«Shvedcha model». Uning boshqa modellardan farq qiluvchi xususiyati ijtimoiy
yo’naltirilgani, mulkdagi notenglikni qisqartirishga qaratilganligidir. Aholining kam
ta’minlangan qatlami himoya qilinadi. Ishsizlikni kamaytirish chora-tadbirlari ko’riladi.
Shvetsiyada davlat sektori hissasi yuqori. Yalpi milliy mahsulotda davlat xarajatlari 60%
atrofida, uning yarmidan ko’pini uy xo’jaligi, korxonalarga dotatsiya tashkil etadi. Xizmatlarning
ko’pi davlat sektori zimmasida, aksariyati bepul. Davlat narxlarga ham aralashadi.
Shvetsiya aholi farovonligi jihatidan jahonda etakchi o’rinni egallaydi.
Davlat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va daromadlarni qayta taqsimlashda faol
qatnashadi. Shvetsiya oxirgi 110 yil davomida aholi jon boshiga yiliga o’rtacha 2,5% miqdorida
yalpi milliy mahsulot o’sishiga erishgan.