Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

 
10.4. Korxona hisob siyosati 
Hisob siyosati buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish usullarining tartiboti bo‘lib, 
ustav va boshqacha faoliyatning iqtisodiy hodisalar faktini dastlabki kuzatish 
(hujjatlashtirish va inventarizatsiya), qiymat o‘lchovida ifodalash (baholash va 
kalkulyatsiya), joriy guruhlash (schyotlar va ikkiyoqlama yozuv) va yakuniy 
umumlashtirish (balanslashtirish va hisobot)dan iborat. Buxgalteriya hisobining bir 
xildagi metodini har xil korxonalarda amalga oshiradigan hisob siyosati turlicha 
bo‘ladi. Baholash, kalkulyatsiya, xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirish tartibi va 
hokazolarning muayyan usullarini tanlash imkoniyati korxonaning hisob siyosatini 
shakllantirishdagi tanlash erkinligini bildiradi. 
Hisob siyosatining asosiy vazifasi – korxona faoliyatini yuqori darajada 
obyektiv aks ettirish, uning faoliyatini samarali boshqarish maqsadida to‘liq va 
ishonchli axborotlarni shakllantirishdan iborat. 
Jumladan, korxona hisob siyosati quyidagilarni ta’minlashi lozim: 
­
xo‘jalik faoliyatining barcha faktlarini buxgalteriya hisobida to‘liq aks 
ettirish (to‘liqlik tamoyili); 
­
xo‘jalik faoliyati faktlarini buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda o‘z 
vaqtida aks ettirish (o‘z vaqtidalik tamoyili); 
­
mumkin bo‘lgan daromadlar va aktivlarga qaraganda xarajatlar va 
majburiyatlarni buxgalteriya hisobida tan olishga tayyor turish, yashirin rezervlar 
yaratilishiga yo‘l qo‘ymasdan (ehtiyotkorlik tamoyili); 
­
xo‘jalik faoliyati faktlarini nafaqat ularning huquqiy shaklidan kelib chiqqan 
holda, balki iqtisodiy mazmuni va xo‘jalik yuritish sharoitlaridan kelib chiqqan holda 
buxgalteriya hisobida aks ettirish (mazmunning shakldan ustuvorligi tamoyili); 
­
har oy oxiriga sintetik hisob schyotlari bo‘yicha qoldiq va oborotlarning 
analitik hisob ma’lumotlariga tengligi (o‘zaro zid bo‘lmaslik tamoyili); 
­
korxonaning hajmi va xo‘jalik faoliyatining shart-sharoitlaridan kelib 
chiqqan holda buxgalteriya hisobini oqilona yuritish (oqilonalik tamoyili). 
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) xo‘jalik yurituvchi 
subyektning turli hisobot davrlaridagi moliyaviy hisobotlari, shuningdek turli xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlari qiyoslanishini ta’minlash maqsadida 
xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotini shakllantirish va tuzish uchun 
asoslarni belgilab beradi. 
Bu maqsadga erishish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob siyosati 


161 
va moliyaviy hisobotiga asos bo‘ladigan kontseptsiyalar hamda moliyaviy 
hisobotning mazmuniga eng kam miqdordagi talablar ko‘zda tutilgan. 
Ayrim operatsiyalar va voqealarni aks ettirish, ularni o‘lchash hamda ochib 
berish uchun batafsil talablar BHMSlarda bayon qilinadi. 
Moliyaviy hisobotdan tashqari taqdim etilishi lozim bo‘lgan axborotlarga 
talablarni bayon qilmaydi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy 
hisobotga qo‘shimcha axborot sifatida moliyaviy sharhlarni taqdim etishlari mumkin. 
Hisob siyosatini buxgalteriya hisobini yuritish subyektlarining mablag‘larini 
hisobot yilida baholashning uslubiy qoidalarining yig‘indisi deb ta’riflash mumkin. 
Endilikda har qanday mulkchilik shaklidagi, tashkiliy-huquqiy tuzilishdagi va 
tarmoqqa tegishli subyektlar quyidagi sohalar bo‘yicha uzining hisob siyosatini 
tanlab olishi mumkin: 
-
asosiy vositalarning amortizatsiyasini hisoblash; 
-
asosiy vositalarni ta’mirlash sarflarini hisobga olish; 
-
materiallarni sotib olish sarflarini hisobga olish; 
-
moddiy aylanma mablaglarining hisobini tashkil qilish va baholash; 
-
ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish; 
-
materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, junatilgan 
tovarlarni baholash; 
-
ishlab chikatilgan tayyor mahsulotni hisobda aks ettirish; 
-
mahsulot (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasini hisobga olish; 
-
shubhali qarzlar bo‘yicha har xil zaxira (rezerv)larni yaratish; 
-
sof foyda hisobidan har xil jamg‘armalarni xosil qilish va boshqa masalalar 
bo‘yicha. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish