ijtimoiy mehnat taqsimoti
dastlab dehqonchilik bilan
chorvachilikning, so’ngra esa hunarmandchilik va savdogarchilikning ajralishi bo’lib, umumiy
mehnat taqsimoti yirik sohalar — sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, qurilish, savdo, maishiy
xizmat va hokazolar tarzida mehnat turlarining ajralishidir.
Xususiy mehnat taqsimoti
yirik sohalar ichidagi, masalan, avtomobilsozlik,
traktorsozlik va boshqa tarmoqlarning ajralishidir.
Qisman mehnat taqsimoti
— korxona doirasidagi mehnat taqsimoti bo’lib, bunda
mehnat muayyan mahsulot ishlab chiqarish bos-qichlari bo’yicha ixtisoslashgan mehnat turlariga
ajraladi.
Mehnatning faoliyat turlari bo’yicha taqsimlanishi bilan birgalikda
hududiy
miqyosda
ham taqsimlanishi mavjud. Bu hududlararo mehnat taqsimoti, ya’ni ayrim hududlar va
mintaqalar doirasida mehnatning ixtisoslashuvi hamda xalqaro miqyosda, ya’ni mamlakatlar
o’rtasida u yoki bu mehnat turiga ixtisoslashishi, yoki boshqacha aytganda u yoki bu turdagi
tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashish tarzida yuz beradi.
Ikkinchisi,
u yoki bu tovar ishlab
chiqaruvchilarning xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida iqtisodiy alohidalashuvidir.
Iqtisodiy alohidalashuv
mulk
shakli bilan chambarchas bog’langan. Aynan
Do'stlaringiz bilan baham: |