlarini xo`jayiniga, egasiga aylanadi. Miloddan avvalgi VIII asrning oxiri va VII asrning boshlarida oriylarning nufuzli sardorlaridan biri Ahamen o`z sulolasiga asos soladi. Miloddan avvalgi VII asrda uning o`g’li CHishpish fors qabilalarining ittifoqini tuzadi. Taxminan miloddan avvalgi 640 yilga oid mixxatlarda Parsumash, ya`ni fors mamlakatmning podshosi sifatida Kir 1 tilga olingan. U bir necha mahalliy podsholiklarni birlashtirib yagona davlat barpo etadi. Miloddan avvalgi 559 yilda Kir I1 hokimiyatga keladi. Bu haqda miloddan avvalgi 550 yilga oid Vavilon xronikasida Kir II ning Parsuani hukmdori ekanligi eslatiladi. Kir II ning podsholik davrida YAqin SHarqda Midiya, Lidiya, Vaviloniya va Misr kabi yirik davlatlar mavjud edi. U avval Midiyani bosib olib, elamni o`ziga qaratdi. So`ng Vaviloniya va Lidiyani qo`shib oldi. endi, Kir II ning hujumlari Baqtriyaga va saklarning yerlariga qaratildi.

Miloddan avvalgi 545-540 yillarda ahamoniylar Baqtriya, Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya va Sug’diyona viloyatlarini bo`y sundiradilar. Miloddan avvalgi 530 yilda Kir II massagetlar yurtiga bostirib kiradi. Kir tomonidan O`rta Osiyoni bosib olish jarayonini uch bosqichga bo`lish mumkin. Birinchi bosqichda u Parfiya va Kaspiy bo`yi saklari ustiga yurish qildi; ikkinchi bosqichda Baqtriya va Amurgiya saklari ustiga yurish; uchunchi bosqichda Orol bo`yi saklari (massagetlar-A.A.) ustiga yurish. Parfiyani qo`shib olinishi va Kaspiy bo`yi saklari ustiga yurish Midiyani tor-mor qilinishidan keyinroq boshlangan edi. Miloddan avvalgi 530 yili Orol bshyi saklari (massagetlar) ustiga uyushtirilgan urush Kir II uchun muvaffaqqiyatsiz yakunlangan. Orol bo`yi saklari miloddan avvalgi 518 yilda Doro 1 tomonidan istilo qilingan. Doro 1 istelolariga yakun yasab ta`kidlash joizki, uning davrida (miloddan avvalgi 522-486 yillarda) ahamoniylar sulolasi Hind vodiysidan O`rta yer dengiziga qadar hududlarda o`z xukmronligini o`rnatadi. Ana shu istilolar natijalari, ahamoniylarga dan (soliq) to`lovchi mamlakat va xalqlar nomi axamoniy podsholarining qoyatoshlarda, Persopol shahridagi shoh saroyi ko`tariluvchi pillapoya devorlarida, Suza shahrida qad ko`targan Doro I haykal yozuvlarida keltirilgan. Ular haqida V.V.Struve, V.V.Bartol’d, M.M.Dakonov, I.M.Dakonov, V.IAbaev, M.A.Dandamaev, E.A.Grantovskiy va boshqalar ko`p yozganlar. Ular tomonidan keltirilgan ma`lumotlarga ko`ra, ahamoniy podsholarining bitiklari qadimgi fors tilida yozilgan turli ijtimoiy, siyosiy va diniy masalalarga doir podsho buyruqlaridan va nutqlaridan iborat.

Behistun yozuvlari. Bu kitoba Doro I davrida Kirmanshoh va Hamadan shahri o`rtasidagi yo`lda baland qoyatoshda qadimgi fors, elam va akkad tillarida bitilgan. Yozuvda shoh Doro 1 habar qiladi: “Men-Doro, ulug’ podsho, shahanshoh, mamlakatlar podshosi, Vishtasp o`g’li, Arshan nevarasi, Ahamoniy. Axuramazda irodasi bilan kuyidagi davlatlarni qo`limga kiritib, ularning podshosi bo`ldim: Fors, Elam, Bobil, Ossuriya, Arabiston, Misr, Lidiya, Moniya, Armaniston, Kappadokiya, Parfiya, Drang’iyona, Ar’ya, Xorazm, Baqtriya, Sug’diyona, Gandxara, Saka, Sattagadiya, Araxoziya, Maka. Hammasi bo`lib 23 davlat”. Shoh Doro 1 davom etib, “Men Bobilda bo`lganimda, kuyidagi davlatlar mendan ajralib chiqib ketganlar: Fors, Elam, Midiya, Ossuriya, Misr, Parfiya, Marg’iyona, Sattagodiya, Saka”. Behistin yozuvida yana kuyidagi habarlarni o`qiymiz: “Marg’iyona nomli davlat mendan ajralib chiqib ketdi. Marg’iyonalik Frada ismli bir odam o`zini viloyatning hokimi deb e`lon qildi. Keyin men, Baqtriya satrapi, bo`ysunuvchi odamim fors Dadarshishni chaqirib, unga gapirdim: “Menga bo`ysunmaganlarni tor-mor qilish kerak”. Dadarshish qo`shinlari bilan otlanib, marg’iyonaliklar bilan jang qildi. Axuramazda menga yordam ko`rsatdi. Axuramazda irodasi bilan mening qo`shinlarim qo`zg’olonchilarni butunlay mag’lubiyatga uchratdi.... Mana men Baqtriyada nimalarni qildim”. Podsho Doro 1 yana o`z yutuqlari haqida so`zlashni davom ettirib, deydiki: “Bundan so`ng men saklarga qarshi ular yurtiga bostirib bordim, ularning o`zlari cho`qqi qalpoq kiyib yuradilar. Men daryoga yetib keldim. Ularning sardori Skunxa ismli odamni tutib, mening huzurimga keltirdilar. Men o`z xohishim bilan saklar yurtiga yangi boshlik tayin qildim. Shundan so`ng mamlakat mening qo`l ostimga o`tdi”.

Naqshi Rustam. Doro I Behistun yozuvlarida Ahamoniylar davlatining g’arbiy viloyatlarini ko`rsatib bergan bo`lsa, Naqshi Rustam yozuvlarida mamlakatlar ro`yxati Midiya va Elamdan so`ng sharqiy viloyatlardan boshlanadi. Doro so`zi: “Men-Doro, ulug’ podsho, shahanshoh, ko`p qabilalar mamlakatlarning podshosi, keng sayhon yerlarning podshosi, Vishtasp o`g’li, Ahamoniy, fors, forsning o`g’li, oriylar urug’idan kelib chiqqan oriy. Fors viloyatidan tashqari kuyidagi mamlakatlarni men bo`ysundirganman, menga xiroj to`lovchi bo`lgan, mening so`zimni ijro etgan, mening qonunimga asoslanib rivojlanayotgan: Midiya, Elam, Ar’ya, Baqtriya, Sug’diyona, Xorazm.... Saka Xaumavarka, Saka Tigraxauda...dengizdan narigi yerdagi saklar”.

Suza yozuvi. Doro 1 ning Suza shahridagi podshoh saroyida o`rnatilgan xaykalidagi yozuvlarda Baqtriya, Sug’diyona va Xorazmdan tashqari “balchiq va tuproq o`lkasi saklari” tilga olinadi. Suzadan topilgan yana bir yozuvda Doro 1 e`lon qiladi: “Suzadagi saroyni men bino qilganimda uning bezaklari uzoq yurtlardan olib kelingan. Uaka yog’ochi –Ganxaradan, oltin – Sard va Baqtriyadan, yaltiroi toshlar va lojuvard- Sug’diyonadan, firuza-Xorazmdan, kumush va bronza – Araxoziyadan, tosh ustunlari-Elamdan yetkazib berilgan”.

Persepol devorlaridagi bo`rtma rasmlar. Persepol (Taxti Jamshid) shahrida Doro va Kserks saroyiga olib boruvchi tosh pilla poya devorlariga Eron ahamoniylariga tobe mamlakatlardan xiroj olib kelgan vakillar suratlari burtma uslubda ishlangan. Xaykaltarosh har bir mamlakatdan kelgan vakillarni savg’a-salomlari bilan shunchalar real tasvirlaganki, ularni qaysi bir xalqqa tegishli ekanini aniqlash qiyin emas. Chunki, suratlarda ularning qiyofasi, qiyim-boshlari, qurollari, xatto ularga xos an`anaviy hayvon suratlari ham o`z aksini topgan. Maslan , Sug’diyonadan kelganlar devoriy suratlarda 8-qatorni tashkil etadi. Ular yetti kishidan iborat bo`lib, shohga kumush idishlar, ipak matolari, noma`lum hayvon terisi (SHer bo`lsa kerak) va ikki qo`yni yetaklab kelayotgani tasvirlangan. O`n birinchi qatorda cho`qqi qalpoq kiygan tigraxauda saklari tasvirlangan. Ular kiyim-boshlarni ko`tarib, dasht otini yetaklab bormoqdalar. O`n beshinchi qatorda baqtriyaliklarning besh vakili asl metalldan ishlangan qimmatbaho idishlarni ko`tarib va ikki urkachli tuyani (baqrianani) yetaklab bormoqda. O`n yettinchi qatorda xorazmliklar, ularning qo`llarida dudama xanjar, jangavor harbiy bolta, bilaguzik va jiyron otni yetaklab bormoqdalar.

Shunday qilib, Persepol suratlari Sug’diyona, Baqtriya, Xorazm xalqlari va sak qabilalarining nafaqat kiyim-boshlari va ularga xos xunarmandchilik haqida, balki bizni qiziqtirgan jabha-O`rta Osiyoning qadimgi xalqlari etnik tarkibi to`g’risida noyob ma`lumotlar beradi. Shuningdek, O`rta Osiyoning tub joyli aholisi to`g’risidagi tasavvurlarimizni boyitadi. Umuman olganda, Ahamoniy bitiklarida qadimda yashagan yurtimiz xalqlarining viloyatlari, xalqlarining nomlari, siyosiy jarayonlar (Frada qo`zg’oloni), saklar yurtiga qarshi yurishlar, iqtisodiy hayot va moddiy madaniyat to`g’risida ilmiy manbaviy ma`lumotlarga ega bo`lamiz.

Qadimgi dunyo tarixida Sharq bilan G’arbni bir-birlari bilan bog’lab turgan karvon yo`llari (ular tarixda “Lojuvar yo`l”, “Shoh yo`li”, “Buyuk ipak yo`li”, “Nefrit yo`li”va boshqalar) mamlakatlar iqtisodiy hayotida katta o`rin tutgan. Ana shu yo`llarning muayyan qismini nazorat qilish (chunki undan katta daromat kelardi) va nazorat hududlarini kengaytirish maqsadida turli bahonalar va sabablar qidirilib, asosiy maqsad yo`lida mamlakatlar aro urushlar bo`lib turgan. Ana shunday jangu-jadallardan biri miloddan avvalgi VI-IV asrlarda qadimgi forslar bilan yunonlar o`rtasida olib borilgan urushlar edi. Qadimgi dunyoning bu ikki buyuk imperiyalari (Ahamoniylar va Yunoniston) o`rtasida boshlangan urushlarda O`rta Osiyoning qadimgi xalqlari ham qatnashganlar. Shu munosabat bilan yunon muarrixlari O`rta Osiyo xalqlari haqida tarix uchun qimmatli ma`lumotlar qoldirganlar. Ayniqsa, qadimgi Yunonistonning yuksak ilmiy va madaniyat markazlaridan bo`lgan Kichik Osiyo shaharlari, ulardan chiqqan olimu-fuzalolar: tarixchilar, geograflar va tarix bilan qiziqqan turli soha yilnomachilari Eron va Turonzaminning qadimgi xalqlari haqida ko`p qiziqarli ma`lumotlar beradilar. Manba`lardan ma`lum bo`lishicha qadimgi yunonlar tarixi Ioniyaning Milet shahrida shakllanib, tarix so`zi ioniya tilida “tadqiqot”, “izlanish” ma`nosini beradi. Milet tarix maktabining miloddan avvalgi VI asrda o`tgan vakillaridan biri Gekatey bo`lib, u o`zining “Yer qurrasining tasviri” asarini Osiyoga bag’ishlangan qismida horasmiylar haqida birinchi bor ma`lumotlar bergan. Shuningdek, Gekatey ma`lumotlariga asoslanib, xorasmiylar va ularning Amudaryo quyi havzalariga ko`chib borgan avlodlari haqidagi ilk xabarlarni Kichik Osiyolik “Tarixning otasi” (Titseron bahosi) deb atalgan Gerodot asari “Tarix”da o`qiymiz. Bu haqda Afiney, Stepan va boshqalar ham yozishgan. Masalan, Afiney yozadi: “Miletlik Gekatey Osiyoni tasvirlab shunday deydi: “... parflarning sharqida tekisliklar va tog’larni ishg’ol qilgan xorasmiylar yashaydi. U tog’larda yovvoyi daraxtlar, tol, yulg’un, tikanlik kinara o`sadi”. Stepan esa “Xorasmiya: parflarning sharqidagi shahar. Gekatey Osiyoni tasvirlab, shunday deydi: “Ularning shahri Xorasmiya”.

Gerodot (miloddan avvalgi 484-425 yillar oraligida yashagan) Kichik Osiyo shaharlari, Vavilon, Finikiya, Kipr oroli, Makedoniya, Markaziy Gretsiya (Afina), Qora dengiz sohillari, Egay dengizi orollari, umuman qadimgi dunyo mamlakatlari va shaharlarining ko`pchilligida bo`lgan. U o`zining 10 yillik sayoxati davomida (mil.avv.455-445) Liviya, Misr, Ossuriya, Bobil, Ekbatonda bo`lib, to`plagan barcha materiallari asosida 9 jildli “Tarix” asarini yozgan. Gerodotning O`rta Osiyo xalqlari tarixi haqidagi ma`lumotlari “Tarix” asarining I, III, VII, IX jildlarida o`z aksini topgan. U o`zining “Tarix” asarida butun e`tiborini Afinaga qaratgan, ko`p voqea va faqtlar Afina siyosati nuqtai nazaridan yoritilgan. Asarda Yevropa va Osiyo, Yunoniston va Eron o`rtasidagi urushlar voqeasi yoritilgan. Asarda tarixiy voqea va hikoyalar ketma-ket, afsona, mif, naql, rivoyat, ertak, masal va ularning asosiy mazmuni orasiga kiritilgan qistirma hikoyalar tarzida beriladi (Kserks va uning ukasi Masist, Tomiris va Kirning haloqati haqidagi hikoya va boshqalar).

Gerodotning “Tarix” asarida bizni qiziqtirgan masala sak (skif), massaget, xorasmiy va Xorazm, issedon va day, farf va margush, sug’d va parikan kabi O`rta Osiyoda qadimda yashagan o`troq va ko`chmanchi xalqlar haqidagi ma`lumotlardir. U Kirning massagetlar ustiga yurishi va halokati sabablarini yoritadi. Skif xalqlari haqidagi ma`lumotlar “Tarix” kitobining 4-jildida beriladi. U Sharq xalqlarini mensimay, “varvar” deb qaramaydi. Uning uchun Sharq insoniyat madaniyati, donishmandlikning o`chogi, uning fikricha geometriya, oftob soati, qonuniyat, qurollar, yozuv madaniyati kabilar Sharqdan kelgan.

O`rta Osiyo xalqlari Yunon-Eron urushlarining ishtiroqchisi sifatida yunon mualliflarini qiziqtirdi va asarlarida ular haqida qimmatli ma`lumotlar beradilar. Masalan, Gerodot “Tarix” kitobida Baqtriya, Baqtra va bohtariylar haqida 13 marta, sug’dlarni 2 marta, xorazmliklarni 3 marta, saklarni 11 marta, massagetlarni 19 marta tilga olib, ularning moddiy madaniyati, urf-odatlari, dini va tarixi haqida hikoya qilgan. Gerodot Baqtriyani ko`p tilga oladi. Kir II ning harbiy yurishlariga “Bobil, Baqtriya xalqi, saklar va misrliklar to`siq bo`lib turganlar” deb yozadi Gerodot. Gerodot ma`lumotlarida berilgan “Baqtriya xalqi” tushunchasi ma`lum bir etnik birlikni anglatadi. Xalq ma`nosini beruvchi “etnos” so`zi Gerodot “Tarix”ida ko`p uchraydi. Gerodotdan avval ajdodlarimiz haqida ilk xabarlar keltirgan boshqa bir yunon tarixchisi miletlik Gekatey bo`lib, u miloddan avvalgi VI-V asrlarda yashab, yurtimiz qadimgi xalqlari va ahamoniy imperiyasi o`lkalari ro`yxati haqida xabar bergan. Uning ma`lumotlaridan Gerodot va Ktesiylar o`z asarlarida foydalanganlar. Xorasmiyalar va ularning Amudaryo kuyi havzalariga ko`chishi haqidagi ma`lumotlarni esa u Skilakning “Sayoxatnonoma”sidan olib, o`zining “Er qurrasining tasviri” asarida bayon etgan. Ktesiy. Gerodotning tarixiy an`analarini davom ettirgan boshqa bir yunon tarixchisi Kichik Osiyodagi Knid shahridan chiqqan Ktesiydir. U miloddan avvalgi V asr oxiri va IV asrning birinchi yarmida ahamoniylar saroyida shoh Artakserksning shaxsiy tabibi sifatida 17 yil xizmat qilgan. Qadimgi yunon afsonalari ta`sirida tarbiyalangan Ktesiy podsho saroyida Sharq xalqlari dostonlari va tarixi bilan juda qiziqqan. Shuning uchun u qadimgi Sharq davlatlari, shaharlari va xalqlari haqida talay ma`lumotlar to`plab, “Hindiston tasviri”, “Persika”, “Osiyo solig’i haqida”, “Yer tasviri”, “Tog’ haqida”, “Daryolar haqida” asarlar yozgan. Ammo, ularning birontasi ham bizgacha to`liq saqlanib qolmagan, keyingi davr muarrixlari bayonida, ayniqsa Diodorda keltirilgan parchalarda saqlangan. Ktesiy ayniqsa Hindiston va Baqtriya tarixiga tegishli ma`lumotlarga katta e`tibor beradi. Chunki Hindiston va unga chegaradosh Qadimgi Baqtriya podsholigi yunon tarixchilarining fikriga ko`ra, dunyoning sharqiy chegaralaridagi oxirgi davlat bo`lgan. Unga chegaradosh qadimgi Baqtriya esa oltin va la`li lojuvard tosh konlariga boy o`lka bo`lib, uning nayzaboz va kamonchi chavandozlari Eronda mashxur edi.

Ktesiy asarida tarixiy voqealar rivoyatlar dengizida omuxtalashgan bo`lsada, ayniqsa Baqtriya, baqtriya xalqi, uning tarixiga qiziquvchilar ko`lamining kengligi bilan qimmatlidir. Ktesiy Ossuriya podshosi Nin va Baqtriya podshosi Oksiard (boshqa manba`larda Zaratushra) urushlari haqida, Kir II ning baqtriyaliklar bilan to`qnashuvi to`g’risida hiqoya qiladi; Baqtriyaning juda ko`p istehkomlari va qal`alari to`g’risida, uning baland va mustahkam mudofaa devorlari bilan o`rab olingan poytaxti Baqtra nomli shahar bo`lgani, unda podsho qasri joylashgani to`g’risida ma`lumotlar keltiradi hamda shu shaharni qamal qilgan Ossuriya podshosi Nin to`g’risida quyidagilarni yozadi: “Nin baqrtiyaliklarga qarshi yurishni boshlagan. U Baqtriyaning qal`alari, aholisining ko`pligi va jasurligi haqida xabardor bo`lib, o`ziga bo`ysundirgan xalqlardan ko`p sonli qo`shinlarni yig’ib olgan. Shu qo`shinlarga sardor bo`lib, Nin Baqtriya yurtiga bostirib kirgan, ammo viloyatdagi xilma-xil tog’ daralari va yo`llar uni qo`shinlarni bir necha qismlarga bo`lishga majbur qilgan”. Matn mazmunidan ma`lumki, Nin qo`shinlari Baqtra shahri devorlarini buzib, qal`a ichiga kira olmagan.

Arrian. Makedoniyalik Iskandarning O`rta Sharq va O`rta Osiyo hududlariga harbiy yurishlari haqida yozgan antik dunyo tarixchilaridan bo`lib, yurtimiz qadimgi xalqlari, ularning urf-odatlari, jangavor mard o`g’lonlar ekanligi hamda yengilmas Iskandar qo`shiniga kutilmaganda paydo bo`lib, ilk bor zarba bergan jasur xalqlar ekanligi haqida noyob ma`lumotlar beradi. Arrian hikoya qiladi: “Iskandar yaqinlashib kelishi haqida eshitib, Bess Oks daryosidan kechib o`tadi va kemalarini yondirib, Nautaka-sug’diylar yeriga yshl oladi» Spitamen va Oksiard bilan birga sug’d chavandozlari hamda Tanais daylari unga ergashadilar. Baqtriya chavandozlari Besning qochishidan xabar topib, har tomonlarga qarab o`z uylariga yo`l oladilar. Iskandar Drapsakka yetib keladi, qo`shinlarga dam berib, ularni Baqtriyadagi eng yirik shaharlar-Aorn va Baqtra tomonga yurgizadi. Bu shaharlarni xujum qilib zabt etadi .... Himoyasiz taslim bo`lgan baqtriylarga hokim qilib fors Artaboz tayinlanadi”.

Arrianni yozishicha, Iskandar alamidan o`tkazgan yovuzliklarini yakunlab, Spitamenga yetaolmay Zariaspda (Balx qal`asiga) qishni o`tkazadi. Shu paytda Iskandar xuzuriga Xorazmdan kolxlar va Amazonka qabilalariga qo`shni bo`lib yashaganligi haqida hikoya qilib podsho Farasman keladi va unga Xorazmdan shimolda yashovchi qabilalarni istilo qilish niyatida bo`lsa, har qanday yordamga tayyor ekanligini bildiradi. Iskandar Farasmanga minnatdorchilik bildirib, u bilan do`stlik ittifoqi shartnomasiga imzo chekadi hamda Pont dengizi tomon yurishga hozir vaqti yo`qligini bildirib, Farasmanni Baqtriya satrapi fors Artaboz huzuriga yubarib, vataniga jo`natadi. O`zi esa Sug’diyona shaharlarida qoldirgan ishonchli odamlariga-hokimlariga qarshi chiqqanlarga jazo berish va Sug’dda tartib o`rnatishni rejalashtiradi. Nihoyat, Iskandar maxsus qo`shin bilan bir necha yaqinlarini Baqtriyada qoldirib, “ularga shu davlatni nazorat qilib turish bilan birga varvarlarning g’alayonlar ko`tarishiga yo`l qo`ymaslik va boshlangan qo`zg’olonlarni bostirish haqida buyruq berib” o`zi Maroqandaga otlanadi. “Iskandar shu ishlar bilan band bo`lgan paytda, Spitamen skif-massaget yerlarida 600 ta otlik sipohiylarga bosh bo`lib, Baqtriyadagi bir qal`aga yetib keladi. Qal`a qo`riqchilarining boshligi Frurax va uning askarlari ham dushmon tomonidan xujum havfini kutmaganlar, askarlar qiriladi. Frurax asirlikka olinadi. Shu qal`ani qo`lga kiritishganlaridan ko`ngli ko`tarilib, ular bir necha kundan so`ng Zariaspga yetib keladilar, ammo shaharga xujum qilmadilar va katta o`ljani qo`lga olib ortga qaytishga qaror qiladilar”. “Krater bu haqda xabar olib, massagetlarga qarshi shiddatli yurish boshladi. Ular bundan xabardor bo`lib, cho`lga chekinadilar. Krater Spitamenning izidan quvib, unga saxro chegaralarida yetib oladi; uning (Spitamenning) boshchilligida yana mingta otlik massagetlar bor edi.

Makedonlar va skiflar o`rtasidagi kuchli jangda makedonlar g’alaba qozanadilar. Skiflarning 150 ta chavandozlari halok bo`ladi. Boshqalari osonlik bilan cho`lga bekinadilar; ularning ketidan quvish makedonlar uchun og’ir bo`ladi”. Jangda katta talofat ko`rgan Spitamen ayg’oqchilari orqali bildiki, makedonlar ularni har tomondan qurshab, siquvga olgan. Kutilishni yagona yo`li makedonlarning Ken boshchilligidagi qo`shinlariga qarshi shiddatli xujum bilan g’alaba qozonib, qurshovdan chiqish. Shu maqsadda Spitamen Gava sug’diylari bilan skif-massagetlar yurti chegaralariga yig’ilib, otryadidagi 3000 ko`chmanchi chavandozlarni Suo`diyona tomonga yurishga ko`ndiradi. “Bu skiflar, - Arrianni yozishicha, - juda ham qashshoq ahvolda yashaganlar; boylik mulklaridan ajrab qolishdan qo`rqmas edilar, shuning uchun ularni har qanday urushlarga rozi qilish oson edi. Ken Spitamen unga yaqinlashib kelishini sezib, unga qarshi chiqadi”. “Shiddatli jang boshlanib, u makedonlar uchun g’alaba bilan yakunlandi; bu jangda dushmonning 800 ta otliq chavandozlari, Ken qo`shinidan esa 25 ta chavandoz va 12 ta piyoda askar halok bo`ladi. Ko`pchillik baqtriyaliklar Spitamenni tashlab, uni yolgiz qoldiradilar va Ken oldiga yetib kelib, asirga tushadilar”. “Mag’lubiyatga uchragan ko`chmanchi chavandozlar o`zlari bilan jangda qatnashgan quroldoshlari-bohtariylar va sug’diylarni ot-aravalaridagi yuklarini talab, Spitamen bilan dasht ichida g’oyib bo`ladilar. Ko`chmanchi massaget chavandozlari Iskandarni o`zi ular izidan quvib kelayotganligini bilgach, o`z sardorlari-Spitamenni boshini kesib Iskandarga yubaradilar”

Kvint Kurtsiy Ruf qadimgi Yunonistonning antik davri tarixchilari maktabining vakillaridan biri bo`lib, u o`zining “Makedoniyalik Iskandar tarixi” asarida qadimgi Baqtriyaning rang-barang tabiati va Iskandar harbiy yurishlari haqida yaxshi ma`lumotlar qoldirgan. Masalan u Baqtriya mamlakatining tabiati haqida shunday yozadi: “Baqtriyaning tabiati boy va turli-tumandir. Ba`zi joylarda ko`pdan-ko`p daraxtzorlar va tok novdasi serob shirin meva hosil qiladi; unumdor yerlarni ko`p sonli buloq-daryolar sug’oradilar; hosildor tuprog’ida bug’doy ekiladi; boshqa yerlar o`tloqlar uchun qoldiriladi”. “Mamlakatning katta bir qismini hosilsiz dashtlar egallaydi; suvsizlik tufayli tashlab qo`yilgan viloyatlarda na odamlar, na mevalar bor. Pontdan (dengizdan – A.A.) esayotgan shamollar tekisliklarga qumlarni uchirib keltiradi; olis masofadan qum uyumlari katta tepaliklarga o`xshab ketadi; shu yerda yo`llarning izlari yo`qolib qoladi”. Kurtsiy Ruf Iskandarning Osiyoga uyushtirgan harbiy yurishlari haqida, ayniqsa uning O`rta Osiyodagi harbiy harakatlari to`g’risida qimmatli ma`lumotlar qoldirgan. Ulardan parchalar keltiramiz:“Iskandar Baqtriya viloyatini boshqarishni tajribali lashkarboshilaridan biri Artabozga topshirib, uning bilan birga qo`riqchi qo`shin va ot-aravalar qoldiradi. O`zi esa harakatdagi qo`shinlarga bosh bo`lib, Sug’diyona sahrosiga yo`l oladi”. “Xullas, kechki payt u Oks daryosiga yetib keladi. Ammo, uning izidan kelayotgan ko`pdan-ko`p askarlar unga yetaolmaydilar va orqada qoladilar. Shuning uchun ham u baland tog’ ustida o`t yondirishga buyruq beradi, orqada qolganlar uchun alanga nuri lagerga yaqinlab qolganliklarini bildiradi”. Makedonlar daryodan sollar orqali barcha qo`shin va ularning yuk-toklarini 6 kunda o`tkazib, so`ng uzoq yo`l bosib, “Iskandar Maroqandaga yetib keladi. Uning mudofaa devorlarining uzunlgi 70 stadiy; shahar qo`rg’oni ikkinchi devor bilan o`rab olingan”. “Tanais ortidagi sikf mamlakatining podshosi makedonlar tomonidan daryo bo`yida asos solingan shaharni vayron qilish va makedonlarni daryo qirg’ogidan uzoq masofaga quvib chiqarish uchun katta bir otlik qo`shinga bosh qilib akasi Karatazisni yubaradi. Tanais daryosi bakriylarni yevropalik skiflardan ajratib turadi”. “Iskandar tayyorgarlik ko`rmasdan birinchi bo`lib jang qilishga erishadi, uning ko`z o`ngida dushmon chavandozlari otda chopadilar, u esa yaradorlikdan butunlay tuzalmagan... Xullas, u do`stlarini maslaxatga chaqiradi”. “U dushmondan emas, noqulay vaziatdan qo`rqqan edi. Baqtriyalilar isyon ko`taradilar, skiflar bezovta qiladilar; uning o`zi zo`rga oyoqda turib, otga minishga ham, yo`lboshchi bo`lishga va askarlarni ruxlantirishga ham imkon topmadi” .

Strabon mashxur «Geografiya» asarining muallifi. U O`rta Osiyo qadimgi xalqlarining urf-odatlari, shaharlari va daryolari haqida ma`lumotlar beradi: “Oldingi zamonlarda baqtriylar va sug’diylarning turmush tarzi va urf-odatlari ko`chmanchilarning turmush tarzidan ko`p farq qilmagan, ammo baqtriylarning an`anaviy madaniyati ancha yuqori bo`lgan; lekin ular haqidagi Onesikritning fikri maqtovga sazovor emas. Uning so`zlariga ko`ra, qarilik va kasallikdan qattiq toliqqan odamlarni ular maxsus boqqanlar va o`zlarining mahalliy tillarida “go`rkovlar” degan itlarga tirik holda tashlaganlar. Baqtriylar poytaxti devorlaridan tashqari joylar toza bo`lgan, lekin mamlakat ichqarisidagi hududning katta bir qismi odamlar suyaklari bilan to`ldirilgan; Iskandar bu urf-odatni yo`q qildi. Shunga o`xshagan hikoyalarni kaspiylar haqida ham aytib beradilar: ular 70 yoshdan oshgan o`z ota-onalarini qamab qo`yadilar va och qoldiradilar”. Strabon yurtimiz qadimgi shaharlari haqida quyidagilarni yozadi: “Aytishlaricha, Iskandar Baqtriya va Sug’diyonada 8 ta shaharga asos solgan va ko`plarini vayron qilgan. Vayron qilganlari jumlasidan Baqtriyadagi Kariata (bu yerda Kallisfen qo`lga tushib qamoqqa olingan), Sug’diyonadagi Maroqanda va Kira-Yaksart daryosidagi Kir tomonidan qurilgan ohirgi shahar; bu fors davlatining chekkasi bo`lgan. Iskandar Kirni izzat-xurmat qilgan bo`lsa ham, bu shahar aholisini ko`pdan-ko`p qo`zg’olonlari sababli uni vayron qilishga buyruq bergan...”. “Sug’diyona ichidan oqayotgan daryoni Aristovulning aytishicha, makedonlar Politimet deb atashgan. ..Oriylar yeridan oqayotgan Ariy daryosiga o`xshab bu daryo ham mamlakat yerlarini sug’orib, dasht va cho`l o`lkalariga intiladi va qumlar ichida yo`qolib ketadi”.

Biroq, xushyor va dono Iskandar sharqiy yurishlarni to`xtatilishini e`lon qilib, yana bir yuksak g’alabani qo`lga kiritadi, ya`ni oddiy askarlar mexrini qozonadi. Miloddan avvalgi 325 yilda makedonlar kemalarda Hind daryosi orqali okeanga yetib boradilar. Harbiylar ikkiga bo`linib, Nearx boshchilligidagi qism kemalarda Fors qo`ltig’iga qarab suzadilar. Iskandar va uning qismi esa sahrolar orqali Eronga yo`l oladilar. Miloddan avvalgi 324 yilda ular (har ikki qism) saxro va suv azobini totishib, Eronning Suza shahrida uchrashadilar.

Shunday qilib, Makedoniya, Kichik Osiyo, Misr, Sirdaryo va Hindistongacha cho`zilgan kengliklarda yirik davlatga asos solinadi. Bu davlatning poytaxti sifatida Bobil shahri e`lon qilinadi. Ammo uning asoschisi buyuk Iskandar o`limidan so`ng bu davlat qismlarga bo`linib, parchalanadi. Jahon tarixida yangi jarayonlar boshlanadi.


Download 33,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish