Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


Me’yoriy   naflilik deb qo’shimcha iste’mol qilingan mahsulotdan qo’shimcha olinadigan nafga



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/509
Sana14.01.2022
Hajmi1,81 Mb.
#364937
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   509
Bog'liq
2 5402090271544446822

Me’yoriy
 
naflilik deb qo’shimcha iste’mol qilingan mahsulotdan qo’shimcha olinadigan nafga 
aytiladi.
 
 
Ne’matning qiymatini ana shu me’yoriy naflilik belgilaydi. «Avstriya maktabi» 
asoschilari naflilikni pasayishi qonuniga umumiy tus berishga harakat qilishgan. F. Vizer bu 
qonun «hamma narsaga, ochlikdan tortib muhabbatgacha» tegishli deb ko’rsatadi. 


 
 
 Bu qonunga binoan ehtiyojlar qondirilishiga qarab to’yinish darajasi o’sadi, naflilik esa 
pasayadi, ya’ni ehtiyojni qondiruvchi ne’matning har bir yangi birligi avvalgisiga qaraganda 
kamroq naf keltiradi. Ana shu ne’matning zaxirasi talabni qondirishning chegarasi bo’ladi. 
Zaxiraning o’zgarishiga qarab chegara ham o’zgaradi. Me’yoriy naflilikni E. Bem-Baverk, K. 
Menger keltirgan misol bilan quyidagicha tushuntiradi: tarkidunyo qilgan, o’rmonda yashovchi 
zohidning 5 qop doni bor. Uning birinchi qopi o’z iste’moli uchun, ikkinchi qop zaxira, 
uchinchisi parrandalar boqish uchun, to’rtinchisi pivo tayyorlash uchun, beshinchisi ermakka 
boqilayotgan to’tiqush uchun mo’ljallangan. 
 Agar u qoplardan birini yo’qotsa, birinchi navbatda to’tiqush boqishdan voz kechadi. 
Chunki, u ehtiyojlarni qondirish zarurligi nuqtai nazaridan qaralsa, eng oxirida turibdi. Donning 
qiymati aynan ana shu beshinchi qopning qadri bilan o’lchanadi. 
 Ana shu eng oxirgi ehtiyojni qondiradigan naflilik me’yoriy naflilik bo’ladi. Ehtiyoj 
o’zgarmagani holda zaxira ko’paysa, me’yoriy naflilik kamayadi, aksincha bo’lsa, naflilik 
ko’tariladi. Shunga muvofiq ravishda narx ham o’zgaradi. Shunday qilib, har bir ne’matning 
qadr-qimmati: a) ehtiyojni qondirishning zarurlik darajasiga; b) shu ne’matning to’kinlik 
darajasiga bog’liq. 
 Har xil ehtiyojlar va ularni qondirishning to’yinish darajasi insonning farovon turmush 
kechirishini ta’minlashda har xil rol o’ynaydi. Ehtiyojlar to’yingan sari nafliligi kamayib boradi. 
 
Narxni me’yoriy naflilik asosida tushuntirish hayotdagi ko’pgina jumboqlar
paradokslarni echib beradi. Ko’pincha misol tariqasida mashhur «Smit paradoksi» yodga 
tushiriladi. Nima sababdan inson uchun zarur suv shunchalik arzon, olmos esa undan keladigan 
naf kam bo’lishiga qaramay qimmat turadi? Bu savolga A. Smit quyidagicha javob beradi: 
Ko’pincha katta iste’mol qiymatiga ega narsalar uncha ko’p bo’lmagan almashuv qiymatiga, 
hattoki hech qanday almashuv qiymatiga ega bo’lmasligi mumkin. Suvdan foydaliroq narsa 
yo’q, lekin unga deyarli hech narsa almashib bo’lmaydi. Aksincha, olmos deyarli hech qanday 
iste’mol qiymatiga ega emas, lekin unga juda ko’p miqdorda boshqa tovarlarni olish mumkin. 
 Xuddi shu savolga me’yoriy naflilik nazariyasining asoschilaridan K. Menger shunday 
javob beradi: Brilliant va oltin shunday kamyobki, birinchisini barchasini yig’ishtirsa bir 
yashikka, ikkinchisini esa bir xonaga joylashtirsa bo’lar edi. Aksincha, ichimlik suv Erda 
shunday katta miqdorda mavjudki, uning hammasini sig’diradigan rezervuarni ko’z o’ngimizga 
keltirish qiyin. 
 Mohiyati jihatdan xarakterli ikki misol bir-biriga yaqin, deyarli bir xil bo’lsa ham, uning 
sababini izohlash printsipial jihatdan farq qiladi. Adam Smit fikricha, brilliant bilan suv 
qiymatining notengligi ularni olish uchun zarur bo’lgan mehnat xarajatlarining farqida bo’lsa, K. 
Menger fikricha, ularning Er yuzidagi zaxirasining turlichaligida: birining serobligi, 
ikkinchisining kamyobligida. Kundalik hayotda ham qadr-qimmat tushunchasi, odatda 
cheklangan kamyob ne’matlarga nisbatan qo’llaniladi. Shuning uchun ham «xalqimizdagi 
«oldingdan oqqan suvning qadri yo’q» naqli ham naflilik nazariyasi mohiyatini ifodalaydi. 
 Naflilik nazariyasi iste’mol qiymatiga ahamiyat berib, qiymat nazariyasi izohlab bera 
olmagan savollarga javob bergan bo’lsa ham, ayirboshlashdagi nisbatni to’la tushuntirib bera 
olmadi. Chunki, birinchidan, sub’ektiv naflilik tarzida qandaydir miqdorni ko’rsata olmaydi, 
sababi uni o’lchash uchun ob’ektiv birlik yo’q. Nazariyada qo’llanilgan me’yoriy naflilikni 
ko’rsatuvchi miqdoriy belgilar real mazmundan yiroq, ixtiyoriy xarakterga ega. Natijada juda 
ko’p marta naflilik va uning me’yoriy miqdorini o’lchash uchun ko’p marta behuda urinishlar 
qilindi. 
 Ikkinchidan, naflilikning pasayib borish qonuni universal emas, u odatda eng cheklangan, 
birinchi navbatda, zarur kundalik ehtiyojlar doirasidagi tovarlarga tegishli bo’lib (oziq-ovqat,  
kiyim-bosh, turar joy), har bir inson uchun individual bo’lib, ma’lum bir to’yinish chegarasi 
mavjud. Lekin bu qonunni tovarlarning asosiy massasi, ko’plab nooziq-ovqat mahsulotlari, 
ayniqsa ishlab chiqarish vositalariga nisbatan qo’llab bo’lmaydi. 
 Uchinchidan, K. Menger naflilikning pasayib borishini ko’rsatish, aniq biron-bir tovarni 
nafliligini taqqoslashda mavjud narxlar va iste’molchilarning daromadlaridan kelib chiqib tahlil 


 
 
qiladi. Demak, sub’ektiv baholashning o’zi (me’yoriy foydalilik, naflilik ko’rinishida) narx 
darajasi va daromad miqdori bilan bog’liq ekan. U holda mantiqan noto’g’ri fikr vujudga keladi
tovarlar narxini sub’ektiv baholash kelib chiqadi, sub’ektiv baholash esa narxlarga bog’liq. 
 To’rtinchidan «Avstriya maktabi» asoschilari tovar nafliligini sub’ektiv baholashdan 
qanday qilib real bozor narxlariga o’tiladi degan savolga javob berolmaydi. Chunki, har bir 
kishining shaxsiy, sub’ektiv his-tuyg’usini ob’ektiv qiymat va pul birliklari bilan o’lchab, 
taqqoslab bo’lmaydi. 
 Naflilikni ko’rsatuvchi yagona o’lchov topishga harakat qilindi. Naflilikning o’lchov 
birligini yutil (inglizcha utility — naflilik) deb ataldi. Lekin uni ob’ektiv miqdor o’lchovi sifatida 
qo’llab bo’lmaydi. Chunki naflilik har bir kishi uchun qat’iy individual tarzda belgilanadi. U 
butun insoniyat uchun umumiy bo’lishi mumkin emas. Uning yordamida turli-tuman ne’matlarni 
o’lchab bo’lmaydi. Aytaylik, basseyn bilan musiqa, non yoki avtomobilni yutil buyicha hisoblab 
taqqoslab bo’ladimi? Albatta, yo’q. 
 Nobel mukofoti laureati P. Samuelson va professor V. Nordxaus bu haqda shunday 
deyishadi. Naflilik — bu mahsulotni iste’mol qilishdan olingan sub’ektiv qonunni ifodalovchi 
abstraktsiya. Naflilikni o’lchab bo’lmaydi. U faqat tahliliy konstruktsiyaning mohiyatini 
ko’rsatuvchi iste’molchilarni o’zlarining cheklangan daromadlarini naf keltiradigan tovarlar 
o’rtasida ratsional taqsimlashlarini tushuntirishga mo’ljallangan sxema, xolos. 
 Xullas, bozorda tovarlarni ayirboshlash mohiyatini har ikki nazariya ham to’la tushuntirib 
bera olmaydi. 
 Bir-biriga qarama-qarshi turgan har ikki nazariyadan biri asosiy e’tiborni sarflangan 
mehnat xarajatlariga qaratsa, ikkinchisi uni naf keltirishiga qaratadi. Buning natijasida har ikki 
nazariya ham tovarning almashtirish miqdori, ya’ni narxining kelib chiqishini tushuntirib bera 
olmaydi. 
 Aynan shu vazifani mashhur iqtisodchi A. Marshall bajardi. U har ikki nazariya bir-birini 
to’ldira olishi mumkinligini ko’ra bildi. U har ikki nazariyani sintez qildi. Marshalldan boshlab 
qiymat va narxning monistik nazariyasidan chekina boshlandi. Monizm printsipi bu qiymatning 
yagona manbaini, narxning yagona asosini, jamiyat daromadlarining yagona manbaini topishga 
qaratilgan. Bunday manba sifatida qiymatning mehnat nazariyasida mehnat va faqat mehnat 
ko’rsatilsa, «Avstriya maktabi» nazariyotchilari yagona manba sifatida me’yoriy naflilikni 
ko’rsatishgan. Marshall nazariyasida esa qiymat va narxni aniqlash bozor kuchlari o’zaro ta’siri, 
talab (me’yoriy naflilik) hamda taklif (tovar ishlab chiqarish xarajatlarining o’zaro ta’siri) 
asosida shakllanishini ko’rsatib bergan. 
 
Ishlab chiqarish xarajatlari me’yoriy mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan 
me’yoriy xarajatlar bilan o’lchanadi (VIII bob). Me’yoriy xarajatlar esa ishlab chiqarish 
omillarining me’yoriy unumdorligi bilan bog’liq. Bunda faqat mehnat emas, boshqa ishlab 
chiqarish omillarini ham hisobga olish zarur. Chunki u yoki bu iste’mol qiymati yaratilar ekan, 
uning uchun faqat mehnat emas, balki boshqa omillar, boshqacha aytganda resurslar ham zarur. 
 Shunday qilib, tovar insonning biror-bir ehtiyojini qondiradi. Uni ishlab chiqarish uchun 
iqtisodiy resurslar sarflanadi hamda ayirboshlanadi. Tovarning ana shu sifatlari uning nafliligi 
(ehtiyoj qondirishi), kamyobligi (ishlab chiqarish uchun resurs-larning cheklanganligi), resurslar 
sig’imi (bir birlik tovar ish-lab chiqarish uchun sarflangan resurslar miqdori)da namoyon bo’ladi 
va bir-biridan farqlanadi.  
 


 
 

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   509




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish