muomalalar hisobi
11.7. Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablaglari hisobi
Tayanch so‘z va iboralar:
pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari, hisob-
kitob schyoti, kassa kirim va chiqim orderlari, valyuta muomalalari hisobi, avans
hisoboti, to‘lov topshiriqnomasi, bank ko‘chirmasi, bank korporativ plastik
kartochkasi
11.1. Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobining vazifalari
Pul mablag‘lari haqida Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti (9-son MHXS,
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot)da quyidagi jumlalar keltirib o‘tiladi. Ya'ni
tadbirkorlik sub'ektining pul oqimlari to‘g‘risidagi axborot, moliyaviy hisobotlardan
foydalanuvchilar uchun, tadbirkorlik sub'ektining pul mablag‘lari va ularning
ekvivalentlarini hosil qilish qobiliyatiga hamda ushbu pul oqimlaridan foydalanish
ehtiyojlariga baho berishda asos sifatida foydalidir. Shuningdek, xalqaro standartning
maqsadi sifatida tadbirkorlik sub'ektining pul mablag‘lari va ularning
ekvivalentlaridagi sodir bo‘lgan o‘zgarishlar haqidagi axborotni, davr mobaynidagi
pul oqimlarini operasion, investision va moliyaviy faoliyatlarga tasniflaydigan pul
oqimlari to‘g‘risidagi hisobot ko‘rinishida, taqdim etishni talab qilishdan iboratligi
ko‘rsatib o‘tiladi.
MHXS 9 da quyidagi atamalardan foydalaniladi:
Pul mablag‘lari - naqd pul va talab qilib olguncha depozitlarni o‘z ichiga oladi.
Pul mablag‘larining ekvivalentlari - belgilangan summadagi pul mablag‘lariga
oson aylantiriladigan va qiymatining o‘zgarishi jihatidan sezilarsiz darajadagi riskka
ega bo‘lgan, qisqa muddatli va yuqori likvidli investisiyalardir.
Pul oqimlari - pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarining kirimi va chiqimi.
Operasion faoliyat - tadbirkorlik sub'ektining asosiy daromad keltiruvchi
faoliyati hamda investision va moliyaviy faoliyat hisoblanmagan boshqa faoliyat
turlari.
Investision faoliyat - uzoq muddatli aktivlarning hamda pul ekvivalentlariga
kirmaydigan boshqa investisiyalarning sotib olinishi va chiqib ketishi.
Moliyaviy faoliyat - tadbirkorlik sub'ektining qo‘yilgan kapitali va qarz
mablag‘larining miqdori va tarkibidagi o‘zgarishlarni keltirib chiqaruvchi faoliyat.
Pul ekvivalentlariga misol:
Agar siz o‘zingizning mablag‘ingizni saqlasangiz, unda ular sizga foiz
163
keltirmaydi. Mavjud mablag‘lardan daromad olish uchun sizning korxonaningiz
ularni qisqa muddatli bank depozitiga qo‘yadi. Natijada belgilangan muddatlarda
mablag‘larni kirimga olasiz va kreditorlarga to‘lash uchun zarur bo‘lgan pullarga
ega bo‘lasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |