boshqarish, ya’ni menejment deb yuritiladi. Hozirgi paytda menejment o’ta murakkab va
mas’ul ish bo’lganidan, uni bajarish maxsus bilim va mahorat, tajribani talab qiluvchi kasbga
aylandi. Shu kasb egalari menejer deyiladi. Fan-texnika revolyutsiyasi boshqarishda
revolyutsiya yasadi. «Hokimiyat» mulk egalaridan menejerlar qo’liga o’tdi. Boshqaruvchilik —
menejment fanining asoschisi deb haqli ravishda amerikalik injener va tadqiqotchi
F. Teylor hisoblanadi. U boshqarishni, nima qilishni aniq bilish, eng arzon, eng a’lo darajada
bajarishni bilish san’ati deb atagan. Korxonaning muvaffaqiyati yangi texnika-texnologiya va ish
kuchi sifatidan tashqari uning yaxshi boshqarilishiga ham bog’liq ekanligini ko’rsatib, taniqli
iqtisodchilardan A. Marshall uni ishlab chiqarishning alohida omili deb ko’rsatgan.
Boshqarishning hozirda ham ahamiyatini yo’qotmagan printsiplarini Teylorning zamondoshi
frantsuz Fayol ishlab chiqqan. Ishlab chiqarishni tashkil etishni Ford sistemasi ham hali-hanuz
qadr-qimmatini yo’qotgani yo’q.
Iqtisodiy aloqalar murakkablashgan sari boshqarish xizmatiga talab oshadi. O’z ishining
ustasi farang menejerlar toifasi paydo bo’ladi. Ular g’oyat murakkab, o’ta mas’uliyatli ish
boshqarish bilan shug’ullanishadi. Menejerlar g’oyani topib tayyor mahsulot ishlab chiqarib, uni
iste’molga topshirib, qayta pul shakliga keltirguncha bo’lgan faoliyat davomida bayon qilingan 5
bosqichdan iborat maqsadni amalga oshiradi.
Firma faoliyatining muvaffaqiyati uni bozor talabiga moslashtirishga bog’liq. Ana shu
moslashtirish marketing deb ataladi.
«Marketing» so’zi inglizcha Market — bozor degan so’zdan olingan bo’lib, tovarlarni
sotish sferasidagi faoliyatini anglatadi. Lekin marketing hozirgi paytda iqtisodiy faoliyat tizimi
sifatida faqat oldi-sotdini ifodalamaydi.
Marketing bir tomondan, bozorni har tomonlama o’rganish (talab, ehtiyojlar), ishlab
chiqarishni ana shu talabga va uni o’zgarishiga moslashtirish, mo’ljallash, mahsulotni aniq
iste’mol uchun ishlab chiqarish, ikkinchi tomondan bozorda mavjud talabga faol ta’sir ko’rsatib
talabni shakllantirishdir. Yuksak saviyadagi marketing xizmatida korxonalar gullab-yashnaydi.
3-§. Tadbirkorlikda tavakkalchilik xatari va
uni kamaytirish, sug’urta
Ma’lumki hammaning ham tadbirkorlik bilan shug’ullanish qo’lidan kelavermaydi.
Tadbirkorning eng muhim fazilatlaridan biri tavakkal qilishni, riskni yoqtirishidir. Avvalgi
bobda ko’rib o’tdik, noaniqlik bozor iqtisodiyotining doimiy yo’ldoshi. Shunday ekan xar bir
tadbirkorning faoliyati tavakkalchilik xatari bilan bog’liq. Tavakkalchilik xatari deb, faoliyat
natijasi qanday bo’lishi ehtimolini bilgan holda, baribir oqibati qanday tugashini aniq
aytib bo’lmaydigan vaziyat ya’ni noaniqlik tushuniladi.
Noaniqlik sharoitida har bir kishi o’zini turlicha tutadi. Birov tavakkal qilish, riskni
yoqtiradi, birov esa aksincha. Lotereya o’yinlarida qatnashish tavakkalchilik faoliyatiga, riskka
tipik misol bo’la oladi. Bunda yutish yoki yutqazish mumkin. Uni ehtimollik nazariyasiga ko’ra
tadqiq etishimiz mumkin. Ma’lumki, tasodifiy kattalikni kutilayotgan salmog’ini yoki hodisani
ro’y berish ehtimoli quyidagi matematik formula yordamida aniqlanadi.
E(x) =
π
1
x
1
+
π
2
x
2
+ … +
π
n
x
n;
Bu erda:
π
1,
π
2
, …
π
n
- har bir hodisani yuz berish ehtimoli;
x
1
, x
2,
… x
n
- har bir hodisaning salmog’i.
Bu erda shuni hisobga olish muhimki, ehtimollik turlicha tabiatga ega bo’lishi, ya’ni
ob’ektiv, yoki sub’ektiv bo’lishi mumkin. Ehtimollikni ob’ektiv tabiatini tan oluvchi olimlar
hodisalarni yuz berishi ehtimolini matematik asosda, potentsial tarzda aniqlasa bo’ladi deb
ko’rsatishadi. Frantsuz astronomi, matematik va fizigi Per Laplas tadqiq etilayotgan hodisani yuz
berishini ya’ni ijobiy natijani mumkin bo’lgan barcha imkoniyatlar natijasiga nisbati asosida
aniqlab beradi.
Sub’ektiv yondashuv tarafdorlari esa(masalan, amerikalik iqtisodchi va statist Leonard
Sevij) ehtimollik bu kishilarni u yoki bu hodisani yuz berishiga ishonchlari darajasini ko’rsatadi
deb hisoblashadi.
Ehtimollik nazariyasining qay biri: ob’ektiv yoki sub’ektivmi qarashlar bo’lishidan qat’iy
nazar, biz uchun matematik kutish bilan kutilayotgan naflilikni ajratish muhim ahamiyatga ega.
Kutilayotgan naflilik nazariyasini matematik jihatdan asoslab berishni shveytsariyalik
matematik Gabriel Kramer va Daniil Bernullilar boshlashgan.
D. Bernulli
1
o’zining mashhur Sankt-Peterburg paradoksi yordamida masalaning echimini
bayon qilgan. Paradoks quyidagicha ifodalanadi: individlar uncha ko’p bo’lmagan miqdorda pul
to’lab, yutuqni kutish matematik jihatdan cheksiz bo’lgan turli xil yutuqli o’yinlarda
qatnashishlari mumkin. O’yin aytaylik, tangani tashlash bo’lib, «gerb» tomoni tushsa yutuq
bo’lsin. O’yin belgilangan miqdorda «gerb» tomoni tushguncha davom etsin. Yutuq tangani
tashlash soni va «gerb» tomoni tushishi bilan bog’liq. Birinchi marta tashlaganda «gerb» tushsa,
X sub’ekt U sub’ektga, oddiygina qilib aytganda, Odiljon Olimjonga 1 doll, ikkinchi marta ham
«gerb» tushsa 2 doll, uchinchi martasida ham «gerb» tushsa 4 doll., ya’ni har bir keyingi safar
ham tangani «gerb» tomonini tushishi, n-chi martasida 2
n-1
dollar to’lasin.
Yutish ehtimoli (
π ) ehtimollik nazariyasiga ko’ra har safar tanga tashlaganda 0,5 yoki
50% ga teng, ya’ni yo «gerb» tushadi, yoki tushmaydi.
Tangani birinchi marta tashlaganda yutish ehtimoli matematik jihatdan kutish
π x1 doll
yoki 0,5x1=0,5 dollarga teng. Ikkinchi tashlaganda esa (0,5x0,5)x2 doll = 0,5 dollarga teng.
Umumiy kutilayotgan natija har bir bosqichda 0,5+0,5+0,5+0,5+ … ni summasi tarzida
ifodalanadi. Bu cheksiz qatorning yig’indisi cheksiz katta miqdorni tashkil qiladi.
Paradoks shunda ifodalanadiki, kutilayotgan pul yutug’i bunday o’yinda cheksiz
bo’lishiga qaramay, ko’pchilik unda ishtirok etmaslikni afzal ko’radi.
2
Nima sababdan? Uning
1
D. Bernulli (1700-1782) shveytsariyalik matematik va tabiatshunos. 1723-1725 yillarda Sankt-
Peterburg fanlar Akademiyasining fiziologiya va matematika kafedrasida ishlagan.
2
Bernulli D. Opit novoy teorii izmereniya jrebiy. V knige «Teoriya potrebitelskogo povedveniya
i sprosa.». Sankt-Peterburg, 1993, str 23.
sababini Bernulli shunday tushuntiradi. Individlar kutilayotgan pul yutug’ini emas, balki ruhan
qoniqishni maksimallashtirishga intilishadi. Keyinchalik uni yutuqdan kutilayotgan naflilik
deb ataldi.
Bu muammoni odamlarni tavakkalchilik xatariga munosabati nuqtai nazaridan ko’rib
chiqaylik. Bernullining g’oyalari amerikalik iqtisodchi Jon fon Neyman va Oskar
Mengenshternning ishlarida rivojlantirildi. Ularni ko’pincha «kutilayotgan naflilik»
nazariyasining asoschilari deb ham yuritiladi. Ular axborot to’liq bo’lmagan sharoitda
individning ratsional tanlovi maksimal darajada kutilayotgan naflilik bo’ladi deyishadi.
Kutilayotgan naflilikning turlicha varianti bo’lishi mumkin. Uni kuyidagi formula yordamida
hisoblanadi:
n
E (U) = Σ
u
i
π
I
i=1
Bu erda u
i
– natija nafliligi;
i,
π – natija ehtimoli;
i, n- natija miqdori.
So’ngra individ kutilayotgan naflilik variantlarini taqqoslaydi va kutilayotgan naflilikni
maksimallashtirishga harakat qilgani holda birini tanlaydi.
Uni tavakkalchilik xatariga munosabati qanday bo’ladi? Odamlarning tavakkalchilik
xatariga munosabatlari turlicha. Iqtisodiy nazariyada ularni:
a) riskka neytral;
b) risk qilishga ishqivoz;
v) riskni yoqtirmaydigan yoki unga qarshilarga bo’linadi.
Ba’zi hollarda tavakkalchilik bilan faoliyat yuritishdan matematik kutish pul ko’rinishida
bunday xatarga yo’l qo’ymagandagi natija bilan bir xil bo’lishi mumkin. Lekin odamlar o’zlarini
turlicha tutishadi, turlicha tanlashadi. Masalan: 10 ming so’m qarz olgan o’z qarzini qaytarish
o’rniga, «Keling, tanga tashlaymiz, agar yutsangiz qarzingizni 2 barobar qilib qaytaraman, agar
yutqazsangiz qarzdan voz kechasiz», deyishi mumkin. U holda matematik kutish natijasi n x 0,5-
n x 0,5 = 0; yoki 10x0,5 – 10x0,5 = 0; nolga teng. Siz uchun bunday qarasangiz qarzdor bilan
tanga tashlab o’ynash yoki qarzni talab qilish baribir.
Lekin kimdir ko’prok pul topish uchun risk qiladi, kimdir bo’lsa tavakkalchilik xatari
bilan bog’liq hech qanday faoliyatga aralashmaslikni ma’qul ko’radi. Kishilarni nimani
tanlashini tushuntirish uchun tahlilni kutilayotgan naflilik kontseptsiyasi asosida olib boramiz.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, odamlarni asosiy qismi tavakkalchilikni yoqtirishmaydi. Bu
holatni odamlarni psixikasidan tashqari sof iqtisodiy sabab, me’yoriy naflilikni pasayib borishi
qonunini amal qilishi bilan tushuntirish mumkin. Uni quyidagi 1-rasm yordamida ko’rib
chiqamiz.
Aytaylik, 1000 so’m pulingiz bor. Uni 500 so’mini yutuqli o’yin o’ynashga sarflashingiz
mumkin. Yutuq sarflagan pulingizga 2 baravar bo’lsin. U holda yutsangiz 1000 so’m olasiz.
Pulingiz 1500 so’m bo’ladi. Agar yutqazsangiz pulingiz 500 so’m qoladi. U holda matematik
kutish pul ifodasida:
-500x0,5+500x0,5 = 0
Me’yoriy naflilik esa pasayib boradi(7bob, §2 rasm 1). Shuning uchun kutilayotgan
naflilik manfiy qiymatga ega bo’ladi.
Umumiy naflilik egri chizig’i. Risk qilishdan qochish. Rasm-1
Rasm asosida xulosa chiqaradigan bo’lsak, shartli birlikda o’lchangan naflilik bo’yicha
siz uchun yutqazib qo’ygandagi zarar, yutganingizda olgan pulingizdagi naflilikdan ko’p bo’ladi.
Bunda me’yoriy miqdor kategoriyasidagi natija puldagi miqdor o’lchovidan boshqacha bo’ladi.
Siz tavakkalchilikdan voz kechasiz. Ana shuning uchun ham yutuqni qadr-qimmatini
o’lchaganda yuz berish mumkin bo’lgan natijani matematik kutish bilan uning kutilayotgan
nafliligi o’rtasida farq bor. Oddiy til bilan aytganda qo’lingizdagi pulni sarflab, qo’shimcha pul
yutish sizga quvonch bag’ishlaydi, lekin borini yo’qotish, qo’ldagi puldan ayrilish siz uchun
og’ir, sezilarli bo’ladi. Iqtisodiy nazariyada bu fenomen egalik qilish effekti deb ataladi. Egalik
qilish effekti odamlarning o’zlarida borini, ularga tegishli bo’lmagan narsaga nisbatan yuqori
baholashlari, afzal ko’rishlarini ifodalaydi. «Osmondagi turnadan qo’ldagi chittak yaxshi» naqli
aynan ana shu effektni ifodalaydi.
Sankt-Peterburg paradoksiga qaytsak, odamlar yutuqli o’yindan, misolimizda tanga
tashlashdan matematik jihatdan kutilayotgan natijasi cheksiz katta son bo’lishiga qaramay voz
kechishlariga sabab kutilayotgan naflilikni pasayib borishi bo’ladi.
Albatta riskni yoqtiradigan odamlar ham bor. Kimki riskdan qo’rqsa, g’oliblik
nashidasini surmaydi Tadbirkorlik bilan shug’ullanish o’zi ozmi-ko’pmi tavakkalchilik xatari
bilan bog’liq. Bunday kishilar uchun umumiy naflilik egri chizig’i odatdagidek qavariq emas,
balki unga teskari, botiq shaklda bo’lar ekan.
Bunday odamlar uchun o’yindagi yutuqning nafliligi qo’lidagi yutqazgan pulining
nafliligiga qaraganda yuqori baholanadi.
Umumiy naflilik egri chizig’i. Risk
qilishga moyillik.
Bunda ham hodisaning matematik kutilishi
pul ifodasida yuqoridagiga o’xshash -
500x0,5+500x0,5 = 0 bo’ladi.
Lekin endi me’yoriy naflilik o’sib boradi.
Shuning uchun shartli birlikda kutilayotgan
naflilik musbat qimmatga ega bo’ladi.
-1x0,5+5x0,5 = 2
Risk qilishga moyil kishilar yutqazganda
xafa bo’lishganiga qaraganda yutishganda
ko’proq xursand bo’lishadi. Yo’qotganda
qayg’urgandan, topganda ko’proq quvonishadi.
Va, oxir-oqibat riskka neytral tarzda yondashuvchilar uchun umumiy naflilik egri
chizig’i, to’g’ri chiziq shaklida namoyon bo’lar ekan.
Umumiy naflilik egri chizig’i, riskka neytrallik, befarqlik.
Matematik kutilish tabiiy o’zgarmaydi. U -500x0,5+500x0,5 = 0; Lekin riskka befarq
kishilar uchun me’yoriy naflilik ham o’zgarmaydi. Shuning uchun kutilayotgan naflilik ham
shartli birlikda nolga teng bo’ladi. -2x0,5+2x0,5 = 0;
Shunday qilib, riskka befarq kishilar yutishsa qanchalik xursand bo’lishsa,
yutqazishganda shunchalik xafa bo’lishadi.
Kutilayotgan naflilik nazariyasi nuqtai nazaridan hamma ko’rib chiqilgan variantlarda
tanlov ratsional hisoblanadi. Lekin keyinchalik ma’lum bo’ldiki, ko’rib chiqqan holatlarimizga
to’g’ri kelmaydigan holatlar ham mavjud ekan. Ulardan biri «sanoq nuqtasi effekti» bilan
bog’liq. Uni quyidagi misol bilan tushuntirish mumkin: Erkinjon 20000 so’mga jinsi shim
olmoqchi. Uyining yonidagi magazinda 20000 so’mga turibdi. Bozordan esa shu shimni 15
mingga sotib olish mumkin. U 20 ming so’mga magazindan, yoki 15 ming so’mga bozordan
tanlab olish mumkin. Unda tanlov imkoniyati bor. Lekin unga har qalay magazindan olgandan
ko’ra qo’shimcha 2 soat vaqt sarflab, bozordan olishi uchun rag’bat bor, chunki u 5 ming so’m
iqtisod qiladi. U charm kurtka olmoqchi deylik. Bunday kurtkani bozorda 250 ming so’mga
beradi, shu magazinda esa 255 ming so’mga turibdi.
Har ikki variantda ham u 5 ming so’m foyda ko’rishi mumkin. Lekin ikkinchi holda
bozorga borish uchun unda rag’bat ancha past bo’ladi. Nimaga shunday? Hamma gap shundaki,
har ikki holda ham beixtiyor ravishda sanoq nuktasini iqtisod qilingan foizdan, ya’ni iqtisod
qilingan pulni tovarning narxiga nisbatan hisoblashdan boshlaymiz. Birinchisi 5:20 = 0,25 yoki
25%, ikkinchisida 5:255 = 0,019 yoki 1,9%
Odam o’zini tanlovi bilan kutilayotgan naflilik kontseptsiyasini inkor qilishi
mumkin. Bu ob’ektiv va sub’ektiv ehtimollikning nomuntazam bog’lanishi tufayli yuz beradi.
Voqeani yuz berishiga hohishni o’sishi bilan sub’ektiv ehtimollikni o’sishi tendentsiyasi
amal qiladi. Natijada kishilar hohish-istaklarini voqelik, xaqiqat tarzida ko’rsatishga intilishadi.
Tavakkalchilik faoliyatiga mengzasak, odamlar yuz berishi mumkin bo’lgan hodisani
o’ziga jalb qilishiga qarab risk qilishga moyilligi ortib boradi.
Ko’pchilik kishilarni iloji boricha riskdan kochishini ham kutilayotgan naflilik
nazariyasiga istisno tariqasida qarash mumkin. Bunda muqarrarlik effekti amal qiladi. U
odamlarni yuz berishi muqarrar natijani, hodisani noaniqlikka qaraganda juda yuqori
baholashlarida ifodalanadi.
Iqtisodchilar tomonidan o’tkazilgan eksperimentlar shuni ko’rsatadiki, odamlar yutuqni
100%li ehtimolini unga nisbatan pastroq 97,98 foizli yutuq ehtimoliga qaraganda juda yuqori,
ya’ni nomutanosib holda baholashar ekan. Bundan odamlar ehtimollikni nafaqat miqdor, balki
sifat jihatidan ham baholashar ekan. Ularning riskka moyilligi kutilayotgan naflilik nazariyasi
asosida taxmin qilingan darajadan ham past ekan.
M. Fridmen va L. Sevij o’zlarining «Riskka mo’ljallangan muqobil tanlovda naflilik
tahlili» maqolasida odamlarni risk qilishga moyilligini yoki uni yoqtirmasligini ularning
daromadlari darajasi bilan baholashadi va uni grafikda kuyidagicha ifodalashadi.
S
Naflilik
A – bo’lak, kam daromadlilar guruhi ;
V - o’rtacha daromadlilar guruhi;
S - yuqori daromadlilar guruhi
A
V
Daromad
4-rasm.Umumiy naflilik: daromadga ko’ra risk qilishga munosabatni o’zgarishi
.
Ularning fikricha A va S guruhlari risk qilishni yoqtirishmaydi. V guruh esa risk qilishga
moyil. Ular daromad, boylikka hali o’rganib ulgurishmagan. Avval A guruhida edi, lekin ularda
S guruhga o’tish imkoni bor. Ular uncha ko’p emas. O’zlarining riskka moyilligi sababli A yoki
S guruhdagilar qatoriga tezda o’tib ketishadi. Bunda tanlov ratsionalligi riskka nisbatan mavjud
daromad, boylik , farovonlikka bog’liq.
Kutilayotgan naflilik kontseptsiyasiga qarama-qarshi boshqa dalillar ham bor. Lekin bu
kontseptsiya axborot etishmovchiligi, to’liq axborot olib bo’lmaydigan sharoitda ratsional
tanlovni baholashda asosiy kontseptsiya bo’lib qoladi.
Shunday qilib, aksari odamlar riskni yoqtirishmaydi uni iloji boricha kamaytirishga
harakat qilishadi.
Riskni kamaytirishni bir necha yo’llari bor. U sug’urtalash bo’lib, uning bir necha usullari
bor. Sug’urta katta talofotlarni kichik yo’qotishlar bilan almashtirish imkonini beradi. U kuyidagi
yo’llar bilan amalga oshiriladi.
1.Tavakkalchilik xatarini birlashtirish, umumlashtirish. Bu tavakkalchilik xatarini
pasaytirish usuli bo’lib, u qatnashchilar o’rtasida taqsimlanadi. Har bir qatnashchiga to’g’ri
keladigan zarar uncha katta bo’lmaydi. Turli jamoa, o’zaro yordam fondlari shu metodga
asoslanadi. Sug’urta kompaniyalari ham aynan ana shu metoddan foydalanadi.
2.Tavakkalchilik xatarini taqsimlash. Bu sug’urta usuli bo’lib, katta talofat, zarar
ehtimolini qoplash majburiyatini kompaniya o’z zimmasiga ololmagan sharoitda qo’llaniladi.
Masalan, korxona o’z faoliyatini yong’indan sug’urta qildirmoqchi. Korxona katta, bordiyu
yong’in bo’lsa, yo’qotishlar katta bo’lishi mumkin. Uni ustiga bunday korxonalar juda kam:
bitta, yoki ikkita.
Shuning uchun avvalgi tavakkalchilik xatarini birlashtirish metodidan foydalanib
bo’lmaydi. Bunda ular yirik sug’urta assotsiatsiyalariga murojaat qiladilar. Natijada tavakkal
qilib ko’rilishi mumkin bo’lgan zarar assotsiatsiya a’zolari o’rtasida taqsimlanadi.
3.Diversifikatsiya usuli. Bu usul iqtisodiy sub’ektlarni o’z moliyaviy mablag’larini turli
sohalarga qo’yishi orqali bir sohadagi zararlarini ikkinchi sohadagi foydalari bilan qoplashlarini
ko’zda tutadi. Masalan, turli kompaniyalarning aktsiyalarini sotib olish.
Sug’urtalashning umumiy printsipi shuki, siz ma’lum bir miqdorda joriy iste’moldan voz
kechib, kelgusida yuz berishi ehtimoli bo’lgan katta yo’qotishlardan o’zingizni mumkin qadar
himoyalaysiz. Yana shuni ham eslatib o’tish kerakki, ayrim faoliyat turlari xavf-xatarga sug’urta
qilinmaydi. Yadro urushi, ekologik katastrofalardan hech kim sug’urta qilmaydi. Lekin
sug’urtalanmaydigan risklar ham bor. Bu tadbirkorlik faoliyati, uni bir butun holda sug’urtalab
bo’lmaydi.
Tadbirkor asosiy o’z g’oyasini amalga oshirish jarayonida, o’z faoliyatining ayrim
tomonlarini sug’urtalaydi xolos. Masalan, duradgorlik bilan shug’ullansa yong’indan, ishchilarni
esa ishlab chiqarishda yuz berishi mumkin bo’lgan falokatdan sug’urta qildiradi va hokazo.
Lekin ma’lum bir tarmoqda korxona barpo etish g’oyasi, maqsadi va uni amalga oshirish baribir
tavakkalchilik xatari bilan bog’liqligicha qoladi. Shunday qilib, riskka asoslangan tadbirkorlik
bilan hamma ham shugullanavermaydi.
4-§. O’zbekistonda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash
Iqtisodiyotda tadbirkorlikning naqadar muhim o’rin tutishini hayot tasdiqladi. Chunki,
bozorning mo’l-ko’lligi ko’p jihatdan tadbirkorlikka bog’liq. Ayniqsa, xalq iste’mollari tovarlari
ishlab chiqarish, turli-tuman xizmatlar ko’rsatish borasida tadbirkorlikning ahamiyati beqiyos.
Bunda kichik biznes alohida o’rin egallaydi. U o’zining yuqorida ko’rsatib o’tgan qator
afzalliklari tufayli zarur bo’lgan mahsulot bozorni to’ldirishga, kutilganidek xizmat ko’rsatishga
qodir. Shuning uchun ham respublikamizda tadbirkorlikni, ayniqsa kichik va xususiy
tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashga doimiy ahamiyat berilib, diqqat-e’tibor qaratilmoqda. Eng
avvalo, Respublikamizda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun huquqiy baza yaratishga ahamiyat
berilib, tadbirkorlik to’g’risida qonun qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 21 yanvardagi «Iqtisodiy islohotlarni
yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk muhofazasini ta’minlash va tadbirkorlikni
rivojlantirish tadbirlari to’g’risida»gi farmoni bilan xususiy mulkchilik asosidagi
tadbirkorlikning yuzaga kelishi iqtisodiy islohotlarning shu bosqichdagi eng asosiy vazifalaridan
biri sifatida qayd etildi. Tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida har bir viloyat, mintaqada
dasturlar ishlab chiqildi va uni amalga oshira boshlandi. Tadbirkorlikni rivojlantirishning eng
kuchli iqtisodiy omillaridan biri imtiyozli soliq solishdir.
Qishloq xo’jalik, savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko’rsatish
korxonalari qo’shilgan qiymat uchun soliq to’lashdan ozod qilinganlar. Xalq iste’mol buyumlari,
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar ikki yil mobaynida daromad
solig’idan ozod qilinadilar, keyingi ikki yil ichida esa kamaytirilgan stavkalarda soliq to’lashadi.
Bulardan tashqari, xususiy korxonalar ishlab chiqarishni rivojlantirish, ijtimoiy ehtiyojlar uchun
yo’naltirilgan mablag’lardan olinadigan soliqlarda ham imtiyoz berilgan.
Ish boshlagan dastlabki ikki yil ichida xususiy korxonalar mulkka solinadigan soliqdan,
1995 yildan boshlab esa barcha korxonalar 20% lik amortizatsiya ajratmalari to’lashdan ozod
qilinadi. Respublikamizda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashda «Xususiy tadbirkorlikni
tashabbuslantirish va rag’batlantirish to’g’risida»gi qonun katta ahamiyatga ega.
Mamlakatimizda xorijiy investitsiya-larni jalb etish asosida iqtisodiyotni rivojlantirishga ham
katta ahamiyat berilyapti. Qabul qilingan qonunlarda xorijiy investorlar uchun ko’pgina
kafolatlar, jumladan, siyosiy xatardan sug’urtalash kafolati ham ta’minlangan. «Chet el
investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi qonun
O’zbekistonda ish olib borishni istovchi barcha ishbilarmonlar uchun qulay shart-sharoitlar
yaratadi.
Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashda moliyaviy ko’mak alohida o’rin tutadi. Shu
maqsadda tashkil etilgan kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga ko’maklashish jamg’armasi
«BIZNES FOND» eng muhim moliyaviy vosita hisoblanadi. Bu fond mablag’lari byudjetdan
ajratilgan, davlat va munitsipal mol-mulklarni xususiylashtirishdan topilgan daromadlar va
huquqiy, jismoniy shaxslarning ixtiyoriy bergan mablag’laridan va boshqalardan tashkil topgan.
Fond ana shu mablag’lardan kichik tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun
qaratilgan dasturlar, loyihalarni va tadbirlarni moliyalashtiradi, imtiyozli kredit olishga
yordamlashadi.
«BIZNES FOND» i bilan «MADAD» sug’urta agentligi bevosita hamkorlikda ish olib
boradi. Davlat bu sug’urta tashkilotining hammuassisi bo’lib, kichik va o’rta korxonalar
faoliyatini kreditlash bilan bog’liq kattagina xatarning moliyaviy ta’minotini o’z zimmasiga
oladi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan «O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy
Do'stlaringiz bilan baham: |