"Qizilqumsement" aksiyadorlik jamiyati
№
Joriy aktivlar
Hisobot davri
boshiga
Hisobot davri
oxiriga
1
.
Kassalagi pul mablag‘lari (5000)
253
181
2
.
Hisob-kitob schyoti (5100)
9108138
4578342
Jami aktivlari
1591886187
1690016698
"UzAuto Motors" aksiyadorlik jamiyati
(2020. 12.10.)
1
.
Kassalagi pul mablag‘lari (5000)
0
0
2
.
Hisob-kitob schyoti (5100)
337244160
536308152
Jami aktivlari
6661122092
6661122092
"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
(2020. 12.10.)
1.
Kassalagi pul mablag‘lari (5000)
329842
258473
2.
Hisob-kitob schyoti (5100)
7771238
75265852
Jami aktivlari
16772566611
20002933034
Pul mablag‘larini hisobga olish “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunga
muvofiq 9-sonli “Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot” qoidalari asosida tartibga
solinadi. Mazkur standartda pul mablag‘lari va unda qo‘llaniladigan asosiy
tushunchalarga ta'riflar keltirib o‘tilgan. Standartga muvofiq:
Pul mablag‘lari
bu kassadagi naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar,
shuningdek bankning hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlaridagi mablag‘lar
tushuniladi. Shuningdek, pul ekvivalentlari, pul oqimlari va uning tarkibiga kiruvchi
moddalar keng yoritib berilgan:
Pul ekvivalentlari bu ma'lum pul mablag‘iga tez va oson almashtiriladigan
hamda qiymatidagi o‘zgarishlar tufayli uncha ko‘p bo‘lgan qisqa muddatli, yuqori
likvidli investisiyalar (moliyaviy qo‘yilmalar)dir. Pul oqimlari esa, pul mablag‘lari
hamda ular ekvivalentlarining oqimi (tushumi) va chiqimi (sarflanishi, chiqishi)dan
iborat bo‘ladi.Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda pul mablag‘lari hisobini to‘g‘ri va
aniq tashkil qilinishi hamda uni takomillashtirish bugungi kunning dolzarb
vazifalaridan biri hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriyasi, odatda,
barcha to‘lov va hisob-kitob muomalalarini amalga oshiradi hamda ushbu
muomalalarni qonunlarga muvofiq, o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish ustidan
nazoratni amalga oshiradi.
23
23
Financial and managerial accounting. 12e. Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac. 2014. 62,63 p.
164
Barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarning pul mablag‘lari, hoh u o‘z
mablag‘i bo‘lsin, hoh qarzga olingan bo‘lsin, kassada saqlanuvchi pul qoldiqlari va
oborotda foydalaniladigan tushumning bir qismidan tashqari, uning bankdagi hisob-
kitob schyotida saqlanishi lozim. Bank korxonaning hisobvaraqlaridan pulni
o‘tkazish va berish to‘g‘risidagi hamda bank qoidalari va bank bilan korxona
o‘rtasidagi shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa muomalalarni o‘tkazish haqidagi
farmoyishlarini bajaradi.
Hisob-kitob muomalalarini bank orqali o‘tkazish korxonalarning o‘zlari
belgilagan ish haqi fondlariga, xizmat safarlari va xo‘jalik xarajatlari limitlariga rioya
qilishlarini har tomonlama nazorat qilish, korxonaning davlat byudjeti bilan soliqlar,
yig‘imlar bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitob qilishini, molyetkazib beruvchilarning
hisobvaraqlari va to‘lov talabnomalariga o‘z vaqtida haq to‘lashni kuzatib borish,
korxonaga turli maqsadlar uchun, muayyan ta’minot hisobidan ssudalar berish va
mazkur ssudalarning belgilangan muddatda qaytarilishini kuzatish va hokazolar
imkonini beradi.
Buxgalteriya hisobi oldida pul mablag‘lari, to‘lovlar, hisob-kitoblar va
kreditlarni hisobga olish borasida quyidagi asosiy vazifalar belgilangan:
korxonaning pul mablag‘larini samarali boshqarish maqsadlari uchun zarur
axborot bilan ta’minlash;
mazkur sharoitlarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar talablariga rioya
etgan holda naqd pulsiz o‘tkazishlar va naqd pullar vositasida zarur to‘lovlar va
hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish;
hisob registrlarida to‘lov va hisob-kitob muomalalari pul mablag‘larining
mavjudligi hamda harakatini to‘liq va tezkor aks ettirish, zero korxona pul
mablag‘larining harakati korxona amaliy faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri
hisoblanadi;
pul mablag‘laridan korxonada ishlab chiqilgan limitlar va smetalarga
muvofiq foydalanishning amaldagi qoidalariga rioya qilish;
pul mablag‘lari va o‘zaro hisob-kitoblar holatining inventarizatsiyasini
tashkil etish hamda belgilangan muddatlarda o‘tkazish;
kassada, banklardagi hisob-kitob, valyuta va boshqa hisobvaraqlarda pullar
mavjudligi va butligini nazorat qilish;
qisqa muddatli investitsiyalar bilan bog‘liq muomalalarni o‘z vaqtida hisobga
olish.
Bosh buxgalter xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bilan birgalikda
quyidagilarni ta’minlashi kerak: kelib tushayotgan barcha pul mablag‘larining to‘liq
hisobi, shuningdek, boshqa xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda debitorlik qarzlarini
undirish va kreditorlik qarzlarini uzish, to‘lov intizomiga rioya etish, pul mablag‘lari,
to‘lovlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar va majburiyatlar holatini belgilangan
muddatlarda inventarlash, amaldagi qonunchilikka muvofiq undirish mumkin
bo‘lmagan, da’vo qo‘zg‘ash muddati o‘tib ketgan qarzlarni buxgalteriya
balanslaridan o‘chirish.
Kompaniyalarning naqd va naqdsiz ko‘rinishdagi pul mablag‘larini samarali
boshqarish uchun zarur axborotlar bilan to‘plash va o‘rganizsh.
165
Do'stlaringiz bilan baham: |