3)
zakot;
4)
ro‘za;
5)
haj;
Imon
masalasida islomda (
ahl as-sunna, shi‘alar, xavorijlar
ichida) avvalgi davrda turli
maktablar vujudga kelib, ular shu kungacha rivojlanib kelmoqda. Ba’zi ta’limotlar (masalan,
mu’tazila, murji’a
) yo‘qolib, yangi teologik maktablar paydo bo‘lgan. SHuningdek, ko‘p
hollarda alohida olingan mashhur mutafakkir-ulamoning shaxsiy yo‘li (
mazhabi
) o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Ahl as-sunna va-l-jamoa
ichida klassik davrda ikki asosiy maktab –
moturidiylar
va
ash’ariylar
kuchli mavqega ega bo‘ldilar. Masalan,
moturidiylar
nazdida aqida
masalalarida quyidagicha fikr mavjud:
«Imon» so‘zining lug‘aviy ma’nosi
ishonmoq, tasdiqlamoq
bo‘lib, istilohda esa «
La ilaha
illallohu Muhammadur rasululloh
» («Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad –
Allohning
payg‘ambari»)
kalimasini
til bilan aytib (
al-iqror bi-l-lison
), dil bilan tasdiqlash (
at-tasdiq bi-l-
qalb
) demakdir. Mazkur ta’limot boshqalaridan
imon
masalasida
amal
ni
imon
dan alohida
hisoblashi bilan farqlanadi. Imonning etti sharti bor. Ular:
–
Allohning borligi
va birligiga imon keltirish, ya’ni Allohning Qur’oni karimda va
Muhammad payg‘ambar hadislarida bayon qilingan barcha
ism
lari va
sifat
lariga imon keltirish.
Ibodat qilish va sig‘inishga undan o‘zga loyiq zot yo‘q deb bilish, uning barcha buyruqlarini
qabul qilish va barcha qaytargan narsalaridan qaytish. Qur’onning «al-Ixlos» surasida
Alloh
taoloning yagonaligi shunday ta’riflanadi: «Aytgin (Ey, Muhammad payg‘ambar): Alloh
yagonadir, beniyozdir (hech kim va hech narsaga muhtoj emas, balki barcha unga muhtojdir),
tug‘magan, tug‘ilmagan va uning tengi yo‘qdir» (Qur’on, 112:1-4);
–
farishtalarning borligiga imon keltirish. Farishtalar (
malo’ika
) Allohning nurdan
yaratgan, uning buyruqlarini so‘zsiz bajaruvchi, uning amridan tashqari chiqmaydigan xos
bandalaridir. Ulardan Jabroil, Mikoil kabi buyuk farishtalarning nomlari Qur’onda zikr etilgan.
Jabroil farishtaning vazifalaridan biri payg‘ambarlarga Allohning
vahy
larini etkazish bo‘lgan.
Farishtalardan ba’zilari odamlar bilan doim birga bo‘lib, ularning yaxshi va yomon ishlarini
yozib boradilar. Qur’onda ular «
Kirom kotibun
» (
mukarram kotiblar
) deb zikr etilgan (Qur’on,
82: 10-12). Bundan tashqari, tafsir kitoblarida Isrofil, Azro’il nomli farishtalarning ismlari qayd
etilgan. Qur’on va hadislarda farishtalar haqida juda ko‘p erda so‘z yuritilgan. Ularga ishonish
imonning shartlaridandir;
–
ilohiy kitoblarga imon keltirish. Alloh Muhammad payg‘ambarga Qur’onni nozil
qilganidek, boshqa payg‘ambarlarga ham kitoblar tushirgan. Ulardan bizga ma’lum bo‘lganlari:
Ibrohim payg‘ambarga «Sahifalar», Muso payg‘ambarga «Tavrot», Dovud payg‘ambarga
«Zabur» va Iso payg‘ambarga berilgan «Injil» kitoblaridir. Ulardan boshqa payg‘ambarlarga
yuborilgan kitoblar haqida Qur’on va hadislarda xabar berilmagan.
YUqorida nomlari zikr
etilgan kitoblarning barchasi Qur’onda Alloh tomonidan nozil qilingan deb ta’kidlanganligi
sababli ularga shunday deb ishonish imonning shartlaridan hisoblanadi. Islom ta’limotiga ko‘ra,
oldingi ilohiy kitoblar buzilib ketganligi sababli Qur’on ularning ta’limotini tiklab kelgan;
–
payg‘ambarlarning haqligiga imon keltirish. Alloh insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish
uchun payg‘ambarlar yuborgan. Barcha payg‘ambarlar bir zanjirning bo‘g‘inlari kabidirlar.
Qur’onda 25 payg‘ambarning nomlari zikr etilgan. Hadislarda payg‘ambarlarning umumiy soni
124 ming ekanligi bayon qilingan. Musulmonlar uchun ulardan Qur’onda nomi zikr qilingan va
zikr qilinmaganlarning barchasiga barobar imon keltirish shart;
–
oxirat kuniga ishonish. Dunyoning ibtidosi bo‘lgani kabi uning intihosi ham bor. Islom
ta’limotiga ko‘ra, bu dunyo bir sinov maydonidir. Bu dunyoda qilingan savob ishlar uchun
mukofot, gunoh ishlar uchun jazo beriladigan oxirat hayoti mavjud. Qiyomat kuniga va oxirat
hayotiga ishonish islomning asosiy g‘oyalaridandir;
–
taqdirga – inson boshiga tushgan yaxshiligu yomonlik Allohdan ekaniga e’tiqod qilish.
YUqorida aytib o‘tilganidek, islomning ma’nosi «
taslim bo‘lmoq
» dir.
SHunga binoan, inson
hayotda ro‘baro‘ bo‘ladigan barcha yaxshi-yomon ishlarni o‘zi uchun Alloh tomonidan
belgilangan sinov va imtihon deb bilishi lozim. YAxshiliklarga shukur qilmog‘i, qiyinchilik va
mashaqqatlarga sabr qilmog‘i imonning shartlaridan hisoblanadi;
–
o‘limdan keyin qayta tirilishga ishonish. Islom ta’limotiga ko‘ra, qiyomat kuni bo‘lganda
barcha insonlar qabrdan turadilar va mahshargoh maydoniga yig‘iladilar. U erda barcha odamlar
dunyodagi amallariga qarab mukofot (jannat) yoki jazo (do‘zax)ga mahkum etiladilar.
Namoz
islomda imondan keyin musulmonlar ustiga farz qilingan ikkinchi amal hisoblanadi.
Qur’oni karimda namozga qat’iy buyruqlar kelgan bo‘lib, uning ba’zi shartlari bayon etilgan.
Namozning vaqti, miqdori hamda ado etish tartiblari hadislar bilan joriy etilgan. Bu masalada
turli mazhablarda ba’zi farqlar bor. Har kuni besh vaqt namoz: bomdod – (tong
otishidan kun
chiqquniga qadar), peshin – (quyosh tikkadan oqqanidan to biron narsaning soyasi o‘z bo‘yiga
ikki barobar kelguniga qadar), asr – (peshin vaqti chiqishi bilan to quyosh to‘liq botgunga
qadar), shom – (quyosh to‘liq botganidan ufqdagi qizillik yo‘qolguniga qadar), xufton – (shom
vaqti chiqqanidan tong otguniga qadar) ado etiladi.
Zakot
«poklash» ma’nosini bildiradi, ya’ni ehtiyojdan tashqari bo‘lgan boylikning qirqdan bir
qismini (2,5 %) sadaqa qilish. Zakot moli zakot miqdoriga etgan badavlat kishilar uchun farz
etilgan. Zakot etim-esir, beva-bechoralar, musofirlar, qarzdorlar, Alloh yo‘lida
yurganlar, zakot
yig‘uvchilarga beriladi. Zakot hijriy hisob bilan bir yil davomida ishlatilmay turgan yoki shaxsiy
ehtiyojdan tashqari xususiy mulk sifatida foydalanilayotgan mablag‘dan beriladi. Zakot
islomdagi ijtimoiy himoyalashning o‘ziga xos ko‘rinishidir. Bu jamiyat taraqqiyoti, tinch va
osudaligi yo‘lida katta ahamiyat kasb etadi.
Ro‘za
yilda bir oy – hijriy qamariy kalendarning
ramazon
oyi
davomida kunduz kunlari
eyish-ichish va jinsiy aloqada bo‘lishdan tiyilish. Ro‘za
hijrat
ning ikkinchi yili farz bo‘lgan. Bu
ibodat kasal yo safarda bo‘lgan kishilardan boshqa kunlarda tutib berish sharti bilan soqit
qilinadi. Sababsiz ro‘zani buzgan kishi uning
kafforati
sifatida ikki oy paydar-pay ro‘za tutishi
lozim bo‘ladi. SHuningdek, ro‘za ramazondan tashqari oylarda ham tutilishi mumkin. Masalan,
nafl
ro‘za yoki qasamni buzishdagi
kafforat
ro‘zasi tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: