Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


 Buxgalteriya hisobining maktablari



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

 
1.2. Buxgalteriya hisobining maktablari 
Italiya maktabining asoschilari
4
 
XV – XVII asrlarda Italiya maktabi ustuvorlik qilgan. Ularning yorqin 
namoyondalaridan biri Frantsiskanlik monax, matematika professori Luka Pacholi.
L.Pacholining traktatida savdo operatsiyalarini hisobga olish uchun 
ikkiyoqlama yozuv usuli va buxgalteriya balansini qo‘llash bayon qilingan.
Luka Pacholi (1445-1517) – buyuk matematik, digrafik hisob tizimining 
asoschisi, «Schyotlar va yozuvlar haqidagi asar» (1494)ning muallifidir. Ushbu 
kitobda hisobchilikning vazifalari, savdogar va buxgalterga qo‘yiladigan talablar, ikki 
yoqlama buxgalteriya (digrafik paradigma) g‘oyasining asoslari bayon etilgan, 
buxgalteriya balansi tushunchasi shakllantirilib, u inventar modifikatsiyasi sifatida 
tushunilgan buxgalteriya hisobining asosiy amal(protsedura)lari rivojlanishiga ulkan 
hissa qo‘shgan. 
L.Pacholi o‘zining asarida hisobning maqsadini shakllantirib, ularning asosiylari 
deb quyidagilarni hisoblagan: faoliyatning ahvoli to‘g‘risida axborotlarga ega bo‘lish 
va amalga oshirilgan bitimlarning moliyaviy natijalarini aniqlash.
L.Pacholining “Schyotlar va yozuvlari to‘g‘risidagi traktati” o‘sha davrda 
buxgalteriya hisobi haqidagi mavjud barcha bilimlarni o‘z ichiga olgan va ushbu 
bilimlar boshqa mamlakatlarga tarqala boshlagan hamda nazariy fikrlarning yanada 
rivojlanishiga yordam bergan.
L.Pacholi tomonidan bayon qilingan ikki yoqlama yozuv bo‘yicha hisob tizimi 
barcha mamlakatlarda hozirgi vaqtgacha amal qilmoqda. Uning g‘oyasi “berish” va 
“ega bo‘lish” tamoyiliga nisbatan bosh daftar “Kassa” va “Kapital” tamoyili bo‘yicha 
tuzilishidan iborat. Boshqacha aytganda, bitta xo‘jalik operatsiyasi (bitta summaning 
o‘zi) bir vaqtning o‘zida ikkita schyotda aks ettiriladi. Bir tomondan xo‘jalik 
mablag‘lari qaerga yo‘naltirilganligi (ishlatilganligi), ikkinchi tomondan – ushbu 
mablag‘lar qaerdan olinganligi (kimniki ekanligi) ko‘rsatiladi. Bu buxgalteriya 
hisobining xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlama yozuv metodi bo‘yicha aks ettirish 
4
Dusmuratov R.D. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. -T.: «Fan va texnologiya», 2013, 410-bet. 


14 
tizimining asosini tashkil etadi.
Italiyada buxgalteriya schyotlarining turkumlanishi boshqa olimlar tomonidan 
ham amalga oshirilgan. Jumladan, L.Feori schyotlarni to‘rtta guruhga bo‘lishni taklif 
etgan: kapital schyotlari, nominal (operatsion) schyotlar, savdo (material) schyotlari 
va hisob-kitob schyotlari.
P.Skali schyotlarni uch guruhga bo‘lishni asoslagan: xususiy (kapital, foyda va 
zararlar) schyotlari, mulk schyotlari va korrespondentlar (debitorlar va kreditorlar) 
schyotlari.
A.Petro murakkab provodka tushunchasini kiritgan bo‘lib, bunda bir necha 
schyotlar debetlanadi va bitta schyot kreditlanadi va aksincha, bir schyot debetlanadi 
va bir necha schyotlar esa kreditlanadi.
Buxgalteriya hisobining rivojlanishiga quyidagi italiyalik olimlar ham ulkan 
hissa qo‘shgan.
Nikolo d’Anastisio mablag‘lar harakatlanishi ustidan qat’iy nazoratni 
ta’minlaydigan tizimni yaratgan.
Italiyalik nazariyotchi va yurist Franchesko Villa: davr boshidan xo‘jalik 
mablag‘lari harakati ustidan nazorat o‘rnatish va barcha daromad va xarajatlarni 
ro‘yxatga olishda hisobning maqsadini aniqlagan.
Shuningdek, xo‘jalik faoliyati faktlarini mantiqan yozishga doir ta’limot 
asoschisi va schyotlar turkumlanishi bo‘yicha yangi g‘oyalarni ilgari surgan 
mualliflardan biri Djuzeppe Cherboni.
Djuzeppe Cherboni (1827-1917) – italiyalik buxgalter, logismografiya – 
hisobshunoslikning original shaklini o‘zida mujassamlashtirgan buxgalteriya 
hisobining to‘liq yuridik qomusini kashf etgan. U barcha schyotlarni to‘rtta guruhga 
(mulkdorlar, ma’muriyatchilar, agentlar va korrespondentlar schyotlariga) bo‘lgan va 
ularning murakkab tabaqalanishini keltirgan. Buning natijasida hisobni sintetik va 
analitik turlarga bo‘lish mazmunini yo‘qotgan va xo‘jalik operatsiyalari haqidagi 
ta’limot birinchi o‘ringa chiqarilgan. Barcha operatsiyalar permutatsiya va (yoki) 
modifikatsiya sifatida bayon qilingan. 
Fabio Besta - hisobni alohida korxona mablag‘larini harakatga keltiruvchi 
iqtisodiy nazorat haqidagi fan sifatida ta’riflagan.
Emanuel Pizani (1845-1915) – italiyalik buxgalter, statmografiya – ma’muriyat 
hisobchilik ma’lumotlariga tayangan holda qanday qilib eng kam mablag‘lar hisobiga 
eng ko‘p iqtisodiy natijaga erisha olishi to‘g‘risida ta’limot, boshqacha qilib aytganda 
statmografiya (aktivlarni maqbullashtirish haqidagi fan)ni ixtiro etgan. Pizani 
ta’limotiga muvofiq balans aktivi va passivi o‘rtasidagi farq foydani tashkil etib, 
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdagi daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi 
farqqa teng bo‘lishi lozim; balans korxona xo‘jalik faoliyatining statikasini, hisobot 
esa dinamikasini tashkil etadi. Pizani digrafik hisob usullarini xalq xo‘jaligi 
darajasida tadbiq etish zarur deb hisoblagan. 
Juzeppi Rossi (1845-1921) – italiyalik buxgalter, hisob axborotlari bir 
odamdan ikkinchisiga hujjatlari orqali o‘tadi, deb hisoblagan. Umumlashtiruvchi 
hujjat hisobot bo‘lib, u boshqaruv funktsiyalarining uchta - iqtisodiy (aktiv), yuridik 
(passiv) va ma’muriy (moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot) turini birlashtirgan holda 
korxonaning xo‘jalik holatini aks ettiradi.


15 
J.Rossi – xo‘jalik faoliyatidagi faktlarni matritsalarda aks ettiradigan shaxmat 
shaklidagi hisobchilikning muallifi. Xo‘jalik faktlarini matritsalarda aks ettirish tahlil 
qilish maqsadida chiziqli algebradan foydalanishga keng imkoniyatlar yaratadi. 
Djino Dzappa (1879-1960) italiyalik buxgalter, hisobshunoslikni korxonani 
boshqarish haqidagi fan sifatida talqin qilgan. Debitorlar va kreditorlar bilan hisob-
kitoblar korxonaning tashqi dunyo bilan aloqasi ekanligini, ayni paytda boshqa 
schyotlar kabi korxona ichidagi munosabatlarning mohiyatini ochib berishini 
ko‘rsatgan. U balansning mohiyati, uning moddalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni 
ko‘rsatishga olib kelishini, balansning o‘zi esa moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi 
hisobotda aks ettirilgan oborotlar oqibati deb hisoblagan. Bunda u korxona 
daromadlari ayon, xarajatlari esa shubhali deb e’tirof etgan. U firma kapitalining 
qiymati uning daromadiga bog‘liq deb hisoblagan. (D.Dzappa. La determinatione del 
reddito nelle imprese commerciali – Rome, 1929). 
Shunday qilib, buxgalteriya hisobi rivojlanishining birinchi pog‘onasi Italiyada 
bosib o‘tilgan. Aynan o‘sha davrda buxgalteriya hisobining ko‘plab atamalari 
vujudga kelgan. Jumladan, eski lotin (italyan)chadan kelib chiqqan: “Debet – u 
qarzdor”; “Credit – u ishonadi”; “Saldo – hisob-kitob, qoldiq”; “Accept – to‘lovga 
rozilik” kabi so‘zlar hozirgi kunda ham ishlatilmoqda.
Italiya maktabi tomonidan buxgalteriya hisobi metodining asosiy elementlari: 
schyotlar va ikkiyoqlama yozuv shakllantirilib, buxgalteriya hisobining keyinchalik 
fan sifatida rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish