Toshkent moliya instituti "dinshunoslik" fanidan



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/191
Sana05.03.2022
Hajmi3,88 Mb.
#483527
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   191
Bog'liq
Dinshunoslik oum

Xotam al-anbiyo’
) deb atagan Moniy va 
uning «o‘zga dinlar ta’limotini to‘g‘rilovchi» dini atrof hududlarga etib ulgurgan edi. CHunki 
Laxmiylar davlati Sosoniylar ta’siri ostida bo‘lib, islom dini shakllanishi arafasida Eron 
YAmanni zabt etgan edi.
 
YAngi dinning shakllanishida Arabiston yarim orolida mavjud holatning ta’siri, albatta katta 
bo‘ldi. Ammo bu jarayonlarda birinchi arab davlati vujudga kelishi va uning mafkurasining 
shakllanishi muhim o‘rin tutadi. Ularni to‘laqonli idrok etishda Muhammad payg‘ambar hayoti, 
uning yangi din targ‘ibotchisi va davlat arbobi sifatidagi faoliyati asosiy o‘rinni egallaydi.
 


Muhammad payg‘ambar hayoti. Muhammad ibn Abdulloh ibn Abd al-Muttalib Makka va 
uning atrofi tarixida «Fil voqeasi» nomi bilan mashhur bo‘lgan jangdan 50 kun keyin tavallud 
topdi. Bu sananing milodiy hisob bo‘yicha qaysi kunga to‘g‘ri kelishi keyinchalik hisoblab 
chiqarilgan. Bu hisoblardan misrlik munajjim Mahmud poshoning aniqlashicha, Payg‘ambarning 
tavallud topishlari milodiy sananing 571 yil 21 aprel kuniga to‘g‘ri keladi. Otasi Abdulloh 
Qurayshning Banu Hoshim, onasi Omina bint Vahb – Banu Zuhra urug‘idan edilar.
 
Ota-onadan etim qolgan Muhammad payg‘ambar to sakkiz yoshgacha bobosi Abdulmuttalib 
qo‘lida tarbiyalandi. So‘ngra uni amakisi Abu Tolib o‘z himoyasiga oldi. Payg‘ambar yoshlik 
chog‘larida ikki marta SHomga, bir marta YAmanga karvon bilan safarga chiqdi.
 
Arablar orasida o‘zaro qon da’vosi sababi bilan bo‘lgan urushlarning eng og‘ir kechgani 
«Fijor jangi» hisoblanadi. Islomdan avval ham arablarda 
muharram, rajab, zulqa’da
va 
zulhijja
oylari muqaddas sanalib, ularda urush taqiqlangan edi. Mazkur urush mana shu oylarda 
bo‘lganligi uchun unga
 
«Fijor jangi»
 
(«Gunohkorlar urushi») deb nom berilgan. Bu urushda 
Quraysh tarafida Muhammad payg‘ambar ham ishtirok etdi. To‘rt yil davom etgan bu urush sulh 
bilan nihoyalandi.
 
Muhammad payg‘ambar 25 yoshga to‘lganida Banu Asad urug‘idan bo‘lgan boy ayol 
Xadicha bint Xuvaylidga uylandi. Muhammad payg‘ambarning etti farzandidan (Moriyadan 
tug‘ilgan Ibrohimdan boshqa) oltitasi (Zaynab, Umm Kulsum, Ruqayya, Fotima, Qosim, 
Abdulloh)ning onasi Xadicha bint Xuvaylid edi.
 
Makkadagi Ka’ba binosi ustida tomi bo‘lmaganidan, yomg‘ir suvlari uni emirib yuborgan 
edi. Keyinchalik binoni sel oqimidan saqlash uchun bir to‘siq qurilgan bo‘lsa-da, u ham yillar 
o‘tib emirilgan edi. Payg‘ambar davrida Makka ahli Ka’bani yangidan qurishga qaror qildilar. 
Bu qurilishda Payg‘ambar ham qatnashdi.
 
Vahiy nozil bo‘lishining boshlanishi. Muhammad payg‘ambar 40 yoshga etganida ko‘proq 
yolg‘izlikni qo‘msaydigan bo‘lib qoldi. SHunday paytlarda Makkadan 3 mil uzoqdagi Hiro 
tog‘ida joylashgan g‘orga chiqib ketar, erlik aholi odaticha ramazon oyini u erda ibodat bilan 
o‘tkazardi. G‘amlagan oziqalari tugagach, Xadicha oldiga qaytib, bir oz vaqtdan so‘ng yana 
o‘sha g‘orga ketar edi. U erda o‘zini sukunatga berib, chuqur o‘yga tolar, g‘oyibdan quloqlariga 
«Sen Allohning elchisisan» degan tovushlar eshitilar edi. Ko‘p tush ko‘rar, tushida ko‘rgan 
narsalari o‘ngida to‘g‘ri chiqar edi.
 
Islom tarixida ilk vahy «Alaq» surasining boshidagi besh oyatdir. Xadicha vahy nozil bo‘lishi 
haqidagi xabarni yaxshilikka yo‘yib, Varaqa ibn Navfal nomli samoviy kitoblardan boxabar 
bo‘lgan qarindoshidan bo‘lib o‘tgan voqeaning tafsilotini so‘radi. Varaqa ibn Navfal buni 
payg‘ambarlikning nishonasi deb ta’bir qildi. Nozil bo‘layotgan vahiylarda Payg‘ambarga o‘z 
qavmini qiyomat haqida ogohlantirish, yagona, barchani yaratgan Parvardigordan qo‘rqishga 


chaqirish uchun ko‘rsatmalar bo‘ldi. SHundan so‘ng Muhammad payg‘ambar yashirin da’vatga 
o‘tdi. Birinchi bo‘lib Xadicha bint Xuvaylid va amakivachchalari Ali ibn Abi Tolib islomni 
qabul qilishdi. Vaqt o‘tishi bilan musulmonlar soni 30 kishiga etdi. Ular o‘z dinlarini yashirin 
saqladilar. Bu holat uch yil davom etdi.
 
Da’vatning o‘ninchi yili haj mavsumida Payg‘ambar Makkaning shimolida «Aqaba» deb 
ataladigan bir tepalikda YAsrib (Madina) shahridan kelgan olti kishini uchratib, ularni islomga 
da’vat etdilar. Ular islomni qabul qildilar. Ushbu uchrashuv islom tarixida «Birinchi Aqaba 
bay’ati» deb nom oldi. Unda As’ad ibn Zarora, Rafi’ ibn Molik, Avf ibn Horis, Qutba ibn Omir, 
Uqba ibn Omir, Jobir ibn Abdullohlar Payg‘ambarga din shartlarini bajarishga «bay’at» 
(qasamyod) qildilar. Keyingi ikki haj mavsumida ham Aqaba bay’ati bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi 
uchrashuvda madinaliklardan 12 kishi, uchinchisida esa 75 kishi ishtirok etdilar. Bu voqealardan 
so‘ng Payg‘ambar Madinaga hijrat qilishga qaror qildi.
 
Madina davri. Madinalik «

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish