uning asosiy bosqichlarining farqlanishiga ko’ra tadbirkorlik quyidagi turlarga bo’linadi:
ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy, sug’urta, vositachilik va boshqalar.
Mamlakatda amal qilinayotgan qonunlar asosida ish olib borishi yoki yo’qligiga qarab,
tadbirkorlik legal-rasmiy ochiq hamda yashirin (jinoiy) — xufiya tadbirkorlikka bo’linadi.
Tadbirkorlikni ish ko’lami, ishlab chiqargan mahsuloti hajmi, yoki band bo’lganlar
soniga qarab iqtisodchilar kichik, o’rta, yirik biznesga bo’lishadi.
Respublikamizda qabul qilingan «Tadbirkorlik to’g’risida»gi qonunga ko’ra
tadbirkorlikni quyidagi turlari e’tirof qilinadi:
— yakka tartibdagi mehnat faoliyati asosidagi tadbirkorlik;
— ayrim fuqaro tomonidan yollanma mehnatni jalb etish asosida amalga oshiriladigan
xususiy tadbirkorlik;
— bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligi;
— oilaviy tadbirkorlik;
— yuridik shaxslar va fuqarolar, o’z mulklari va mulkiy huquqlarini birlashtirish asosida
amalga oshiriladigan tadbirkorlik.
Tadbirkorlik faoliyatini boshlashda eng qiyini — aniq maqsadni tanlash, uni amalga
oshirishdir. U quyidagi bosqichlardan tarkib topadi.
Birinchi bosqich, g’oya qidirish va uni baholash bosqichi. U o’z ichiga:
a) yangi g’oyani, o’ylab qo’yilgan fikrni amalga oshirishni tashkil etish;
b) g’oyani bevosita va potentsial qadr-qimmatini aniqlash;
v) tavakkalchilik xatarini hamda olinishi mumkin bo’lgan foydani aniqlash;
g) raqobatdoshlarning mahsuloti yoki bajarayotgan ishlari bilan taqqoslash;
d) korxonaning mulk shaklini belgilash.
Ikkinchi bosqich. Bisnes-reja tuzish:
a) bozorni o’rganish, bozor segmentini qaysi bo’g’inini egallash rejasini, marketing
rejasini tuzish;
b) ishlab chiqarish rejasi;
v) moliya rejasi va moliyaviy ta’minot;
g) bozorga kirib borish strategiyasini ishlab chiqish.
Uchinchi bosqich. Shartnomalar tuzish:
a) biznes-operatsiya ishtirokchilari o’rtasida shartnomalar miqyo-sini aniqlash;
b) potentsial xaridorlar bilan shartnomalar;
v) mehnat shartnomalari;
g) resurs egalari bilan shartnomalar tuzish.
To’rtinchi bosqich. Zarur resurslar ta’minoti:
a) mavjud resurslarni aniqlash;
b) etishmovchi resurslar va ularni potentsial etkazib beruvchilarni aniqlash;
v) zarur resurslarni jalb qilish usulini belgilash.
Beshinchi bosqich. Firmani boshqarish.
a) rahbarlik strukturasi va stili;
b) muvaffaqiyatning asosiy omillari;
v) zaif tomonlar va ularni bartaraf etish yo’llarini aniqlash.
Iqtisodiy faoliyat faqat o’zi hamda oilasi uchungina daromad topish maqsadida emas,
boshqalar uchun olib ham borilar ekan, u qabul qilingan qonunlar bo’yicha aniq belgilangan
shakl, tashkiliy va boshqarish tarkibiga muvofiq bo’lishi zarur.
Firmalarning asosiy maqsadi maksimal darajada foyda olish, lekin bu hammaning
qo’lidan kelavermaydi. Firma o’z maqsadini amalga oshirish uchun uzoq muddatli strategiya
belgilaydi. Bu strategiya 2 turga bo’linadi:
1. Mudofaaga asoslangan strategiya.
2. Hujumkorlikka asoslangan strategiya.
Mudofaaga asoslangan strategiya ikkita yo’nalishda olib boriladi:
Imitatsion strategiya — yangiliklarni qo’llashdan keladigan xatarning kam bo’lishi
uchun raqiblari fan-texnika yutuqlaridan foydalanib, erishgan yutug’iga qarab, o’z faoliyatida
qo’llaydi.
Kutish pozitsiyasiga asoslangan strategiya. Bunda firma bir necha turdagi mahsulot
ishlab chiqarish xizmat ko’rsatishga ixtisoslashadi. Shulardan qaysi birida raqiblari
muvaffaqiyatga erishsa yoki mag’lub bo’lsa, shunga qarab ish yuritadi.
Hujumkor strategiya 4 yo’nalishda olib boriladi:
1.Ratsionalizatsiya strategiyasi. Yangiliklarni joriy qilishga, yangi texnologiyani sinab
ko’rishga harakat qiladi. Bunda ularni ko’pincha venchur1 kompaniyalar moliyaviy qo’llab-
quvvatlaydi.
2.Kvota (mahsulot ulushi)ni tabaqalashtirish strategiyasi. Bunda firma maksimal foyda
olish maqsadida investitsiya qilib, mahsulot sotish bo’yicha bozorda tovar sotishdagi ulushini
ko’paytirishga harakat qiladi. Tovarni narxini tushirib, talabni ko’paytirishni ko’zda tutadi.
3.Innovatsion strategiya. Bunda firma mahsulot va xizmatlarni yangilashni ko’zda
tutadi. U mahsulotni yangilash yoki texnologiyani yangilash bo’lishi mumkin. Mahsulot
yangilanganda xarajatlarni pasaytirish orqali foyda olish ko’payadi.
4.Bozorni boshqalar egallamagan segmentini to’ldirish. Bu yo’nalishda ilmiy
izlanishlar olib borib, uning asosida ishlab chiqarishni tashkil etish. Masalan, dorivor
o’simliklardan (boshqa erda o’smaydigan) turli dorilar tayyorlashni yo’lga qo’yish. Bu
anchagina xatar bilan bog’liq. (Xatar — bu ko’zlagan daromadini ola bilmaslik yoki zarar
ko’rish ehtimoli.)
Bozor iqtisodiyotida individual tadbirkorlik o’ziga xos o’rin tutadi, lekin iqtisodiy
faoliyatga nisbatan obro’li, barqaror, uzoq muddatli vaqtga mo’ljallangan, tashkil etish ko’lami
jihatidan salmoqli shakli — korxonadir. Aynan u xo’jalik faoliyatining eng ko’p tarqalgan tipik
shaklidir. Korxona qaysi mulkka taalluqli bo’lmasin firma, zavod, fabrika nomlari bilan ataladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida mulkchilikning barcha shakllariga mansub korxonalarni
barpo etish, ular faoliyatini tashkil etish va tugatishning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari,
O’zbekiston Respublikasida korxonalar to’g’risidagi qonunida belgilab berilgan.
Korxona xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida mulkchilikning biron shakliga asoslangan
holda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida maydonga chiqadi.
Korxona bozor munosabatlarining sub’ekti sifatida qatnashibgina qolmay, uning ob’ekti hamdir.
Korxona mulkchilikning muayyan ob’ekti bo’lib, uning qo’lida resurslar va yaratilgan mahsulot
mavjud. Korxona iqtisodiy faoliyat jarayonida munosabatlarning sub’ekti sifatida maydonga
chiqadi.
Har qanday iqtisodiyot kabi bozor iqtisodiyoti ham murakkab tizim sifatida ichki tarkibga
ega. Undagi turli bo’g’inlarning har biri ma’lum vazifani bajaradi. Korxona har qanday ishlab
chiqarishning birlamchi, asosiy bo’g’inidir. Bozor iqtisodiyotida asosiy tarkibiy birlik, xo’jalik
yurituvchi bo’g’in korxona (firma) hisoblanadi.
Korxona (firma) ishlab chiqarish resurslarini rejali asosda, ma’lum nisbatda,
kombinatsiyada birikishini ta’minlab, o’z manfaatini mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat
ko’rsatish yo’li bilan amalga oshiruvchi, xo’jalik yurituvchi bo’g’in «zveno»ni ifodalaydi.
Firma ham, korxona ham xo’jalik yurituvchi huquqiy shaxs bo’lgani uchun xo’jalik
faoliyatining ob’ekti bo’ladi. Shu bilan birga iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi xo’jalik
yuritish sub’ekti hamdir. Iqtisodiyotda, odatda firma ko’proq umumlashtiruvchi tushuncha
sifatida ishlatiladi. Firma o’z ichiga bitta yoki bir necha korxona, ishlab chiqarish turini
olishi mumkin. Korxona esa odatda bir turdagi mahsulot ishlab chiqarishga, bir xil narsa
ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.
Barcha korxonalar faoliyatining majmui iqtisodiyotni tashkil etadi. Ishlab chiqarish
omillari korxonada birikib, bu erda mehnat yuz beradi. Jamiyatning talab-ehtiyojini qondirishga
qaratilgan moddiy mahsulotlar yaratiladi va har xil xizmatlar ko’rsatiladi.
Firmalarni tasniflash (klassifikatsiya qilish) uchun iqtisodiy adabiyotda turli mezonlar
olinadi. Ulardan eng asosiysi 2 ta: mulkchilik shakli, firmaning katta-kichikligi.
Mulkchilik bo’yicha qarasak, ular 3 xil:
a) individual yoki xususiy firma;
b) sherikchilik asosida tashkil topgan firma;
v) korporatsiya (aktsionerlik jamiyati).
Korxona o’z mulkiga o’zi egalik qilishi uni erkin bo’lishi ga-rovidir. Korxona xo’jalik
yurituvchi sub’ekt sifatida iqtisodiy mustaqillikka ega. Nimani qancha, qanday usullar bilan
ishlab chi-qarish, uni kimga, qaerda qanchadan sotishni, tushgan pulni qaysi maqsadda
ishlatishni korxonaning o’zi hal qiladi.
Barcha muammolarni echishda korxona bozorga qarab ish tutadi. U bozordagi resurslar
narxi, o’zining tovarlari narxi, qilgan xarajatlariyu oladigan foydasi miqdoriga qarab ish tutadi.
Narx-navo va xarajatlar miqdori korxonaga el qatori foyda olish imkonini bergandagina u faol
ishlaydi. Bozordagi raqobat korxonani iqtisodiy sharoitga tez moslashib doimo manyovr qilishi
— tovarlarni yangilash sifatini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishi, investitsiya
va innovatsiya bilan shug’ullanish, faol reklama siyosatini olib borish kabilarga undaydi.
Korxonalar mulkiy maqomi, tashkiliy-huquqiy asoslari, xo’jalik yuritish uslublariga ko’ra xilma-
xil bo’lib, asosiylari:
— xususiy firma, shirkat firmalari, mas’uliyati cheklangan firma, davlat korxonasi,
aralash firmalar. Hozirgi paytda korxonalarning keng tarqalgan shakli — aktsioner jamiyatlari
yoki korporatsiyalardir.
Xususiy firma — ayrim shaxslarga yoki oilalarga qarashli korxona. Ular asosan o’ta
kichik va kichik biznes doirasida faoliyat ko’rsatadilar. O’rta va yirik biznesda hozirgi paytda
nihoyatda kam uchraydilar. XIX asrda esa ular korxonalarning asosiy turi hisoblangan.
Shirkat firmalari mulk egalarini o’z mulkini birlashtirish va tadbirkorlikdan olingan
foydani qo’shgan hissasiga ko’ra baham ko’rishga asoslangan korxona.
Mas’uliyati cheklanmagan firma. Uning mol-mulki sherikchilik asosida yuzaga keladi.
Ularning dastlabki qo’ygan kapitali Nizom kapitali bo’lib, uning faoliyati uchun to’la huquqli
sheriklar birgalikda javob beradilar. Agarda firma sinib, qarzlarni to’lash uchun aktivlari etarli
bo’lmasa, qolgan qarzni to’la huquqqa ega bo’lgan ta’sischilar o’z zimmasiga oladi. Bunda
uning hajmi qanchagacha bo’lishi mumkinligi ustav kapitalidagi badaliga nisbatan necha marta
ko’pligi (firma nizomida belgilanadi) shartnomada ko’rsatiladi.
Franchayzing (franchise — imtiyozli) firmalar — bu mayda xususiy firmalar tizimi
bo’lib, u yirik firmalar qanotida ish yuritib, uning tovar markasidan ma’lum hudud va muhitda
foydalanadi. Narxlarga chegirma olish va boshqa imtiyozga ega. Tovarlarni tashishda, uskunalar
sotib olish, kredit olishda yordam beradi. Bu mayda firmalar yirik kompaniyalarning chakana
sotuvchisi bo’lib qoladi.
Venchur (venture — xatarli) firmalari — bu ilmiy izlanishlar bilan shug’ullanib, ularni
ishlab chiqarishga joriy qilish bilan shug’ullanadi. Ular ishining xatari yuqori. Sababi yaratgan
yangiliklari, ixtirolari bozor talabiga mos kelmasligi mumkin. Bu turdagi firmalar dastlab AQSh
da vujudga kelgan, hozirgi paytda boshqa mamlakatlarda ham mavjud.
Mas’uliyati cheklangan firma. Uning kapitali ham sherikchilik asosida tashkil etiladi.
Uning nomi ko’rsatib turibdi — mas’uliya-ti, ya’ni majburiyati cheklangan. Bu cheklanish
nizom kapitali doirasida bo’lib, bordi-yu firma sinsa, undan faqat nizom kapitaliga teng bo’lgan
miqdordagina pulni undirish mumkin. To’lov majburiyatidan ortiqcha qarzni hech qanday yo’l
bilan undirib bo’lmaydi. Bunday firmalar nomiga odatda «limited» so’zi qo’shiladi. U inglizcha
«cheklangan» degani.
Agar firmada mulk egasi sifatida sheriklar miqdori ortib ketsa, u aktsionerlik jamiyati
sifatida ro’yxatdan o’tishi kerak. Hozirgi paytda firmalarning keng tarqalgan shakli
aktsiyadorlik jamiyatlari yoki korporatsiyalardir. Bu aktsiyadorlarning uyushmasi bo’lib,
uning a’zolari biznes ishi yo’lida jamiyatga birlashadilar. Jamiyatga qo’yilgan kapitalga qarab,
maxsus qimmatbaho qog’oz — aktsiya chiqaradilar. Aktsiyani sotib olganlar hissadorlarga
aylanadi va foydadan o’z hissasiga muvofiq — dividend oladi. Aktsioner jamiyatlarining yopiq
va ochiq turlari bo’ladi.
Yopiq jamiyat aktsiyalari faqat ma’lum guruh kishilari, masalan, korxona ishchi-
xizmatchilari o’rtasida tarqatiladi. Ochiq jamiyatda esa uning aktsiyasi barcha xohlovchilarga
sotiladi.
Davlat korxonalari davlat mulki bo’lgan va uning nazorati ostida ishlovchi korxonadir.
Bozor iqtisodiyotida davlat tadbirkorligi mavjud bo’lganidan davlat korxonalari ham mavjuddir.
Bu korxonalar markaziy va mahalliy hokimiyatga qarashli bo’ladi. Ular birgalikda davlat
sektorini tashkil etadilar va iqtisodiy-ijtimoiy hayotda ishlab chiqarishning eng muhim va
mas’uliyatli vazifalarini bajaradi (mudofaa, aloqa, transport va boshqalar).
Aralash firmalarga ikki nuqtai nazardan qarash mumkin:
a) turli mulk shakliga asoslangan milliy korxona;
b) milliy va xorijiy kapital asosida vujudga keltirilgan qo’shma korxona. Ularning
kapitali hissadorlik qoidasiga binoan tashkil topadi, foydasi ham shunga qarab taqsimlanadi.
O’zbekistonda hozirgi paytda xorij kapitali ishtirokida tuzilgan 1000 dan ortiq qo’shma korxona,
400 atrofida aralash mulkka asoslangan milliy korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda.
Firmalar shoxobchasi (filiali) yirik firmalarning tarkibiy qismi bo’lib, turli joylarda ish
yuritadi. U mustaqil emas, bosh firmaning bir qismi. Ish ko’lami hududiy jihatdan kengaygan
sharoitda firma bo’limlari tashkil etiladi. Bu ayniqsa, xalqaro korporatsiyalarga xos bo’lib, ular
turli mamlakatlarda o’z bo’limlarini ochadilar.
Korxonalar ishlab chiqargan mahsuloti, ish ko’lamiga qarab: kichik korxona (biznes),
o’rta korxona (biznes) va yirik korporatsiya (biznes)ga ajratiladi. Buning uchun mezon qilib
firmada ishlovchilar soni yoki firmaning ishlab chiqarish va savdo-sotiq hajmi qabul qilingan.
AQShda ishlovchilar soni necha kishidan iboratligiga qarab, korxonalar 5 toifaga
bo’linadi:
1) o’ta kichik korxona (10 kishi),
2) juda kichik korxona (20 kishi),
3) kichik korxona (99 kishigacha),
4) o’rta korxona (500 kishigacha),
5) yirik korxona (500 dan ziyod kishi).
Respublikamizda sanoat va qurilishda 50 kishigacha, boshqa ishlab chiqarishda 25
kishigacha, fan va ilmiy xizmat ko’rsatish sohasida 10 kishigacha, chakana savdoda 5 kishigacha
bo’lgan korxonalar kichik korxonalar hisoblanadi. Kichik korxonalar yirik korxonalarga nisbatan
qator afzalliklarga ega. Ular quyidagilar:
a) tez muddatda qurilishi;
b) kapital aylanish tezligining yuqoriligi;
v) talabning o’zgarishiga qarab ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini tezda o’zgartirish
imkoniyati;
g) mabodo, korxona bozor iqtisodiyoti sharoitida sinsa ham mulk egasi ko’radigan zarar
yirik korxonaga qaraganda kamligi va boshqalar.
Shuning uchun ham xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishda kichik korxonalar shubhasiz
ustunlikka ega.
Hozirgi paytda AQSh da iste’mol mollari ishlab chiqaradigan umumiy sanoat ishlab
chiqarishning 48%, Yaponiyada 51%, Frantsiyada 45%, Germaniyada 25% i kichik korxonalar
hissasiga to’g’ri keladi. AQShda 18 million atrofida kichik korxona mavjud.
Respublikamizda ham ularning afzalligini hisobga olib, kichik korxonalar barpo etishga
katta ahamiyat berilyapti. Mamlakatimizda hozir 500 mingdan ortiq kichik korxona faoliyat
ko’rsatmoqda.
Ma’lumki, Osiyoda, jumladan respublikamiz aholisiga mayda tovar ishlab chiqarish,
hunarmandchilik an’analari xos. Bu xususiyat respublikamizda xususiy mulkchilikka asoslangan
individual, oilaviy ishlab chiqarish kichik biznesni rivojlantirish imkonini beradi. Ularning
asosiy kamchiligi moliyaviy resurslarning etishmasligi.
Turli-tuman mulkchilik sharoitida qaysi mulk turiga asoslangan, qanday iqtisodiy faoliyat
yuritish afzal ekanligi aniq shart-sharoitdan kelib chiqib aniqlanadi. Uni quyidagi mezonlar
asosida solishtirish mumkin:
1. Xo’jalik yuritish turini tashkil etish osonmi yoki qiyinligi.
2. Mulkiy mas’uliyat va boshqarishni amalga oshirish darajasi.
3. Bozordagi talabni o’zgarishiga moslashish darajasi.
4. Fan-texnika taraqqiyotini ta’minlay olish, ishlab chiqarish sifatini yaxshilash
imkoniyati.
5. Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish darajasi.
Xususiy mulkchilikka asoslangan xususiy-oilaviy fermer xo’jaligi ko’pchilikni diqqatini
shunisi bilan jalb etadiki, uni tashkil etish oson, ko’p mablag’ talab etmaydi. Mulk egasi eng
avvalo o’z bilimi, tajribasiga tayanadi. Bozordagi talabga tezda moslasha oladi. O’zi
xohlagancha xo’jaligida o’zgarishlar qila oladi. Daromad uning o’ziga tegishli. Qonun bo’yicha
cheklashlar minimal darajada.
Bu xo’jalik yuritishning eng kata kamchiligi mulkiy mas’ulicht mulk egasining bo’ynida
bo’lgani uchun, barcha faoliyatga o’zi javob beradi. Bordi-yu, sinsa- bankrot bo’lsa, qarzlarni
o’zi to’laydi. Buni natijasida ayrim paytlarda uy-ro’zg’or buyumlarini ham sotishga to’g’ri
keladi. Ikkinchidan, xo’jalik yuritish uchun zarur bo’lgan daromad va mablag’larini kamligi,
cheklanganligidir.
Shirkat, kooperativ, kichik jamoa xo’jaliklarini yuqoridagi xo’jalik shakllaridan afzalligi
shundaki, bir necha mulk egalarining qo’shilishi omillarni ko’paytiradi. Bozorga tez moslasha
oladi. Bu xo’jalik turida ham ko’pincha daromad, ishlab chiqarishni tashkil etish, kengaytirish
uchun mablag’ etishmaydi.
Xususiy — korporativ mulkka asoslangan aktsionerlik jamiyatlari bu kamchilikdan xoli.
Fan-texnika taraqqiyotiga katta ta’sir o’tkazadi. Pay mulkdan umumiy maqsadda yagona
boshqaruv orqali foydalaniladi. Shu bilan birga har bir paychini o’z mulki boshqarishda
qatnashishini ta’minlaydi. Korxona xo’jalik faoliyatining pirovard natijasiga qarab, har bir mulk
egasi o’z ulushini oladi. Aktsiya egalarining javobgarligi cheklangan. Agar korxona bankrot
bo’lsa, u o’z aktsiyasi miqdorida mulkini yo’qotadi, xolos. Xohlaganda aktsiya sotib olib mulk
egasi bo’ladi yoki aksincha, sotib mulk egalari safidan chiqadi. Bunday xususiylik bilan
umumiylikning afzalliklari qo’shilishi xususiy va umumiy o’zlashtirishning asosiy tamoyillarini
bir butun qilib biriktiradi.
Korporatsiyalar katta miqdorda pul sarflab biron mahsulot ishlab chiqarishga
ixtisoslashgach, yangi mahsulot ishlab chiqarishga tezda moslashishi qiyin.
Biznesning korporativ shaklida ba’zi bir suiiste’mol qilish uchun imkoniyat mavjud. U
hech qanday qiymatga ega bo’lmagan qimmatbaho qog’ozlarni sotishi va sotib olish uchun baza
bo’lishi mumkin. Undan tashqari, tipik aktsiya egasi korxona faoliyatiga ta’sir ko’rsata olmaydi.
Ko’pchilik o’zining ovoz berish huquqidan foydalanmaydi. Undan tashqari, soliq ikki marta:
foydadan hamda dividenddan olinadi.
Mulk va xo’jalik yuritish shakllarini qiyoslar ekanmiz, hech qaysi shaklini har taraflama
afzal deya olmaymiz. Biridagi afzallik ikkinchisida yo’q. Biri ikkinchisining o’rnini bosa
olmaydi.
Milliy iqtisodiyotda har birining o’z o’rni, ahamiyati borki, undan kelib chiqib davlat har
bir mulk va xo’jalik shaklini rivojlanishi uchun sharoit yaratishi lozim.
Hozirgi sharoitda iqtisodiy faoliyat yuritish uchun turli korxonalarni ittifoq
(assotsiatsiya)larga birlashuvi jarayoni yuz bermoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan, bizda ham hozirgi paytda vujudga kelayotgan
assotsiatsiya shakllaridan biri konsortsiumdir.
Konsortsium korxonalarning maxsus tashkil etilgan birlashmasi bo’lib, uning
ishtirokchilari o’z mustaqilligini saqlab qoladi, ammo muayyan maqsad yo’lida birlashadilar.
Odatda, konsortsium moliyaviy ishlar yuzasidan tuzilib, unga davlat, banklar, moliya,
investitsiya kompaniyalari, yirik firmalar, har xil pul fondi tashkilotchilari uyushadi. U katta
mablag’ talab etadigan ishlarni amalga oshirish maqsadida tuziladi. Konsortsium odatda
xolding kompaniya shaklida tuziladi. Uni tarkibida bosh — ona korxona, atrofida tarmoq
korxonalar ma’lum maqsad yo’lida hamjihatlik bilan ish olib boradilar.
Kontsern korxonalarning shunday birlashmasiki, u ishlab chiqarish, investitsiya —
moliya, texnika va tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida birgalikda ish yuritishni ko’zlaydi. Kontsern
bir tarmoq doirasida yoki tarmoqlararo (konglomerat) birlashmalar shaklida tashkil etiladi.
Kontsern monopol turdagi birlashma bo’lib, investitsiyalarni samarali joylashtirish,
bozordagi o’zgarishlarga qarab diversifikatsiyani amalga oshirishga yordam beradi.
Korxona birgina kontsernga a’zo bo’lishi mumkin, vaholanki, konsortsiumda unday
emas.
Qanday mulkchilikka asoslanishidan qat’i nazar, korxonani korporativ guruhiy
manfaatlari mavjud. Korxona mulk shaklidan mustasno holda, ishlab chiqarish jamoasi
uyushmasini tashkil etadi. Bu jamoa a’zolarini birlashtiruv manfaati bo’lib, faqat korxona
doirasidagina, korxona normal ishlagandagina yuzaga chiqadi. Korxona jamoasi uch toifa
kishilardan tashkil topadi. Korxona egalari, menejerlar (boshqaruvchilar), yollanib ishlovchilar.
Ular turlicha mulkiy mavqega ega. Korxona egalari mulkdorlar, korxonadagi moddiy resurslar,
yaratilgan tovarlar va pul mablag’lari ularga tegishli. Ammo korxona maqomiga qarab
mulkdorlar tarkibi turlicha bo’ladi. Korxona egasi — tadbirkorlardan tashqari ularning sheriklari
bo’lgan menejerlar, oddiy ishchi-xizmatchilar ham bo’lishi mumkin. Ular korxona ishida nafaqat
mablag’i, mehnati va tadbirkorlik iste’dodi, boshqarish mahorati bilan qatnashadilar. Korxona
ishida kapitaldan tashqari mehnat ham qatnashar ekan, olingan foyda omillar ulushiga qarab
taqsimlanishi amalga oshiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona xuddi shunday tovar chiqaruvchi xizmat
ko’rsatuvchilar yoki shu tovarni o’rnini bosa oladigan tovar ishlab chiqaruvchilar bilan ularga
qaraganda qulayroq sharoitga ega bo’lish hamda yuqoriroq daromad olish uchun kurashadi.
Raqobatda g’olib chiqishda insoniy omil muhim rol o’ynaydi. Korxonaning raqobat kurashi
natijasida tabaqalanishi kuchaya-di. U nihoyatda katta daromadga ega bo’lishi yoki sinishi
mumkin. Raqobat kurashida yutib chiqishda tijorat siri muhim. Korxonaning tijorat siri
deganda korxonaning ishlab chiqarish, texnologiya axboroti, boshqaruvi, rejalashtirish,
moliyasi va boshqa faoliyati bilan bog’liq bo’lgan hamda e’lon qilinishi, uning
manfaatlariga zarar etkazishi mumkin bo’lgan, davlat siri bo’lmagan ma’lumotlar
tushuniladi. Tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar tarkibi va hajmi, ularni himoya qilish
tartibi korxona rahbari tomonidan belgilanadi. Har bir korxona uni mahkam tutishga harakat
qiladi. Qaysi korxonada uning jamoasida «firma — meniki» degan hissiyoti paydo bo’lishi
uchun iqtisodiy sharoit yaratilar ekan, u erda tijorat sirini sotishga intilish, mehnat intizomini
buzish, mulkni o’g’irlash, firma obro’sini to’kish ishlovchilarning xayoliga ham kelmaydi.
Chunki, har bir kishi firma erishgan yutuqdan manfaatdor. Firma korporativ manfaatini amalga
oshirishning muhim omili — firma ishini yaxshi boshqarish hisoblanadi. Korxona o’z faoliyati
davomida ko’plab iqtisodiy faoliyat sub’ektlari bilan aloqa bog’laydi. Firma ichida uning ichki
tuzilishiga muvofiq turli bo’linmalari o’rtasida aloqa mavjud. Bu o’z navbatida korxona
bo’linmalari ishini bir-biriga moslash, korxona faoliyatini bozorga, bozordagi vaziyatga,
boshqalar faoliyatiga muvofiqlashtirish talab qilinadi. Ana shu faoliyatlarni moslashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |