Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


 Kassadagi naqd pullarni inventarizatsiya qilish va natijalarini



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

 
11.3. Kassadagi naqd pullarni inventarizatsiya qilish va natijalarini 
rasmiylashtirish tartibi 
Kassa inventarizatsiyasi bir oyda bir marta o‘tkazilib, unda haqiqatda bo‘lgan 
pul mablag‘lari sanaladi. Hech qanday hujjatlar yoki tilxatlar naqd pul qoldig‘iga 
kiritilmaydi. Hisoblab chiqish albatta kassir hozirligida amalga oshiriladi. Kassirning 
kassada mazkur korxonaga tegishli bo‘lmagan pul mablag‘lari va boshqa 
boyliklarning borligi to‘g‘risida bayonotlari e’tiborga olinmaydi. Inventarizatsiyalash 
paytida nafaqat seyfdagi, balki umuman butun kassa xonasidagi qimmatliklarning 
hisobi yuritilishi sababli ushbu joyda o‘zning shaxsiy pullarini saqlashga ruxsat 
etilmaydi. 
Kassa daftaridagi yozuvlarning hujjatlar bilan asoslanganligi ham tekshiriladi. 
Ular to‘g‘ri rasmiylashtirilgan kirim va chiqim kassa orderlari bilan tasdiqlanishi 
kerak. Kassa daftarini elektron (dasturiy) uslubda yuritiladigan tashkilotlarda 
hujjatlarga ishlov berish tizimining to‘g‘ri yuritilishi tekshiriladi. 
Kassa inventarizasiyasini o‘tkazish muddatlari kompaniyaning xususiyatidan 
kelib chiqan holda mustaqil belginaladi.
25
Tekshirishni amalga oshirish jarayonida buxgalter quyidagi tartibga rioya 
qilishi kerak: 

kassani tekshirish kassir ishtirokida amalga oshiriladi; 

kassani tekshirish paytida barcha kassa jarayonlari to‘xtatiladi. Agar 
xo‘jalik yurituvchi subyektda bir nechta kassa mavjud bo‘lsa, o‘tkazish holida 
buxgalter barcha kassalarni muhrlaydi. Kassa kaliti kassirda, muhr esa bosh 
buxgalterda qoladi; 

kassadagi naqd pullar va qimmatbaho qog‘ozlar kassir va bosh buxgalter 
ishtirokida birma-bir sanab chiqiladi. Pullar qanday holda bo‘lishidan qat’iy nazar, 
to‘liq sanab chiqilishi lozim. Bank o‘ramidagi pullar ham o‘ramidan olib, sanaladi. 
Sanash tugagach, dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada kassadagi pullar belgilari 
bo‘yicha alohida ko‘rsatiladi va ularning to‘liq summasi yoziladi. Dalolatnomaga 
taftish hay’ati, bosh buxgalter va kassir imzo chekadi. Kassa xarajat orderi bilan 
rasmiylashtirilmagan turli xildagi tilxatlar, vedomostlar va schyotlar tekshirish 
jarayonida hisobga olinmaydi; 

kassadagi sanalgan pullarning va qimmatbaho qog‘ozlarning hammasi shu 
xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli hisoblanadi, chunki boshqa xo‘jalik yurituvchi 
25
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 68 page, 2014 


171 
subyektlar va shaxslarning pullari va qimmatbaho qog‘ozlarini xo‘jalik yurituvchi 
subyekt kassasida saqlash taqiqlanadi; 

kassadagi kamomad yoki ortiqcha pul mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotni 
auditor dalolatnomada yoritadi, pul mablag‘larining pul mablag‘i yoki kam chiqishi 
sabablari to‘g‘risida kassirdan tushuntirish xati oladi. Kamomad summasi yoki 
suiiste’mol qilingan pul miqdori haddan ziyod bo‘lsa, buxgalter bu haqda xo‘jalik 
yurituvchi subyekt rahbariga xabar beradi; 

kassani tekshirish vaqtida kassadagi qimmatbaho qog‘ozlar (aktsiyalar, 
obligatsiyalar, sertifikatlar), yoqilg‘i-moylash TMZlarini olish talonlari, qat’iy 
hisobot blankalari, dam olish uylari, sihatgohlarga yo‘llanmalar va boshqa pul 
hujjatlari miqdori dalolatnomada ko‘rsatiladi. 
Kassani 
inventarizatsiyalash 
natijalari 
“Naqd 
pul 
mablag‘larini 
inventarizatsiyalash dalolatnomasi”da aks ettiriladi. Unda inventarizatsiyalash kunida 
qimmatliklarning inventarizatsiyalash natijasi bo‘yicha haqiqatdagi qoldig‘i va hisob 
ma’lumotlari bo‘yicha qoldig‘i ko‘rsatiladi. Kamomad yoki ortiqcha naqd pul 
aniqlanganda dalolatnomada uning summasi va paydo bo‘lish sabablari ko‘rsatiladi. 
Dalolatnomani inventarizatsiyalash komissiyasi a’zolari va moddiy javobgar shaxs 
imzolaydilar. Dalolatnomaning bir nusxasi tashkilot buxgalteriyasiga topshiriladi, 
ikkinchi nusxasi moddiy javobgar shaxsda qoladi. Moddiy javobgar shaxslar 
almashganda dalolatnoma uch nusxada tuziladi. 
Ortiqcha pul mablag‘lari kirim qilinishi, kamomad esa aybdor shaxsdan 
undirilishi kerak. 
Inventarizatsiya natijalari o‘z vaqtida buxgalteriya hisobvaraqlarida aks 
ettiriladi: 

ortiqcha pullar chiqqanda, ushbu summa kassaga qaytadan kirim qilinadi: 
Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” 
Kredit 9390 “Boshqa operasion daromadlar” 

kamomad aniqlanganida: 
Debet 4730 “Moddiy zararni qoplash yuzasidan xodimlarning qarzi” 
Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” 

kamomad summasini kassir bevosita kassaga to‘laganida: 
Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” 
Kredit 4730 “Moddiy zararni qoplash yuzasidan xodimlarning qarzi” 

kamomad summasi kassirning ish haqidan ushlab qolinganida: 
Debet 6710 “Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar” 
Kredit 4730 “Moddiy zararni qoplash yuzasidan xodimlarning qarzi” 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish