4.Moturidiylik va ash’ariylik.
5. Islomda imon masalasi.
Tayanch tushunchalar
Aqida, kalom, moturidiylik, ash’ariylik, imon, Alloh, farishta, payg‘ambar, taqdir, qiyomat,
jannat, do‘zax.
Islom dini dunyoda keng tarqalgan monoteistik dinlardan biridir. Afrika qit’asidagi
Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr, Somali mamlakatlarining xalqlari, habashiston, g‘arbiy
Sudanda yashovchilarning bir qismi, Osiyo qit’asidagi Arabiston yarim oroli, Iordaniya, Suriya,
Iroq, Eron, Turkiya, Afg‘oniston, Pokiston, Malayziya, Indoneziya xalqlari, Livan,
hindiston,
xitoy, hamda fillipin aholisining bir qismi, Evropa qismida esa Bolqon yarim orolida
yashaydigan xalqlarning bir qismi islom diniga e’tiqod qiladi.
Aholisining ko‘pchiligi mutloq musulmonlardan iborat bo‘lgan 39 mamlakat, hatto
aholisining yarmini musulmonlar tashkil etadigan ba’zilari ham (Misr, Malayziya 49) o‘zlarini
musulmon mamlakatlari deb ataydilar. Ularning ba’zilarida (Mavritaniya Eron, Pokiston, Kamar
orollari) mamlakatlarining nomiga islom so‘zi qo‘shib aytiladi. Rasmiy statistika buyicha, bir
necha mamlakatlarda aholining deyarli barchasi musulmonlardan iborat. 28
mamlakatda islom
rasman davlat dini sifatida tan olingan.
Shuningdek, Markaziy Osiyo, Kavkazorti va SHimoliy Kavkaz, Volgabuyi, g‘arbiy Sibir
va boshqa hududlarda yashovchi aholi orasida tarqalgan. hozirda islomga e’tiqod qiluvchilar soni
yil sayin ko‘payib bormoqda. Ayniqsa, e’tiqod erkinligi haqidagi yangi qonunning qabul
qilinishi, vaqtli matbuot sahifalarida, radioeshittirishlar va oynai jahon ko‘rsatuvlarida din
mavzuidagi chiqishlarning ko‘payishi, maxsus gazeta va jurnallarning keng tarqalganligi islomga
bo‘lgan e’tiborini oshirib yubordi.
Islom jahondagi, ayniqsa, Osiyo va Afrika qit’asi madaniyatining umumiy qiyofasida
muhim iz qoldirdi. Bunga eng avvalo bu hududlarda arab tili
va arab yozuvining keng
tarqalganligi, islom mafkurasi zamonida ishlab chiqilgan muayyan turmush tarzining
hukmronligi musulmonlar ijtimoiy hayotining turli sohalari shariat tomonidan idora etilganligi
imkon bergan. SHunga qaramay mahalliy madaniy an’analar yo‘qolmay, yangi islom
yo‘nalishida rivojlangan va u ko‘pincha qadimiy musulmon an’analari sifatida qabul qilingan.
Musulmonlar madaniy merosi masalasi milliy ozodlik harakati va rivojlanayotgan
mamlakatlarning mustaqillik uchun kurashi jarayonida asosiy masalaridan biriga aylandi va
ijobiy ahamiyat kasb etdi.
Xo‘sh islom nima? Islom so‘zining lug‘aviy ma’nosini quyidagicha sharhlash mumkin: 1)
ixlos, turli sifatlardan salomat bo‘lish; 2)
sulh va omonlik; 3) itoat va buysinish.
Islomning paydo bo‘lishi tahlil etish tarixiy davrning xususiyatlari, arab qabilalari o‘rtasida
hukmrom bo‘lgan ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarni va ularning diniy g‘oyaviy hayoti bilan
qisqacha tanishib chiqishni taqozo etadi.
Arabiston yarim oroli noqo‘lay iqlim sharoitiga ega bo‘lgan qum sahrolardan va tog‘lardan
iborat bo‘lib, uning aholisi V-VI asarlarida ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanar edi.
YArim orolning cheksiz sahrolarda yashavchi ko‘chmanchi, chorvachilik bilan
shug‘ullanuvchi arab qabilalari - bundan ham ogir sharoitda yashar edilar. Ular taraqqiyot
jihatidan ancha orqada qolgan, hali urug‘chilik, qabilachilik tuzumida edilar. YArim orolning
g‘arbiy qismida qizil dengiz qiryooqlari bo‘ylab cho‘zilgan va qadimdan
hijoz deb nom olgan
joylar bu davrlarda bir muncha iqtisodiy jihatdan rivojlangan bo‘lib, bu rivojlanish qismi suvli
vohalardagi dehqonchilik asosan janubdan shimolga o‘tgan qadimiy karvon yo‘li bilan bog‘liq
edi.
Tarixiy manbalardagi ma’lumotlariga qaraganda, VI asir YAmandan SHimolga Suriya,
Misr va falastinga olib berilgan karvon bo‘lib faqat bu davrlarning o‘zlariga emas, balki janubda
YAman orqali habashiston va hindiston, SHimolda Suriya orqali Misr, Vizantiya va Eronning
ham bir-biri bilan bog‘laydigan o‘z davri uchun yirik va katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan
savdo yo‘li edi. hijozdagi ayrim
aholi yashaydigan manzillar, yo‘l ustida joylashgan Makka,
Madina, Toif shaharlari VI asrda ancha rivojlangan. Bular shuningdek ko‘chmanchi arab
qabilalarining savdo munosabatlariga jalb etuvchi markazlar sifatida ham xizmat qilar edilar.
Makka diniy markaz va savdo markazi sifatida Arab qabilalari orasida e’tiborli edi. Makka
markazida joylashgan Ka’ba islomda eng «muqaddas» hisoblangan va «Ollohning uyi»
(Bayto‘lloh) sajdagoh hisoblangan. Undagi qora tosh (hajarl-asvod) va uch yuz oltmish sanam
arab qabilalari uchun e’tiqod ma’nbaiga aylangan. Ziyoratga kelish oylari muqaddas hisoblanib,
bu vaqtlar ichida qabilalar o‘rtasidagi urush va janjallar to‘xtatilar edi.
V-VI asirlarda Makkada quraysh nomli arab qabilasi hukmron bo‘lib, qurayshlarning
yuqori tabaqalari savdo-sotiq bilan ancha boyib ketgan, bu erda pul muammolari, sudxurlik keng
rivojlangan, shuningdek qul savdosi va qo‘rollarning mehnatidan foydalanish ancha kengaygan
edi. Bu davrlarda YAmanni qo‘lga kiritish uchun Vizantiya va Eron o‘rtasida kurash avj olgan
edi.
YAman sosoniylar hukmronligi ostida o‘tgan davrlarda (572-628) Eron ko‘rfazi orqali
hindistonga boriladigan yo‘li tez rivojlana boshladi va shu munosabat bilan hijoz orqali o‘tgan
yo‘l inkirozga uchraydi. Bu hol faqat hijoz shaharlarigina emas, balki
barcha arab qabilalari
hayotiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi va umuman Arabiston buyicha ijtimoiy-iqtisodiy
tanazulning boshlanishiga sabab bo‘ladi. Undan qutilish uchun yangicha g‘oyalar kerak bo‘lib
qoladi.
Lekin bu g‘oyani amalga oshirish uchun Arabiston shaharlari va qabilalari o‘rtasida
mavjud bo‘lgan tarqoqlik va kelishmovchiliklarga xotima berib barcha arab qabilalarini bir
davlatga birlashtirish, ularning tarqoq holda bo‘lgan iqtisodiy va harbiy imkoniyatlarini yagona
kuchga aylantirish zarur edi.
Ijtimoiy hayot taqozosi natijasida vujudga kelgan arab qabilalari o‘rtasidagi
markazlashishga intilish harakatlari arablar jamiyatida IV asr oxiri va VII asr boshlarida yuz
bergan jiddiy tarixiy voqealar asosida yoritadi . Bu intilishni o‘zida aks ettirilgan mafkura
sifatida islom dini vujudga keldi va markazlashtirilgan arab davlatining paydo bo‘lishi, qo‘shni
mamlakatlarining bosib olinishi va arab xalifaligining kengayishi jarayonida bu din kuchli
g‘oyaviy qurol sifatida xizmat qiladi.
Muhammad – islom payg‘ambari. Islom dinida payg‘ambar
hisoblangan Muhammad
melodiy 570 yilda Makkada quraysh qabilasining xoshimiylar avlodidan bo‘lgan. Abdulloh va
Omina xonadonida tug‘iladi. Muhammad yoshligida etim qolgan, avval bobosi Abu Mutalib,
so‘ng amakisi Abu Tolib qo‘lida tarbiyalanadi. Balog‘atga etgach, savdogarlar qo‘lida xizmat
qilib 24 yoshda beva boy ayol - Xadichaga uylangan va uning mablag‘lari bilan mustaqil
savdogorlik
qila boshlab, juda ko‘p davlatlarga borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: