Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet343/509
Sana14.01.2022
Hajmi1,81 Mb.
#364937
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   509
Bog'liq
2 5402090271544446822

Davlat korxonalari 
davlat mulki bo’lgan va uning nazorati ostida ishlovchi korxonadir. 
Bozor iqtisodiyotida davlat tadbirkorligi mavjud bo’lganidan davlat korxonalari ham mavjuddir. 
Bu korxonalar markaziy va mahalliy hokimiyatga qarashli bo’ladi. Ular birgalikda davlat 
sektorini tashkil etadilar va iqtisodiy-ijtimoiy hayotda ishlab chiqarishning eng muhim va 
mas’uliyatli vazifalarini bajaradi (mudofaa, aloqa, transport va boshqalar). 
 
Aralash firmalarga 
ikki nuqtai nazardan qarash mumkin: 
 a) turli mulk shakliga asoslangan milliy korxona; 
 b) milliy va xorijiy kapital asosida vujudga keltirilgan qo’shma korxona. Ularning 
kapitali hissadorlik qoidasiga binoan tashkil topadi, foydasi ham shunga qarab taqsimlanadi. 
O’zbekistonda hozirgi paytda xorij kapitali ishtirokida tuzilgan 1000 dan ortiq qo’shma korxona, 
400 atrofida aralash mulkka asoslangan milliy korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. 
 Firmalar  shoxobchasi  (filiali)  yirik firmalarning tarkibiy qismi bo’lib, turli joylarda ish 
yuritadi. U mustaqil emas, bosh firmaning bir qismi. Ish ko’lami hududiy jihatdan kengaygan 
sharoitda firma bo’limlari tashkil etiladi. Bu ayniqsa, xalqaro korporatsiyalarga xos bo’lib, ular 
turli mamlakatlarda o’z bo’limlarini ochadilar. 
 Korxonalar ishlab chiqargan mahsuloti, ish ko’lamiga qarab: kichik korxona (biznes), 
o’rta korxona (biznes) va yirik korporatsiya (biznes)ga ajratiladi. Buning uchun mezon qilib 
firmada ishlovchilar soni yoki firmaning ishlab chiqarish va savdo-sotiq hajmi qabul qilingan. 
 AQShda ishlovchilar soni necha kishidan iboratligiga qarab, korxonalar 5 toifaga 
bo’linadi: 
 1) o’ta kichik korxona (10 kishi), 
 2) juda kichik korxona (20 kishi), 
 3) kichik korxona (99 kishigacha), 
 4) o’rta korxona (500 kishigacha), 
 5) yirik korxona (500 dan ziyod kishi). 
 Respublikamizda sanoat va qurilishda 50 kishigacha, boshqa ishlab chiqarishda 25 
kishigacha, fan va ilmiy xizmat ko’rsatish sohasida 10 kishigacha, chakana savdoda 5 kishigacha 
bo’lgan korxonalar kichik korxonalar hisoblanadi. Kichik korxonalar yirik korxonalarga nisbatan 
qator afzalliklarga ega. Ular quyidagilar: 
 a) tez muddatda qurilishi; 
 b) kapital aylanish tezligining yuqoriligi; 
 v) talabning o’zgarishiga qarab ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini tezda o’zgartirish 
imkoniyati; 


 
 
 g) mabodo, korxona bozor iqtisodiyoti sharoitida sinsa ham mulk egasi ko’radigan zarar 
yirik korxonaga qaraganda kamligi va boshqalar. 
 Shuning uchun ham xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishda kichik korxonalar shubhasiz 
ustunlikka ega. 
 Hozirgi paytda AQSh da iste’mol mollari ishlab chiqaradigan umumiy sanoat ishlab 
chiqarishning 48%, Yaponiyada 51%, Frantsiyada 45%, Germaniyada 25% i kichik korxonalar 
hissasiga to’g’ri keladi. AQShda 18 million atrofida kichik korxona mavjud. 
 Respublikamizda  ham  ularning  afzalligini hisobga olib, kichik korxonalar barpo etishga 
katta ahamiyat berilyapti. Mamlakatimizda hozir 500 mingdan ortiq kichik korxona faoliyat 
ko’rsatmoqda. 
 Ma’lumki, Osiyoda, jumladan respublikamiz aholisiga mayda tovar ishlab chiqarish, 
hunarmandchilik an’analari xos. Bu xususiyat respublikamizda xususiy mulkchilikka asoslangan 
individual, oilaviy ishlab chiqarish kichik biznesni rivojlantirish imkonini beradi. Ularning 
asosiy kamchiligi moliyaviy resurslarning etishmasligi. 
 Turli-tuman mulkchilik sharoitida qaysi mulk turiga asoslangan, qanday iqtisodiy faoliyat 
yuritish afzal ekanligi aniq shart-sharoitdan kelib chiqib aniqlanadi. Uni quyidagi mezonlar 
asosida solishtirish mumkin: 
 1. Xo’jalik yuritish turini tashkil etish osonmi yoki qiyinligi. 
 2. Mulkiy mas’uliyat va boshqarishni amalga oshirish darajasi. 
 3. Bozordagi talabni o’zgarishiga moslashish darajasi. 
 
4. Fan-texnika taraqqiyotini ta’minlay olish, ishlab chiqarish sifatini yaxshilash 
imkoniyati. 
 5. Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish darajasi. 
 Xususiy mulkchilikka asoslangan xususiy-oilaviy fermer xo’jaligi ko’pchilikni diqqatini 
shunisi bilan jalb etadiki, uni tashkil etish oson, ko’p mablag’ talab etmaydi. Mulk egasi eng 
avvalo o’z bilimi, tajribasiga tayanadi. Bozordagi talabga tezda moslasha oladi. O’zi 
xohlagancha xo’jaligida o’zgarishlar qila oladi. Daromad uning o’ziga tegishli. Qonun bo’yicha 
cheklashlar minimal darajada.  
 Bu xo’jalik yuritishning eng kata kamchiligi mulkiy mas’ulicht mulk egasining bo’ynida 
bo’lgani uchun, barcha faoliyatga o’zi javob beradi. Bordi-yu, sinsa- bankrot bo’lsa, qarzlarni 
o’zi to’laydi. Buni natijasida ayrim paytlarda uy-ro’zg’or buyumlarini ham sotishga to’g’ri 
keladi. Ikkinchidan, xo’jalik yuritish uchun zarur bo’lgan daromad va mablag’larini kamligi, 
cheklanganligidir. 
 Shirkat, kooperativ, kichik jamoa xo’jaliklarini yuqoridagi xo’jalik shakllaridan afzalligi 
shundaki, bir necha mulk egalarining qo’shilishi omillarni ko’paytiradi. Bozorga tez moslasha 
oladi. Bu xo’jalik turida ham ko’pincha daromad, ishlab chiqarishni tashkil etish, kengaytirish 
uchun mablag’ etishmaydi. 
 Xususiy — korporativ mulkka asoslangan aktsionerlik jamiyatlari bu kamchilikdan xoli. 
Fan-texnika taraqqiyotiga katta ta’sir o’tkazadi. Pay mulkdan umumiy maqsadda yagona 
boshqaruv orqali foydalaniladi. Shu bilan birga har bir paychini o’z mulki boshqarishda 
qatnashishini ta’minlaydi. Korxona xo’jalik faoliyatining pirovard natijasiga qarab, har bir mulk 
egasi o’z ulushini oladi. Aktsiya egalarining javobgarligi cheklangan. Agar korxona bankrot 
bo’lsa, u o’z aktsiyasi miqdorida mulkini yo’qotadi, xolos. Xohlaganda aktsiya sotib olib mulk 
egasi bo’ladi yoki aksincha, sotib mulk egalari safidan chiqadi. Bunday xususiylik bilan 
umumiylikning afzalliklari qo’shilishi xususiy va umumiy o’zlashtirishning asosiy tamoyillarini 
bir butun qilib biriktiradi. 
 Korporatsiyalar  katta  miqdorda pul sarflab biron mahsulot ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgach, yangi mahsulot ishlab chiqarishga tezda moslashishi qiyin. 
 Biznesning korporativ shaklida ba’zi bir suiiste’mol qilish uchun imkoniyat mavjud. U 
hech qanday qiymatga ega bo’lmagan qimmatbaho qog’ozlarni sotishi va sotib olish uchun baza 
bo’lishi mumkin. Undan tashqari, tipik aktsiya egasi korxona faoliyatiga ta’sir ko’rsata olmaydi. 


 
 
Ko’pchilik o’zining ovoz berish huquqidan foydalanmaydi. Undan tashqari, soliq ikki marta: 
foydadan hamda dividenddan olinadi. 
 Mulk va xo’jalik yuritish shakllarini qiyoslar ekanmiz, hech qaysi shaklini har taraflama 
afzal deya olmaymiz. Biridagi afzallik ikkinchisida yo’q. Biri ikkinchisining o’rnini bosa 
olmaydi. 
 Milliy iqtisodiyotda har birining o’z o’rni, ahamiyati borki, undan kelib chiqib davlat har 
bir mulk va xo’jalik shaklini rivojlanishi uchun sharoit yaratishi lozim. 
 Hozirgi  sharoitda  iqtisodiy faoliyat yuritish uchun turli korxonalarni ittifoq 
(assotsiatsiya)larga birlashuvi jarayoni yuz bermoqda. 
 Rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan, bizda ham hozirgi paytda vujudga kelayotgan 
assotsiatsiya shakllaridan biri 
konsortsiumdir. 
 
Konsortsium korxonalarning maxsus tashkil etilgan birlashmasi bo’lib, uning 
ishtirokchilari o’z mustaqilligini saqlab qoladi, ammo muayyan maqsad yo’lida birlashadilar. 
Odatda, konsortsium moliyaviy ishlar yuzasidan tuzilib, unga davlat, banklar, moliya, 
investitsiya kompaniyalari, yirik firmalar, har xil pul fondi tashkilotchilari uyushadi. U katta 
mablag’ talab etadigan ishlarni amalga oshirish maqsadida tuziladi. 

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   509




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish