Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/41
Sana07.12.2019
Hajmi1,81 Mb.
#28806
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi 3e87e-разблокирован


 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
 
D. TOJIBOEVA 
 
 
 
 
 
 
IQTISODIYOT 
NAZARIYASI 
 
 
 
Akadgmik M. Sharifxo’jaevning ilmiy tahriri ostida 
 
To’ldirilgan 2-nashri 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT 
“IQTISOD MOLIYA” 
2005 

 
 
D.Tojiboeva. Iqtisodiyot nazariyasi. To’ldirilgan, 2-nashri. O’quv qo’llanmasi. 
TMI., T.: 2005, 438 bet. 
 
 Kitobning mazkur to’ldirilgan nashrida iqtisodiyot nazariyasining asosiy bo’limlari 
iqtisodiyotning, bozor iqtisodiyotining, mikroiqtisodiyot nazariyasining umumiy asoslari 
berilgan.  
 Iqtisodiyotni  nazariy  jixatdan o’rganishda, jahon tajribasidan kelib chiqib, bozor 
iqtisodiyotining qonuniyatlari, amal qilish mexanizmi, iqtisodiy jarayonlar dinmikasini 
tushunishni engillashtirish maqsadida grafiklar yordamida tahlil qilish orqali bayon qilingan. 
Iqtisodiyotdagi asosiy masalalar, muammolar etakchi nazariy maktablar, yo’nalishlar va ularning 
namoyandalari fikrlari, kontseptsiyalariga qaratilgan holda ko’rib chiqilgan.  
 Har bir bobda mavzuning mazmunini chuqurroq tushunishga yordam berish va o’z 
bilimini mustaqil sinab ko’rishi maqsadida asosiy tayanch tushunchalar mashq tarzida, munozara 
uchun savollar, masala-mashqlar, testlar va ularning javoblari, tarqatma materiallardan 
namunalar berilgan. 
 Qo’llanma oliy o’quv yurti bakalavrlari, magistratura talabalari, aspirantlar, o’qituvchilar 
va hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muammolarini o’rganishga qiziquvchi kitobxonlarga 
mo’ljallangan.  
 
В  настояшчем  дополненном  издании  учебного  пособие,  представлени  важнейшие 
раздели, обшчие основи теории економики, риночной економики, микроекономики.  
 Исходя  из  мировой  практики  теоретический  материал  излагаеця  с  исползованием 
графического  анализа,  облегчаюшчих  пониманию  закономерностей  функционирование 
риночного механизма, динамика економических процессов. Основние вопроси, проблеми 
рассмотрени представлением ведушчих школ, направлений и их знаменитостей. 
 По  каждой  главе  имееця  обширний  материал,  в  том  числе  задачи  и  упражнения, 
тести  и  их  ответи,  примери  раздаточного  материала,  которие  помогают  закрепит  и 
самостоятелно проверит знания.  
 Издание  рассчитано  на  студентов  бакалавриата,  магистрантов,  аспирантов, 
преподавателей,  а  также  для  всех  кто  интересуюця  проблемами  современной 
економической теории. 
 
 The given supplementary edition of the text book includes the most important branches, 
general basics of economy’s theory, Market economy, microeconomy, macroeconomy and 
megaeconomy.  
 Proceeded from world practice the theorical material was stated using graphical analysis 
which will make easy to understand the regularity of market mechanism functioning, economic 
process dynamics. The basic issues, problems have been considered presenting the leading 
schools, directions and their fames. 
 Each chapter covers the complete material, tasks, tests and exercises, samples of handouts 
which will be helpful to understand the material. 
  The edition has been designed for undergraduate and graduate students post graduates, 
teachers and those who is interested in problems of contemporary economic theory. 
 
 
Taqrizchilar: T. Malikov- iqtisod fanlari doktori, professor. 
M. Yo’ldoshev-iqtisod fanlari doktori, professor. 
E Nabiev- iqtisod fanlari doktori, professor. 
 
 
©“IQTISOD MOLIYa”, 2005 

  
SO’Z BOSHI 
 
 Biz qiziqarli, shu bilan birga anchayin qiyinchiliklar mavjud, o’zgarishlarga boy ajoyib 
zamonda yashayapmiz. Bir tomondan mustaqillikka erishib, ko’p narsalarga boshqacha nuqtai 
nazardan qaray boshladik. Ikkinchi tomondan, chuqur iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy islohotlarni 
amalga oshirib, bozor iqtisodiyotiga o’tar ekanmiz, albatta u o’ziga xos qiyinchiliklar, 
mashaqqatlarni ham keltirib chiqaradi. 
 Bozor iqtisodiyotiga o’tish tufayli iqtisodiy fanlarni o’rganishga intilish kuchaydi. 
Chunki har bir kishi biladiki, farovon hayot kechirish uchun daromad topish zarur. Buning uchun 
avvalo, iqtisodiyotni, iqtisodiy masalalarni yaxshi bilish zarur bo’lsa, ikkinchidan ro’y 
berayotgan qiyinchiliklar, muammolarni hal etish uchun ham iqtisodiyotni, uning sir-asrorlarini 
mukammal bilmoq talab qilinadi. 
 Ma’lumki, iqtisodiy hayotda doimo yangi-yangi muammolar, savollar vujudga kelib 
turadi. Masalan, qanday qilib millionlab kishilarning faoliyati muvofiqlashtiriladi? Hozirgi 
murakkab, mislsiz turli-tuman ne’matlar ishlab chiqarilayotgan bir paytda inflyatsiyani qanday 
qilib tugatish mumkin? Inqirozdan chiqishning qanaqa yo’llari bor? Iqtisodiyotda tushkunlikni 
to’xtatgach, uni rivojlantirish uchun qanday yo’l tutish mumkin va hokazo. 
 Hech qanday nazariya, kontseptsiya bu savollarga aniq javob, tayyor tavsiya berishga 
qodir emas. Chunki har bir mamlakatdagi vaziyat boshqalaridan farq qiladi. Lekin to’g’ri yo’l 
topish uchun allaqachon boshqalar boshidan kechirgan, ular bosib o’tgan yo’lni o’rganish zarur. 
Qamiyatda qaytariladigan tipik faktlarni, aniq voqelikni o’rganib barqaror tendentsiyalarni 
aniqlash zarur. 
 Vaziyatga muvofiq nostandart qaror qabul qilish uchun muammoning echimini asoslab 
beradigan keng axborot, ishonarli hisob-kitob hamda echimning turli variantlari ichidan eng 
maqbulini tanlash kerak. 
 Ma’lumki, hozirgi paytda siyosatning asosiy muammolari bu iqtisodiy muammolar 
bo’lib, ularni tushunmay turib, bu muammolarni echish uchun zarur chora-tadbirlar belgilab yoki 
berilgan maslahatlarning qaysi biri diqqatga sazovor ekanligini ajratib bo’l-maydi. 
 Buning uchun esa iqtisodiyot nazariyasini chuqur o’rganish zarur. Chunki bu fan 
iqtisodiyotni o’rganishda muhim o’rin tutadi. Shuning uchun ham mashhur iqtisodchi olim P. 
Samuelson uni «fanlarning qiroli» deb atagan. 
 Zamonamizning taniqli iqtisodchilaridan M. Fridman iqtisodiyot nazariyasini maftunkor 
fan, u shunisi bilan ajoyibki, uning fundamental printsiplari oddiy, ularni bir varaq qog’ozga 
yozish mumkin. Shunday bo’lsa-da, uni kamdan-kam odam tushunadi, degan. 
 Buyuk iqtisodchilardan biri Q. S. Mill «Siyosiy iqtisod printsiplari» asarida iqtisodiyot 
nazariyasi fani amaliyotni umumlashtirib, dalillar, hodisalardan xulosa chiqarish va shular 
asosida tavsiyalar berish, kelajakni ko’ra bilishga o’rgatishini ta’kidlagan. Uning fikricha, fan — 
bu tajriba, sinab ko’rilgan haqiqatni yig’ish bo’lsa, yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi tavsiyalar berish, 
qaror qabul qilish san’atdir. Ana shunday san’atga ega bo’lish uchun esa avvalo, fanni chuqur 
o’rganish zarur. 
 Iqtisodiyot  nazariyasi  tayyor  qonun-qoidalar to’plami bo’lishi mumkin emas. Ularni fakt 
va raqamlar, yuz berayotgan jarayonlarni tahlil qilish orqali izlab topish, tekshirish, xulosa 
chiqarish kerak. Amaliy qoidalar va aniq tavsiyalar esa har bir insonning iqtisodiy bilimi, 
vaziyatni to’g’ri baholay olish qobiliyati, bosh-qalardan ajralib turadigan shaxsiy intuitsiyasiga 
bog’liq. Ketma-ketlikni ilg’ay bilish, ularning aloqadorligini mantiqiy tushunish kerak. Buning 
uchun ham nazariyani, qoidalarni, xulosalarni, natijalarni o’rganish kerak. 
 Umuman olganda, kishilik jamiyati taraqqiyotida ijtimoiy fanlar, jumladan iqtisodiyot 
nazariyasi muhim o’rin tutadi. 
 
«Ko’p asrlik tariximiz shuni ko’rsatadiki, inson dunyoqarashining shakllanishida 
ma’rifatning, xususan, ijtimoiy fanlarning o’rni beqiyos. Bu jamiyatshunoslik bo’ladimi, tarix, 

 
 
falsafa, siyosatshunoslik bo’ladimi, psixologiya yoki iqtisod bo’ladimi, ularning barchasi 
odamning intellektual kamolotga erishuvida katta ta’sir kuchiga ega»
1

 
Qamiyat taraqqiyoti tarixi iqtisodiyotni faqat biryoqlama yondashib tahlil qilish, 
xulosalar chiqarish noto’g’riligini ko’rsatdi. Kishilik jamiyatining iqtisodiy tafakkuri rivojlanishi 
bilan vujudga kelgan, diqqatga sazovor barcha nazariyalar, kontseptsiyalarni o’rganish, ulardan 
xulosalar chiqarish hamda tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanish ob’ektiv zaruriyat ekanligini 
hayot tasdiqladi. 
 Har bir inson hayotining asosini iqtisodiy faoliyat tashkil etar ekan, u albatta har bir 
insondan iqtisodiy fikrlashga o’rganishni talab qiladi. 
 
Oliy o’quv yurtlarining talabalari esa keng doiradagi iqtisodiy muammolarning 
sabablarini aniqlash, tahlil qilish, iqtisodiy rivojlanish tendentsiyalariga baho berish, bu 
o’zgarishlar kelajakda qanday natijaga olib kelishini ko’z o’ngiga keltira bilishni o’rganishlari 
kerak. Buning uchun ham iqtisodiy nazariya-ni chuqur o’rganish zarur. 
 «Inson salohiyati — Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganidek, — eng kuchli, eng 
faol, eng bunyodkor omil bo’lib, u mamlakatning islohotlar va tub o’zgarishlar yo’lidan tinimsiz 
ilgarilab borishini ta’minlab beradi» ... «Bu salohiyatni yuzaga chiqarish jamiyatimizni 
rivojlantirish va taraqqiy ettirishning kuchli omili bo’lib xizmat qiladi»
2
 
 Shu salohiyatni yuzaga chiqarish uchun ham respublikamizda «Kadr-lar tayyorlash Milliy 
dasturi» qabul qilindi va amalga oshirilmoqda. Bu borada darslik, o’quv qo’llanmalar naqadar 
zarurligini hisobga olgan holda, ularni tayyorlash va chop etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
 
Mazkur qo’llanmada muallif iqtisodiyot nazariyasi fani bo’yicha chop etilgan 
adabiyotlarda alohida diqqat qaratilmagan yoki bozor iqtisodiyoti nuqtai nazaridan yondashib 
talqin etilmagan masalalarni yoritishga harakat qildi. 
 O’quv qo’llanmaning IX bobi katta o’qituvchi, iqtisod fanlari nomzodi U. Yuldasheva 
bilan hamkorlikda yozilgan. Muallif mazkur kitobni yozishda har tomonlama yordam ko’rsatgan, 
qimmatli maslahatlar bergan akademik M. Sharifxo’jaevga, institut rektori vazifasini bajaruvchi 
A. Vahobovga, «Umumiqtisodiy nazariya va iqtisodiy pedagogika» kafedrasi o’qituvchilari, 
kafedra mudiri i.f.n., dots. T.T.Qo’raevga hamda taqrizchilarga chin dildan minnatdorchilik 
bildiradi. 
                                                 
1
 Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishchonchdir. T. , «O’zbekiston», 2000, 
33-bet. 
2
 Karimov I. A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot 
kafolatlari. Toshkent, «O’zbekiston», 1997, 252-bet. 

  
I
 BO’LIM.  IQTISODIYoTNING 
UMUMIY ASOSLARI 
 
I BOB. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING    PREDMETI VA 
TAHLIL USLUBI 
 
Biz yashar ekanmiz, turli-tuman ne’matlarni iste’mol qilishimiz zarur. Shuning uchun 
ham biz ularni ishlab chiqaramiz, ayirboshlaymiz, taqsimlaymiz va oxir-oqibatda iste’mol 
qilamiz. Resurslarni cheklanganligi sharoitida esa har bir faoliyatimiz taqqoslash, tanlash va 
qaror qabul qilish bilan bog’liq. Resurslarni cheklanganligi ulardan samarali foydalanishni 
obektiv zaruratga aylantiradi. 
 Iqtisodiy xayot esa nihoyatda murakkab va ko’p qirrali. Maqsadga etishish uchun esa uni 
har taraflama chuqur o’rganishimiz zarur. Iqtisodiy hayotni turli iqtisodiy fanlar o’rganadi. Lekin 
ularning orasida iqtisodiyot nazariyasi o’zining fundamental xarakteri iqtisodiy fanlarga ilmiy-
uslubiy asos bo’lib xizmat qilishi, amaliy tavsiyalar berishi bilan alohida ajralib turadi. 
 Iqtisodiy muammolarni bilish, o’rganish o’z faoliyatida qo’llash nafaqat iqtisodchi 
mutaxassislar balki barcha uchun zarur. Chunki u murakkab iqtisodiyot dunyosini tushunishni, 
iqtisodiy, tahliliy fikr yuritishni o’rgatadi.  
 
Mazkur kitobning birinchi bo’limi iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslarini 
o’rganishni maqsad qilib, birinchi bob fanning predmeti va metodlariga bag’ishlangan.   
 
1-§. Iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va 
iqtisodiy nazariyaning vujudga kelishi 
 
 Iqtisodiyot har qanday jamiyatning asosi, rivojlanib borish shart-sharoiti, chunki hayot 
eng avvalo, tiriklik ne’matlari ishlab chiqarishni ob’ektiv zarur qilib qo’yadi. Insonlar hayot 
kechirishlari uchun o’z ehtiyojlarini qondirishlari shart. Qamiyat bor ekan, ishlab chiqarish, 
ishlab chiqarilgan ne’matlarni ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish mavjud va bu jarayon 
uzluksiz tarzda bir-biriga bog’liq holda yuz beradi. 
 «Iqtisodiyot» so’zi odatda ikki va hatto uch ma’noda ishlatiladi. 
 B i r i n ch i d a n, iqtisodiyot — bu xo’jalik yuritish, inson tomonidan yaratilgan turli 
ne’matlardan foydalanib hayot kechirish, insonlar hayotini ta’minlash va yaxshilash tizimi. 
 I k k i n ch i d a n, iqtisodiyot — bu resurslar va jamiyat a’zolari tomonidan yaratilgan 
tovar va xizmatlarning firma va uy xo’jaliklari orasidagi uzluksiz doiraviy harakati. 
 U ch i n ch i d a n, iqtisodiyot — bu fan, turli-tuman cheklangan resurslardan foydalanib, 
jamiyat ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq bo’lgan, xo’jalik yuritish jarayonida odamlar 
o’rtasida vujudga keladigan munosabatlar haqidagi bilimlar majmui. 
 «Iqtisodiyot»  so’zining  o’zagini  «iqtisod»  so’zi tashkil etadi. Iqtisod so’zining o’zbek 
tilidagi lug’aviy ma’nosi sarf-xarajatlarda tejamkorlik demakdir. 
 Mashhur ma’rifatparvar vatandoshimiz Abdullo Avloniy iqtisodga shunday ta’rif beradi. 
«Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmoqqa aytilur. Mol qadrini biluvchi 
kishilar o’rinsiz erga bir tiyin sarf qilmas, o’rni kelganda so’mni ayamas». 
 Inson yaratilibdiki, mehnatini engillashtirish, hayot kechirishi uchun zarur ehtiyojlarini 
to’laroq qondirishga harakat qiladi. Mehnat qilishning o’zi ham tirikchilik o’tkazishga 
qaratilgan. Demak, inson dunyoga kelibdiki tirikchilik harakatida bo’ladi, desak xato qilmaymiz. 
Insonning mehnat unumi qancha yuqori bo’lsa, tirikchilik kechirish uchun ne’matlar shuncha 
ko’p yaratiladi. Ana shuning uchun ham ajdodlarimizning diqqat-e’tibori qanday qilib hayot 
kechirish uchun zarur ne’matlarni ko’paytirish yo’llarini topishga qaratilgan. Eng aqlli, zukkolar 
o’z davriga, sharoitiga mos ravishda eng maqbul yo’llarni topishgan va undan foydalanishni 
tavsiya etishgan. Ulardan ko’plarining nomi tarixda qolgan. 
 O’z  davrida  shakllangan  iqtisodiy qarashlar qadimgi qo’lyozmalarda aks etgan. 

 
 
 Iqtisodiy  qarashlarning  fan  sifatida shakllanishi dunyo tsivilizatsiyasining «beshigi» deb 
tan olingan Qadimgi Misr, Sharq mutafakkirlari ta’limoti, ilgari surgan fikrlari bilan boshlanadi. 
Ular jumlasiga miloddan XX asr ilgari qadimgi Bobilda podsho Xammurapi qonunlari, Qadimgi 
Hindistonda (miloddan 
 
VI asr ilgari)gi Manu qonunlari, Qadimgi Xitoy mutafakkirlari, ayniqsa Konfutsiy (miloddan 
avvalgi 551—479 yillar) asarlarini kiritish mumkin. Ulardagi fikrlarga diqqat qilsak, mehnat 
taqsimotiga hamda yaratilgan mahsulotning taqsimlanishiga asosiy e’tibor qaratilgan. Bu bejiz 
emas. Chunki shu davrda aynan mehnat taqsimoti hamda mehnat natijasida yaratilgan mahsulot 
taqsimoti jamiyat taraqqiyotida, aholining turmush darajasida asosiy rol o’ynagan. 
 Keyinchalik, iqtisodiy fikrlar Qadimgi Yunoniston va Rimda yanada rivojlantiriladi, 
ma’lum tizimga solinadi. 
 Qadimgi yunon mutafakkirlari Ksenifont (miloddan avvalgi 430—355 yy.), Platon 
(Aflotun) miloddan avvalgi 427—347 yy.), Aristotel (Arastu) (miloddan avvalgi 384—322 
yillar)ni haqli ravishda dastlabki iqtisodchi olimlar deb aytish mumkin. 
 
Iqtisodiyot 
— 
«ekonomika» atamasi ham dastlab Ksenofont, Aris-totel asarlarida 
ishlatilgan bo’lib, u qadimgi yunoncha «Ekos»  — uy, xo’jalik, «nomos»  — qonun degan 
ma’noni anglatib, uy xo’jaligini yuritish qonuni, san’ati tarzida qo’llanilgan. O’sha paytda uy 
xo’jaligi natural xo’jalik bo’lib, iqtisodiy faoliyat yuritishning asosiy shakli bo’lgan. 
 Ksenofont  o’zining  «Daromadlar haqida», «Ekonomika» (xo’jalik haqida ta’limot) 
nomli asarlarida ilmiy iqtisodiyotga tamal toshini qo’ydi. Uning tadqiqotlarida qishloq xo’jaligi, 
hunarmand-chilik, savdo alohida ajratilib, mehnat taqsimotining maqsadga muvofiqligi asoslab 
beriladi. Uning fikrini Platon yanada rivojlantiradi. Aristotel «Siyosat» va «Etika» traktatlarida 
iqtisodiy jarayon va hodisalarni birinchi marta abstrakt tarzda tadqiq qilib, ular o’rtasidagi 
umumiy qonuniyatlarni aniqlashga harakat qiladi. 
 U iqtisodiyotga xo’jalik yuritishning umumiy qoidalari majmui sifatida qarab, ularga 
rioya qilish boylikni ko’paytirishini ko’rsatadi. Boylik — bu turli mahsulotlar, buyumlar 
yig’indisi bo’lib, u natural xo’jaliklarda yaratiladi. Aristotelning fikricha, natural xo’jalik bu — 
ideal — kam-ko’stsiz xo’jalik. Ularning boy-kambag’allik darajasi er va unga ishlov beruvchi 
qullar (Aristotelning iborasi bilan aytganda «gapiruvchi mehnat qurollari») miqdoriga bog’liq 
deb ko’rsatgan. 
 Qadimgi Rim mutafakkirlari asosiy diqqat-e’tiborlarini miloddan avvalgi qishloq xo’jalik 
muammolariga, qullar mehnatini tashkil etish, erga mulkchilik masalalariga qaratishgan. Ular 
orasida  Varron  (miloddan avvalgi 116—27 yillar), M. Katon (miloddan avvalgi 234—149 
yillar), Kolumella (miloddan bir asr avval) va boshqalar ajralib turadilar. 
 Milodning dastlabki ming yilligidan iqtisodiy fikr, iqtisodiy ta’limot rivojida din muhim 
rol o’ynadi. Iqtisodiy qarashlarda tub o’zgarishlar yuz berdi. Bu eng avvalo, quldorlikni 
qoralashda ko’rinadi. 
 Iqtisodiy  qarashlarning  rivojlanishida muqaddas kitoblar — «Tavrot», «Zabur», «Injil» 
va, ayniqsa, «Qur’on» katta ahamiyatga ega. 
 Ana shu davrda O’rta Osiyoda iqtisodiy tafakkurning rivojlanishi buyuk allomalarimiz 
Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Navoiy va boshqalarning nomi bilan bog’liq. 
Ularning asarlarida iqtisodiy qarashlar bir butun holda berilgan bo’lsa-da, ular alohida diqqat-
e’tiborga loyiq. 
 Forobiy  (870—950) bilan Ibn Sino (980—1037) dunyoqarashlarida inson ehtiyojlari 
asosiy o’rin olgan. Forobiyning fikricha, jamiyat shakllanishining birinchi sababi insonlarning 
moddiy ehtiyojlaridir. 
 Eng avvalo, o’zining tibbiyot sohasidagi asarlari bilan dunyoga mashhur Ibn Sino 
qomusiy olim bo’lib, iqtisodiy masalalar ham uning nazaridan chetda qolmagan. Ayniqsa, uning 
daromadlar va xarajatlar balansi (nafaqat oila miqyosida, balki, shahar va davlat miqyosida) 
alohida diqqatga sazovor. U daromadlar bilan xarajatlar muvozanatini ta’minlashda turli falokat, 
urushlar xavfini hisobga olib, rezerv (zaxira) saqlashni unutmaslik kerakligini ta’kidlaydi. 

  
 Yana bir buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy (973—1048) o’z asarlarida insonni 
o’rab turgan dunyo bilan chambarchas bog’liqligini ko’rsatib, uning uchun mehnat hal qiluvchi 
ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan. U Forobiy va Ibn Sino fikrlarini davom ettirishi bilan 
birga, O’rta Osiyoda birinchi marta pulni tadqiq qildi. Pul almashuvning rivojlanishi natijasida 
kelib chiqqanini ko’rsatdi. 
 Iqtisodiy tafakkurning rivojlanishida Yusuf Xos Hojib o’ziga xos o’rin tutadi. U o’zining 
«Qutadg’u bilig» asarida jamiyatda mehnatning roliga baho beradi, moddiy ne’matlarning 
xususiyatlari, pul va uning vazifalarini aniq ko’rsatadi. 
 Sharqda iqtisodiy tafakkurning rivojlanishida Amir Temur va temuriylar hukmronligi 
davri ham o’ziga xos o’rin tutadi. 
 Buyuk o’zbek shoiri, mutafakkiri, davlat arbobi Alisher Navoiy o’zining qator asarlarida, 
chunonchi  «Munshaot»  da o’z iqtisodiy qarashlarini bayon qiladi. U jamiyatning sotsial-
iqtisodiy tuzilishi haqida o’z fikrini bildiradi. U davlat boyligining manbai soliq ekanligini, 
soliqni adolatli tarzda belgilash zarurligini uqtiradi, davlat moliyasi masalalariga katta ahamiyat 
beradi. 
 Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Bedil, Mahtumqulilar ham o’z iqtisodiy 
qarashlari bilan tarixda iz qoldirishgan. 
 Sharqda o’zining iqtisodiy qarashlari bilan ajralib turgan arab mutafakkiri Ibn Xaldun 
iqtisodiy tafakkurning rivojlanishida alohida o’rin tutadi. U birinchi bo’lib tarixiy-ijtimoiy 
taraqqiyotning printsiplari haqida fikr yuritdi. Qamiyatda insonlarning birgalikda ishlab 
chiqarish faoliyatiga, mehnat va uning roli, tovar qiymatining shakllanishi, iste’mol qiymati, 
qiymat, ayirboshlashga alohida ahamiyat berdi. 
 Iqtisodiy nazariya fan sifatida iqtisodiy bilimlarning, qarashlarning tartibga solingan 
tizimi sifatida XVI—XVII asrlarda paydo bo’lgan. Bu davr tovar ishlab chiqarish va 
ayirboshlashning rivojlanishi, manufakturaning paydo bo’lishi, ijtimoiy mehnat taqsimotining 
chuqurlashuvi, ichki va tashqi bozorning kengayishi, pul muomalasining kuchayish davri bo’ldi. 
 Ana shu davrning zarurati, in’ikosi sifatida iqtisodiy qarashlar tizimi tarzida merkantilizm 
vujudga keldi. 
 Merkantilizm  italyancha  «mercante» so’zidan olingan bo’lib, savdogar ma’nosini 
bildiradi. 
 Merkantilizm tarafdorlari boylikning kelib chiqish manbai savdoda, mamlakatning 
boyligi to’plangan pul bilan o’lchanadi degan fikrni ilgari suradilar. 
 Merkantilizmni ikki oqimga: dastlabki va so’nggi merkantilizmga ajratiladi. 
 Dastlabki  merkantilizm  vakillari davlatning kuch-qudrati pulda, shunga qarab aholining 
turmush tarzi shakllanadi deb ko’rsatishadi. Demak, pulni qonuniy yo’l bilan ko’paytirish kerak. 
Davlat esa qimmatbaho metallarni chetga chiqarmaslikka, importni cheklashga harakat qilishi, 
chetdan pul kirib kelishini rag’batlantirishi kerak degan g’oyani ilgari suradilar. So’nggi 
merkantilistlar esa aktiv savdo balansiga erishish, ya’ni ko’proq sotib, kamroq sotib olishni 
targ’ib etadilar. 
 Ѓoyaviy jihatdan olib qarasak, hozirgi protektsionizm siyosatining ildizlari 
merkantilizmga borib taqaladi. 
 Bu oqimning mashhur namoyandalari Vil Stafford, Tomas Men, Antuan Monkreten, Qon 
Lou, Gaspar Skaruffi va boshqalarning nomlari tarixda qolgan. Shu paytdan boshlab iqtisodiy 
nazariya fan sifatida shakllandi va Antuan Monkretenning xizmati tufayli «Siyosiy iqtisod» 
nomini oldi. Uning 1615 yilda chop etilgan «Siyosiy iqtisod traktati» deb atalgan ilmiy asari 
tufayli iqtisodiy nazariya 300 yildan ortiq vaqt davomida siyosiy iqtisod sifatida rivojlandi: 
«Siyosiy iqtisod» (Politekonomiya) atamasining birinchi qismi yunoncha «politeya»  so’zidan 
olingan bo’lib, «davlat qurilishi», «davlat miqyosida xo’jalik yuritish qonunlari» degan 
ma’nolarni bildiradi. 
 Merkantilizm ilgari surgan g’oyalar asosida qator ijobiy o’zgarishlar yuz berdi. Ayrimlari 
hozirgi kunda ham qo’llanadi. Lekin ularning g’oyalariga asoslangan siyosat davlatlar o’rtasida 
olib boriladigan savdo-sotiq cheklanishining kuchayishiga, ichki bozorga mo’ljallangan ishlab 

 
 
chiqarishning inqirozga yuz tutishiga olib keldi. Ayniqsa, qishloq xo’jaligi, mahalliy ehtiyojlarni 
qondirishga yo’naltirilgan hunarmandchilikda ahvol og’irlashdi. 
 Iqtisodiyotning rivojlanishi uchun yangi g’oya ob’ektiv zaruratga aylandi. Shu zarurat 
tufayli tarix sahnasiga fiziokratlar chiqishdi. Fiziokratizm (tabiat hukmronligi) atamasini ilmiy 
muomalaga Adam Smit kiritgan. Fiziokratlar ta’limotining asoschisi Fransua Kene (1694—
1774) hisoblanadi. Ularning fikricha, boylik bu pul emas, balki erdan olingan mahsulotlardir. 
Savdo va sanoat emas, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishigina jamiyatning boylik manbai bo’ladi. 
Bu Xudo tomonidan belgilangan «tabiiy» qonun. 
 Fiziokratlar  g’oyasini  real  hayotda amalga oshirishdan ko’ra uning klassik iqtisodiy 
maktabning vujudga kelishiga asos bo’lishi ko’proq e’tiborga loyiq. 
 Klassik (haqiqiy) siyosiy iqtisod iqtisodiy ta’limot tarixida alohida o’rin tutadi. 
 Klassik siyosiy iqtisodning vujudga kelishida muhim rol o’ynagan U. Petti (1623—1686) 
merkantilizmdan klassik siyosiy iqtisodga o’tishda go’yoki ko’prik rolini o’tagan. Uning «Soliq 

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish