1. Lahzalik muvozanat, odatda ju-da qisqa
vaqt davomida, asosan narx-ni ko’tarilishi hisobiga
yuz beradi. Aytaylik, bozorga baliq olib kelindi,
deylik. Baliqni taklifi o’z-garmagan holda unga
o’sayotgan talab bilan muvozanatga kelishi uchun
narx shu qadar tez o’sadiki, natijada cheklangan
miqdordagi baliq sotib olishni istaganlar o’rtasida
taqsimlanib bo’ladi.
Baliqqa talab baho ko’tarilishi 300 so’mga chiqishi bilan taklif o’zgarmagani holda
muvozanatga keladi. Lekin bu muvozanat juda qisqa muddat davom etadi.
2. Qisqa muddatli muvozanat. Bunday yuqori narx bozorga qo’shimcha baliq
keltirilishini rag’batlantiradi. Natijada bo-zorga ilgarigiga qaraganda ko’p baliq olib kelinadi.
Buning natijasida narx pasayadi.
Qisqa muddatli muvoza-natda u yoki bu turdagi tovar ishlab chiqarishning bor
imkoniyatidan foydalanib, ko’paytiriladi. Narx dara-jasi lahzalik muvozanatga qaraganda
pastroq bo’ladi, lekin unga nisbatan uzoqroq muddat o’zgarmaydi.
3. Uzoq muddatli muvozanat. Bunda bozordagi narxga qarab tovar ish-lab
chiqaruvchilar moslashadilar. Yangi firmalar, korxonalar vujudga keladi. Taklif yanada
ko’payadi. Narx qisqa muddatli muvozanat narxiga qaraganda past bo’ladi.
Narx yuqori bo’lganda talab qisqarishi, ya’ni taklif talabdan ancha ortiqcha bo’lishi,
bozor uchun tabiiy bir holdir. Talab, taklif narxining va xarid qobiliyatining o’zgarishiga qarab
tebranib turadi. Bu harakat talab bilan taklif tenglashguncha davom etaveradi. Tenglashish yuz
bergach, taklif va talab miqdoran va tarkiban bir-biriga mos tushadi. Odatda, bir tovarga doir
talab va taklif o’rtasidagi muvozanatga juz’iy muvozanat deyiladi. Ammo, tovarlar dunyosi
g’oyat boy bo’lib, tovarlar bozori o’zaro bog’liq qismlardan iborat. Ana shu turli tovarlar va
xizmatlarga bo’lgan talab va takliflarning ham miqdor, ham tarkib jihatidan bir-biriga muvofiq
kelishi bozor muvozanati deyiladi. Ana shunday muvozanatlar bo’lmasa, bozor muvozanati
izdan chiqqan bo’ladi. Talab va taklif uzoq vaqt bir-biridan ajralib qolsa, bozor o’zining
at
P
P
2
300
P
3
275
P 200
100
50 100 150 Q
D
1
D
2
S
2
E
E
2
E
1
NARX
MIKDOR
me’yoridagi holatini, qiyofasini yo’qotadi. Udan tashqari makroiqtisodiy muvozanat borki, u
yalpi talab bilan yalpi taklifning muvofiq kelishini bildiradi(keyingi bo’limda o’rganamiz).
Bozor muvozanati talab va taklifning mutlaq va abadiyligi emas. Bunday hol umuman
olganda, barcha tovarlarga nisbatan va uzoq davrga xos bo’lishi mumkin. Juz’iy, ya’ni ayrim
tovarlarga nisbatan moslikning buzilishi muqarrar. Chunki, ehtiyojning yuksalishi oqibatida
yangi talab paydo bo’ladi va u darhol qondirilmaydi. Talab va taklif o’zgaradi, muvozanat
buziladi va yana qaytadan o’rnatiladi.
Bozorda muvozanatga erishish birinchidan, narxlar orqali amalga oshiriladi. Narxlarning
o’zgarishiga qarab ishlab chiqarish hajmi o’zgaradi. Narxlar ishlab chiqarish texnologiyasini
tanlashga ta’sir etadi. Narxlar oxir-oqibat daromadlar darajasiga ko’ra qaysi mahsulot ko’proq
sotib olinishini ham belgilaydi.
Ikkinchidan, talab va taklif o’rtasidagi nisbat. Talab bilan taklif o’rtasidagi nisbatni
o’zgarib turishi bozor narxlarini ham tebranishiga olib keladi. Mana shu tebranishlar orqali
shunday narx belgilanadiki, u bozordagi talab va taklif muvozanatiga va oxir-oqibat ishlab
chiqarish bilan iste’mol o’rtasidagi muvozanatga olib keladi.
Uchinchidan, raqobat kurashi. Har bir tadbirkor maksimal darajada foyda olishga intiladi.
Buning uchun bozorga xaridorgir tovar ishlab chiqarish kerak. Ishlab chiqaruvchilar o’rtasida
xaridorning puli uchun kurash boradiki, buning natijasida bozorda to’kinchilikka erishiladi.
Xulosa
*Bozor iqtisodiyotida talab va taklif asosiy, fundamental kategoriya. Bozordagi talab va
taklif va uning nisbatiga ko’ra resurslar taqsimlanadi, ishlab chiqarish tarkibi shakllanadi.
Talab xaridorning bozordagi narga ko’ra tovarni xarid qilishga tayyorligi, uning ehtiyojini
pul Bilan ta’minlangan holda bozorda namoyon bo’lishidir. Taklif esa muayyan narx darajasida
tovarni sotish uchun bozorga chiqarilishidir.
*Talab va taklif qonuni – bozor qonuni. Unga muvofiq talab narxga teskari
mutanosiblikda, taklif esa to’g’ri mutanosiblikda o’zgaradi. Talab va taklif o’zgarishiga juda
ko’p omillar ta’sir qiladi. Ularni ikkiga narx va narxdan boshqa omillarga ajratiladi.
*Talab va taklif qonuni talab va taklifni narx o’zgarishiga bog’liq ravishda o’zgarishini
ko’rsatadi, lekin qanday o’zgarishini ko’rsatmaydi. Bu vazifani talab va taklif elastikligi
ko’rsatkichlari bajaradi va elastiklik koeffitsienti orqali ifodalanadi. Bu koeffitsient 1dan katta
bo’lsa,talab va taklif elastik, 1ga teng bo’lsa yagona elastik, birdan kichik bo’lsa nolastik bo’ladi.
Elastiklik koeffitsienti narxga nisbatan hisoblangandan tashqari daromadga qarab ham
aniqlanadi.Undan tashqari bilvosita talab koeffitsienti ham hisoblanadi.Bunda biz tovarlarni
mustaqil tovarlar, bir-birini o’rnini bosuvchi tovarlar, bir-birini to’ldiruvchi tovarlarga bo’lib
o’rganamiz.
*Elastiklik koeffitsientini aniqlash iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega. Unga ko’ra
firma, uy xo’jaligi, davlat narxni o’zgarishi qanday oqibatga olib kelishini chamalab, muvofiq
ravishda chora-tadbirlar belgilaydi.
*Talab xaridor uchun tovarning qadr-qimmatini ham belgilaydi. Bunda har bir xaridor
o’zi tovarning nafliligini uning narxi bilan taqqoslaydi. Naflilik har bir xaridor uchun sub’ektiv
bo’lib, unga ko’ra xaridor tanlovi amalga oshadi. U nimani afzal ko’rsa shuni sotib oladi.
Iqtisodiyotda me’yoriy naflilik qonuni amal qiladiki, uning amal qilishiga ko’ra xaridorning
ehtiyoji qondirilgani sari uning uchun ko’shimcha tovarning nafliligi pasayib boradi. Demak
bozorni o’rgangan holda chora-tadbirlar elgilash talab qilinadi.
*Bozorda talab va taklif muvozanati asosida tovar va xizmaitlarning narxi belgilanadi.
Alohida tovar-xizmatlarga bo’lgan talab va taklif muvozanati juz’iy muvozanat, bozordagi
barcha tovar, xizmatlar tarkibi va miqdori jihatidan talab va taklifni bir-biriga muvofiq kelishi
bozor muvozanatini ifodalaydi.
*Bozor muvozanati mutloq va abadiy emas, u o’zgarib turadi. Bozorda dinamik
muvozanatga: narxlar o’zgarishi, talab va taklif nisbatini o’zgarishi, raqobat kurashi orqali
erishiladi. Bozorda muvozanatning
davomiyligi sotuvchi uchun xam xaridor uchun ham ayni muddao.
ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALARI
1. Talab. 2. Talab egri chizig’i
3. Talab qonuni. 4. Talab elastikligi
5. Me’yoriy naflilik 6. Taklif
7 Taklif egri chizig’i 8. Taklif qonuni
9. Taklif elastikligi 10. Talab va taklif muvozanati
11.Bir-birini to’ldiruvchi tovarlar 12. Talab o’zgarishi
13. talab miqdorining o’zgarishi 14. Bozor muvozanati
a)Narxning o’zgarishi ishlab chiqaruvchi(sotuvchi)larga qanday ta’sir qilishi, ya’ni
ularning reaktsiyasini ifodalovchi ko’rsatkich
b) pul mablaglari bilan ta’minlangan ehtiyojini bozorda namoyon bo’lishi yoki to’lov
qobiliyatiga ega ehtiyoj
v) Tovar narxlari bilan talab miqdorini teskari nisbatda sabab oqibatli funktsional
bog’lanishi
g) ma’lum bir vaqt mobaynida turli narxlar bo’yicha xaridorlarni sotib olishi mumkin
bo’lgan tovar va xizmatlar miqdorini grafik orqali ifodalanishi.
d) Xaridorga narxning o’zgarishi qanday ta’sir qilishini, ya’ni narxning 1%ga o’zgarishi
sotib olinadigan tovar miqdorini qanchaga o’zgarishini ifodalovchi iqtisodiy ko’rsatkich
e) Iste’molchining tovar yoki xizmatni qo’shimcha birligidan ko’rgan nafi, ya’ni umumiy
nafga qo’shilgan nafni bildiradi
yo) Ma’lum bir vakt mobaynida turlicha narxlar bo’yicha sotuvchilarning sotishi mumkin
bo’lgan tovar va xizmatlar miqdorini grafikda ifodalanishi
j) bozorda mavjud yoki bozorga olib kelinishi mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar
z) narxlar bilan sotiladigan tovarlar miqdorini to’g’ridan-to’g’ri sabab- oqibatli,
funktsional bog’lanishi
i) talab va taklifni miqdor va tarkibi jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi
y)tovarlar juftligida birini narxining o’sishi ikkinchisiga talabni kamayishiga olib
keladigan tovarlar
k)talab miqdori(hajmi)ningo’zgarishi talab egri chizig’i bo’yicha narxning o’zgarishiga
qarab siljishi
l)talab egri chizig’i narxdan boshqa bir yoki bir necha diterminantlar o’zgarishi natijasida
siljishi
m)xaridor sotib olmoqchi bo’lgan tovar miqdori bilan sotiladigan tovar miqdorining
tengligi
Takrorlash va munozara uchun savollar
1. Talab va taklif, uning o’zgarishiga qanday omillar ta’sir qiladi?
2. Talab egri chizig’i va talab qonunini ta’riflang.
3. Talab elastikligini aniqlash iqtisodiyotda qanday rol o’ynaydi? Taklif elastikligini
aniqlash-chi?
4. Me’yoriy naflilik deganda nima tushuniladi?
5. Naflilikni pasayib borishi qonunini tushuntirib bering.
6. Taklif funktsiyasi va uning grafikda tasvirini chizing, taklif qonunini tushuntirib
bering.
7. Taklif elastikligida vaqt omili qanday rol o’ynaydi?
8. Bozor muvozanati nima sababdan va qanday o’zgarishini tushuntiring.
Masala va mashqlar
1. Olimjon Neksiya avtomobilini o’tgan yili bozorda 5000000 so’mga sotmagan edi. Bu
yil esa 5600000 so’m narx belgilandi. U mashinasini sotdi. Agar o’tgan yilga nisbatan narx 20%
ga oshgan bo’lsa, Olimjon mashinasini sotib to’g’ri qildimi?
2. Hafta davomida 60 ming so’mdan 100 dona kostyum – shim sotildi. Ikkinchi haftada
esa kostyum shim narxi 5 ming so’mga pasaytirildi. Sotilgan kostyum shim miqdori 150 donaga
etdi. Uchinchi haftada esa 109ta sotildi. To’rtinchi haftaga o’tgach, atigi 50 dona sotildi. Talab
elastikligini hisoblang. Elastiklik ko’rsatkichidan kelib chiqib ishlab chiqarishga qanday
topshiriq ketadi, izohlang.
3.Erkinjon Toshkent Davlat madaniyat institutida talaba. Kundalik mayda-chuyda
xarajatlari uchun kollejda madaniy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtirishda tashkilotchi bo’lib ishlaydi.
Bajaradigan ishlaridan biri badiiy filmlar namoyish etishni tashkil etish. Asosiy ishlaridan biri
kinofilm ko’rish uchun biletlarga narx belgilash. Kinoko’rsatuvlar zalida 700 o’rin, film prokati
uchun to’lanadigan haq 180000so’m, zalni ijaraga olish haqi 25000 so’m, operatorga 15000
so’m, bilet tekshiruvchi kontrolyorlarga (ikki kishi) 5000 so’m. Bilet narxiga ko’ra talab
quyidagicha
Narx, so’m Talab, dona, bilet
700 300 -
600 400
500 500
400 600
300 700
Umumiy xarajatlar, tushum qoladigan daromad va me’yoriy tushumni aniqlang. Undan
qanday xulosa chiqarish mumkin, izohlang.
4. Quyidagi jadvalda narxning o’zgarishiga ko’ra taklif hajmining o’zgarishi berilgan.
Ma’lumotlar asosida taklif elastikligi koeffitsentini aniqlang. Jadvalni to’ldiring. Elastiklik
koeffitsienti deganda nimani tushunamiz? Uni hisoblashning qanday ahamiyati bor? Elastiklik
koeffitsientining birga teng bo’lishi, birdan katta yoki kichik bo’lishi nimani bildiradi?
Fikringizni izohlab bering.
Tovar turlari
Narx,
so’m
Taklif hajmi,
dona
Narxga ko’ra
taklif
elastikligi
koeffitsienti
Elastikligi
A 12 24
B 44 610
V 810 125
5. Quyidagilarni diqqat bilan o’qing:
«Jevons fikricha sub’ektiv jihatdan naflilikni miqdoran aniqlash va baholash faqat tovar.
xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining bozor bahosida namoyon bo’ladi.
(«Vsemirnaya istoriya ekonomicheskix misli» M, 1989g. t.3 s.157)
Pareto esa nazariyaga sub’ektiv naflilikning mikdoriy tushunchasi o’rniga tartibli, ya’ni
sub’ektiv jihatdan tanlash afzalligini ketma-ketlik asosida alohida ne’matlarning nafliligini
solishtirish o’rniga ularning to’plamini taqqoslashni kiritdi.
(«Vsemirnaya istoriya ekonimicheskoy misli» M, 1989g. t.3 s.164)
Har ikki parchani tahlil qilib, ordinalistik va kordinalistik yo’nalishlari mazmunini
aniqlang.
6. Quyidagi jadvalda turli omillarning talab va taklifga ta’siri ko’rsatilgan.
Omil (boshqa
shartlar teng)
Talab
egri
chizig’i
siljishi
Talab
egri
chizig’i
bo’yicha
Taklif
egri
chizig’i
siljishi
Taklif
egri
chizig’i
bo’yicha
Taklif
egri
chizig’i
bo’yicha
1.Raqobatdosh
tovarlarga baho
o’zgarishi
2.Yangi
texnologiya joriy
qilindi
3.Tovarga moda
o’zgardi
4.Daromad
o’zgardi
5.Homashyoning
bahosi o’zgardi
Omillarning ta’sirini talab va taklif egri chizig’i yordamida tushuntirib bering.
Omillarning o’zgarishi egri chiziqda qanday ifodalanishini jadval ustunlari bo’yicha belgilar
orqali ifodalang.
7. Aytaylik iste’molchining byudjeti 10 ming so’m. U bozordan go’sht xarid
qilmoqchi. Qo’y go’shtinig kilosi 2500 so’m, mol go’shti esa 2000 so’m. Agarda puli
1500 so’mga ko’paysa yoki aksincha 5000 so’mga kamaysa, xaridor o’z pulini go’sht olish
uchun qanday sarflashi mumkin? Uni mumkin bo’lgan variantlarini ko’rsating, grafikda
tasvirlangan javobingizni izohlang.
8.Erkinjondan mavjud uch xil tovar: kostyum-shim, videomagnitafon, entsiklopediya
kitobini nafliligi nuqtai nazaridan sanab chiqing deyildi. Lekin video magnitafonga etadigan pul
berilganda video magnitafondan ancha arzon turadigan kostyum shim sotib oldi. Iqtisodiy nuktai
nazardan uning bunday qilishi, ya’ni qarorga kelishini qanday tushuntirish mumkin?
a)Erkinjon aniq bir tovarni o’zi uchun nafliligini to’g’ri baholay olmaydigan iste’molchi;
b)olingan pulni sarflash haqida qaror qabul qilar ekan, faqat uch tovar nuqtai nazaridan
emas, balki shu pulga sotib olish mumkin bo’lgan boshqa tovarlar nafliligini hisobga olgan;
v)bepulga olish mumkin bo’lgan tovarlar nafliligi bilan pul to’lab sotib olish kerak
bo’lgan tovarlar nafliligi bilan taqqoslagan;
g)tovarlarni nazariy jihatdan nafliligi bilan ularni pulga sotib olgandagi nafliligi tubdan
farq qiladi;
d)talab qonuni bo’yicha xaridor narxi qimmat tovarlarga nisbatan arzon tovarlarni
ko’prok sotib oladi;
e)tovar bahosi tushganda sotib olish rejalashtirilgan tovarlar hajmi ortishini
yo)tovar bahosi ko’tarilganda taklifni kamayishini ko’rsatadi.
T / N
1. Bozor iqtisodiyotida kimning puli ko’p bo’lsa, u shuncha ko’p tovar sotib olishi
mumkin .
2. Tovar ishlab chiqarish hajmi va usuli ishlab chiqarish resurslarining bahosiga bog’liq.
3. Mukammal raqobatga asoslangan iqtisodiyotda alohida tovar ishlab chiqaruvchi
mahsulot miqdorini kamaytirish orqali narxga ta’sir etadi.
4. Bozor iqtisodiyotida qanday tovar ishlab chiqarish zarurligini ohir-oqibat iste’molchilar
hal qilishadi.
5. Avtomashinalarga benzin quyish shaxobchasi – bozorga misol b¢la oladi.
6. Talab egri chizig’i narxning pasayishi tufayli, talab hajmini o’sishini ko’rsatadi.
7. Kishilarning daromadarini ortishi barcha tovarlarga talabni oshiradi.
8. Resurslar bahosining har qanday o’zgarishi talab va taklif muvozanatini taklif egri
chizig’i b¢yicha yuqori yoki pastga tomon o’zgartiradi.
9. Bir vaqtning o’zida tovar taklifi va iste’molga ajratilgan daromadning o’sishi natijasida
baholar o’zgarmasligi mumkin.
10. Taklif egri chizig’ini o’ngga siljishi ishlab chiqaruvchilarning har bir narx darajasida
avvalgiga qaraganda kamroq tovar taklif qilinayotganini ko’rsatadi.
Testlar
1.Ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashuvi….
a) muvozanat bahosini o’sishiga;
b) taklif egri chizig’ini chapga siljishiga;
v) taklif egri chizig’ini o’ngga siljishiga;
g) taklif egri chizig’ini chapga siljishiga;
d) talabegri chizig’ini chapga siljishiga olib keladi
2. Agar ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqargan mahsulotlariga ko’zlagan muddatga
nisbatan avvalroq yuqori narx belgilashga majbur bo’lishdi, u holda …..
a) talab qisqaradi;
b) talab ortadi;
v) taklif kamayadi;
g) taklif ortadi;
d) talab o’zgarmaydi.
3. Aytaylik qurg’oqchilik sababli bug’doy taklifi kamaydi. Agarda bugdoy non tayyorlash
uchun asosiy xom ashyo bo’lsa iste’molchilar nonning o’rniga kartoshka iste’molini
ko’paytirishlari mumkinligi kutilsa, u holda bug’doy narxi
a) ortadi, non taklifi ortadi, kartoshkaga talab ortadi;
b) ortadi, non taklifi pasayadi, kartoshkaga talab esa o’sadi;
v) ortadi, non taklifi pasayadi, kartoshkaga talab kamayadi;
g) tushadi, non taklifi ortadi, kartoshkaga talab o’sadi;
d) tushadi, non taklifi pasayadi, kartoshkaga talab o’sadi.
4. Quyidagi tushunchalardan qaysi biri odamlarni biron narsa olish va haq to’lash
qobiliyatlarini ifodalaydi.
a) ehtiyoj;
b) o’zini ko’rsatish;
v) zaruriyat:
g) hohish;
d) talab
5. Odamlarni mahsulotlarni qo’shimcha ravishda arzon sotib olishga tayyorligi nisbatan
…
a) o’rinbosish effektida;
b) me’yoriy naflikni pasayishida;
v) daromad effektida;
g) taklif qonunida;
d) T. Veblen effektida
to’laroq ifodalanadi.
6. Tovar va xizmatlar bozori muvozanat holatda bo’ladi, agar ….
a) talab taklifga teng bo’lsa;
b) narx xarajatlar plyus foydaga teng bo’lsa;
v) texnologiya darajasi sekinlik bilan o’zgarsa;
g) talab hajmi taklif hajmiga teng bo’lsa;
d) tovarlar sifati talabga javob bersa.
7.Agar tovarga taklif va talab ortsa u holda….
a) tovarni umumiy miqdori ortadi;
b) narx ko’tariladi;
v) narx barqaror bo’ladi;
g) jamiyatni faravonligi oshadi
d) tovarlarni umumiy miqdori kamayadi.
8. Agar tovar narxi talab egri chizig’i bilan taklif egri chizig’i kesishgan nuqtadan past
bo’lsa, u holda:
a) ortiqcha miqdorda tovarlar hosil bo’ladi;
b)tovar taqchilligi yuz beradi;
v) xom ashyo ortiqchaligi;
g) xom ashyo etishmovchiligi kelib chiqadi;
d) resurslar narxi ko’tariladi.
9. Talab va taklifning narxni tartibga solishdagi rolini tushuntirish uchun:
a) tovar bozorini;
b) resurslar bozorini;
v) valyuta bozorini;
g) har qanday bozorni;
d) xizmatlar bozorini
misol qilib ko’rsatish mumkin
10. Agar ikki tovar bir-birini o’rnini bossa, u holda birining narxining o’sishi:
a) ikkinchi tovarga talabni pasayishiga;
b) ikkinchi tovarga talabni o’zgarmasligiga ;
v) ikkinchi tovarga talab hajmining ortishiga;
g) ikkinchi tovarga talab hajmini pasayishiga;
d) ikkinchi tovarga talabni ortishiga olib keladi.
11. Tovarning narxi 1,5ming so’mdan 2ming so’mga ko’tarildi, talab hajmi esa 1000dan
900donaga tushdi, deylik. U holda narxga nisbatan talab elastikligi … teng
a) 3,00;
b) 2,71;
v) 0,37;
g) 0,33;
d) 1,5;
12. Qaysi holatda bahoga nisbatan talab elastikligi yuqori bo’ladi?
a) birinchi darajali zarur tovarlarga nisbatan zeb-ziynat buyumlariga;
b)iste’molchilar mazkur tovardan eng samarali foydalanishsa;
v)tovar ishlab chiqarish uchun muqobil xarajatlar ko’p bo’lsa;
g)iste’molchiga tovar shuncha kam zarur bo’lsa;
d) zeb-ziynat buyumlariga nisbatan eng zarur tovarlarga.
13. Tovar taklifining qisqarishi nimaga olib keladi?
a) o’zaro o’rin bosuvchi tovarlarga talabni ortishiga;
b) agar bahoga ko’ra tovarga talab elastik bo’lsa, umumiy tushumni ortishiga;
v) agar daromadga ko’ra tovar talab noelastik bo’lsa, umumiy tushumni ortishiga;
g) bu tovarga talabni ortishiga;
d) o’zaro bir-birini to’ldiruvchi talabni ortishiga olib keladi.
14. Agar tovarning bahosi 1%ga tushishi unga bo’lgan talabni 2%ga ortishiga olib kelsa,
u holda talab:
a) noelastik;
b)elastik;
v) yagona elastik;
g) mutlaq noelastik;
d) mutlaq elastik bo’ladi.
15. Agar narx 5%ga pasaysa, umumiy taklif hajmini 8%ga qisqarishiga olib keladi, u
holda taklif:
a) noelastik;
b) yagona elastik;
v) elastik;
g) mutlaq elastik;
d) mutlaq noelastik.
16. Har qanday tovar miqdori bir xil baho bo’yicha sotilsa, u holda bunday tovarga talab:
a) mutlaq noelastik;
b) mutlaq elastik;
v) elastik;
g) noelastik;
d) yagona elastik.
17. Taklif qonuni, narxlarning o’sishi, boshqa sharoit (omillar) o’zgarmagani holda…..
a) taklifning o’sishida;
b) taklifni kamayishida;
v) taklif hajmini o’sishida;
g) taklif hajmini kamayishida;
d) taklifni o’zgarmasligida namoyon bo’ladi.
18. Talab qonuni …
a) taklifni talabga nisbatan ko’pligi narxning pasayishini;
b) agar iste’molchilarning daromadi ortsa, tovarlarni ko’proq sotib olishini;
v) talab egri chizig’ini odatda musbat tomonga og’ishini;
g) tovar bahosi tushganda, sotib olish rejalashtirilgan tovarlar hajmi ortishini;
d) tovar bahosi ko’tarilganda taklifni kamayishini taqozo qiladi.
19. Mahsulotning narxini tushishiga sabab bo’lishi mumkin:
a) xususiy tadbirkorlikka soliqlarni ortishi;
b) iste’molchilar daromadini ortishi;
v) bir-birini o’rnini bosuvchi tovarlar narxini o’sishi;
g) o’zaro bir-birini to’ldiruvchi tovarlar narxini tushishi;
d) ishlab chiqarish resurslari narxini tushishi.
Tarqatma materiallardan namunalar
Do'stlaringiz bilan baham: |