174
Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida unga qo‘yilgan talablarni qondirish
uchun etarli miqdorda mablag‘lar bo‘lmagan taqdirda, mablag‘larni
hisobdan
chiqarish “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul
mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami
2342, 2012 yil 15 mart) muvofiq amalga oshiriladi.
Hisob-kitob hujjatlari texnik vositalardan foydalangan holda to‘ldiriladi.
Hisob-kitob hujjatlarini bo‘yash, chizish va tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Cheklar havo yoki qora rang pastasi bo‘lgan sharikli ruchka bilan yoxud texnik
vositalardan foydalangan holda to‘ldirilishi mumkin.
Bank tomonidan hisob-kitob hujjatlari quyidagi hollarda ijroga qabul qilinadi:
yuridik shaxslardan — hisob-kitob hujjatlaridagi imzolar va muhr izi
imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchada ko‘rsatilgan namunaga
muvofiq (rahbarlik vazifalarini hamda buxgalteriya hisobi
va moliyaviy boshqarish
vazifalarini amalga oshiradigan shaxsning) bo‘lganda (mikrofirmalar uchun
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi
shaxsning imzo namunasini taqdim etish talab etilmaydi);
yakka tartibdagi tadbirkorlik va yuridik shaxs tashkil etmasdan turib dehqon
xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslardan — hisob-kitob hujjatlaridagi
imzo va muhr izi imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchada ko‘rsatilgan
namunaga muvofiq bo‘lgan taqdirda, bank tomonidan ijroga qabul qilinadi.
Mijozlarning imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchasida dumaloq
muhr izi qo‘yilmagan bo‘lsa, hisob-kitob hujjatlari muhr izisiz qabul qilinadi.
Hisob-kitob hujjatlari imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchaga
imzo qo‘ygan shaxslar tomonidan imzolanishi shart.
Hisob-kitob hujjatlarini
faksimile usulida nusxa ko‘chirish vositalaridan foydalangan holda imzolash
taqiqlanadi.
Memorial order banklar tomonidan ishlatiladigan naqd pulsiz hisob-kitob
hujjati bo‘lib, undan quyidagi hollarda foydalaniladi:
mijozlar bilan bog‘liq bank operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarda;
bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha hisob-kitoblarda;
banklarning o‘z ichki operatsiyalarida;
mijozning qarzdorlik mablag‘larini
qoplashda, agar banklar bilan mijozlar
o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo‘yilgan bo‘lsa;
buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda;
jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yozma
topshiriqlari bo‘yicha mablag‘larni naqd pulsiz shaklda o‘tkazishni amalga
oshirishda. Bunda to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, mazkur topshiriq memorial
order bilan birga bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: