Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


miqdorining o’zgarishi, tovar va xizmatlar narxining absolyut darajasini o’zgarishiga olib



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/41
Sana07.12.2019
Hajmi1,81 Mb.
#28806
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi 3e87e-разблокирован


miqdorining o’zgarishi, tovar va xizmatlar narxining absolyut darajasini o’zgarishiga olib 
keladi, u o’z navbatida pulning xarid quvvatini o’zgarishiga olib keladi. 
 Bu nazariya pul va tovar bozori o’rtasidagi bog’lanishni tushunishga yordam beradi. 
 
Pulning miqdoriylik nazariyasi yagona kontseptsiyani ifodalamaydi. Asosiy g’oya 
atrofida iqtisodchilarning turli-tuman fikrlari mavjud bo’lib, u har bir iqtisodchining o’z qarashi, 
nuqtai nazari, qo’ygan maqsadi iqtisodiy tahlili bilan bog’liq. 
 Pul maxsus tovar bo’lib, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning mahsulidir. Pulning 
kelib chiqishi to’g’risidagi evolyutsion kontseptsiyaga binoan, u ijtimoiy mehnat taqsimotining, 
tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning natijasi. 
 Dastlab, ayirboshlash tasodifiy tarzda yuz bergan. Tasodifiy ayirboshlash mahsulot 
tovarga aylanganligini bildiradi. Ayirboshlash natijasida mo’’jiza yuz beradi. Bir tovar, aytaylik, 
qo’y bosh-qa bir tovarga — boltaga aylanib qoladi. Chunki, bunda turli xil iste’mol qiymatlari 
ayirboshlanadi. 
 Bir tovarni bevosita boshqa tovarga almashtirish hozir ham mavjud bo’lib, u barter deb 
ataladi. Lekin bunday ayirboshlash juda cheklangan, ozgina tovarlar o’rtasidagina amalga 
oshirish mumkin. 
 Tovar ayirboshlash rivojlanishi bilan tasodifiy qiymat shaklidan to’la yoki kengaygan 
shaklga o’tadi. Ayirboshlashda endi bir qancha tovar egalari ishtirok etadi. 
 Hayot tovarlar ichidan boshqa hamma tovarlarga ayirboshlash mumkin bo’lgan bir 
tovarning ajralib chiqishini ob’ektiv zarurat qilib qo’ydi. 
 Ana shu zarurat tufayli turli yurtlarda turli narsalar ana shunday ayirboshlash vositasi 
sifatida ishlatilgan. Ba’zi joylarda mo’yna, boshqasida chorva mollari, chig’anoq, tuz, don va 
hokazolar qadrlanib, boshqa hamma narsalarga almashtirilgan. Lekin turli narsalarni 
ayirboshlash vositasi sifatida ishlatilishi almashuvning o’ziga xos ziddiyatlarini namoyon qildi. 
Sababi, bir yurtda qadrlangan narsa boshqa yurtda unchalik qadrlanmagan. Undan tashqari, 
ayrim narsalarni uzoq saqlab bo’lmasligi, uzoq joyga olib borish qiyinligi (masalan, chorva 
mollarini) qo’shimcha qiyinchilik tug’dirgan. Natijada tovarlar ichidan shunday bir tovar ajralib 
chiqishi ob’ektiv zarurat bo’lib qoldiki, bu tovar qator xususiyatlari bilan avvalgi ayirboshlash 
vositasi bo’lib xizmat qilgan tovarlardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turishi talab etilgan: 
 1. Uzoq muddat saqlash mumkinligi. 
 2. Uzoq masofaga olib borish qulayligi. 
 3. Tabiatda kamyob bo’lib, kam miqdorining ham qadr-qimmatini yuqoriligi. 
 4. Sifat jihatidan bir xilligi. 
 5. Qadr-qimmatini yo’qotmay, oson bo’linishi va qo’shilishi. 
 Mana shunday xususiyatlarga nodir metallar, kumush va oltin ega bo’lib, ular har qanday 
boshqa tovarga ayirboshlanadi, ya’ni umumiy ekvivalent rolini o’ynaydi. Ana shunday xossaga 
ega bo’lgan alohida tovar pul deb ataladi. 
 Dastlab, muomalada kumush va oltin pullar, so’ngra oltin, ke-yinchalik oltinning belgisi 
sifatida qog’oz pullar yuritilgan. 
 Hozirgi paytda elektron (kredit kartochkalari) pullar paydo bo’lib keng qo’llanila 
boshladi. 
 Ma’lumki, pulga dastlab, klassik siyosiy iqtisod vakillari tomondan berilgan ta’rif 
«Umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi tovar pul deyiladi» qoidasi keng tarqalgan. 
Klassik nazariya vakillari pulning besh funktsiyasini: qiymat o’lchovi, muomala, to’lov va 
jamg’arish (xazina to’plash) vositasi, jahon pulini ajratib ko’rsatishgan.  
1. Pul qiymat o’lchovi. Pul barcha tovarlarning qiymatini o’lchaydi. Buyumning pulda 
ifodalangan qadr-qimmati baho (narx) deyiladi. 
Tovarlarning bahosi umumiy ekvivalent rolini bajarayotgan tovar-oltinning miqdorida 
ifodalanadi. Qiymat o’lchovi funktsiyasini bajarish uchun naqd pulning o’zi kerak emas. 
Sotuvchi tovarga narx belgilar ekan, tovar narxiga teng bo’lgan pul miqdorini xayolan ko’z 
o’ngiga keltiradi. Bu pul ma’lum miqdordagi oltinga teng bo’lib, u davlat tomonidan belgilangan 

 
 
baholar mashtabiga bog’liq. Baho mashstabi deb, pul birligida ifodalangan oltin miqdoriga 
aytiladi. 
Masalan: AQShchda 1971 yilgacha dollar 0,818513 gramm sof oltinga teng bo’lgan, agar 
biror buyum, aytaylik oyoq kiyimining bahosi 100 dollar bo’lsa, u 0,818513 x 100=81,8513 
gramm oltinga teng degan ma’noni beradi. Xar bir mamlakatning pul birligidagi oltin miqdori 
turlicha bo’lgan. 
2. Pul ayirboshlash vositasi funktsiyasini bajarganda xaridor va sotuvchilar qo’lida uzoq 
ushlanib turmaydi. Pulning qo’ldan-qo’lga o’tib yurishi oxir oqibat to’laqonli pullarni to’laqonli 
bo’lmagan pullar bilan almatirishga olib keladi. 
Dastlab, oltin ayirboshlash vositasi funktsiyasini tilla quymalar tarzida bajargan. Har safar 
almashuv jarayonida quyma oltinlarni tarozida tortib, kerakli miqdorini ajratish borgan sari 
qiyinlashib borishi sabab avvaliga alohida savdogarlar, keyinchalik davlat uncha katta bo’lmagan 
oltin bo’lakchalariga ma’lum shakl berib, undagi oltin miqdorini belgilab muhr bosadigan 
bo’ldilar. Natijada har bir oldi-sotdidan so’ng oltin tortishdek mashaqqatli ish engillashtirildi. 
Oltin pul sifatida tanga moneta shaklini oldi. Keyinchalik, muomaladagi pullarni eyilib, undagi 
tillani kamayishi, o’z og’irligini yo’qotishi muomalada qog’oz pullarni paydo bo’lishiga olib 
keldi. Muomalada metall monetalarning o’rinbosari sifatida qog’oz pullar ishlatila boshladi. 
3. Tovarlarni sotib olganda puli to’lanmay nasiyaga olinishi mumkin. Tovarlarni pulini 
ma’lum muddati o’tgach to’lanishi mumkin, bunda pul to’lov vositasini bajaradi. Pulning 
harakati alohidalashadi. Masalan: ish haqi to’lanishi o’z navbatida turli moliyaviy 
majburiyatlarni (qarz bo’yicha, soliq, ijara va shunga o’xshash) bajarilishiga olib keladi. 
Qarz majburiyatlari o’z navbatida pulning yangi shakli kredit pullarni vujudga kelishiga 
sabab bo’ladi.  
O’z tovarini qarzga sotgan sotuvchi xaridordan veksel (qarz majburiyati) olishi mumkin 
va uni o’z navbatida pul o’rnida ishlatishi mumkin. Lekin veksel ishlatish cheklangan, chunki u 
faqat bitta veksel egasining mulki bilan qanoatlanadi. Banklar xususiy vekselllar o’rniga ularga 
nisbatan kafolati mustahkam banknot (bank biletlari) chiqara boshladilar. Ular oltin bilan 
ta’minlangan bo’lib, muomalada keng ishlatila boshlandi. 
4. Pul xazina to’plash vositasi bo’la oladi. Agar xaridor puliga zarur tovar olishni keyinga 
surib, uni muomaladan chiqarar ekan, pul xazina to’plash funktsiyasini bajaradi. U umuman, 
boylik sifatida to’planadi. Bunda faqat oltin monetalar emas, quyma tillalar, quyma tilla 
buyumlar ham (pul yasaladigan xom ashyoning hamma ko’rinishlari) bu vazifani bajarishi 
mumkin. 
5. Xalqaro miqyosda pul jahon puli funktsiyasini bajaradi. 
Bunda pullar o’z «milliy kiyim»larini echib, natural shaklda, quyma oltinlar shaklida 
ishlatilgan. Mamlakatlar o’rtasida hisob-kitob har bir mamlakatning pul birligida ifodalangan 
oltin miqdori asosida yuritilgan. Banklar orqali o’zaro bir-birini qoplovchi hisob-kitoblar qilinib 
qarz qoplanmay qolgandagina oltin bilan to’langan. 
Monometall pul tizimi o’rniga kredit va qog’oz pul muomalasi tizimi kirib kelishi Bilan 
pul avvalgi iqtisodiy mazmunini birmuncha yo’qotdi. Qog’oz pullar oltindan farq qilib ichki 
qiymatga ega emas. 
Qog’oz pulda ko’rsatilgan raqam uni tayyorlash uchun qilingan xarajatlarni ifodalamaydi. 
Masalan, AQShning 100 dollarini zarb qilish uchun 25 tsent sarflanar ekan, 100 so’mlikni bosib 
chiqarish uchun ham albatta undan kam mablag’ sarflanadi. 
Pulning oltin asosini bekor qilinishi bilan ilgari berilgan ta’rif endi to’g’ri kelmay qoldi. 
Hozirgi paytda ko’pchilik iqtisodchilarning fikricha qog’oz-kredit pul tizimida pullar 
dekret (qonun kuchiga ega bo’lgan qaror) pullaridan iborat. U holda pulga quyidagicha ta’rif 
berish mumkin: Hukumat tomonidan belgilangan har qanday tovarga ayrboshlash yoki 
qarz to’lashga qabul qilinadigan narsa (vosita) pul deyiladi.  
  Pulning oltin asosini bekor qilinishi uning ikki funktsiyasini boshqalari bilan qo’shilib 
ketishiga olib keldi. Hozirgi zamon iqtisodiyot fani pulni: muomala vositasi, qadr-qiymat 
o’lchovi, jamg’arish vositasi sifatida ko’radi. 

 
 
 Pul muomala vositasi sifatida tovar oldi-sotdisi, xizmat ko’rsatish va boshqa to’lovlar 
uchun ishlatiladi. Tikuvchi u bajargan ishi uchun mato bilan haq to’lashlarini xohlamaydi. 
Korxona egasi, aytaylik to’qilgan mato uchun non berishlarini xohlamaydi. Pul esa to’lov 
vositasi sifatida darrov qabul qilinadi. U har qanday tovar va xizmatlarga ayirboshlanishi 
mumkin. U barter (mavoze) almashuvining noqulayliklariga barham beradi.  
Qadr-qimmat o’lchovi vositasi yoki qadr-qimmat standarti sifatida ishlatilishi ham 
tubdan o’zgaradi. Jamiyat pulning turli ne’matlar va resurslarning nisbiy qimmatini o’lchash, 
taqqoslashda eng qulay vosita hisoblaydi. 
Masofani m, km va boshqalarda o’lchaganimizdek, turli ne’matlar va xizmatlarni pulda 
o’lchaymiz. Bunda eng asosiysi har bir mahsulotni boshqa bir mahsulot orqali ifodalash 
mashaqqatidan qutulamiz. 
Pul turli qimmatlarni o’lchovida etalon sifatida foydalaniladi. Pulning qadr-qimmati 
deganda pul birligining xarid qobiliyati, ya’ni unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish 
mumkinligini tushuniladi. U narx tarzida yuzaga chiqadi. Lekin bu erda shunday savol tug’iladi, 
nima sababdan qog’oz pullarga hozir har qanday tovar, xoxlasangiz oltin buyumlar sotib 
olishingiz mumkin? 
Ѓarbdagi iqtisodchilar buni shunday tushuntiradilar. Hozirgi kunda pul sifatida davlat, 
banklar va omonat muassasalarining qarz-majburiyatlari muomalada yuradi. Bu majburiyat pul 
funktsiyasini bajarishi, eng avvalo davlat tomonidan qonunlashtirilgan. Naqd pullar – bu qonuniy 
to’lov vositasi. Har bir kishi uni olishga tayyor, chunki biladi, qat’iy ishonadi, undan ham albatta 
boshka kishi xech qanday qarshiliksiz tovari, ko’rsatgan xizmati uchun qabul qiladi. 
Pul jamg’arish vositasini bajaradi. Pulni tezda har qanday boshka tovarga ayirboshlash 
mumkin, ya’ni u yuqori likvidli. Saqlash uchun qulay. Kishilar pulni qo’lga kiritishlaridan to 
sarflagunlaricha molu-davlat sifatida jamg’ariladi. 
Jamg’arish vositasini bajarganda pul egasi hech qanday daromadga ega bo’lmaydi. 
Masalan, ko’chmas mulk, qimmatbaho qog’ozlar daromad keltiradi. Lekin uning afzalligi 
shundaki, puldan tezda har qanday moliyaviy majburiyatni qondirish uchun foydalanish 
mumkin. 
 .Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot sub’ektlari o’rtasida amalga oshiriladigan hisob-
kitoblar naqd pulsiz va naqd pul yordamida olib boriladi. Hozirgi paytda to’lov vositasi sifatida 
puldan tashqari turli-tuman pul vositalari(muomalaga elektron-kredit pullar (veksel, chek va 
qimmatbaho qog’oz) kirib kelishi, ya’ni naqd va naqd bo’lmagan pul va kvazi pullar) ishlatilgani 
uchun ko’proq pul massasi termini ishlatiladi. 
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo’lib, milliy xo’jalikda tovar va xizmatlar 
harakatini ta’minlovchi naqd pul va naqd bo’lmagan muomala va to’lovlar uchun ishlatiladigan 
vositalar bo’lib, uning bir qismi aktiv bo’lib, uni naqd pul, ikkinchi qismi passiv kvazi pul 
(lotincha quasi – deyarli, xuddi) tashkil etadi.  
Pul massasini naqd pulga aylantirishning imkoniyati turlicha. Ana shu naqd pulga 
aylantirish imkoniyati likvidlik darajasi deyiladi. Likvidlik darajasi turlicha barcha pul 
vositalarini muayyan nisbatlarda yaxlit pul massasini tashkil etishi, pul kompleksi, 
boshqacha aytganda pul agregati
1
 deyiladi. 
Pul agregati likvidlik darajasi absolyut bo’lgan (100%) naqd puldan boshlab, borgan sari 
likvidligi kamayib boruvchi pul vositalaridan tashkil topadi. 
Likvidlik deganda tez realizatsiya qilish imkoniyatiga ega bo’lish tushuniladi. Likvidlik 
darajasi turlicha bo’lishining o’zi pulning kelib chiqishiga sabab bo’lgan: 
1. U yoki bu tovarni sotib olmoqchi bo’lganlarni cheklanganligi. 
2. Shu tovarning ishlatilishi sohasi cheklanganligi. 
3. Sotish mumkin bo’lgan vaqtning cheklanganligi (tovar ma’lum vaqt ichida sotilmasa, 
sifati buziladi, modadan qoladi va h.k.). 
Eng yuqori darajada realizatsiya qilish qobiliyatiga ega bo’lgan tovar pulga aylanadi. 
Naqd pul – bu mutlaq (100% lik) likvidlikka ega bo’lgan ayirboshlash vositasidir.  

 
 
Pul agregati birinchi navbatda M
0
 – absolyut likvidlikka ega bo’lgan muomaladagi naqd 
pul massasini o’z ichiga oladi. 
Pul agregati M
1
=M

+ banklardagi muddati ko’rsatilmagan depozit (omonat)lar va 
cheklardan iborat. 
M
2
=M

+ muddati ko’rsatilgan depozitlar, nochek jamg’armalar. 
M
3
=M

+ yirik jamg’armalar, xususiy firma, tashkilotlarning  hisob schetlardagi 
omonatlar, muddati ko’rsatilgan yirik jamg’armalar. (AQShda ular 100 ming dollardan ortiq)dan 
iborat, bunday mablag’larni banklarning depozit sertifikatlari tarzidagi cheklarga aylantirish 
uncha qiyin emas. Lekin u ma’lum yo’qotishlarga uchraydi. Ularni pulga aylantirish uchun 
ma’lum muddat kutishga to’g’ri keladi. 
Eng umumiy pul agregati L = M
3
dan tashqari turli qimmatbaho qog’ozlarni (pulga 
aylantirish qiyinroq) o’z ichiga oladi. 
Umuman olganda pul agregatlari soni turli mamlakatlarda turlicha. Masalan AQShda, 
Yaponiya, Italiya 4 agregat, GFRda 3, Frantsiya 10. O’zbekistonda pul massasini pul agregati 
asosida tahlil etish bozor iqtisodiyotiga o’tishdan boshlandi. 
Turli mamlakatlarning pul tizimi ahvoli, eng avvalo pul massasining umumiy hajmi va 
uning alohida pul agregatlariga bo’linishi bilan bog’liq. Barqaror pul tizimiga ega bo’lish uchun 
pul massasi Lda agregat M
1
 ning ulushi uncha ko’p bo’lmasligi kerak. Masalan, AQShda, 
Yaponiyada 90 yillarning o’rtalariga pul agregatlari ulushlari o’rtasida nisbat quyidagicha 
bo’lgan: 
 
Pul agregati 
M
1
 
M
2
 
M
3
 L 
Ulushi (%) 
AQShda 
Yaponiyada 
15 65 80  100 
 
Rossiyada 
 
50 70 80  100 
 
Ko’rinib turibdiki, Rossiyada yuqori darajadagi likvidlikka ega bo’lgan pul massasi hajmi 
rivojlangan mamlakatlar AQSh va Yaponiyaga qaraganda yuqori. Bizni respublikamizda ham 
shunday ahvolni kuzatish mumkin. Bu muddati ko’rsatilgan omonat va davlat qimmatbaho 
qog’ozlarini ulushi pastligidan darak beradi. Natijada pul muomalasini tartibga solish ham 
qiyinlashadi, iqtisodiy barqarorlikka ta’sir etadi. 
Naqd pul harakati bankdan boshlanadi, korxona, tashkilot kassasiga, aholi qo’liga o’tadi. 
Oldi-sotdi, to’lov xarajatlari bajarilgach, yana bankka qaytib tushadi, naqd bo’lmagan pullar 
bankdagi bir hisob schetidan boshqasiga o’tkazish orqali harakat qiladigan pullardir. 
Iqtisodiyotdagi eng muhim muammo ana shu pullar harakatini, ya’ni pul muomalasini tartibga 
solishdir. 
 
Xulosa 
 
*Jamiyat taraqqiyoti shunday amalga oshadiki, unda bir tomondan ma’lum bir iqtisodiy 
munosabatlar, aloqalar avvalgi tizim bilan vorislikni ta’minlaydi. Ikkinchi tomondan, jamiyatni 
olg’a eltuvchi yangi munosabatlar, aloqalar vujudga keladi. Uchinchidan, shunday iqtisodiy 
munosabatlar, aloqalar borki, ular jamiyatdagi o’zgarishlarga moslashgan xolda tizim 
rivojlanishiga katta ta’sir etib, ularni bir-biri bilan bog’laydi. Ana shunday munosabatlar tovar-
pul mugosabatlaridir.  
*Ijtimoiy xo’jalik yuritishning tarixan ikki shakli mavjud. Birinchisi natural xo’jalik 
yuritish bo’lib, u eng uzoq davr(hozirgi paytda ham uchraydi) davom etgan. Ikkinchisi tovar 
xo’jaligi bo’lib, u iqtisodiyotning rivojlangan bosqichiga xos. Ular bir-biridan farq qiladi. Tovar 
xo’jaligining eng katta farqi, mahsulot bozorda sotish uchun ishlab chiqariladi va tovar de 
ataladi.  

 
 
*Iqtisodiyotda yuz beradigan munosabatlar tovar, uni ishlab chiqarish va sotish bilan 
bog’liq munosabatlar bo’lib, shuning uchun tovar va uning xususiyatlarini, u haqdagi 
nazariyalarni o’rganish muhim ahamiyatga ega.  
*Bu nazariyalarning eng asosiylari: qiymatning mehnat nazariyasi - klassik nazariya, 
me’yoriy naflilik nazariyasi – marjinal nazariya, sintez nazariyasi – Marshallning baho 
nazariyasidir. Bu nazariyalarning asosiy maqsadi ma’lum bir tovarga narx qanday belgilanishini 
nazariy jihatdan asoslab berishdir.  
*Tovar ishlab chiqarish bilan bog’liq holda pul kelib chiqar ekan, uning kelib chiqishi 
haqida ham qator nazariyalar borki, bu masalaga yondashuvga ko’ra umumiy ravishda ikkiga: 
ratsionalistik va evolyutsion yondashuvgv bo’lish mumkin. Birinchisi sub’ektiv psixologik 
yondashuv bo’lib, pulning kelib chiqishi kishilar o’rtasidagi kelishuv tufayli yuz bergan degan 
fikr bildirsalar, ikkinchisi esa pud jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining mahsuli deb 
ko’rsatishadi.  
 *Pul bozor itisodiyotining eng universal, eng yuqori likvidli vositasi bo’lib, qiymat 
o’lchovi, muomala, jamg’arish funtsiyasini bajaradi. Dastlabki paytda pullar naqd pullardan 
iborat bo’lgan bo’lsa, tarixiy taraqqiyot davomida kredit munosabatlarini kelib chiqishi tufayli 
naqd bo’lmagan pullar ham ishlatiladigan bo’ldi. Hozirgi paytda mamlakatdagi barcha naqd va 
naqd bo’lmagan, «kvazi» pullar birgalikda pul massasini tashkil qiladi. 
 
Asosiy tayanch tushunchalar 
 
1.  Natural xo’jalik  
2.  Tovar xo’jaligi 
3.  Tovar 4. Naflilik  
4.  Me’yoriy naflilik  
5.  Pul massasi  
6.  Likvidlik darajasi  
 
A) insonning biror-bir ehtiyojini qondirib, ayirboshlash (sotish) uchun ishlab chiqarilgan 
ne’matga aytiladi. 
B) maxsulot ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xo’jalik 
yuritishning yopiq shakli. 
V) tovar ishlab chiqarishga asoslangan, ishlab chiqarish bilan iste’mol bozor orqali 
bog’lanadigan xo’jalik yuritish shakli.  
G) xaridorning o’z extiyojini qondirish, ne’matni iste’mol qilishdan oladigan qoniqishi.  
D) pul va naqd pulga aylantirish imkoniyati turlicha bo’lgan naqd bo’lmagan pul va kvazi 
pullar, qimmatli qog’ozlar.    
E) qo’shimcha iste’mol qilingan mahsulotdan qo’shimcha olinadigan naf.  
Yo) pul massasini naqd pulga aylantirish imkoniyati.  
 Takrorlash va munozara uchun savollar 
1. Natural xo’jalikdan tovar xo’jaligi qaysi jihatlari bilan farqlanadi?  
2. Tovar xo’jaligini vujudga kelishining asosiy sabablarini ko’rsating.  
3. Noiqtisodiy ne’mat, iqtisodiy ne’mat va tovarning qanday farqlari bor?  
4. Qiymat nazariyasi va marjinal nazariyaning bosh maqsadi nima? Har ikki nazariya 
vakillari bu maqsadni qanday uddalashdi? Neoklassik nazariya vakili A. Marshallchi?  
5. Tovarning almashuv qiymatini ya’ni narxini aniqlashning har uch yo’nalishdan 
sizningcha qaysi biri haqiqatga yaqinroq?  
6. Pulning kelib chiqishi haqida qanday nazariyalarni bilasiz?  
7. Pul agregati, likvidliligi deganda nimani tushunamiz?  
8. O’zbekistonda pul agregatining tarkibini bilasizmi?  
  
 

 
 
Masala va mashqlar 
1.  Quyidagi  sanab  o’tilgan 
ne’matlardan qaysi birlari iqtisodiy, 
qaysi birlari noiqtisodiy ne’matlarga ajratiladi? 
a) Siz nafas olayotgan havo; 
b) qishda yoqqan qor; 
c) restoran, barlar va boshqalarda ishlatilayotgan muz; 
d) qishda ariqlardagi muz; 
e) uyingiz yaqinidagi buloq suvi; 
f) chinni idishlar tayyorlashda ishlatiladigan tuproq; 
g) bog’ingizda ekilgan daraxt 
To’g’ri javob bering va uni asoslang. 
2.  Barcha iqtisodiy ne’matlarning nafliligi xaqida qanday fikr yuritish mumkin? Masalan, 
narkotiklar, spirtli ichimlmklar, pornografiya nafaqat insonning jismiga balki ruxini 
sog’lomligiga xam qattiq zarar etkazadi! Siz mana shu fikrga qo’shilasizmi? Iqtisodiyot 
nazariyasida naflilik deganda nimani tushunish kerak?  
3. Sizda 1 mln. so’m naqd pul bor. Do’stingizda esa shuncha so’mlik aktsiyalar bor. 
Ikkinchi do’stingizda 1 mln. so’mga baholangan dala hovli bor. Kimning mulki yuqori darajada 
likvidli? Doimo mulkni likvidli shakliga qarab saqlash ratsional hisoblanadimi? 
T/N 
 
1. Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi:  
1) mexnat taqsimoti va uning chuqurlashuviga 
2) ishlab chiqaruvchilarni mulk egasi sifatida iqtisodiy aloxidalashuvi sabab bo’ladi. 
2. Tovar ikki xossaga ega: 
1) Biron-bir extiyojni qondirish  
2) Ma’lum miqdordagi tovarni boshqa tovarga almashish  
3. Naflilikni yagona o’lchov bilan o’lchash mumkin. 
4. Me’yoriy naflilikni pasayib borish qonuni universal qonun. U barcha ne’matlar uchun 
ham umumiy. 
5. Xaridor o’z pulini ratsional sarflash uchun shunday yo’l tanlaydiki, natijada eng yuqori 
naf olishga erishadi.  
  
 
 
1. Quyidagilardan qaysi biri noiqtisodiy ne’mat xisoblanadi? 
a) Harbiy kema 
b) Teatr, kontsert zali 
c) Bilim, malaka 
d) Quyosh nuri 
e) Ko’prik, yo’l 
2. Buyuk Aristotel xar xil iste’mol qiymatlari, ya’ni tovarlarni ayirboshlash uchun nima 
bo’lish kerak deydi: 
a) Tenglik bo’lishi, tenglik bo’lishi uchun esa taqqoslash mumkin bo’lishi kerak 
b) Tovar miqdorini o’lchashni bilish kerak 
c) Xar xil tovarlarni ayirboshlash uchun miqdor jixatidan umumiy o’lchov birligini topish 
kerak 
d) Ayirboshlash uchun narxni adolatli bo’lishini ta’minlash kerak 
e) Tovarlarni ayirboshlash uchun ularning nafliligini tengligini ta’minlash kerak 
3. Qaysi nazariyada tovarning qiymati unga sarflangan ijtimoiy zaruriy mexnat xarajatlari 
bilan o’lchanadi deyiladi? 
a) Marjinal nazariyasida 
b) Klassik nazariyasida 
Mini testlar  

 
 
c) Ratsionalistik nazariyasida 
d) Institutsional nazariyasida  
e) Neoliberalizm nazariyasida 
4. Qaysi nazariyada tovarning qiymati uning naf keltirishiga qarab, xaridorning iqtisodiy 
psixologik nuqtai nazaridan aniqlanadi deyiladi? 
a) Marjinal nazariyada
b) Klassik nazariyada; 
c) Ratsionalistik nazariyada; 
d) Institutsional nazariyada;  
e) Neoliberalizm nazariyada; 
5. Naflilikni pasayib borishi qonunini amal qilishini izohlashda quyidagilardan qaysi biri 
to’gri kelmaydi? 
a) Qonunning amal qilishi qisqa muddatli davrga xos; 
b) Universal qonun bo’lib, doimo amal qiladi; 
c) Amal qilish doirasi cheklangan bo’lib, shaxsiy extiyojni qondiradigan, eng avvalo 
kundalik ehtiyojlarni qondiradigan tovar, xizmatlarga tegishliligi 
d) Ko’plab tovarlarga nisbatan qo’llab bo’lmaydi; 
e) Naflilikni baholovchi yagona o’lchov, ko’rsatkich yo’q; 
6. Hozirgi zamon pulining qadr-qimmati  
 a) undagi oltin miqdori; 
b) narxlar darajasi; 
c) mutloq likvidliligi; 
d) muomaladagi pul miqdori; 
e) mamlakatning oltin zahirasi 
 bilan o’lchanadi. 
7. Pul agregatlari 
a) likvidlik darajasi turlicha bo’lgan barcha pul turlarini muayyan nisbatlardagi yaxlit 
massasi; 
b) naqd pullar va elektron pullarning ma’lum nisbatdagi pul massasi; 
c) cheklar, qimmatli qogozlar kompleksi; 
d) naqd bo’lmagan pullarning ma’lum nisbatdagi massasi; 
e) naqd pullar va qimmatli qorozlarning ma’lum nisbatdagi massasi 
8. Demonitizatsiya deganda … 
a) qogoz pullarning qadrsizlanishi 
b) pulni yaroqsiz holga kelishi 
c) qogoz pulni erkin ravishda oltinga almashtirish 
d) pulning baho masshtabini almashtirish 
e) oltinning pul funktsiyasini bajarishini to’xtatilishi  
Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish